Termiz davlat universiteti fakulteti



Yüklə 133 Kb.
səhifə1/2
tarix11.03.2022
ölçüsü133 Kb.
#53591
  1   2
Bolalar bilimini diagnostika qilish




TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI

____________________________________________________FAKULTETI

_________________________________________________TA’LIM YO’NALISHI

_____ - BOSQICH _______ GURUH TALABASI

___________________________________________ FANIDAN

TAYYORLAGAN


MUSTAQIL ISHI

BAJARDI : ____________________________

QABUL QILDI: ___________________________

Termiz – 2022

BOLALAR BILIMINI DIAGNOSTIKA QILISH
Reja:



  1. Diagnostika qilish haqida umumiy tushuncha

  2. Pedagogik diagnostika fanining maqsadi va vazifalari

  3. Bilim olish, bilimlilik va tarbiyalaganllik diagnostikasi

Professional ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar o’zining pedagogik faoliyatida pedagogik diagnostika bilan shug’ullanishlari lozimligi bugungi kun talablaridan biridir. Xar kanday faoliyat zamirida xam amalga oshirilgan ishlarning pirovard maksadi, vazifalari va kutilgan natijalari buladi. Faoliyat natijalarini sarxisob kilish, amaliy xulosalar yasash - bush yoki muvaffakiyatli urinlarni bеlgilab olish, faoliyatning kеyingi boskichlarida uni xisobga olish diagnostika dеyiladi. Pedagogik diagnostika o’quvchining o’zlashtirishi, o’qishdagi qiyinchiliklarini, uning o’qishiga ta’sir qilayotgan ijtimoiy, oilaviy omillarni o’rganishga yo’naltirilgandir. Diagnostika natijalari esa ta’lim-tarbiya jarayonini to’g’ri rejalashtirish, yo’l qo’yilgan hatolarni tuzatish, psixologik-pedagogik profilaktika ishlarini olib boorish imkonini beradi.

Bu muqaddas zaminda yashayotgan har qaysi inson o'z farzandining bahtu saodati, fazlu kamolini ko'rish uchun butun hayoti davomida kurashadi, mehnat qiladi, 'zini ayamaydi. Bola tug'ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an'analar, qadriyatlar, urf - odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, xis etadi.

O'zbek oilasi mustabidlik zamonida ham o'zining tarixan shakllangan qiyofasini yo'qotmadi. Ulug' adibimiz Abdulla Qodiruy qahramonlaridan birining: "Bu xonadondan hech kim norizo bo'lib ketgan emas", deya aytgan gaplarida elimizga xos katta hayotiy falsafa mujassam. Bu yo'q joydan paydo bo'lgan gap emas. Ota - onaning farzand oldidagi burchlari, o'zlarining oxiratini obod etuvchi qarzlari bor. Dinu diyonatli xonadon oqsoqollaridan so'rasangiz, ularni lo'nda qilib sanab beradi: yaxshi nom qo'yish, yaxshi muallim qo'liga topshirib, savodini chiqarish, ilmli, kasbli - hunarli qilish, boshini ikki, uyli - joyli qilish.

Mana shuning uchun ham bugungi kunda biz bu masalaga jiddiy e'tibor bermoqdamiz. Shuning uchun ham bu maqsadga qaratilgan loyihalar jamoatchiligimiz diqqat - e'tibori markazita o'tmoqda, tarbiya sohasi isloxoti bugungi eng dolzarb, ertangi taqdirimizni hal qiluvchi muammoga aylanmoqda.

Lo'nda qilib aytganda, bugungi kunda oldimizga qo'ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri - bularning barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog'liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz. Shu bilan birga, hammamiz yana bir haqiqatni anglab yetmoqdamiz. Faqatgina chinakam ma'rifatli

odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so'z bilan aytganda, o'zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o'ziga munosib obro'li o'rin egallash uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin. Sir emaski, har qaysi davlat, har qaysi millat nafaqat yer osti va yer usti tabiiy boyliklari bilan, harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan, balki birinchi navbatda o'zining yuksak madaniyati va ma'naviyati bilan kuchlidir.

Bunday boylikning ahamiyatini anglash uchun chor Rossiyasining Turkiston o'lkasidagi general - gubernatori M. Skobelev:

"Millatni yo'q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san'atini, tilini yo'q qilsang bas, tez orada o'zi tanazzulga uchraydi", deb aytgan gapini eslashning o'zi kifoya qiladi. Bunday yovuz qarashlarga qo'shimcha izoh berishga hojat yo'q, deb o'ylayman. Lekin ulardan kerakli xulosa - saboq chiqarish uchun bugun ham kech emas. Shu bois mamlakatimizning istiqlol yo'lidagi birinchi qadamlaridanoq, buyuk ma'naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta'lim - tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg'unlashtirish asosida jahon andozalari va ko'nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda. ar qanday faoliyat zamirida ham amalga oshirilgan ishglarni pirovard maqsadi vazifalari va

kutilgan natijalarini sarhisob qilish, amaliy, xulosalar yasash - bo'sh yoki muvaffaqiyatli 'rinlarni belgilab olish faoliyatni keyingi bosqichlarida uni hisobga olish diagnostika deyiladi


Fanning asosiy maqsadi talabalar psixologiyasining turli sohalaridan psixologiya va pedagogikaga oid bilimlar berish, ayniqsa shu fanlarning ilmiy tadqiqot metodlarini amalda qo’llashga o’rgatishdir.

Shuning uchun mazkur kurs asosan amaliy xususiyatga ega, lekin nazariya bilan uyg’unlashgandir.



  1. Ilmiy asoslangan diagnostik metodlarsiz bolalarning maktabga tayyorligini bilish mumkin emas:

  2. Rivojlantiruvchi ta’lim samaradorliginin kuzatib bo’lmaydi:

  3. Turli metodlarning nisbiy maxsuldorligini, o’qitishning shakl va vositalarini baholash:

a) diagnostik metodlarsiz o’quvchilarning turli yosh davirlaridagi intellektual rivojlanganlik darajasini belgilash o’ta mashaqqat:

b) o’quvchilarga individual yondashish uchun zarur bo’lgan ularning individual hususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni to’play olmaymiz.



Yüklə 133 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin