“TBC Bank” ATB mijozlarining va fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish
tartibi
Murojaatlarni koʻrib chiqishda biz Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va
yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga amal qilamiz.
Ushbu
hujjat ma’lumot berish maqsadida taqdim etiladi va Tomonlardan hech qaysi biri
uchun huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.
1. Murojaat shakli
Murojaatlar ariza, taklif, shikoyat va boshqa shakllarda quyidagi koʻrinishda qabul
qilinadi:
- ogʻzaki;
- yozma ravishda;
- elektron shaklda.
Ularning shakli va turidan qat’i nazar, murojaatlar Bank uchun teng qiymatga ega.
2. Murojaatning mazmuni
- Jismoniy shaxsning murojaatida jismoniy shaxsning familiyasi, ismi (otasining
ismi), telefon raqami (agar mijoz boʻlsa, TBC UZ ilovasida roʻyxatdan oʻtishda
foydalanilgan telefon raqami);
- Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning toʻliq nomi, uning joylashgan
manzili (pochta manzili) toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, aloqa ma’lumotlari koʻrsatilishi
kerak.
3. Qaysi tilda murojaat qilish kerak
- murojaatlar davlat va boshqa tillarda taqdim etilishi mumkin.
4. Yozma murojaat mazmuniga qoʻyiladigan talablar
4.1. Yozma taqdim etilgan murojaat murojaat etuvchi jismoniy shaxsning imzosi
yoki yuridik shaxs oʻrniga murojaat etayotgan vakolatli shaxsning imzosi bilan
tasdiqlanishi kerak. Agar jismoniy shaxsning
yozma murojaatini murojaat
etuvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni boʻlmasa, u holda murojaatni yozgan
shaxs tomonidan qoʻshimcha ravishda uning familiyasi (ismi, otasining ismi)
yozilib, imzolanishi kerak.
4.2. Murojaat etuvchilar vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning
vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
5. Ogʻzaki murojaatlar quyidagicha qabul qilinadi:
5.1. Baxt Markazi tomonidan +99878-727-27-27 telefon raqami yoki 1150
qisqa
raqam orqali;
5.2. Operatsion xavf va komplaens departamenti tomonidan +998-78-888-27-27
Ishonch telefoni orqali. Mazkur departamentga poraxoʻrlik va korruptsiyani oldini
olish uchun murojaat etiladi;
5.3. Front ofis xodimlari tomonidan (mijozga maslahat berish uchun).
6. Yozma shaklda murojaatlar quyidagicha qabul qilinadi:
6.1. Bankning Bosh ofisi, kotibiyat va Bankning
Bosh ofisi devonxonasi
tomonidan.
7. Murojaatlar elektron shaklda quyidagicha qabul qilinadi:
7.1. Bank ilovasining ichki platformasi orqali suhbat tarzida Baxt Markazi
tomonidan;
7.2. Bank Boshqaruvi Raisining virtual qabulxonasi
tomonidan korporativ veb-
sayt orqali www.tbcbank.uz;
7.3. Elektron pochta orqali mijozlarni qoʻllab-quvvatlash departamenti
tomonidan: contact@tbcbank.uz;
7.4. Operatsion xavf va komplaens departamenti
tomonidan elektron pochta
orqali:
incident_compliance@tbcbank.uz
. Mazkur departamentga poraxoʻrlik va
korruptsiyani oldini olish va axborot berish uchun murojaat qilinadi.
8. Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilish
8.1. Bankda jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilish Bankning
Bosh ofisining ish kunlarida Bankning mas’ul rahbarlari tomonidan amalga
oshiriladi.
8.2. Bank rahbariyatining shaxsiy qabuli davomida maxsus texnik (audio va video
yozuvlar, shuningdek, suratga olish) vositalaridan foydalanish mumkin.
9. Murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlari
9.1. Murojaat Bankka kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida koʻrib
chiqiladi. Qoʻshimcha ravishda masalani koʻrib chiqish kerak boʻlsa yoki
qoʻshimcha hujjatlarni talab qilish zarur boʻlgan hollatlarda, murojaatni koʻrib
chiqish muddati bir oygacha davom etishi mumkin.
9.2. Agar murojaatni koʻrib chiqish uchun tekshirish oʻtkazish kerak boʻlsa,
qoʻshimcha materiallar zarur boʻlsa yoki boshqa chora-tadbirlar koʻrish zaruriyati
tugʻilsa, murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlari istisno
tariqasida Boshqaruv
Raisi tomonidan uzaytirilishi mumkin, biroq bu haqda murojaat etuvchiga xabar
qilingan holda bir oydan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Murojaatni koʻrib chiqish muddatlarini uzaytirish ishlari javobgar shaxs
tomonidan obyektiv sabablarga koʻra zaruriyat tugʻilsagina amalga oshiriladi.
10. Qanday murojaatlar koʻrib chiqilmaydi
- asoslanmagan va murojaat etuvchisi noma’lum boʻlgan murojaatlar;
- vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmagan jismoniy
va yuridik shaxslar
vakillari orqali berilgan murojaatlar