Mavzu: BUDJET TASHKILOTLARIDA BUDJET HISOBINI
TASHKILIY USLUBLARI
Reja:
1)
Budjet tashkilotlarida budjet hisobini tashkil etishning maqsadi, vazifalari
hamda xususiyatlari;
2) Budjet tashkilotlarida budjet hisobini tartibga solishning qonunchilik asoslari;
Budjet tashkiloti - zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog’liq
bo’lgan o’z faoliyatini amalga oshirishi uchun Davlat Budjet idan mablag’
ajratish nazarda tutilgan va bu mablag’ moliyalashtirishning asosiy manbai
hisoblanadigan vazirlik, davlat qo’mitasi, idora, davlat tashkiloti. Budjet
tashkilotlari daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi bo’yicha Budjet va
Budjet dan tashqari mablag’lar buxgalteriya hisobini O’zbekiston
Respublikasining ― Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi Qonuniga va O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligining uslubiy ko’rsatmalariga hamda boshqa
me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq tashkil qiladilar. Vazirliklar, davlat
qo’mitalari va idoralari, zarur hollarda, o’zlarining tizimidagi Budjet
tashkilotlarda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda
buxgalteriya hisobining umumiy qoidalarini qo’llash tartibi to’g’risida
ko’rsatmalar ishlab chiqarishlari mumkin. Budjet tashkilotlarida budjet
hisobini tashkil etishdan maqsad foydalanuvchilar (ichki, tashqi)ni
daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayoni bo’yicha o’z vaqtida, to’liq
hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlari bilan ta’minlab berishdan
iborat. Budjet tashkilotlarida budjet hisobining vazifalari quyidagilardan
iborat:
- Buxgalteriya hisobini amaldagi tegishli me’yoriy-xuquqiy xujjatlar asosida
tashkil etish;
- Budjet tashkilotlarida Budjet va Budjet dan tashqari mablag’lardan maqsadli
foydalanishni ta’minlash;
- Daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayoni muomalalarini
hujjatlashtirish va hisob registrlarida aks ettirish;
- Budjet tashkilotlari buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati
va harakati, mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati to’g’risidagi to’liq
hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
- Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi natijalarini
shakllantirish;
- Budjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish va
hisobotlarni tuzishdan iboratdir;
Buxgalteriya hisobini tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan
keng foydalanish va boshqalar.
Budjet tashkilotlarida budjet hisobini alohida hususiyatlari quyidagilardan
iborat:
1.Daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi nazorat qilinishi;
2.Kassa va xaqiqiy xarajatlar hisobini yuritilishi;
3.Budjet tasnifi asosida hisobni tashkil etilishi va hisobotlarni shakllantirilishi;
4.Buxgalteriya hisobi va hisobotlarni me’yoriy hujjatlarga qat’iy amal qilingan
xolda yuritilishi.
Davlat sektori buxgalteriya asoslarining (Xorijiy tajriba) 1.Davlat sektori
muassasalarida moliyaviy axborotlarni to`plashning uchta asosiy tamoyili
mavjud. Jumladan: 1)
Kassa usuli
; 2) Hisoblash usuli; 3) Ishonch (kelishuv)
Budjet tashkilotlarida budjet hisobi memorial order shaklida olib boriladi.
Tekshirilgan va hisobga olish uchun qabul qilingan hujjatlar sanasi bo’yicha
tartiblashtirilib, quyidagi doimiy raqamli memorial order — jamlanma
qaydnomalar bilan rasmiylashtiriladi: 1-memorial order – kassa operatsiyalari
bo’yicha jamlanma qaydnoma, 381-son shakl; 2-memorial order – Budjet
mablag’larining harakatiga doir jamlanma qaydnoma, 381-son shakl; 3-
memorial order – Budjet dan tashqari mablag’lar harakatiga doir jamlanma
qaydnoma, 381-son shakl; 5-memorial order – ish haqi va stipendiyalar
bo’yicha hisob-kitob varaqalari yig’indisi, 405-son shakl; 6-memorial order –
turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo’yicha
jamlanma qaydnoma, 408-son shakl; 8-memorial order – hisobdor shaxslar
bilan hisob-kitoblar bo’yicha jamlanma qaydnoma, 386-son shakl; 9-
memorial order – asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi va joydan joyga
ko’chirilishi bo’yicha jamlanma qaydnoma, 438-son shakl; 11-memorial order
– oziq-ovqat mahsulotlarining kirimiga doir jamlanma qaydnoma, 398-son
shakl; 12-memorial order – oziq-ovqat mahsulotlarining sarfiga doir
jamlanma qaydnoma, 411-son shakl; 13-memorial order – materiallar sarfiga
doir jamlanma qaydnoma, 396-son shakl; 1 Public sector accounting and
finance 3 15-memorial order – ta’lim muassasalarida bolalarni saqlaganlik
uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo’yicha qaydnoma,
406-son shakl. Qolgan operatsiyalar (asosiy vositalarga eskirish hisoblash,
asosiy fondlarni har yilgi qayta baholash, Budjet dan tashqari daromadlar
hisobi, yilni yakunlash operatsiyalari va h.k) va ―Storno operatsiyalari
bo’yicha alohida memorial orderlar tuziladi (274-son shakl) va ular har oy
uchun alohida 16 raqamdan boshlab raqamlanadi. Operatsiyalar hajmiga
qarab jamlanma qaydnomalarni tuzish talab qilinmaydigan tashkilotlarda
subschyotlar korrespondentsiyasi alohida memorial orderlarda (274-son
shakl) yuqorida keltirilgan doimiy raqamlar berilib ko’rsatiladi. Alohida
memorial orderlar operatsiyalarning sodir bo’lishiga qarab, ammo
boshlang’ich hisob hujjatlari olingandan keyingi kundan kechiktirmasdan
ayrim hujjatlarga yoki bir xildagi hujjatlarning bir guruhi asosida tuziladi.
Subschyotlar korrespondentsiyasi memorial orderlarda ikki yoqlama yozuv
qoidasiga muvofiq yozib boriladi. Memorial orderlar bosh hisobchi (yoki
uning o’rinbosari) va ijrochi (hisobchi) tomonidan imzolanadi. Barcha
memorial orderlar 308-son shakldagi ―Bosh-jurnal kitobi da ro’yxatga
olinadi. ―Bosh-jurnal kitobi har bir subschyot bo’yicha yuritiladi. O’zbekiston
Respublikasining ―Buxgalteriya hisobi to’g’risida gi qonuniga hamda Budjet
tashkilotlarida budjet hisobi to’g’risidagi Yo’riqnomaga (Adliya vazirligida 2010
yil 22 dekabrda 2169-son bilan ro’yxatga olingan) muvofiq Budjet
tashkilotining bosh hisobchisi, hisobchilari, buxgalteriya xizmatining
rahbarlari (keyingi o’rinlarda bosh hisobchi deb yuritiladi) mazkur tashkilot
rahbari tomonidan qonunchilikka muvofiq lavozimiga tayinlanadi va
lavozimidan ozod qilinadi. Agarda tegishli qonun hujjatlarida boshqacha
tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, tashkilotlarning bosh hisobchilari o’zlarining
tizimidagi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini yuritilishini va moliyaviy
hisobotlarni to’g’ri tuzilishini muntazam nazorat qilib turishlari lozim. Bosh
hisobchi boshchilik qiladigan tashkilotning buxgalteriyasi mustaqil tarkibiy
bo’linma hisoblanadi. Tashkilot bosh hisobchisi bevosita mazkur tashkilot
rahbariga bo’ysunadi.
Buxgalteriya hisobini yuritish
, hisobotlarni tuzish va
taqdim qilish masalalari bo’yicha esa, tashkilotning rahbaridan tashqari
yuqori tashkilot bosh hisobchisiga ham bo’ysunadi hamda tashkilotda
buxgalteriya hisobini yuritilishiga, moliyaviy hisobotlarni o’z vaqtida va to’liq
topshirilishiga hamda yuqoridagi Yo’riqnoma, shuningdek, boshqa normativ-
huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarilishiga javobgar bo’ladi.
Bosh hisobchi buxgalteriya xodimlari uchun xizmat vazifalarini har bir xodim
uchun alohida belgilaydi. Buxgalteriyada xizmat vazifalari funktsional
belgilarga qarab taqsimlanadi, ya’ni xodimlarning har bir guruhiga yoki
alohida bir xodimga ishning hajmiga qarab, ma’lum bir soha biriktiriladi. 4
Tashkilot bosh hisobchisi lavozimga tayinlanishida va undan ozod etilishida
belgilangan tartibda tashkilot rahbarining buyrug’iga muvofiq tuzilgan
komissiya tomonidan qabul qilish – topshirish kunida hisob, hisobot va arxiv
hujjatlarining holatini ko’rsatgan holda buxgalteriya ishlarini qabul qilish–
topshirish to’g’risidagi dalolatnoma tuziladi. Zarur hollarda, ushbu komissiya
tarkibiga yuqori tashkilot hamda tegishli moliya organlari bilan kelishilgan
holda ularning vakillari ham kiritilishi mumkin. Budjet tashkiloti bosh
hisobchisining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: buxgalteriya hisobini
Yo’riqnomaga va boshqa normativhuquqiy hujjatlarga amal qilgan holda
yuritish, shuningdek, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot
texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish; buxgalteriya hujjatlarini
o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan
operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat qilish; Budjet mablag’larini,
shuningdek, Budjet dan tashqari mablag’larni xarajatlar smetasida ko’zda
tutilgan muayyan maqsadlarga to’g’ri sarflanishi, shuningdek, pul mablag’lari
va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qilish; tizimiga
kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini qonunchilik talablariga muvofiq
yuritilishini nazorat qilish; tashkilotda xodimlarning ish haqlarini va unga
tenglashtirilgan to’lovlarini, shuningdek, ta’lim muassasalarida talabalarning
stipendiyalarini belgilangan tartibda hamda o’z
vaqtida hisoblab chiqish
;
smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan
olib boriladigan hisob-kitoblarni o’z vaqtida amalga oshirish; pul mablag’lari,
hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek, boshqa aktivlarni va
majburiyatlarni inventarizatsiya qilishda qatnashish, inventarizatsiya
natijalarini o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirish hamda ularni buxgalteriya
hisobida aks ettirish; moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida
turgan moddiy qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish
yuzasidan tushuntirish ishlarini o’tkazish; moddiy qimmatliklarni olish uchun
berilgan ishonchnomalarni hisobini yuritish va ulardan to’g’ri foydalanilishini
nazorat qilish; moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va
topshirish; tashkilot rahbari tasdiqlashi uchun xarajat smetalarini va ularga
ilova qilinadigan hisob-kitoblarni tuzish (agar rejalashtirish bo’limlari yoki
ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda
tutilmagan bo’lsa); asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklarni
ularning saqlanish va foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qilish;
buxgalteriya hujjatlarini, hisob registrlarini, shuningdek, xarajatlar smetalarini
(ilova hisob-kitoblari bilan birga) saqlanishini ta’minlash (agar 5 rejalashtirish
bo’limlari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida
nazarda tutilmagan bo’lsa); qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni
bajarilishini ta’minlash. Budjet tashkilotining bosh hisobchisi yuqoridagi
vazifa va majburiyatlardan kelib chiqqan holda quyidagi huquqlarga ega:
buxgalteriya hisobi va nazorat ishlari to’g’ri tashkil etilishini ta’minlash
yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko’rishni tashkilot rahbaridan talab qilish;
tarkibiy bo’linmalarda pul mablag’lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni
qabul qilish, saqlash hamda sarflash yuzasidan belgilangan tartibga amal
qilinishini tekshirib turish; mukofotlar hajmlarini pasaytirish (agarda
qonunchilikda belgilangan normalardan oshib ketgan bo’lsa) to’g’risida
tashkilot rahbariga takliflar kiritish; tashkilotning barcha bo’linmalaridan
buxgalteriya hisobini yuritish uchun talab qilinadigan hujjatlar va
ma’lumotlarni rasmiylashtirishni hamda buxgalteriyaga taqdim qilishni talab
qilish; qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarni amalga oshirish. Bosh
hisobchi quyidagilar uchun javobgar hisoblanadi: buxgalteriya hisobi noto’g’ri
yuritilib
, natijada tartibsiz holatga kelgani va moliyaviy hisobot buzilganda
(noto’g’ri tuzilganda); pul mablag’lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni
kirim qilish, saqlash va sarflash yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibga
zid operatsiyalar bo’yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan va ijroga qabul qilingan
hollarda; pul mablag’lari bo’yicha operatsiyalar, shuningdek, debitorlar va
kreditorlar bilan hisob-kitoblar kechikib hamda noto’g’ri amalga oshirilganda;
kamomadlar, debitorlik qarzlari va boshqa yo’qotishlarni buxgalteriya
hisobidan chiqarilish tartibi buzilganda; buxgalteriya hisobini tashkil etishga
doir boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilganda. Budjet
tashkilotlarida budjet hisobi to’g’risidagi Yo’riqnomaga (Adliya vazirligida 2010
yil 22 dekabrda 2169-son bilan ro’yxatga olingan) muvofiq schyotlar rejasi
joriy etiladi. Barcha schyotlar beshta qism bo’yicha tizimga keltirilgan bo’lib
ular quyidagilardan iborat: I. Nomoliyaviy aktivlar; II. Moliyaviy aktivlar; III.
Debitorlar va kreditorlar; IV. Moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi schyotlar; V.
Balansdan tashqari schyotlar. 6 Schyotlar rejasining birinchi va ikkinchi
bo’limlari aktiv schyotlar hisoblanadi, uchinchi bo’lim schyotlari aktiv-passiv
schyotlar, to’rtinchi bo’lim schyotlari passsiv schyotlar hisoblanadi. Budjet
tashkilotlarida buxgalteriya balansi bu tashkilot mablag’larini ularni turlari va
tashkil topish manbaalari bo’yicha muayyan bir davrga pulda ifodalanib
umumlashtirib aks ettirish va iqtisodiy guruxlashdir. Budjet tashkilotlari
balansi tarkibi aktiv va passiv qismlardan iborat bo’lib, aktiv tomoni
nomoliyaviy aktivlar, moliyaviy aktivlar, debitorlar bo’limlaridan iborat.
Balansni passiv tomoni kreditorlar, moliyaviy natijalar bo’limlaridan iborat.
Mavzu. Budjet tashkilotlarida Budjet va Budjet dan tashqari mablag„lar
bo„yicha daromadlar va xarajatlar smetalari hamda
shtatlar jadvalini tuzish
,
tasdiqlash va taqdim etish tartibi. Reja: 1.Budjet tashkilotlarida xarajatlar
smetalarini o
‟
rni axamiyati; 2. Budjet mablag
‟
lari bo
‟
yicha xarajatlar
smetasini tuzish tartibi; 3. Budjet dan tashqari mablag
‟
lar bo
‟
yicha
smetalarni tuzish tartibi; 4. Budjet tashkilotlarida shtatlar jadvali va ularni
shakllantirish; 5. Budjet tashkilotlarida xarajatlar smetalari, shtatlar jadvalini
tasdiqlash va ro
‟
yxatdan o
‟
tkazish. Xarajatlar smetasi – tashkilotlar
tomonidan joriy moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat bo’lib,
unda tashkilotlar uchun xarajatlar moddalari bo’yicha ko’zda tutilgan Budjet
dan ajratilgan mablag’lar (xarajatlar rejasi) aks ettiriladi. Budjet tashkilotlari
tomonidan belgilangan tartibda Budjet va Budjet dan tashqari mablag’lar
daromadlari va xarajatlari bo’yicha smetalari tuziladi va tasdiqlanib ijrosi
ta’minlanadi. Bunda O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston
Respublikasining respublika Budjet larida hamda mahalliy Budjet larda
turuvchi tashkilotlarni moliyalashtirish, ular uchun tasdiqlangan xarajatlar
smetalari asosida amalga oshiriladi. Budjet tashkilotlari O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli
―Budjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish
to’g’risida gi qaroriga muvofiq xarajatlarning quyidagi guruhlari Davlat Budjet
idan mablag’ bilan ta’minlanadi: I. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar
(bolali oilalarga nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam,
stipendiyalar va boshqalar); II. Ish haqiga qo’shimchalar; III. Kapital
qo’yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq ro’yxatlarga
muvofiq); IV. Boshqa xarajatlar. Yuqorida keltirilgan xarajat guruhlari asosida
Budjet tashkilotlari Budjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar smetalarini
shakllantiradi. 7 Budjet tashkilotlari tomonidan moliya yili boshida xarajatlar
smetasi tasdiqlangunga va ro’yxatdan o’tgunga qadar vaqtinchalik xarajatlar
smetasini tuzadi. Vaqtinchalik xarajatlar smetasi – tashkilotlarning xarajatlar
smetasi tasdiqlangunga va ro’yxatdan o’tkazilgunga qadar amal qiluvchi
hujjat bo’lib, unda Budjet tashkilotlari uchun ko’zda tutilgan, qonunchilikka
o’zgartirishlarni hisobga olgan holda, har oyda avvalgi moliya yilining oxirgi
choragidagi Budjet dan ajratiladigan mablag’larning uchdan bir qismidan
ortiq bo’lmagan miqdorlardagi Budjet dan ajratilgan mablag’lar (xarajatlar
rejasi) aks ettiriladi. Budjet tashkilotlarining Budjet dan tashqari mablag’lari –
qonunchilikda nazarda tutilgan Budjet dan tashqari manbalar hisobidan
tashkilotlar ixtiyoriga kelib tushadigan mablag’lardir. Budjet tashkilotlarida
Budjet dan tashqari mablag’lari tashkil bo’lish manbaalari quyidagilardan
iborat: - Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari; - Tibbiyot
muaasasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi
mablag’lari; - Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov kontrakt shakli
mablag’lari; - To’lovlarning maxsus turlari bo’yicha mablag’lar; - Boshqa
Budjet dan tashqari maxsus mablag’lar. Yuqorida keltirilgan Budjet dan
tashqari mablag’lar bo’yicha alohidaalohida daromadlar va xarajatlar
smetalari tuziladi. Budjet dan tashqari mablag’lar bo’yicha smeta –
tashkilotlar tomonidan joriy moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan
hujjat bo’lib, unda tashkil bo’lish manbaalari va ushbu mablag’larning
qonunchilikka muvofiq foydalanish yo’nalishlari ko’rsatilgan holda Budjet dan
tashqari daromadlar tushumlarining prognoz hajmlari aks ettiriladi
Tashkilotlar, agarda qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan bo’lsa,
mustaqil ravishda xarajatlar smetasini, Budjet dan tashqari mablag’lar
bo’yicha smetani, shuningdek, shtatlar jadvalini tasdiqlangan tashkiliy
tuzilma, shtat birliklari, namunaviy shtatlar va Budjet dan moliyalashtirish
me’yorlariga muvofiq ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar. Xarajatlar smetasiga
O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmonlari
,
qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Hukumatining,
shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli
hokimiyatlar ularga berilgan tegishli huquq va vakolatlar doirasidagi qarorlari
va farmoyishlarida ko’zda tutilgan xarajatlar kiritiladi. Xarajatlar smetasi va
Budjet dan tashqari mablag’lar bo’yicha smeta bir yillik muddatga – 1
yanvardan 31 dekabrni ham qo’shgan holda, mavsumiy yoki joriy yilda ishga
tushiriladigan tashkilotlar bo’yicha esa, ularning mazkur moliya yilidagi
faoliyat ko’rsatish muddatiga tuziladi va amal qiladi. 8 Xarajatlar smetasi
O’zbekiston Respublikasi Davlat Budjet i xarajatlarining iqtisodiy tasnifiga
muvofiq xarajatlar guruhlari bo’yicha, 4 guruh xarajatlarining to’liq
yoyilmasini va hisob-kitoblarni o’z ichiga olgan holdagi ilova bilan birgalikda
tuziladi. Ilova xarajatlar smetasining ajralmas qismi bo’lib, smetasining
prognoz hisob - kitoblarini asoslaydi va hisobot tuzish maqsadida
foydalaniladi. Xarajatlar smetasi bo’yicha xarajatlarni hisoblab chiqish
mablag’larga bo’lgan ehtiyojga muvofiq iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish
ko’rsatkichlarini va iqtisod qilishning qat’iy tartibini amalga oshirishni hisobga
olgan holda amalga oshirilishi shart. Xarajatlarni hisoblab chiqishda
quyidagilarga amal qilish kerak: O’zbekiston Respublikasi qonunlari va
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston
Respublikasi Hukumatining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli hokimiyatlarning
ularga berilgan huquq va vakolatlar doirasida qabul qilingan qaror va
farmoyishlariga; Budjet tashkilotlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan
xarajatlar me’yorlariga; tovar va xizmatlarni davlat tomonidan tartibga
solinadigan baholari va tariflariga. Tashkilotlar belgilangan shaklda Budjet
dan tashqari mablag’lar bo’yicha smetani har yili tuzadilar va tasdiqlaydilar.
Bunda, tashkilotlar Budjet dan tashqari mablag’lar tushumlarini va
xarajatlarini rejalashtirishni qonunchilikda belgilangan tartibda amalga
oshiradilar. 1. Tashkilotlar quyidagi Budjet dan tashqari mablag’lar bo’yicha
smetalarni tuzadilar: - Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi; -
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi;
Byudjet hisobi bu byudjet ijrosi jarayoni buxgalteriya hisobi bo’lib, Davlat
byudjeti, Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg’armalari byudjeti ijrosi
jarayonida hisobga olinadigan
moliyaviy
, nomoliyaviy hamda moliyaviy
majburiyatlar xolati bo’yicha pul o’lchovida axborotlarni yig’ish, ro’yxatga
olishning tartiblashtirilgan tizimidir.
Byudjet hisobini yuritishdan maqsad foydalanuvchilarga byudjet ijrosi
jarayoni bo’yicha to’liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlarni
shakllantirib berishdan iborat.
Byudjet hisobining predmeti bu byudjet ijrosi jarayonida byudjet
mablag’lari va ularni manbaalari harakatiga oid iqtisodiy munosabatlar
majmuasidir.
Byudjet hisobi Davlat byudjeti, Davlat maqsadli va boshqa byudjetdan
tashqari
jamg’armalari byudjeti ijrosi bo’yicha yuritiladi va byudjetlar ijrosi holati
haqida ma’lumotlarni shakllanishini ta’minlaydi.
Byudjet hisobining vazifalari:
1. Byudjet ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirish;
2. Byudjet ijrosi jarayoni muomalalarini hujjatlashtirish yordamida ro’yhatga
olish;
3. Byudjet ijrosi jarayonida buxgalteriya hisobvaraqlarda byudjet
mablag’larini holati
va harakatini aks ettirish
;
4. Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga
oshirish va natijalarini shakllantirish;
5. Byudjet tashkilotlari buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning
holati, harakati, mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati hamda
moliyaviy natijalari to’g’risidagi to’liq hamda aniq ma’lumotlarni
shakllantirish;
6. Byudjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish va
hisobotlarni tuzishdan iboratdir.
7. Byudjet hisobini yuritishni alohida hususiyatlari quyidagilardan iborat:
8. Byudjet tasnifi asosida hisobni tashkil etilishi;
9. Byudjet ijrosini nazorat qilinishi;
10. Harajatlar smetasi ijrosini nazorat qilinishi;
11. Davlat byudjeti g’azna ijrosi sharoitida hisobni tashkil etilishi va yuritilishi;
12. Hisobda kassa va haqiqiy harajatlarni yuritilishi;
13. Byudjet tashkilotlarida soxa hususiyatlari bo’yicha hisobni tashkil etilishi
va boshqalar.
14.
Byudjet hisobini alohida hususiyatlari buxgalteriya hisobi vazifalariga
qo’shimcha yanada aniqroq vazifalar kiritilishini talab etadi. Ya’ni
tasdiqlangan byudjet ijrosini to’g’ri tashkil etish, moliya-byudjet intizomiga
rioya qilish va boshqalar.
Byudjet hisobining sub’ektlari bo’lib, moliya organlari (O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi
va uning hududiy boshqarmalari
, bo’limlari),
O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy
bo’linmalari, Davlat maqsadli jamg’armalari, byudjet tashkilotlari bo’lib
hisoblanadi.
Byudjet hisobining obektlari bo’lib, byudjet ijrosi jarayonida byudjet
daromadlari va xarajatlari, byudjet pul mablag’lari, byudjet ssudalari,
hisoblashuv bo’yicha mablag’lar, aylanma kassa mablag’lari, byudjet
tashkilotlarining daromadlari, xarajatlari, moliyaviy, nomoliyaviy aktivlari,
majburiyatlari va moliyaviy natijalari hisoblanadi
Byudjet hisobining uslubiy asoslarini byudjet ijrosi buxgalteriya hisobiga
oid qabul qilingan qonuniy xujjatlar tashkil etadi.
Davlat byudjeti ijrosining hisobi ustidan umumiy uslubiy rahbarlik qilish
vakolati O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklatilgan.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi byudjet hisobi bo’yicha
quyidagilarni amalga oshiradi:
15. davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobini tashkil qilishga
16.
uslubiy rahbarlik qiladi;
17. byudjet ijrosining buxgalteriya hisobi bo’yicha moliya organlari, byudjet
tashkilotlari va vakolatli organlar uchun yo’riqnomalar va uslubiy
ko’rsatmalarni ishlab chiqadi;
18. respublika byudjeti ijrosini amalga oshiradi va hisobot tuzadi.
19.
Mamlakatimiz byudjet tizimida islohotlarni borishi jarayonida byudjet
hisobini tashkil etish va yuritilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ohirgi
yillarda byudjet hisobini tashkil etishga oid bir necha me’yoriy hujjatlar
qabul
qilindi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda byudjet hisobini yuritilishini uch
yunalishga ajratish mumkin, ya’ni:
20. Respublika, Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar
ijrosining hisobi – Moliya vazirligi va tegishli hududiy moliya organlari
hamda Moliya vazirligining G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari
tomonidan olib boriladi;
21. Davlat maqsadli jamg’armalar (Pensiya jamg’armasi, Respublika yul
jamg’armasi va boshqalar), shuningdek boshqa byudjetdan tashqari
22.
jamg’armalar ijrosining hisobi – tegishli byudjetdan tashqari jamg’armalar
tomonidan olib boriladi;
23.
Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetasi ijrosining hisobi
bo’yicha -byudjet tashkilotlari tomonidan olib boriladi.
24.
Moliya organlarida shuningdek G’aznachilik va uning hududiy
bo’linmalarida byudjet hisobi yuritilib Davlat byudjeti g’azna ijrosi
sharoitida Respublika, Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy
byudjetlar
daromadlari shakllanishi xarajatlarini amalga oshirish, byudjet ijrosi
natijalari bo’yicha buxgalteriya axborotlarini shakllantirib beradi. Xozirgi
kunda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy
boshqarmalari, bo’limlarida shuningdek G’aznachilik va uning hududiy
bo’limlarida byudjet ijrosi jarayoni bo’yicha buxgalteriya hisobi kassa
usulida “G’azna dasturi” asosida yuritiladi. Respublika byudjeti ijrosi hisobi
daromadlarini shakllanishi, xarajatlarini tasdiqlangan byudjetga muvofiq
amalga oshirilishi, pul mablag’lari, hisoblashuvlar, byudjet ijrosi
natijalarini shakllantirish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
G’aznachiligi buxgalteriya bo’limi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar ijrosi hisobi
daromadlarini shakllanishi, xarajatlarini tasdiqlangan byudjetga muvofiq
amalga oshirilishi, pul mablag’lari, hisoblashuvlar, byudjet ijrosi
natijalarini shakllantirish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hududiy
boshqarmalari hamda G’aznachilikning xududiy bo’linmalari buxgalteriya
bo’limi tomonidan amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda G’aznachilik va
uning hududiy bo’limlarida davlat byudjeti kassa ijrosi bo’yicha
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2011 yil 14 yanvardagi 2-
sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Davlat byudjeti, Davlat maqsadli va
byudjetdan tashqari boshqa jamg’armalari byudjeti g’azna ijrosi
buxgalteriya hisobi to’g’risida yo’riqnoma” ga asosan buxgalteriya hisobi
Dostları ilə paylaş: |