70711901- “Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari” mutaxassisligi magistranti Ismatov Dilmurod Elmurod o’g’lining “Ammiakni sintez qilish jarayonini avtomatlashtirish va AKT yordamida boshqarish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga T A Q R I Z O’zbekiston Respublikаsi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 28 yаnvаrdаgi “2022-2026 yillаrgа mo’ljаllаngаn yаngi O’zbekistonning tаrаqqiyot strаtegiyаsi to’g’risidа”gi PF-60-son fаrmoni, O`zbekiston Respublikаsi Prezidentining 2017 yil 20 аpreldаgi “Oliy tа'lim tizimini yаnаdа rivojlаntirish chorа - tаdbirlаri to’g’risidа”gi PQ-2909-sonli, O‘zbekistаn Respublikаsi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldаgi “Oliy mа’lumotli mutаxаssislаr tаyyorlаsh sifаtini oshirishdа iqtisodiy sohаlаri vа tаrmoqlаriniig ishtirokini yаnаdа kengаytirish chorа - tаdbirlаri to‘g‘risidа”gi PQ-3151-sonli, O‘zbekiston Respublikаsi Prezidentining 2018 yil 5 iyundаgi “Oliy tа'lim muаssаsаlаridа tа'lim sifаtini oshirish vа ulаrning mаmlаkаtdа аmаlgа oshirilаyotgаn keng qаmrovli islohotlаrdа fаol ishtirokini tа'minlаsh bo‘yichа qo‘shimchа chorа - tаdbirlаr to‘g‘risidа”gi PQ-3775-sonli qаrorlаridа mаmlаkаtdа аmаlgа oshirilаyotgаn keng qаmrovli islohotlаrdа oliy tа’lim muаssаsаlаrining ishtiroki hаmdа tаshаbbuskorligini oshirish bo‘yichа tizimli ishlаrni tаshkil etish samaradorligini belgilaydi.
Magistrant tomonidan olib borilgan tadqiqotlar asosida yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan ko‘plab kimyoviy texnologiya korxonalarigi ishlab chiqarish texnologiyasi bugungi kunga kelib, ma’nan eskirgan hamda ishlab chiqarishda iste’molchilar talabini yetarli darajada qondiri olmayotganligini o’rganib chiqilgan.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, mavjud tizimlarda texnologik jarayonlarni nazorat qilish va boshqarishda ma’nan eskirgan nazorat o‘lchov asboblari va boshqarish qurilmalari qo‘llanilib kelmoqda. Magistrant tomonidan ushbu kamchiliklarni bartaraf etish va texnologik tizimini boshqarishda zamonaviy usullardan foydalanish, optimal boshqarish tizimini ishlab chiqish bo‘yicha nazariy va eksperimental izlanishlar olib borilgan. Magistrant tomonidan bugungi kundagi eng zamonaviy “Kompyuterli boshqarish” ga asoslangan avtomatlashtirish tizimi nazariy jihatdan o‘rganilib chiqilgan. “Ammiakni sintez qilish” jarayoni to’la avtomatlashtirilgan boshqaruv modeli tuzilgan. Bundan tashqari jarayondagi ma’nan eskirgan nazorat o’lchov asboblarining o’rniga zamonaviy intelektual nazorat o’lchov asboblari tanlangan. Jarayon murakkab hamda avariya holati mavjudligi sabab tizimining “Blokirovkа” tizimi mukammal ishlab chiqilgan.
Tizimning stabil holatda holatda ishlashini taminlash maqsadida jarayonini nazorat qilish va boshqarish elementlari tanlangan. Mikrokontrollerga mos dasturiy ta’minot ishlab chiqilib, sintez jarayoni uchun operator interfeysini ishlab chiqilgan.
Ismatov Dilmurod Elmurod o’g’li tomonidan magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishida quyidagi kamchiliklar mavjud:
1.Dissertatsiyada imloviy va gramatik xatolar mavjud.
2.Dissertatsiyadagi mavjud ayrim rasmlar to‘liq nomlanmagan.
Yuqorida keltirilgan kamchiliklar dissertatsiya ishining dolzarbligi va amaliy ahamiyatiga ta’sir etmaydi.
Dissertatsiya ishida amalga oshirilgan tadqiqot natijalarining salmog‘i va amaliyotga tadbig‘ini inobatga olib, Ismatov Dilmurod Elmurod o’g’lining “Ammiakni sintez qilish jarayonini avtomatlashtirish va AKT yordamida boshqarish” mavzusidagi magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi o‘zining dolzarbligi va ilmiy ahamiyatiga ko‘ra magistr akademik darajasini olish uchun loyiq deb hisoblayman.
"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti “Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi dotsenti: