Tasdiqlayman


-teri ostida joylashadi va fassial mushaklar aro tusikka ega bulmagan simpalst turi buyicha anatomik guruxni tashkil etadi (miokardga uxshash); -



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə7/14
tarix25.11.2016
ölçüsü0,72 Mb.
#8
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14

-teri ostida joylashadi va fassial mushaklar aro tusikka ega bulmagan simpalst turi buyicha anatomik guruxni tashkil etadi (miokardga uxshash);

-statik funksiyalarni bajarmaydi;

-mimik mushaklarning efferent innervatsiyasining koeffitsienti yukori, ular anik, chakkon.

Travmatologik jaroxatlarda yoki kasalliklarda chaynash, yutish va gapirish buziladi. Stomatologiyada DJTning kullaniladigan vositasiga asosiy kursatma bulib, umumiy va maxalliy xarakterdagi buzilishlar xisoblanadi.

Yuz-jag soxasining kasalligida yoki jaroxatlanishining kechishida uchta boskich farklanadi.

Birinchi boskich – patologik jarayonning utkir namoyon bulishi : jaroxatlangan tukimalarda yalliglanish yoki reaktiv yalliglanish jarayonlarining rivojlanishi, yakkol zaxarlanish.

DJTning vazifalari :

1.Ichki organlar tomonidan bulishi mumkin bulgan asoratlarning oldini olish.

2.Reparativ-regenerativ jarayonlarni stimulyasiya kilish maksadida jaroxatlangan soxada kon va limfa okimini yaxshilash.

3.Ogizning shillik kavati soxasida va yuzning teri koplamasida kupol tortuvchi chandiklarning, chaynov mushak va chakka-pastki jag bugimi kontrakturasining rivojlanishini oldini olish.

4.Oddiy maishiy kunikmalarni ishlab chikish (ovkatni kabul kilish uchun ogiz burchagini tortish, lablarni trubochka xolida yigish va x.z.).

5.Organizmning umumiy tayyorgarligini ushlab turish.

Bu boskichda tavsiya etiladi:

1.Jaroxatlangan tukimalar bilan boglanmagan mushaklar uchun mashklar utkazish.

2.Jaroxatlanmagan mushaklar uchun maxalliy va umumiy xarakterdagi me'yoriy xarakatlarni kullash, bunda kisman jaroxatlangan tukimaga xam ta'sir kursatiladi.

3.Jismoniy mashklar maxalliy almashinuvning yaxshilanishiga, gematomalarning surilishiga va tortuvchi chandiklarning rivojlanishini oldini olishga olib kelishi kerak.

Ikkinchi boskich – utkir osti : yalliglanish belgilarining kamayishi yoki yukolishi, bemor umumiy xolatining yaxshilanishi.

DJTning vazifalari:

-kontraktura rivojlanishi bilan kurashish;

-chakka-pastki jag bugimining xarakatini tiklash;

-xar xil mushak guruxlarining funksiyasini tiklash.

Maxsus mashklar tavsiya etiladi (umumrivojlantiruvchi va nafas mashklari fonida):

-aktiv erkin, maksimal xarakat amplitudasi bilanpastki jag uchunyordam bilan aktiv mashk;

- jaroxatlangan shillik kavatni til bilan massaji, bu kupol chandiklarning xosil bulishini kamaytiradi;

-mimik mushaklarning aktiv xarakati va chandik xosil bulishini olidini olish maksadida teri koplamasining massaji;

-yordam bilan va rezinani kullash bilan aktiv xarakatlar, chakka-pastki jag bugimi uchun aktiv xarakatlar;

-normal gapirish funksiyasini tiklash uchun tilga mashk; ogiz bushligidan tashkarida mashk va unli tovushlarni, suzlarni va buginlarni aytish (tilni lopatkaga uxshash chikarish va bushashtirish;tilni karmokka uxshab tepaga sungra pastga bukish;tashki tomondan tish katorlari buyicha til bilan utish).

Dikkat! Agar til yaxshi xarakat kila boshlasa, unda suz va suz buginlarini aytishga utiladi. Keyinchalik tovushni chikarib ukish va ashula kilib aytish tavsiya etiladi.



Uchinchi bosqich - yuz-jag‘ apparatiningfunksiyasini tiklash; suyak to‘qimasi jaroxatlangandasuyak qadog‘ining hosil bo‘lishi, jaroxatlanishida yumshoq to‘qimaning epitilizatsiyasi yoki chandiqlanishning tugallanishi.

DJTning vazifasi : jaroxatlangan organning buzilgan funksiyasini va bemorning mehnat qobiliyatini tiklash. Jag‘ kontrakturasida, og‘iz oldi sohasida chandiqli o‘zgarishi, yuz nervining jaroxati, til va bo‘yin mushagi shikastlanishida DJTning vositalari qo‘llaniladi.

Qarshi ko‘rsatma: bemorning umumiy og‘ir holati; tana haroratining 38°S dan yuqori bo‘lishi; o‘tkir yallig‘lanish jarayoni; EChTning oshishi; septik holat; maxsus mashqlar bajarishda og‘riq sindromining kuchayishi; tomirlar yaqinida joylashgan yod tana hisobiga ikkilamchi qon ketish havfi; jaroxatlangan suyak parchalarining yetarlicha immobilizatsiya qilinmaganligi.

Chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imining artriti va artrozlarida DJT

Chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi(ChPJB)ning kasalligi stomatologik kasallar orasida o‘ziga yarasha o‘rin egallaydi, chunki ularni daignostika qilish va davolash qiyinchilik bilan boradi.

ChPJB o‘zining tuzilishi bo‘yicha boshqa bo‘g‘imlarga o‘xshash, lekin u o‘ziga xos xususiyatga ega, bu uning funksiyasini aniqlab beradi. O‘ng va chap birlashmasi fiziologik sistemani hosil qiladi, ularda harakat bir vaqtda amalga oshiriladi. Zamonaviy ma'lumotlarga ko‘ra, ChPJB faqat pastki jag‘ni harakatlantirib qolmaydi.Yuztishjag‘ sistemasining reflektor faoliyatida muhim ahamiyatni tish qatorlarining kontakti kasb etadi Ular paradont retseptorlarini qo‘zg‘atadi va chaynov mushaklarning qisqarishini chaqiradi. Tishlarning yuzasi qanchalik katta bo‘lsa chaynov mushaklarining reflektor qisqarishi shunchalik kuchli bo‘ladi. Bo‘g‘im to‘qimasi yuqori yuklamani xis qilgandagina bo‘g‘im kasalligi paydo bo‘ladi (yon tishlarning yo‘qotilishi, bir tomonlama chaynash va boshqalar), shuningdek umumiy kasalliklarda bu to‘qimalarning birlamchi morfologik o‘zgarishi paydo bo‘ladi (revmatizm, almashinuv va endokrin buzilishlar). Chaynov mushaklari skelet mushaklardan farqi o‘laroq psixosomatik buzilishlarda ishtirok etadi. Bunda ularning funksiyalari diskoordinatsiyalar bo‘lishi mumkin.Pastki jag‘ning va bo‘g‘im boshchasining joylashishi chaynov mushaklarining koordinatsiyalangan funksiyalariga bog‘liq bo‘ladi. Chakka mushaklari yo‘nalishlari yuqori va orqaga, chaynov mushaklarining yo‘nalishi yuqori va oldinga bo‘ladi.Normada bo‘g‘im boshchalarining bo‘g‘im chuqurligidagi hamma harakatlari kombinatsiyalangan va quyidagi komponentlarga ega :

-vertikal – og‘izni ochish va yopish;

-sagital – oldinga va orqaga bosuvchi harakatlaar;

-transverzal – o‘ng va chapga ko‘chish.



Dastlabki holat – markaziy okklyuziya, ya'ni tish qatorlarining maksimal aloqasi, bo‘g‘im boshchalari disklar bilan birga bo‘g‘im chuqurligida joylashgan. Bo‘g‘im boshchkasi va diskning harakat koordinatsiyasining buzilishi pastki jag‘ning haddan tashqari harakatida, uning orqaga ko‘chishida, jag‘tish sistemasining buzilishlarida amalga oshadi.

ChPJBning ichki buzilishining boshlang‘ich bosqichlarida asosan pastki jag‘ning noto‘g‘ri harakati va ularni aniq koordinatsiya qilish imkoniyati yo‘qligi seziladi. Bunday klinik ko‘rinish pastki jag‘ boshchasining surunkali chiqishi uchun harakterli jaroxatlanishdir. Bu toshxis bemor ko‘rikdan o‘tkazilganidan keyin qo‘yilishi mumkin. Ba'zi holatlarda bemorni bo‘g‘im sohasidagi og‘riq bezovta qilishi mumkin bu sinovit yoki artrit belgilaridir.

Ko‘pincha bemorlar og‘izning normal ochilish imkoniyatining vaqti vaqti bilan buzilishiga shikoyat qiladilar.Bunday ko‘rinish bo‘g‘im diskining retsediv chiqishiga xarakterlidir.

ChPJBning ichki buzilishining og‘ir shakli bo‘lib, bo‘g‘im diskining surunkali chiqishi hisoblanadi. Adekvat davolashning yo‘qligi jaroxatlangan bo‘g‘imda ikkilamchi osteoartroz rivojlanadi.

Kompleks davolash dori darmon va ortopedik davolashni biriktiradi, shuningdek jismoniy reabilitatsiya vositalari bilan tiklanish tadbirlarini o‘tkazish ham taalluqlidir.

Fizioterapiya og‘riqni va bo‘g‘imdagi tovushlarni kamaytiradi, birlashma funksiyasini yaxshilaydi. Patologik jarayon xarakteriga va uning bosqichlariga nisbatan u yoki bu fizik omil tavsiya etiladi.

Massaj terida umumiy va mahalliy almashinuvni yaxshilaydi, mushaklar tonusini oshiradi, ularning qisqaruvchanlik funksiyasini yaxshilaydi, mushaklarga shakarning va kislorod kelishini oshiradi, to‘qima oziqlanishini yaxshilaydi, zahiradagi kapillyarlar ochilishini chaqiradi.

Pastki jag‘ning harakatini normallashtirish uchun izometrik xarakterdagi jismoniy mashqlar tavsiya etilgan, ya'ni miogimnastika. Miogimnastika kompleks davolashda pastki jag‘ harakatini normallashtirish, ma'lum mushak guruhini kuchaytirish, ikkala birlashmada bir xil harakatni va chaynov mushakning koordinatsiya funksiyasini tiklash uchun qo‘llaniladi. Jismoniy mashqlarni tanlashda pastki jag‘ ko‘chishini yo‘qotish uchun qaysi mushaklarni shug‘ullantirish kerakligi aniqlab olish kerak.



Diqqat! Og‘riq va bo‘g‘imdagi tovushlar ikkilamchi ahamiyatga ega.Ular chaynov mushaklari va bo‘g‘im funksiyasining normallashishidan keyin yo‘qoladi, faqat deformatsiyalangan artroz va bo‘g‘imda yallig‘lanish holatlari bundan istisno.

Zaruriy harakatni kuchaytirish uchun tilni qattiq siqish va ko‘chgan jag‘ga qarama qarshi tomonda chaynash tavsiya etiladi, og‘riq va pastki jag‘ning yon tomonga ko‘chganligi yo‘qolganidan keyin chaynash ikkala tomonda olib boriladi. Izometrik kuchlanishdan keyin og‘izni pastki jag‘ning ko‘chishisiz amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.



Diqqat! Og‘izni ochish amplitudasi har bir mashg‘ulotda oshirib boriladi.

Agar1-2 kundan keyin og‘izni ochish o‘rta chiziq bo‘yicha amalga oshirilsa, keyinchalik jag‘ni o‘ngga (chapga) harakat qilish bilan og‘iz ochilishi o‘tkaziladi.



Izometrik mashq : dastlabki holat – lablar ochiq, til ko‘tarilgan, uning uchi yumshoq tanglayga tegadi.O‘rta chiziqni oyna orqali nazorat qiladilar.

Diqqat! Bemor miogimnastika bilan shug‘ullanayotganida, og‘zini xaddan tashqari keng ochish, qattiq ozuqani tishlash va chaynash, ashula aytish tavsiya etilmaydi.

Bemorlarga o‘tkazilgan kompleks davodan keyin tun davomida individual tayyorlangan davolovchi kapalar qo‘llanilishi ko‘rsatilgan. Ularning qo‘llanilishi bo‘g‘imlarda og‘riqning, yoqimsiz og‘irlik sezgisini, chaynov va bo‘yin mushaklarida charchashni kamaytiradi, og‘iz ochilishini normallashtiradi.



Uch boshli, til osti va yuz nervining kasalliklarida va jaroxatlanishida DJT

Uch boshli nervning tkasalliklari va jaroxatlari. Ko‘p hollarda nevralgiya kuzatiladi, ularga yuzning yoki shillq qavatining qandaydir qismining qo‘zg‘alishi natijasida pristupga o‘xshash og‘riqning bo‘lishi xarakterlidir.Kasallanishda bir yoki bir nechta shoxi jaroxatlanishi mumkin. Sezgining yo‘qolishi natijasida mimika buziladi, ba'zida chaynashda yumshoq to‘qimalar zararlanadi.

Davolovchi gimnastikaning asosiy vazifalari bo‘lib hisoblanadi :

1.Yuz mimikasi buzilishini va yuqori labning chishlanish imkoniyatlarini yo‘qotish.

2.til, pastki lab va daxan sohasining sezuvchanligi buzilishini yo‘qotish.

3.Chaynash funksiyasini tiklash.

Og‘riq sindromining pasayishi bilan DJT vositasi qatorida davolovchi gimnastikaning maxsus mashqlarini bajarish ko‘rsatilgan. Yuzning mimiu mushaklari va til uchun mashqlar o‘tkaziladi.Ko‘proq dam olish bilan mushak va bo‘g‘imlarni bo‘shashtirish sharoitlarida mashqlar umum rivojlantiruvchijismoniy va nafas mashqlari bilan birgalikda olib boriladi.



Til osti nervining jaroxatlanishi. Til osti nervi til mushagini inervatsiya qiladi, shuning uchun uning jaroxatlanishida mos ravishda tilning yarmida mushak paralichi hosil bo‘ladi. Jaroxatlanish yaralanish, hamda ba'zi operatsiyalar vaqtida yuz beradi. Natijada til yarmida mushak atrofiyasi rivojlana boshlaydi. Tilni chiqarishda til sog‘ tomonga buriladi. Keskin ravishda nutq va ovqat qabul qilish buziladi.Davolashda til mushaklari uchun DJTni jadallikda massaj bilan birga o‘tkazilishi muhim ahamiyatga ega. Davolovchi gimnastika o‘tkazilishi natijasida atrofiyaga uchragan mushak funksiyasini ikkinchi yarimdaga boshqa mushak oladi. DJT mashg‘ulotida e'tibor mimiu mushak uchun va ayniqsa til uchun maxsus mashqlarga qaratiladi. Hamma harakatlar bemor tomonidan mustaqil bajariladi va lozim bo‘lganda boshqalar yordamidan foydalaniladi. Til uchun maxsus mashqlar qo‘llaniladi : og‘iz bo‘shlig‘ida til mashqi, og‘iz bo‘shlig‘idan tashqarida mashqlar, nutq nafasini tarbiyalovchi mashqlar.

Yuz nervining kasalligi va jaroxati. Yuz jag‘ sohasining kasallanishi va travmatik jaroxatlanishida asosiy o‘rin yuz nerviga qaratiladi. Quloq oldi bezi sohasiga kirib yuqori, o‘rta va pastki shoxlarga bo‘linadi.Bezdan chiqishda mimiu mushaklarga boruvchi shoxlarga bo‘linadi.Uning anatomik joylashishiga qarab yuz nervining tjaroxatlanish chastotasi tushuntiriladi.

Mimiu mushaklar funksiyasining buzilishi bir qator patologik holatlarni hosil qiladi. Yuqori shoxning jaroxatlanishi ko‘zning aylanma mushagining paralichi chaqiriladi, bu qipriklarning yopilmasligiga olib keladi, natijada ko‘z yoshlanadi, ko‘rish buziladi va x.z. O‘rta va pastki shoxlar jaroxatlanganda og‘izning aylanma mushagining, yuqori va pastki lablarni ko‘taruvchi va tushiruvchi mushagining paralichiga olib keladi, bu ovqat qabul qilishni, chaynashni, yutishni va nutqni qiyinlashtiradi

Yuz nervining jaroxatlanishiga jarrohlik aralashuvlar yuzaga keltirish mumkin : o‘rta quloqdatradikal operatsiya, yuzda yoki quloq oldi bezida operatsiyalar.

Yuz nervining jaroxatlanishi har xil moddalar bilan zaharlanish natijasida yuz berishi mumkin : alkogol, qo‘rg‘oshin, margumush. Yuz nervining nevriti shamollashlarda, yuqumli jarayonlarda, o‘rta quloqda yallig‘lanishda rivojlanishi mumkin. U falajlangan mushaklarning kontrakturasiga olib kelishi mumkin. Natijada og‘iz burchagi kasal tomonga qiyshayadi, shu tomondagi ko‘z siqiladi.

DJTning qo‘llanilishi kasal kechishiga to‘g‘ri kelishi kerak. Kasallik kechishi uchta davrga bo‘linadi.

Kasallikning birinchi davrida davolovchi gimnastika muolajasi kasallikning o‘tkir holati kamayishi va harakatning paydo bo‘lishi bilan boshlanadi. Mashqlarni bajarish uchun yengillashtirilgan dastlabki holatlar talab qilinadi. Mimiu mashqlar umummustaxkamlovchi mashqlar bilan birga maxsus kompleks o‘tkaziladi. Quyidagilar tavsiya etiladi : jaroxatlangan yon boshda yotib uxlash tavsiya etiladi; ovqatni ham jaroxatlangan, ham sog‘ tomonlarda chaynash; jaroxatlangan tomonga boshni bukib, qo‘llar bilan ushlab o‘tirgan holatda kuniga bir necha marta 10 - 15 minut o‘tirish; ro‘molni bog‘lash bilan sog‘ tomondagi mushaklarni kasal tomnga cho‘zish (pastdan yuqoriga). Kasallikning birinchi kunidan bemorlarni sog‘ tomondagi mushaklarni tinch holatda, gaplashgandan so‘ng, keyinchalik gaplashish vaqtida bo‘shashtirishga o‘rgatish lozim. Aktiv va passiv mashqlar fizioterapevtik muolajalar va massaj bilan birga qo‘llaniladi.

Kasallikning ikkinchi davrida jaroxatlangan mushaklarda aktiv harakat hajmini oshirishda DJT tavsiya etiladi. Bu davr atrofiya holatida jaroxatlangan mushaklarning keskin bo‘shashi bilan xarakterlanadi.

Kasallikning uchinchi davri kuchning kamayishi bilan harakat hajmining to‘liq tiklanishi bilan xarakterlanadi. Davolovchi gimnastika muolajasida oddiy harakatlardan qiyin harakatlarga o‘tish kerak.Davolovchi gimnastika kompleksi mimiu mushaklar uchun mashqlarni va artikulyasion gimnastikadan tashkil topadi. Artikulyasion gimnastikada unli harflarni (a,u,i,o va x.z.) chiqarish va shu harflardan tashkil topgan so‘zlarni (ma-ma, mo-lo-ko, pi-li-grim va x.z.) gapirish tavsiya etiladi.

Kuniga 2-3 marta mimik mushaklar uchun mashqlar bajariladi. DJT ni fizioterapevtik muolajalar bilan birga olib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Davolash samaradorligi mimiu mushaklar harakatining hajmi oshishi bilan aniqlanadi.Birinchi navbatda peshana sohasida harakatning tiklanishi, keyinchalik kipriklarning harakatchaligining ortishi va ko‘z yoshlanishining yo‘qolishi qo‘shilishi bilan kechadi. Lab mushaklari funksiyasining tiklanishi juda qiyintkechadi.

Jag‘ sinishida DJT

Hamma yuz skeletining jaroxatlanishida pastki jag‘ sinishi 70% dan ortig‘ini tashkil etadi. DJTning o‘z vaqtida qo‘llanilishi gipokineziya noxush ta'sirini yo‘qotadi, jag‘ immobilizatsiyaning uzoq davom etishi bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlarning (chaynov mushak atrofiyasi, yuzning yumshoq to‘qimasining chandiqlanishi, chakka pastki jag‘ bo‘g‘imining kontrakturasi) rivojlanishining oldini oladi.



Birinchi (kirish) davri mashg‘ulot bemorga doimiy immobilizatsiya qo‘yilgandan keyingi 2—3 kundan keyin tavsiya etiladi va suyak qadog‘i boshlang‘ich belgilarining shakllanishigacha davom etiriladi. Bu davrning davomiyligi pastki jag‘ sinishida 3—4 haftagacha davom etadi.singan bo‘laklarning jag‘lar aro fiksatsiyasining toptimal muddati 5 haftagacha.

Davolvchi gimnastikaning vazifalari : bemorning umumiy axvolini yaxshilash; yuz jag‘ sohasidagi yumshoq to‘qima va jaroxatlangan suyak to‘qimasida reparativ jarayonlarning stimulyasiyasi; gipokineziya va chakka pastki jag‘ bo‘g‘imi immobilizatsiyasi bilan bog‘liq asoratlarning profilaktikasi.

Bemor holatiga adekvat harakat tartiboti fonida umummustaxkamlovchi, nafas va maxsus mashqlarni individuallashtirish davolovchi gimnastika muolajasida ko‘zda tutilgan.Davolashning 3—4 kunlarida yarim tushak harakat tartiboti, keyinchalik erkin harakat tartiboti tavsiya etiladi.Umummustaxkamlovchi va nafas mashqlari kardio repirator sistemasi faoliyatini kuchaytirishni ta'minlash me'yorida beriladi. Mashqlar yotgan yoki to‘shakda o‘tirgan, umumiy holati yaxshi bo‘lganda mashqlarning ko‘p miqdorini turgan dastlabki holatda bajarishga ruxsat etiladi. Maxsus mashqlarni bajarishda fiksatsiyalangan singan suyak bo‘laklarining qo‘zg‘alishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki bunda asoratlarning rivojlanish havfi tug‘iladi. Ikki jag‘ birlashtirib fiksatsiyalanganda chaynov mushaklari uchun mashqlar mashg‘ulotning birinchi davrida berilmaydi. Bunda asosiy e'tibor ideomotor mashqlarga qaratiladi. Bunda umummustaxkamlovchi mashqlar (keskin tanani engashtirish, boshni burish, sakrash va x.z.) ham tavsiya etilmaydi. Davolovchi gimnastika mashg‘ulotning davomiyligi 10 —15 minut. Bundan tashqari bemorlar kuniga bir necha marta 5—10 ta maxsus mashqlarni mustaqil bajaradilar.

Ikkinchi davrda davolovchi gimnastikaning vazifalari : chakka pastki jag‘ bo‘g‘imida harakat qiyinlashishining rivojlanishini yo‘qotish va bemorni shifoxonadan chiqishga tayyorlash; shu maqsadda mashg‘ulot umummustaxuamlovchi va maxsus mashqlarning ko‘p miqdorda tavsiya etilishi hisobiga davomiyligi uzaytiriladi. Bir qancha maxsus mashqlardan tashkil topgan individual topshiriqlar beriladi, bemorlar ularni kun davomida 7—10 marta mustaqil bajaradilar.

Immobilizatsiya tugaganidan keyin sinishlarni davolashning uchinchi davriga o‘tiladi. Bunda bemor to‘liq reabilitatsiya qilinadi va mehnat faoliyatiga qaytariladi.Chaynov mushaklari uchun maksimal amplituda harakat bilan maxsus mashqlar tavsiya etiladi.



Jag‘ suyagining sinishida davolovchi gimnastika

Mashg‘ulot bo‘limi

Dastlabki holat

Mashq

Davomiyligi minutda

Uslubiy ko‘rsatma

Kirish

O‘tirgan yoki turgan

yelka kamari va qo‘l mushaklari uchun mashq, dinamik nafas mashqi.Tanani yon tomonlarga burish, har xil yo‘nalishda oyoqlar–ning harakatlari. Boshni burish, egish va aylanma harakatlari

2 – 3

Sekin va o‘rta sur'atda. Qo‘l–oyoqlarningharakat amplitudasi to‘liq hajmda emas. Bosh va tananing keskin harakatlari tavsiya etilmaydi.

Asosiy

O‘tirgan yoki turgan

Burun orqali nafas olish bilan birga til va mimiu mushaklarga mashq. Bo‘yin va qo‘llar uchun mashqlar. Tishlar birlashtirilgan da chaynov mushaklariga qisqartirish impulsla–rini yuborishga mashqlar

8 – 10

Mimiu mushaklar uchun mashqlar se–kin sur'atda ba–jariladi, har bir mashq 5–10 marta qaytariladi. Chaynov mushaklari kuchlantirilganda og‘riq sezgisining bo‘lmasligini kuzatish.

Tugatish

O‘tirgan yoki turgan

Chuqur nafas bilan birga–likda mimiu, qo‘l va yelka kamari mushaklarini bo‘shashtiruvchi mashqlar

2 –3

Sekin sur'at, mu–shaklarning to‘liq bo‘shashishini nazorat qilish. Og‘izning ochilish darajasini o‘lchash

Jami







12 – 16





Yuqori lab va tanglayning tuo‘ma yorig‘i bo‘yicha jarroxlik davolashda DJT

Operatsiyadan oldingi davrda DJT vositalari bilan quyidagi vazifalar xal qilinadi : 1)shifoxona sharoitiga moslashishni yengillashtirish; 2)yurak–qon tomir va nafas sistemalarining funksional holatini yaxshilash; 3)burun bilan nafas olish ko‘nikmasiga o‘rgatish; 4) operatsiyadan keyingi davrda bajariladigan mashqlarni o‘rgatish.

DJT shakllaridan ertalabki gigienik badan tarbiya, davolovchi gimnastika va mustaqil bajarishi uchun individual topshiriqlar qo‘llaniladi, hamda massaj tavsiya etiladi.Umumiy va maxsus shug‘ullanish uchun umummustaxkamlovchi, nafas va bemorning jismoniy holatini yaxshilovchi va tanglay–til–lab mushak kompleksiga ta'sir etuvchi maxsus mashqlar qo‘llaniladi.Mimik va chaynov mushaklari, tilmushagi va yumshoq tanglay uchun mashqlarga o‘rgatish oyna oldida individual usul bilan o‘tkaziladi.

Operatsiyadan keyingi davrda DJTning asosiy vazifalari quyidagilarga yo‘naltirilgan : bemorning umumiy holatini yaxshilash va asoratlarning oldini olish, og‘iz bo‘shlig‘ida yangi anatomik o‘zgarishlar bilan bog‘liq burun nafas ko‘nikmalarini tarbiyalash; tanglay–xalqum mushak kompleksining funksiyasini takomillashtirish va chakka–pastki jag‘ bo‘g‘imining to‘liq hajmdagi harakatini tiklash; organizmni jismoniy yuklamalarga moslashtirish. Birinchi 2–3 kunlari bemorlarga to‘shak harakat tartiboti buyuriladi va hamma mashqlar to‘shakda yotgan krovatning bosh qismi ko‘tarilgan dastlabki holatda bajariladi. Qo‘l va oyoqlar uchun oddiy mashqlar, diafragmal nafas, burun orqali nafas olishni egallab olish uchun mashqlar qo‘llaniladi. Operatsiyadan keyingi to‘qimalarga dam berish maqsadida mimik va chaynov mushaklariga mashqlar berilmaydi.

Kasallik yaxshi kechganda 3–4 kunlaridan bemorlarning harakat aktivligi kengaytiriladi, mashqlar o‘tirgan va harakatda turgan dastlabki holatda bajariladi.Mimik va chaynov mushaklari uchun maxsus mashqlar beriladi, mashqlar extiyotlik bilan sekin sur'atda va DJT instruktori nazorati oostida bajariladi

Iplar olinganidan keyin (odatda 7–10 kunlar)bemorlarni shifoxonadan chiqishga tayyorlanadi. Bu davrda bemorlarni uy sharoitida mashg‘ulot uchun mashqlar kompleksi bilan tanishtiriladi.Shuni inobatga olish kerakki, operatsiya qanchalik yaxshi qilingan bo‘lmasin, nutq va nafasning normallashishi mashg‘ulotni tartibli o‘tkazilishida artikulyasion va nafas mashqlarining bajarilishi bilan amalga oshiriladi.

Nutq funksiyasining tiklanishi uchun tanglay–xalqum mushaklarining kuchini chiniqtirish uchun maxsus mashqlarning ahamiyati katta. Yumshoq tanglay yutish aktida ishtirok etib, fonatsiyaga aktiv ta'sir ko‘rsatadi.

Yumshoq tanglay, yuqori lab va til mushaklarini chiniqtirish uchun maxsus jismoniy mashqlar:



I.Yumshoq tanglay mushaklari uchun mashqlar

1.Tomoqni iliq suv bilan chayish (“g‘r–g‘r–g‘r” tovushini aytish, bosh orqaga tashlangan).

2. “xr–xr–xr” tovushni aytish bilan og‘iz orqali nafas olish – tanglay vibratsiyasi (burunlar qisilgan).

3.Suvni yutish (20–30 ta kichik yutum).

4.yumshoq tanglayni ko‘tarish va tushurish (oyna oldida bajariladi, 10–15 marta).

5.Rezinali o‘yinchoqni shishirish (burunni qismasdan, nafas chiqarish soni sanaladi).

6.Ochiq og‘izda yo‘talish (oyna oldida tanglayning harakatini kuzatish bilan bajariladi).

7.Qattiq va yumshoq tanglayni qo‘l bilan massaj qilish (oldindan orqaga yo‘nalish bilan silash).

8.Qisqa nafas chiqarish vaqtida “a–a–a” tovushini aytish.

9.Nafas olishda “i–o”, “e–o” tovushini aytish.



II.Yuqori lab mushagi uchun mashqlar

1.Og‘iz burchagini yuqoriga va yon tomonlarga tortish (aktiv va qo‘llar yordamida).

2.Yuqori lab ostiga havoni puflash.

3.Og‘izning aylanma mushagini til bilan massaj qilish.

4.Lunjni shishirish, qo‘llar yordamida ularni ezish, havoni qattiq siqilgan lablar orasidan chiqarish.

5.Lablar bilan qalamni ushlash va havoda harflar yoki har xil shakllarni chizish (aylana, kvadrat va x.z.).

6.Lablarni trubochka holida qisish va “fu” tovushini aytish.

7.lablar orasida joylashgan ingichka plastikani ritmik siqish, 20–30 sekund davomida.

8.P,B,M,V,F harflarini aytish.

III. Til mushagi uchun mashqlar

1.Ochilgan iva yarim ochilgan og‘izdan tilni chiqarish va lablarni yalash.

2.Tilni chtqarish. Unga trubochka, lopatka shakllarni berib, maksimal o‘ngga, chapga, yuqoriga va pastga burish.

3.Tilni tez bukish va yozish bir vaqtda tilni chiqarish bilan.

4.Tish qatorlarini chiki va tashqi tomoni bo‘yicha til bilan aylanma harakat qilish (o‘ngdan chapga va chapdan o‘nga).

5.Lunjga til bilan tirash.

6.Tishlarning yuqori qatori bo‘yicha til bilan sekin harakat qilish (tishlar sonini sanash).

7.Til bilan burunga tegishga harakat qilish.



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin