Testning qanday turlarini bilasiz, faoliyatingizda qaysilaridan foydalangansiz? Test



Yüklə 81,94 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix01.10.2022
ölçüsü81,94 Kb.
#64398
Testning qanday turlarini bilasiz



Testning qanday turlarini bilasiz, faoliyatingizda qaysilaridan foydalangansiz?
Test (ing. test — sinash, tekshirish) (psixologiyada) — shaxsning aqliy taraqqiyoti, qobiliyati, 
irodaviy sifatlari, shuningdek, uning boshqa ruhiy xususiyatlarini tekshirishda qoʻllaniladigan 
qisqa standart mashklar. Ijtimoiy amaliyotda T. odamning qanday kasbhunar egallashi 
mumkinligi, uning kasbga layokati yoki layoqatsizligini, isteʼdodli yoki akdi zaifligini 
aniqlashda, muayyan hamkorlikdagi faoliyatga shaxslarni saralashda keng qoʻllaniladi. Uning 
yerdamida tajribaning ilmiylik darajasi, kafolatligi, tekshiriluvlarning mahorati, qiziqishi, 
toʻplangan amaliy maʼlumotlarning haqqoniyligi, ishonchlilik koʻrsatkichi bir necha mezonlarga 
asoslanib tax,lil qilinadi. T.ning nazariy asoslarini ingliz psixologi Fransis Galton (1822—1911) 
ishlab chiqqan (1883). "T." terminini birinchi marta amerika psixologi Jeyms Kettell (1860— 
1944) qoʻllangan (1890). U T.lar yerdamida tanaga taʼsir etuvchi qoʻzgʻatuvchilarning idrok 
qilinishi vaqtini, refleks tezligini, reaksiya muddatlarini, teriga taʼsir oʻtkazishda hosil boʻluvchi 
ogʻriq sezgilarini, harflar qatorini esda olib qolish darajalarini aniklash mumkin, deb hisobladi. 
Fransuz psixologi A. Bine va uning shogirdi T. Simon insonning akliy oʻsishi va isteʼdodi 
darajalarini oʻlchash imkoniyati borligi gʻoyasini olgʻa surganidan keyin akliy T.lar nazariyasi 
keng yoyidsi. Miqdoriy maʼlumotlarni statistika metodikalari yerdamida hisoblab chiqish yuzaga 
keldi. Amerikalik Lyuis Permen (1877—1955) insonlarning akliy qobiliyatlarini uzluksiz 50-yil 
davomida oʻrgangan.
Hozirgi davrda T.lar quyidagi turlarga ajratiladi: maqsadga erishuv T.lari (bilimlarni oʻlchashga 
qaratilgan); akliy T.lar (zehn, aklidroq, aklzakovat, isteʼdodni aniklashga yoʻnaltirilgan); ijodiyot 
T.lari (ijodkorlik, bunyod etishlik darajalarini tekshiruvchi); mezoniy moʻljal T.lari (oʻquv yoki 
kasbiy bilimlar va topshiriklarni qaysi koʻnikma, malaka, xattiharakat tizimi orqali oʻlchash 
mumkinligi); shaxsga oid T.lar (xususiyat, bezovtalanish, sifat, fazilat, xislatlarni oʻlchashga 
aloqador); proyeksiyaviy T.lar (tashqi taʼsirsiz shaxs oʻzini oʻzi oshkor qilishiga moʻljallangan) 
va boshqa

Yüklə 81,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin