Xizmat xatlari- tashkilotlar orasida xizmat aloqalarini amalga oshiruvchi asosiy hujjatdir. Xat orqali bajariladigan masalalar ko‘lami juda keng bo‘lib, bunday yozishmalar vositasida turli ko‘rsatmalar, so‘rovlar, javoblar, tushuntiriglar, xabarlar, takliflar, iltimoslar, kafolatlar beriladi yoki qabul qilinadi. Mazmun jihatdanturlicha bo‘lgan bunday hujjatlar umumlashtirilgan holda xizmat xatlari deb yuritiladi. Xizmat xatlari tashkilotda ish yuritish jarayonida qo‘llanuvchi hujjatlarning umumiy miqdoriga nisbatan 80 foizni tashkil etadi.
Xizmat xatlari xususiyatlariga ko‘ra o‘zaro farqlanadi. Xatlarni bajaradigan vazifasiga qarab quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
1) Javob xatni talab qiluvchi xatlar (da'vo xatlar, so‘rov xatlar, iltimos xatlar)
2) Javob xatni talab qilmaydigan xatlar (ilova xat, tasdiq xat, eslatma xat, axborot xat, kafolat xat va boshqalar).
Ushbu xatlar ma'lum bir maqsadda yoziladi, masalan kafolat xatlarda- kafolat berish ifodalansa, ilova xatlarda- xatga ilova qilinayotgan hujjatlar haqida axborot beriladi. Biroq shunday xatlar ham kafolat berish, ham iltimos, ham eslatish ma'nolari ifodalanadi.
Xizmat xatlari odatda xatlar uchun tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi. Maxsus bosma ish qog‘ozlari bo‘lmagan hollarda xizmat xatlari tashkilotning xos ish qog‘oziga yoki oddiy qog‘ozga yoziladi. Xat oddiy qog‘oz varaqqa yozilsa, uning chap tomonidagi yuqori burchagiga xat jo‘natayotgan tashkilot nomi ko‘rsatilgan to‘rtburchak muhr qo‘yiladi.
Zaruriy qismlari burchakda joylashgan bosma yoki xos ish qog‘ozlarida zaruriy qism avval o‘zbek tilida, quyida esa rus tilida beriladi. Zaruriy qism uzunasiga (bo‘yiga) joylashgan bosma ish qog‘ozlarida chap tomonda o‘zbek tilida, o‘ng tomonida rus tilida beriladi.
Har kanday xizmat xati mantikiy jixatdan ozaro boglik bolgan uch kismdan iborat boladi.1- kirish kismida odatda xat bilan tegishli tashkilotga murojaat kilishga majbur etuvchi asosiy sabab korsatiladi.Ikkinchi kismida xatda ko‘yilayotgan masalan xal kilish zarurligi dalillar asosida bayon kilinadi.Xatning uchinchi (xulosa)kismida esa xat yozishdan ko‘zlangan asosiy maksad ifodalanadi.
Xizmat xatlari imkoni boricha kiska bo‘lishi koidaga ko‘ra xizmat xatlari bir betdan oshmasligi kerak.Xizmat xatlari ikki nusxda yoziladi va imzolanadi.Birinchi nusxa jo‘natilib ikkinchi nusxa tashkilotning o‘zida saklanadi.Agar xat ikki va undan ortik makonga yo‘llansa xat jo‘natilayotgan asosiy tashkilot yoki raxbar xodimning nomidan song boshkalari beriladi.Birgina hujjatda uni oluvchning nomi to‘rttadan oshmasligi kerak.Xizmat xatlari odatda tashkilot nomiga yuboriladi.Fakat masalaning xal kilinishi bevosita raxbarga bog'lik bo‘lsa xat raxbar nomiga jo‘natilishi mumkin.