Tasdiqlayman


Suyak va mushak tizimining shikastlanish semiotikasi. Tekshirish usullari



Yüklə 8,52 Mb.
səhifə6/26
tarix11.12.2016
ölçüsü8,52 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26

Suyak va mushak tizimining shikastlanish semiotikasi. Tekshirish usullari

Bolalarda suyak tizimi shikastlanishi tug'ma va orttirilgan bo´ladi. Tug'ma nuqsonlarda son suyagining tug'ma chiqishi, skelet ba'zi qismlarining tug'ma nuqsonlari, ikkinchi o'rinda skelet tug'ma displaziyasi turadi. Ular xondro- va osteodisplaziyaga bo'linadi va skeletning turli xil deformatsiyasi bilan kechadi, bolaning o'sish jarayonida yuzaga keladi. Erta yoshdagi bolalarda orttirilgan suyak kasalliklaridan raxit ko’p uchraydi, unda suyaklar yumshoqligi, suyaklarning yoysimon qiyshiqligi, oyoqlarning O va X-simon qiyshiqligi, shuningdek raxitik gidrosefaliya uchraydi. Orttirilgan suyak kasalliklaridan ba'zida osteomielit uchrab

turadi. Maktab yoshidagi bolalarda suyak to'qimasining jarohatlanishi ko'p kuzatiladi. Suyak sinishlari. Suyak tizimini ob'ektiv tekshirish ko'rik, palpatsiya va o'lchash bilan o'tkaziladi.

Ko'rikni yotgan, o'tirgan va tik turgan holatda, qo'llari erkin tushgan holda o'tkazish kerak. Keyin boladan yotish, otirish, qo'l-oyoglarini bukish, ochish va boshqalar talab qilinadi. Kichik yoshdagi bolalarda suyak - boqim tizimini baholash uchun bola oynayotgan vaqtda uni kuzatish kerak. Old tomondan korik bosh, boyin, ko'krak qafasining shakli, xolati va proporsiyasini aniqlashga yordam beradi. Orqa tomondan ko'rikda kurak, umurtqa pog'onasi, oyoq-qo'l bo'g'imlari burchaklari bukilishi va yozilishiga e'tibor beriladi.

Suyak tizimi quyidagi ketma-ketlik tartibida tekshiriladi: bosh, umurtqa pog'ona, ko'krak qafasi, oyog va qo'llar. Bosh ko'rigida uning olchami va shakli aniqlanadi, bosh aylanasi o'lchanadi. Normada bosh aylana shaklida bo´ladi. Paypaslash bilan liqildoq, choklarning holati, suyaklarning zichligi aniqlanadi. Paypaslash ikkala qo'l bilan o'tkaziladi, bosh barmoq peshonaga, kaft, chakka soxasiga, o'rta va ko'rsatgich barmoqlar bilan tepa suyaklar tekshiriladi, ensa sohasi, choklar va kichik liqildoq ham tekshiriladi.

Katta liqildoq peshona va tepa suyaklar o'rtasida joylashgan, to'g'ri romb shaklida bo´ladi. Kichik liqildoq ensa va tepa suyaklar o'rtasida joylashgan. Tug'ilgandan keyin ko’pgina chaqaloqlarda kichik liqildoq yopiq, 25% bolalarda esa 4-8 haftada yopiladi. Yetuk tugilgan bolalarda yon lihildoqlar yopiq bo´ladi. Chaqaloqlarda o'qsimon, ensa choklari ochiq va 3-4 oylikda yopiladi. Katta liqildoqni paypaslab, liqildoq o'lchami aniqlanadi, liqildoqning ikkita qarama - qarshi tomonlaridagi masofasi o'lchanadi, diagonali bo'yicha o'lchanmaydi. Tug'ilganda katta likildoq o'lchami 2,5x2,5 sm yo’ki 3,0x3,0 smga teng, 1-1,5 yoshda katta liqildoq yopiladi (normada). Oxirgi yillarda, uning 9-10 oylarda yopilishi kuzatilmoqda. Boshni ko'rish vaqtida kallaning miya va yuz qismi taqqoslanadi, ularning taqqoslanishi bolaning biologik shakllanishini belgilaydi. Miya va yuz qismini taqqoslash erta yoshdagi bolalarda 2:1, kattalarda 1:2 ga teng. Ko'krak qafasini ko'rganda uning shakli baholanadi. Chaqaloqlarda ko'krak qafasi shakli bochkasimon, ya'ni old-orqa o'lchami ko'ndalangiga teng. Ko'krak qafasi keng va kalta. Maksimal nafas olish holatini egallaydi, qovurg'alar gorizontal joylashgan. Erta yoshdagi bolalarda silindrik, 7-8 yoshdan keyin epigastral burchak o'lchamini aniqlash uchun quyidagi usul qollaniladi: ikkala qo'l kafti qirrasi (qovurg'asi) bilan to'sh va qovurg'alar yoyi o’rtasitda hosil bolgan burchak tomonga yo'naltiriladi, 15- yoshda - ko´krak qafasi ko'ndalang diametri kattalashadi.

Mushak tizimini tekshirishda mushak vazni yoki rivojlanish darajasi aniqlanadi. Tonusi, kuchi, shuningdek hajmi va harakat xarakteri baholanadi. Mushaklarning og'irligi, mushaklarni ko'rish va paypaslash bilan aniqlanadi, bolaning tanasi va oxirlari xolatiga qarab, mushaklar tonusi vizual baholanadi. Sog'lom chaqaloqlarning qo'llari tirsakka bukilgan, tizza va son qorniga tortilgan bo´ladi. Mushaklar tonusi palpator aniqlanadi, navbat bilan turli xil muskul guruxlari palpatsiya qilinadi, oxirlar sekin bukiladi va yoziladi. Ko'krak yoshidagi bolalarda yuqori oxirlar muskul tonusi traksiya sinamasi yordamida tekshiriladi. Orqasi bilan yotgan bola kaftidan ushlanib va sekin o'ziga tortiladi, uni o'tirgan holatga keltirishga harakat qilinadi. Bola oldin qo'llarini ochadi, keyin xuddi shifokorga yordam bergandek butun tanasi bilan tortiladi. Ko'krak yoshidagi bolalarda mushak kuchi o'yinchoqni olib qo'yish bilan aniqlanadi, katta yoshda (5-6 yosh) dinamometr yordamida tekshiriladi. Shifokor passiv harakatlar hajmini aniqlaydi, bo'g'imlarni bukish va yozish bilan aniqlanadi, bo'g'imlarda aktiv harakatlar hajmini bola o'zi aniqlaydi.
BOLALARDA NAFAS OLISh TIZIMINING ANATOMO-FIZIOLOGIK XUSUSIYaTLARI. ShIKASTLANISh SINDROMLARI VA

TEKShIRISh USULLARI

Bolalarda nafas olish organlari nisbatan kichik o'lchami va anatomo-gistologik rivojlanishi tugallanmaganligi bilan farqlanadi. Erta yoshdagi bolalarda burun nisbatan kichik, burun yo'llari tor, pastki burun yo'li bo'lmaydi. Burun shilliq qavati nozik, nisbatan quruq, qon tomirlarga boy. Burun yo'llari torligi va yaxshi qon bilan ta'minlanganligi natijasida kichik yoshdagi bolalarda yengil yallig'lanish burun orqali nafas olishni qiyinlashtiradi. Bolalar hayotining birinchi yarim yilida ogiz orqali nafas ololmaydi, chunki tili katta, xalqum usti tog'ayini orqaga siqadi. Erta yoshdagi bolalarda burundan chiqish - xoana juda tor, shuning uchun u uzoq vaqt davomida burun orqali nafasni buzilishiga sabab bo´ladi.

Chaqaloqlarda burun bo'shlig'i past (balandligi-17,5 mm) va tor. Burun supralari nisbatan qalin. Yuqori burun yo'li bo'lmaydi, o'rta va pastkisi yaxshi rivojlanmagan. Pastki burun suprasi burun boshlig'i tubiga tegib turadi. Burun supralari burun bo'shlig’i to'sig'igacha yetmaydi, umumiy burun yo'li erkin qoladi va u orqali chaqaloqlar nafas oladi, xoanalar past joylashgan. hayotining 6 oyligida burun bo'shlig'i balandligi 22 mm gacha kattalashadi va o'rta burun yo'li, 2 yoshida pastki, 2 yoshdan keyin - yuqoridagisi shaklllanadi. 10 yoshda burun bo'shlig'i uzunligi bo'yicha 1,5 marta kattalashadi. Bu yoshda eniga kam kattalashadi. Chaqaloqlar burun oldi boshliqlaridan faqatgina yuqori jag' boshlig'i kuchsiz rivojlangan. Boshqa boshliqlar tuhilgandan keyin shakllanadi. Peshona bo’shlig’i 2 yoshda paydo bo´ladi, ponasimon - 3 yoshda, g'alvirsimon suyak katakchalari - 3-6-yoshda, 8-9 yoshda yuqori jag' bo'shlig'i suyakning hamma qismini egallaydi. Yuqori jag' bo'shlig'i burun bilan qo'shilganda hosil bo'lgan teshik 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda oval, 7 yoshda esa aylana ko'rinishida bo´ladi. Peshona bo'shlig'i 5 yoshga kelib no'xatdek o'lchamda bo´ladi. Pastga qarab torayadi, g'alvirsimon voronka orqali o'rta burun yo'li bilan birikadi. Ponasimon bo'shliq o'lchami 6-7 yosh bolalarda 2-3 mmgacha yetadi, g'alvirsimon suyak bo’shliqlari 7-yoshga kelib

bir-biriga mahkam bog'lanadi; 14-yoshda tuzilishi bo'yicha ular katta odamlar g'alvirsimon katakchalariga oxshash bo´ladi.

Erta yoshdagi bolalarda Yevstaxiev nayi keng bo´ladi va bolani gorizontal holatida patologik jarayon burun tomondan o'rta quloqqa yengil o'tadi, o'rta otit rivojlanishini chaqiradi. Chaqaloqlar xalqumi nisbatan katta o'lchamga ega; kattalarnikiga nisbatan u kalta, keng, voronkasimon, yuqori joylashgan (II-IV umurtqa tengligida). Til osti suyagi yuqori joylashgan. Xalqumda chiqish bolmaydi. Chaqaloqlarda xalqum ko’ndalang oqi orqaga siljigan va traxeya bilan burchak hosil qiladi, orqaga ochiq, buni intubasiya hilayotganda hisobga olish zarur. Chaqaloqlarda va ko'krak yoshidagi bolalarda xalqum til ozagidan birmuncha yuqori joylashgan, shuning uchun bola ovqat bo’lakchalari (suyuqliklarni) yutganda xalqum ustini tomoqning halqum qismi noksimon cho'ntakdan lateral tomondan o'tadi. Buning natijasida bola bir vaqtning o'zida nafas oladi va yutadi. Bu so'rish aktida muhim axamiyatga ega. Kattalarnikiga qaraganda, xalqum kirish joyi chaqaloqlarda nisbatan keng. Kirish oldi qisqa, shuning uchun ovoz yorig'i uzunligi 6,5 mm (kattalarnikiga nisbatan 3 marta qisqa) parda o’rtasi va tog'ay o’rtasi qismlari uzunligi bo'yicha teng 93,5 va 3 mm.

Bola hayotining birinchi 3 yoshida va keyin, jinsiy shakllanish davrida ovoz yorig'i yaqqol kattalashadi. Xalqumning elastik konusi tor, kalta. Chaqaloqlarda uning balandligi 9-10 mm. Chaqaloqlarda va bolalik davrida xalqum mushagi kuchsiz rivojlangan. Uning eng intensiv o'sishi jinsiy shakllanish davriga to'g'ri keladi. Bola hayotining birinchi tort yilida halqum tez osadi. Jinsiy rivojlanish davrida (10-12 yoshdan keyin) yana faol osishi boshlanadi, u erkaklarda 25 yoshgacha va ayollarda 22-23 yoshgacha davom etadi. Bolalik yoshida halqum o’sishi bilan (u asta-sekin pastlashadi) uning yuqori qirrasi va til osti suyagi o’rtasitdagi masofa kattalashadi. 7 yoshga kelib, halqumning pastki qirrasi VI-bo'yin umurtqasi yuqori qirrasiga teng joylashadi. Xalqumning kondalang oqi vertikal holatni xalqum 14-20 yoshdan keyin egallaydi. Erta yoshda halqumni jinsga qarab farqlash kuzatilmaydi. Keyinchalik halqum o'sishi og'il bolalarda, qiz bolalarga nisbatan xalqum yirikroq bo´ladi. 10-12 yoshda ohil bolalarda xalqum yaqqol chiqib turadi. Jinsiy shakllanish davrida xalqum olchami ovoz boylamlari uzunligi og'il bolarda qiz bolalarga nisbatan katta bo´ladi.

Chaqaloqlarda halqum toqaylari yupqa, yosh o'tgan sari qalinlashadi, ammo o'zining qayishqoqligini saqlaydi. qari va keksa yoshlarda halqum toqaylarida, halqum ustidan tashqari, kalsiy tuzlari toplanadi; tog'aylar suyaklashadi, tez sinadigan va mo'rt bo'lib qoladi.

Chaqaloqlarda traxeya uzunligi 3,2-4,5 sm, voronkasimon ko'rinishda bo´ladi. O'rta qismida kengligi 0,8 sm atrofida. Traxeyaning pardasimon devori nisbatan keng, traxeya toqaylari yaxshi rivojlanmagan, yupqa, mayin. Keksa va qarilik (60-70 yosh) yoshida traxeya tog'aylari qattiq, mo'rt bo´ladi, bosilganda yengil sinadi.Tug'ilgandan keyin birinchi 6 oyligida traxeya tez o'sadi, keyin o'sishi sekinlashadi va yana o'smir yoshda (12-22 yoshlarda) tezlashadi. 3-4 yoshga kelib traxeya kengligi 2 martaga kattalashadi. Chaqaloqlarga nisbatan, 10-12 yoshli bolalarda traxeya 2 barobar uzun, 20-25 yoshda uzunligi uch barobarga ortadi. Chaqaloqlarda kekirdak shilliq qavati yupqa, mayin, bezlari yaxshi rivojlanmagan. Chaqaloqlarda kekirdak orta chiziqdan birmuncha o'ngda yuqori joylashgan. Uning boshlanishi II-IV boyin umurtqasiga to'g'ri keladi. Traxeya bifurkasiyasi II-III ko´krak umurtqasiga tog'ri keladi. 1-2 yoshli bolada yuqori qirraci IV-V bo'yin umurtqa tengligida, 5-6 yoshda V-VI umurtqadan oldinroqda, osmir yoshda VI bo'yin umurtqaga to'g'ri keladi. Bolaning 7 yoshligida traxeya bifurkasiyasi IV-V ko'krak umurtqasidan oldinroqda, 7 yoshdan keyin V ko'krak umurtqasi tengligiga tog'ri keladi, xuddi katta odamlarnikidek bo´ladi.

Chaqaloqlarda o'ng bosh bronx kekirdakdan chiqadi (uning oqidan), kichik burchak ostida (20%), chapga nisbatan (49%) va o'zining yonalishiga ko'ra traxeyaning davomi hisoblanadi. Bola hayotining birinchi yilida va jinsiy shakllanish davrida bosh bronxlar tez osadi.

Chaqaloqlarda o'pka notogri qonus shaklda; yuqori bo'laklari nisbatan katta bolmagan o'lchamda; o'ng o'pka o'rta bo'lagi o'lchami bo'yicha yuqori bo'lakka teng, pastkisi nisbatan katta. Bola hayotining 2 yoshida o'pka vazni 57g (39 dan 70 g.gacha), xajmi 67 sm.kub. nafas olmayotgan o'pka zichligi 1,068 (o'lik tuhilgan bolalar o'pkasi suvda chokadi), nafas olayotgan bolada o'pka zichligi -0,490. Bola tuhilgandan keyin bronxial daraxt asosan shakllangan; 1 yoshida intensiv o'sishi kuzatiladi (bolakli bronx o'lchamlari 2 marta, bosh bronx -1,5 marta kattalashadi). Jinsiy shakllanish davrida bronxial daraxt o'sishi yana kuchayadi. 20 yoshlarga kelib uning hamma qismlari o'lchamlari 3,5-4 martaga kattalashadi (chaqaloqlar bronxial daraxti bilan taqqoslaganda). 40-45 yoshli odamlarda bronxial daraxt katta olchamda bo´ladi. 50 yoshdan keyin bronxlarning yosh involyusiyasi boshlanadi.



Keksa va qarilik yoshida ko'pgina segmentar bronxlar uzunligi va diametri birmuncha kichrayadi, ba'zida uning devorlarida cho'tkasimon chuqurchalar, yollari egri-bugriligi kuzatiladi.

Chaqaloqlarda o'pka asinuslari unchalik ko’p bo’lmagan kichik o'pka alveolalar sonidan iborat. Bola hayotining birinchi yilida va keyin yangi alveolyar yolaklar paydo bo'lishi hisobiga asinuslar o'sadi va devorlarda yangi o'pka alveolalar hosil bo´ladi. Alveolyar yo'laklar yangi shoxchalanishi hosil bolishi 7-9 yoshda tugaydi, o'pka alveolalari esa 12-15 yoshda; bu vaqtda alveola o'lchami ikki barobarga kattalashadi. 15-25 yoshlarda o'pka parenximasi shakllanishi tugaydi. 25-40 yoshda o'pka asinusi tuzilishi o’zgarmaydi. 40 yoshdan keyin asta sekin opka to'qimasi eskiradi: alveolalar oraliq to'sig'i yassilanadi, opka alveolalari kichrayadi, alveolyar yo'laklar bir-biri bilan qo'sqiladi, asinuslar o'lchami kattalashadi. Bola tug'ilgandan keyin o'pkaning o'sish va rivojlanish jarayonida uning hajmi birinchi yilda 4 marta, 8 yoshda 8 marta, 12 yoshda 10 marta, 20 yoshda 20 martagacha kattalashadi (chaqaloqlar o'pka hajmiga taqqoslaganda). Yosh 'tishi bilan o'pka cho'qqisi I-qovurg'a to'g'risida joylashadi. Keyinchalik I-qovurg'adan chiqib turadi va 20-25 yoshlarda I-qovurg'adan 3-4 sm yuqori joylashadi (omrov suyagidan 1-2sm yuqori). Chaqaloqlarda o'ng va chap o'pka pastki chegarasi kattalarnikiga qaraganda bir qovurg'a yuqorida bo´ladi. Bola yoshi osgan sari bu chegara asta - sekin tushadi. Bolalarda nafas chuqurligi kattalarga qaraganda kichik bo´ladi. Bu o'pkaning kichik olchamligi bilan tushuntiriladi va ko´krak qafasi xuddi nafas olish xolatidagidek bo´ladi, oldi orqa o'lchami yon o'lchamiga teng, qovurg'alar umurtqa pog'onadan to'g'ri burchak ostida chiqadi. Bu shu yoshda nafas olishning diafragmal xarakterini ta'minlaydi. Oshqozonning tolganligi, qorin shishi, ko'krak qafasi harakatini chegaralaydi. Yosh o'tgan sari umurtqa inspirator xolatdan asta-sekin normal holatga o'tadi, bu esa nafas olishning ko´krak turi rivojlanishiga sabab bo´ladi. Kattalarga qaraganda, bolalarda kislorodga talab yuqori. Shunday qilib,1 yoshgacha bo'lgan bolalarda kislorodga talab tana vaznining 1 kg ga 8ml/min ni tashkil qiladi, kattalarda - 4,5 ml/min. Bolalarda nafas olishning yuzaki xarakteri nafas olish sonining ko'pligi bilan kompensasiyalashadi (chaqaloqlarda minutiga 40-60 marta, 1 yoshda 30-35 marta, 5 yoshda 25 marta, 10 yoshda -20 marta, kattalarda 16-18 marta), nafas olishda o'pkaning katta qismi ishtirok etadi. Kattalarga nisbatan, erta yoshdagi bolalarda, nafas olish sonining ko’pligi hisobiga, nafas olish minutli xajmi 1 kg tana vazniga 2 marotaba yuqori bo´ladi. Opkaning tiriklik sig'imi (OTS), bu havo miqdori (millilitrlarda), maksimal nafas olgandan keyin maksimal chiqarilgan havo, bolalarda kattalarga nisbatan past bo´ladi. OTS alveola xajmi o'sishi bilan kattalashadi. Sog’lom bolalarda teri va shilliq qavatning pushti tusi, arterial va kapillyar qonda gemoglobinning kislorod bilan optimal toyinganligi hisobiga kuzatiladi. Normal sharoitda bu to'yinish arteriyalarda 95-96% maksimalga yetadi (gemoglobin xar bir grammi 439 ml kislorodni boqlaydi, 100 ml plazma aralashtirilgan holatda 0,3 ml kislorodni tashiydi; 100 ml arterial qonda 19-20 ml kislorod bo´ladi. Shu xajmdagi venoz qonda 13-15 ml kislorod bor). Bola qattiq yig'laganda, baqirganda, kuchanganda arterial qonning kislorodga toyinishi 92%gacha pasayadi. Bundan ham past ko'rsatkich patologik hisoblanadi.
Ko'krak yoshidagi bolalarda nafas olishning xususiyatlari

Ko'krak yoshidagi bolalarda nafas olishning asosiy va birinchi xususiyati - uning yuzaki xarakteri, ya'ni unchalik katta bo'lmagan chuqurligidir.

Kattalar bilan taqqoslaganda erta yoshdagi bolalarda nafas olish chuqurligi 8-10 marta kam. Birinchi nafas harakatlarida yuzaki nafas olish hisobiga, opkaning toliq ocqilishi kuzatilmaydi, bu opkaning orqa-pastki qismlarida joylashgan fiziologik atelektazga olib keladi.

Ikkinchi xususiyati - bir minutda nafas olish sonining ko’pligi. Chaqaloqlar bir minutda 50-60 marta nafas olishadi, bu fiziologik xolat hisoblanadi. Asta-sekin yoshga qarab, nafas olish soni kamayadi. Erta yoshdagi bolalarda nafas harakatining yuqori soni yuzaki nafas harakatini konpensasiyalaydi. Tez-tez va yuzaki nafas kislorodning yomon ishlanishi va karbonat kislotani yomon chiqarishiga olib keladi.

Uchinchi xususiyati - bola hayo’tining birinchi 2 haftaligida nafas aritmiyasi, ya'ni nafas olish va nafas chiqarish pauzalarining notogri almashinishi, nafas olish nafas chiqarishga nisbatan qisqa va ba'zi hollarda tanaffus bilan bo´ladi, nafas harakatlari o’rtasitdagi pauzalar bir xil emas, turli xil tashqi qo'zg'atuvchilar ta'sirida ritm juda oson buziladi, uyqu vaqtida nafas bir me'yorda bo´ladi. Nafas ritmining xususiyati nafas markazining yaxshi rivojlanmaganligi bilan bog’liq va o'pka vagus reseptorlarining va adashgan nerv barcha tizimining yuqori qo'zg'aluvchanligiga bog’liq.

Bolalarda nafas olishning to’rtinchi xususiyati - bola yoshi va jinsiga aniq bog’liqlikdir: chaqaloqlar ko´krak mushaklarining nafas olishda kuchsiz qatnashishi hisobiga nafas oladi, ko´krak yoshidagi bolada nafas olishning ko´krak qorin turi ustun bo´ladi. 2-chi yil boshida nafas olish aralash turda bo´ladi va diafragmal-ko´krak nafasi kuzatiladi, ba'zi hollarda nafas birinchi turi ustunlik qiladi, boshqasida ikkinchi turi ustunlik qiladi. 3-4 yoshda ko'krak nafasi diafragmal nafasdan ustunlik qiladi. 7-14 yoshda jinsiga bog'lik holda, nafas olish farqlanadi. Pubertat oldi davri va jinsiy shakllanish vaqtida ohil bolalarda - qorinli, qizlarda - ko´krak orqali nafas olish kuzatiladi.



Tashqi nafasni tekshirish usullari

Spirografiya - tashqi nafasni tekshirish usuli. Bunda yopiq xavo sirkulyasiyasi, o'pka xajmi va o'pka ventilyasiyasi grafik registrasiyasini apparat yo’rdamida tekshiriladi. Tashqi nafasni tekshirish nahorda tinch holatda o'tkaziladi. Usul bolani faol qatnashishini talab etadi, 5 yosh va undan katta bolalarda qo'llaniladi. Spirogrammada nafas harakati qiymati yig'indisi hisoblanadi (nafas olish yo’ki nafas chiqarish). O'rtacha qiymati aniqlanadi va spirograf shkalasi masshtabiga mos holda millilitrlarda qayta hisob bajariladi. Spirogrammada tishlarning siljish qiymatiga qarab, tinch holatda nafas hajmi aniqlanadi.havoning rezervli hajmi, tinch nafas olgandan keyin olish mumkin bolgan gazning maksimal hajmi, maksimal nafas olishning tinch holatda nafas olish tengligidagi tishlarning o'zgarishida aniqlanadi va millilitrlarda qayta hisoblanadi. Tekshirish 3-4 marta takrorlanadi, interval 30-40 sek va eng yuqori natija hisobga olinadi.

O'pkaning tiriklik sig'imi (OTS) - maksimal nafas olishdan so'ng nafas chiqarish mumkin bolgan gazning maksimal miqdori. Inspirator choqqidan ekspirator cho'qqigacha bo'lgan masofa aniqlanadi va millilitrlarda qayta hisoblanadi. O'hil bolalarda qizlarga nisbatan OTS yuqori bo´ladi. Nafas olishning minutli xajmi (NOMH). 1 minutda o'pkada ventilyasiya qilingan havo miqdori. NOMH - nafas olish sonining nafas chuqurligiga ko'paytmasi. 3-5 minutdagi nafas hajmi yig'indisi hisoblanadi va keyin 1 minutdagi o'rtacha qiymati aniqlanadi.



O'pkaning maksimal ventilyasiyasi (OMV) - nafas olish chegarasi- 10 sekund ichida tez va chuqur nafas olish, keyinchalik 1 minut davomida qayta hisoblash bilan aniqlanadi. Sog’lom bolalarda jismoniy yuklama bilan o'tkazilgan sinama qonning kislorodga to'yinishi pasayishiga olib kelmaydi.

Pnevmotaxometriya - havo oqimiga qarshilik ko’rsatishni, bronxial otkazuvchanlik holatini aniqlaydigan usul, nafas mexanikasi ko'rsatgichlaridan biri hisoblanadi.



Nafas olish tizimi shikastlanishi semiotikasi va sindromi.

Tekshirish usullari

Bolani ko'ruv vaqtida burundan ajralma kelishi va burun orqali nafas olish qiyinlashuvini sezish mumkin. Tashqi ko'rikda nafas yetishmovchiligi teri sianozi, lab shilliq qavati va til sianozi bilan bilinadi.



Yo'tal va ovozning o'zgarishi - nafas tizimi zararlanishiga xos belgilardan biri. Yo'tal quruq, dag'al,"akillovchi", xo'l balg'am ajralishi bilan bo'lishi mumkin. Korik vaqtida og'iz boshlig'ida tomoq va bodomcha bezlari holatiga e'tibor berish kerak. Shuningdek, ko'rikda nafas turiga e'tibor berish kerak (kichik bolalarda nafas olishning qorin turi), ko'krak qafasi harakati va shakli, nafas olishda ko'krak qafasi ikki tomoni sinxron qatnashishi, qovurg'alararo mushaklar tortilish xarakteri, bolani korik vaqtida nafas olishda yo’rdamchi mushaklarning (qorin to'g'ri mushagi, ko'krak-o'mrov, ko'krak) qatnashishi nafas olishning qiyinlashuvi, ya'ni hansirashdan dalolat beradi. Bunda erta yoshdagi bolalarda burun qanotlari kerikishi va zo'riqishi

kuzatiladi.



  • inspirator xansirash - nafas olish qiyinlashgan;

  • ekspirator xansirash - nafas chiqarish qiyinlashgan

  • aralash xansirash - ekspirator-inspirator

  • stenotik nafas - yuqori nafas yollaridan havo otishining qiyinlashuvi

  • nafas yetishmasligi xuruji - astmada kuzatiladi (nafas olish va chiqarish jarangdor, masofadan eshitiladi)

  • tug'ma stridor. Erta yoshdagi bolalarda bo´ladi. Nafas olishda inspirator shovqin bilan xarakterlanadi, 2-3 yoshda o'z-o'zidan yo’qoladi.

Palpasiyada ko´krak qafasida og’riqni aniqlash mumkin. Bunda yuzaki og’riq (yuzaki to'qimalar (muskul, nerv, suyak) bilan bog’liq) va chuqur (plevra shikastlanishi bilan bog’liq) og'riq ajratiladi. Plevral ogriqlar nafas olish va chiqarishda kuchayadi, epigastral va qovurg'a osti soxasiga uzatiladi. Agar ko'krak qafasiga bosilsa, kamayadi.



Ovoz dirillashi - bemor ko'krak qafasining ikki tomoniga, simmetrik qismlarga qo'l qo'yilganda seziladi, bu vaqtda bemor ovozga katta vibrasiya beradigan so'zlarni aytadi (ko’proq "r" xarfi bo’lgan sozlar, "arra", "qir? to'rt" va boshqalar). Ovoz dirillashini aniqlash uchun boladan yuqoridagi so'zlarni aytish talab etiladi, kichik yoshdagi bolalarda yig'laganda aniqlanadi.

Ovoz dirillashining kuchayishi o'pka to'qimasi qattiqlashuvi, o'pkada bo'shliqlar borligi bilan bog’liq. Ovoz dirillashi pasayishi bronxlar tiqilib (to'lib) qolganda (o'pka atelektazi), ko´krak devorlarida bronxlarning siqilishlarida (ekssudat, pnevmatoraks, plevra o’smasi) kuzatiladi.Nafas olish sonini sanash bolaga bildirilmaganholda otkaziladi, ko´krakka yo’ki qoringa qo'l qo'yib, chaqaloqlar va ko'krak yoshidagi bolalarda - nafas olish sonini bolaning burniga stetosko’pni qo'yib (uyqu vaqtida) aniqlash ham mumkin. Nafas olish sonini sanash bir minutda o'tkaziladi.



Sog´lom bolalarda nafas olish soni (minutda)

Chaqaloqlar - 40-60 ta

6 oy - 35-40 ta

1 yosh - 30-35 ta

4-6 yosh - 24-26 ta

10-12 yosh - 18-20 ta

13-15 yosh - 16-18 ta
Ko'krak qafasini perkussiya hilganda bolani xolati togriligiga e'tibor berish kerak. Erta yoshdagi bolalarda ko'krak qafasi old yuzasini bola yotgan xolatda perkussiya qilish qulay, kichik bolani kimdir ushlab turishi kerak. Boshini ushlay olmaydigan bolalarda, qoringa yotqizib yoki bolani chap holga olib perkussiya qilinadi. Bu xolatda bola shifokorning chap qo'l kaftida orqasi bilan yotadi, o'ng qo'lning bosh barmog'i bolani chap qo'ltiq ostiga o'tkaziladi, ko'rsatgich barmoq o'ng o'mroviga qo'yiladi. qolgan barmoqlar ko'krak qafasining o’ng tomoni yon yuzasiga qo'yiladi.

Kichik yoshdagi bolalarni stulga otkazib perkussiya qilinadi. Katta yoshdagi bolalarni tik turgan holda perkussiya qilinadi. Bunda orqa yuzani perkussiya qilish uchun qo'l ko'krakka qo'yiladi va bir vaqtning o'zida oldinga bir oz engasqiladi.

Ko'krak qafasi yon yuzasini perkussiya qilinganda qo'lni shu tomonga yengil olib borish kerak. Katta yoshdagi bolalarda bevosita, kichik yoshdagi bolalarda bilvosita perkussiya ishlatiladi.

Bilvosita perkussiya bukilgan barmoqlar, orta va korsatgich barmoqlar bilan tukillatib bajariladi. Bunda toqimalardagi qarshilikni qo'l bilan sezish mumkin. Perkussiyaning bu usuli erta yoshdagi bolalarni tekshirishda ishlatiladi. Ko'krak yoshidagi bolalarda o'pkaning taqqoslash perkussiyasi orqaga yotgan holatda, old tomondan otkaziladi, orqa tomondan bemor o'tirgan xolatda oldinga bir oz engashadi, onasi old tomondan bolani ushlab turadi.





Ko'krak qafasi old tomonida vertikal tanitadigan chiziqlar

1. oldingi o'rta chiziq

2. to'sh chizig'i

3. to'shsuyagi oldi chizig'i

4. o'rta omrov chizig'i



Ko'krak qafasi yon tomonidagi vertikal tanitadigan chiziqlar

1. 1. old qo'ltiq osti chizig'i

2. 2. o'rta qo'ltiq osti chizig'i

3. 3. orqa qo'ltiq osti chizig'i




Ko'krak yoshidagi bolalarda qovurg'alararo, shuningdek qovurg'a bo'ylab perkussiya qilinadi, ko´krak qafasining kuchsizligini hisobga olinadi. Katta yoshdagi bolalarda o'pkaning yuqori chegarasi old tomondan o'mrov suyagi o’rtasitdan 2 - 4 sm yuqorida, orqa tomondan VII- bo'yin umurtqasidan chiqib turmaydi.




Ko'krak qafasi orqa tomonida vertikal tanitadigan chiziqlar va soxalar

1. orqa o'rta chiziq (umurtqa poqonasi)

2. Umurtqa poqonasi oldi chizig'i

3. kurak chizig'i

a. kurak usti sohasi

b. kuraklararo soha

v. Kurak osti sohasi






Ko'krak qafasining old yuzasida o'pkaning taqqoslash perkussiyasining sxemasi




Ko'krak qafasining yon yuzasida o'pkaning taqqoslash perkussiyasining sxemasi




Ko'krak qafasining orqa yuzasida o'pkaning taqqoslash perkussiyasining sxemasi



Erta yoshdagi bolalarda topografik perkussiyaning xususiyatlari:




  • 5-6 yoshgacha bolalarda opkaning yuqori chegarasi aniqlanmaydi, chunki o'pka choqqisi o'mrov suyagi tengligida bo´ladi.

  • o'pkaning pastki chegarasi bir qovurg'a yuqorida joylashadi, sababi diafragma yuqori joylashgan.

  • o'pkaning pastki chegarasini uch tomondan aniqlashda uchta chiziq bilan chegaralanish mumkin:

  • old tomondan - o'rta-o'mrov, yon tomondan-o'rta- qo'ltiqosti, orqadan -kurak chizig'i bo'ylab.

Perkussiya yo’rdamida intratorakal limfa tugunlari xolatini aniqlash mumkin. Buning uchun bir qator simptomlar mavjud.



Korani simptomi. 7-8 ko´krak umurtqalaridan boshlab pastdan yuqoriga qarab bevosita perkussiya qilinadi. Normada perkutor tovushning qisqarishi kichkina bolalarda ikkinchi ko´krak umurtqasida katta yoshdagi bolalarda esa 4 ko'krak umurtqasida aniqlanadi. Bu xolda Korani simptomi manfiy xisoblanadi. Agar tovushning qisqarishi ko'rsatilgan umurtqalardan pastda bo'lsa simptom musbat xisoblanadi. Musbat Korani simptomi bifurkasion va traxeal limfa tugunlari kattalashganda kuzatiladi.

Filosofov jomi simptomi. Ikkala tomonda birinchi va ikkinchi qovurg'alar orasida ko'krak suyagi tomonga qaratib perkussiya qilinadi. Normada tovushning qisqarishi ko'krak suyagida aniqlanadi va simptom manfiy hisoblanadi. Paratraxeal limfa tugunlari kattalashganda tovushning qisqarishi ko'krak suyagiga yetmasdan aniqlanadi.

Arkavin simptomi. Oldingi qo'ltiq chiziqlari bo'ylab pastdan yuqoriga qo'ltiq chuqurchasiga qarab perkussiya qilinadi. Normada tovush qisqarishi kuzatilmaydi (simptom manfiy). O'pka ildizi limfa tugunlari kattalashganda perkutor tovushning qisqarishi aniqlanadi va simptom musbat hisoblanadi.

Auskultasiya. Bolani eshitish, hamda perkussiya qilishni o'tirgan holatda o'tkazish qulay, kichik yoshdagi bolalarda qo'llarini ikki tomonga uzatib yo’ki tirsakka bukib va qo'lini qorniga olib kelib bajariladi.

Auskultasiyada eshitiladigan nafas olish turlari:

  • vezikulyar (nafas olish va chiqarish nisbati, nafas chiqarish nafas olishning 1/3 tashkil etadi), 5-6 yoshdan keyin eshitiladi.

  • pueril nafas - nafas chiqarish nafas olishning yarmidan ko’proqini tashkil qiladi, 1-3 oydan 6-7 yoshgacha eshitiladi.

  • bronxial nafas - bunda nafas chiqarish nafas olishdan uzunroq eshitiladi.

Nafas olish xarakterini baholashda ovoz fenomening tembrdagi farqiga ham e'tibor beriladi. Soqlom bolalarda bronxial nafas old tomondan yoysimon chuqurcha, halqum va kekirdak ustida, orqadan esa 3-4 ko'krak umurtqasi tengligida eshitiladi.

Bolalarda nafas shovqinlari - bolalik davrlaridagi nafas tizimi anatomo-fiziologik rivojlanishi xususiyatiga bog’liq bo'lgan o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bola hayotining birinchi oylarida alveolalarning yaxshi rivojlanmaganligi, o'pkaning kam havoliligi va unda elastik, mushak to'qimalarining kuchsiz rivojlanganligi sababli nafas shovqinlari norma hisoblanadi, kuchsiz vezikulyar nafasga mos keladi. Bu auskultativ fenomen bolalarda 1 yoshdan 10 yoshgacha yo’qoladii, bunda opkaning anatomik tuzilishi va funksiyasi shakllangan bo´ladi, ko'krak devori yupqaligi va ko'krak qafasi kichik hajmi ovoz yaxshi o'tkazishga olib keladi. Bu yosh davrida nafas shovqinlari jarangdor, ba'zida kuchsiz aniqlanadi va plevra bo'shlig'iga oz miqdorda suyuqlik to'planishidan nafas shovqinlari pasayadi, lekin to'liq yoqolmaydi. Bu kattalarda ko’p uchraydi. 1 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarda nafas shovqinlari xususiyati sababi (ovozni yaxshi o'tkazishi, bronxlarning nisbatan torligi va bronxial nafasning ko'krak devoriga qisman o'tkazilishi (ovoz yorig'ining yaqin joylashganligi) bo´ladi. 1 yoshdan 7 yoshgacha vezikulyar nafas emas, pueril nafas eshitiladi (lot. puer. bola). U vezikulyar nafasdan nafas chiqarishning kuchayishi va davomiyligi bilan farq qiladi. Kattalardagi dag'al nafasga to’g’ri keladi.

Bu nafas bolalarda bronxit va bronxopnevmoniyalarda eshitiladi, kattalarga qaraganda erta paydo bo´ladi, nafas chiqarishda qo'shimcha kuchaygan shovqinlar bilan xarakterlanadi, asosan alohida tembrli bo´ladi. Bu bilan pueril nafasdan farqlanadi. Bolalarda nafas shovqinlari diagnostik bahosi kattalarnikiga oxshash bo´ladi. Nafas tizimi kasalliklarida nafas olishning patologik o'zgarishi kuzatiladi.



Susaygan nafas - nafas aktining umumiy pasayganligida, alveolalarga havo kirishi kamayganida kuzatiladi (halqum torayishi, nafas mushaklari nuqsoni), atelektaz, bronxospazm, obstruksiya sindromida, ekssudativ plevrit, pnevmotoraks, emfizema, o'pka yallig'lanishi, plevraning qalinlashuvida.

Kuchaygan nafas mayda yoki maydaroq bronxlar torayishida, yallig'lanish yo’ki spazm (astma xuruji, bronxiolitda), tana xarorati ko'tarilishi bilan kechadigan kasalliklarda kuzatiladi.

Dag'al nafas - qo'pol vezikulyar nafas, nafas chiqarishining uzayishi bilan xarakterlanadi. Bronxit va bronxopnevmoniyada kuzatiladi.

Xirillashlar - qoshimcha shovqin, havo tashuvchi bo'shliqlarda sekret, qon, shilliq, shish suyuqligining qayta harakatlanishi yo’ki tolqinlanishida hosil bo´ladi. Xirillashlar quruq va nam bo´ladi. quruq xirillashlar: hushtaksimon, baland, past, musiqaviy. Birinchisi bronxlar torayishida, asosan kichik bronxlar torayishida bo´ladi, ikkinchisi quyuq balg'amni to'lqinlanishidan hosil bo´ladi, yirik bronxlarda, rezonansni beradi.

Xo’l xirillashlar suyuqlik orqali havoning o'tishidan hosil bo´ladi. Bronxlar o'lchamiga (kalibriga) qarab xirillashlar mayda, o'rta va yirik pufakli bo´ladi. Ular jarangdor va jarangsiz xirillashlar turlariga bo'linadi. Pnevmoniyada jarangdor xirillashlar eshitiladi. Ular shuningdek bronxoektazdagi bo'shliqlarda ham paydo bo´ladi. Jarangsiz xirillashlar bronxiolitda, bronxit, opka shishi, atelektazda kuzatiladi.

Xirillashlardan krepitasiyani farq qilish kerak.

Krepitaеsiya (alveolyar krepitasiya) patologik yuqori chastotali nafas shovqini, ekssudati bor o'pka alveolari devorlari yopishishi natijasida hosil bo´ladi. Krepitasiyaning xirillashdan farqi, chuqur nafas olish balandligida eshitiladi, ko’p mayda ishqalanishning yuzaga chiqishi, barmoqlar orasida sochning g'ichirlashiga o'xshaydi.

Alveolyar krepitasiya - o'tkir krupoz pnevmoniyaning spesifik belgisi, ekssudat paydo bolish fazasiga mos keladi (boshlang'ich krepitasiya- crepitatio indix). Ba'zida krepitasiya o'tuvchi auskultativ fenomen bo'lib, rivojlangan atelektaz ustida bo´ladi, shuningdek disksimon atelektazda o'pkaning pastki qismida gipoventilyasiya hisobiga (bu xolatlarda bir necha chuqur nafas olishdan keyin yo’qoladii). Bu paytda bronxiola devorlari nafas chiqarishda yopishadi, keyingi nafas olishda ocqiladi, ovoz chiqaradi.

Plevraning ishqalanish shovqini. Yuzasi fibroz suyuqlik bilan o'zgargan (quruq plevritda), sklerotik jarayon, osmalar elementi (mezotelioma, plevra karsinomatozi) bilan qoplangan plevra varag'larining ishqalanishidan hosil bolgan shovqin. qar xil holatlarda shovqin chastota diapozoni turlicha (710-1400 Gs.) va uni qabul qilish farqlanadi. Ba'zi holatlarda u qor ishqalanish yoki qichirlashidek, boshqa paytlarda xuddi qattiq yuza ustida qum harakatidek eshitiladi. Yumshoq moysimon ovoz beradi. Shovqin quloqqa yaqin eshitilayotgandek qabul qilinadi. Krepitasiya va xirillashdan farq qilib, u nafas olish va chiqarishda ham eshitiladi, nafas chuqurligi kuchayganda yuqorilashadi, bemorni soq tomonga yotkazilganda, ba'zida stetosko’p bilan ko'krak devoriga bosilganda eshitiladi.

Stridor (lot.stridor - xushtak: sinonimi stridorli nafas) - shovqinli nafas, halqum yoki traxeya torayishi natijasida yuzaga keladi. Masofaviy xarakterga ega, bemordan ma'lum bir masofada eshitiladi, tembri bo'yicha bronxial yoki amforik nafas, shovqinli ovoz, nafas olishning qiyinlashuvi va nafas chiqarishning bir oz qiyinlashuvi bilan kechadi.

Tug'ma stridor - ko'p hollarda laringomalyasiya - halqum toqaylari shakllanishi orqada qolishi bilan xarakterlanadi, buning natijasida xalqum tug'ruqdan keyin xam mayin, chokkan bo´ladi. Nafas olganda halqum yumshoq devori ichkariga tortiladi va uning yorig'ini toraytiradi.

Tuhilgandan keyin 4-6 xaftasida laringomalyasiyaga bog’liq stridor paydo bo´ladi. Tinch xolatda yoki qorinda yotqizilganda stridor yo’qoladii, yig'laganda kuchayadi, ba'zi xolatlarda doimiy saqlanadi. Bunda bola ovozi jarangdor, toza bolib qoladi, umumiy axvoli o'zgarmaydi. Halqum tog'aylari o'sish va rivojlanishida (1 yoshda) stridor yo’qoladii.

Tuhilgandan keyin darrov yuzaga chiqadigan stridor qar-xil tug'ma nuqsonlar - xoana atreziyasi, halqum kistasi, halqum va traxeya tug'ma stenozi va boshqalarga bog’liqdir. Agar stridor emizishda paydo bo'lsa, traxeya va qizilongach o’rtasitdagi teshik, halqumning tirqishidan dalolat beradi. O'tkir respirator virusli infeksiya qo'sqilishi stridorni kuchaytiradi. Ba'zida nafas yolllari otkazuvchanligi buzilishi natijasida nafas etishmovchiligi belgilari rivojlanadi (xansirash, sianoz, nafas olishda qovurg'alararo mushaklar tortilishi va boshqalar) stridor sababini aniqlash uchun bolani pediatr va otorinolaringolog ko'rishi kerak.

Laringomalyasiyali stridorda bolani kuzatish lozim, erta chiniqtirish tadbirlari bilan o'tkir respirator virusli infeksiya profilaktikasi o'tkaziladi. O'RVI qo'shilganda, bolada xansirash paydo bo'lsa, tezda gospitalizasiya qilish kerak.

Bronxofoniya - ovozni bronxlardan ko'krak qafasiga o'tishi, auskultasiya yordamida aniqlanadi. Pnevmoniya, tuberkulez, atelektazda kuchaygan bronxofoniya bo´ladi. Susaygan bronxofoniya plevral boshliqda suyuqlik (ekssudativ plevrit, gidrotoraks, gemotoraks va havo -pnevmatoraks) to'planganda yuz beradi.



Nafas yetishmovchiligi - qonning normal gaz tarkibini ta'minlamaslik bo'lib, tashqi nafas apparati nofaol ishi hisobiga, organizmning funksional imkoniyatlari pasayishiga olib keladi.
Nafas yetishmovchiligi 4ta darajaga bo'linadi:

Kataloq: uum2
uum2 -> Tasdiqlayman
uum2 -> Non odontogenic
uum2 -> Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x d. t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi Ichki kasalliklar propedevtikasi fani
uum2 -> O’zbekiston respublikasi o’rta maxsus va oliy ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi «tasdiqlayman»
uum2 -> Kukrak qafasining ochiq va yopiq Shikastlalari
uum2 -> Tasdiqlayman
uum2 -> Mavzu 1: Ko'rish analizatori va uning yordamchi a'zolari klinik anatomiyasi va fiziologiyasi. Mashg'ulotning davomiyligi
uum2 -> Travmatologiya va ortopediyaning maqsad va vazifalari
uum2 -> Toshkent tibbiyot akademiyasi «tasdiqlayman»
uum2 -> Travmatologiya-ortopediya ta’limda

Yüklə 8,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə