Texnologik mashinalar va jixozlar (tarmoqlar bo’yicha)



Yüklə 14,44 Kb.
tarix02.11.2022
ölçüsü14,44 Kb.
#67168
Master klass Olmaliq shahar Arxitektura qurilish texnikumi (2)


Olmaliq shahar Arxitektura qurilish kolleji “Texnologik mashinalar va jixozlar
(tarmoqlar bo’yicha)” guruhida o’qitilayotgan darslarning ko’rgazmali texnik ta’minotini vujudga keltirish va takomillashtirishda o’quvchilar ishtirokini ta’minlash bo’yicha
“Master-klass” treninggi
- sonli bayonnomasidan


KO’CHIRMA
Olmaliq shahar 26.09.2022 yil
Qatnashdilar: Arxitektura qurilish kolleji direktori S.T.Mirzakarimova., o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari M.S.To’raxonov., ishlab chiqarish ta’limi bo’yicha direktor o’rinbosari A.X. Baratov., 25-21 TMJ guruh murabbiysi Sh.Yorqulov va I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali “Energetika va mashinasozlik” fakulteti “Texnologik mashinalar va jixozlar” kafedrasi assistenti Sh.M.Xojibekova.
Kun tartibi:
Arxitektura qurilish kollejida mutaxassislik fanlari bo’yicha olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq etishning dolzarb masalalari.
Tinglandi: I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali “Texnologik mashinalar va jixozlari” kafedrasi assistenti Sh.M.Xojibekova soha kasb egalarini tayyorlashda Qurilish arxitektura texnikumi o’quvchilarida o’quv yurtidagi ta’lim jarayoniga qiziqish hissini uyg’otish juda muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlab, zamonaviy texnika va texnologiyalarni o’rganish, fanning ilg’or yutuqlarini hazyotga tadbiq etish borasida “Texnologik mashinalar va jixozlari” kafedrasida professor-o’qituvchilar olib borayotgan ishlar, kafedrada tayyorlanayotgan o’quv-uslubiy qo’llanmalar, stendlar, maketlar, konstruktorlik ishlari, nazorat o’lchov asboblardan foydalanish to’g’risida atroflicha ma’lumot berdi.Sh.M.Xojibekova Qurilish arxitektura texnikumi talabalari orasida texnik ijodkorlik qobiliyatiga ega o’quvchilarni aniqlash va ijodkor yoshlarni TDTU Olmaliq filiali huzurida tashkil etilgan to’gaaraklarga jalb qilish maqsadga muvofiqligi, buning uchun matematika, fizika, mutaxassislik va boshqa fanlarni chuqur o’rganish kerakligini ta’kidlab o’tdi.
Qaror qilindi:

  1. Arxitektura qurilish kollejida assistent Sh.M.Xojibekova tomonidan “Master-klass” treningi yuqori ilmiy-pedagogik saviyada o’tkazilganligi ta’kidlansin.

  2. Treningda keltirilgan fikr va tavsiyalar kollej va kasb-hunar maktab o’quv va tarbiyaviy faoliyatini kuchaytirishda inobatga olinsin

u
Arxitektura qurilish kolleji direktori: S.T.Mirzakarimova
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: M.S.To’raxonov
Ishlab chiqarish ta’limi bo’yicha direktor o’rinbosari: A.X. Baratov
Yüklə 14,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin