TIL BILGAN EL BILADI
Til bilgan kishi dunyoni kezadi, do‘stlar orttiradi, hamkorlar topadi. Dunyo xalqlarining madaniyatidan, tarixidan xabardor bo‘ladi. Bugun shuni faxr bilan aytishimiz kerakki, yoshlarimizda xorijiy tillarni o‘rganishga qiziqish nihoyatda katta. Prezidentimizning Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi qarori keng qamrovli ta’lim islohotlarining uzviy davomi bo‘ldi.
Ushbu qarorda chet tili o‘qitishning barcha jihatlari qamrab olingan bo‘lib, unga ko‘ra chet tilini o‘rgatish 1-sinfdan o‘yin va og‘zaki nutq mashg‘ulotlari shaklida, 2-sinfdan esa alifbo, o‘qish va sodda grammatik qoidalarni o‘rganish bilan boshlanishi belgilangan.
Ma’lumki, o‘quvchilar boshlang‘ich sinflarda chet tilini og‘zaki nutq orqali o‘rganib borsa, keyinchalik grammatikani ham yaxshi o‘zlashtiradi. Yuqorida nomi keltirilgan qaror biz, chet tili fani o‘qituvchilari zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi.
Endi biz malakamizni oshirishimiz, o‘quvchilarning chet tiliga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirish, darslarni puxta o‘zlashtirishi uchun yangi pedtexnologiyalardan, o‘quv qo‘llanmalardan foydalanishimiz kerak. O‘quvchilarning chet tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari va bilimlarini yanada oshirish bo‘yicha doimiy o‘tkaziladigan seminar-treninglarda qatnashayotganimiz bizga qo‘l kelayapti. Chunki o‘quvchilarni darsga qiziqtirish, butun e’tiborini jalb etish oson emas.
Tajribamdan kelib chiqib, erkin mavzu tanlab, har bir o‘quvchining o‘zlashtirishiga qarab mashg‘ulotlar olib boryapman. Bunday mashg‘ulotlar o‘quvchilarni fikrlash, so‘z tuzish qobiliyatini oshiradi. Shuningdek, dars vaqtida o‘quvchilarimdan ingliz tilida gaplashishlarini talab qilaman. Chunki tilni o‘rganishda ko‘proq so‘zlashuvga e’tibor berish kerak. So‘zlashuv orqali o‘quvchi ham so‘zlarni, ham grammatikani, asosiysi, to‘g‘ri va ravon gapirishni o‘rganadi.
Chet tilini o‘rganishda zamonaviy axborot texnologiyalarning o‘rni beqiyos. Dars vaqtida multimedia vositasi orqali mavzuga oid video va audio lavhalar namoyish etilib, jonli muloqot o‘tkazilsa, so‘zlar to‘la talaffuz qilinsa, yaxshi samara beradi. Bundan tashqari, o‘quvchilarning so‘zlashuv tilini yanada rivojlantirish uchun imkon qadar poytaxtimizga tashrif buyurgan sayyohlar bilan jonli muloqot o‘tkazishga alohida e’tibor beryapmiz. Bu o‘quvchilarning chet tilini yanada yaxshiroq, mukammalroq o‘rganishida muhim ahamiyatga ega. Zero, chet tilini o‘rganish — davr talabi.
Til jamiyatning aloqa-aralashuv quroli sifatida jamiyat bilan uzviy aloqadadir. CHunki jamiyatda ro‘y bergan har bir o‘zgarish shu jamiyatning tilida o‘zining ma`lum izini qoldiradi. SHuning uchun ham jamiyat tarixining muayyan jihatlarini yoritishda tarixiy hujjatlar, yozma yodgorliklar ojizlik qilib qolgan joyda lingvistik materiallar yordamga kelishi mumkin. Til ijtimoiy xarakterga ega, chunki u jamiyat taraqqiyoti, mehnat faoliyati jarayonida yuzaga keladi. Til faqat jamiyatda, odamlar orasida mavjud bo‘ladigan ijtimoiy quroldir. Tilning taqdiri, uning yashashi, rivojlanishi faqat shu tilda gaplashuvchi jamiyatga boғliq.
Tilning ijtimoiyligi jamiyatda bajaradigan vazifasi, roli va bizning qanday ehtiyojimizni bajarishi bilan belgilanadi. V. Gumbol’dt va Gegel’ asarlarida til kishilarning jamiyatdagi ehtiyojini qondirish uchun xizmat qilishi haqida fikr bildirilgan.
Til va jamiyat muammosini turli xil dunyoqarash asosida yoritish e. Sepir, B. Uorf, G. O. Vinokur, B. A. Larin, N. YA. Marr, E. D. Polivanov, L. V. SHcherba, L. P. YAkubinskiy asarlarida ham uchraydi. Ularning ko‘pchiligida tilning asosiy vazifasi aloqa quroli ekanligi alohida ta`kidlanadi.
Jamiyat uzluksiz harakatda, rivojlanishda, o‘zgarishda bo‘lgani kabi, uning tili tinimsiz harakatda, o‘zgarishda, rivojlanishdadir. SHuning uchun ham tilshunoslik tarixida tilni o‘rganishda uning tarixiy taraqqiyotiga turlicha munosabatda bo‘ldilar. Tilning ijtimoiy shartlanganligi asosida uning ijtimoiy vazifa bajarishi aniqlanadi.
Til jamiyatda nutqiy faoliyat uchun xizmat qiladi. Nutqiy faoliyat esa kishilarning bir-biri bilan aloqasi uchun xizmat qiladi. Nutqiy faoliyat quyidagi darajalar bilan belgilanadi:
1.Motivatsion daraja. So‘zlovchi va tinglovchining bir-birini bir xil anglash darajasi.
2.Semantik daraja. Nutqiy faoliyatda ma`nosi mos va tushunarli so‘zlarni tanlash darajasi.
3.Grammatik daraja. Nutqda fikrni ifodalashga mos va xos grammatik shakllarni tanlash darajasi.
4.Fonetik daraja. Nutqiy faoliyatda tovushlarni artikulyatsion to‘ғri talaffuz qilish darajasi.
Sanab o‘tilgan darajalar asosida nutqiy faoliyatning ijtimoiy tabiati ta`minlanadi.
2. Til uruғ va qabila, elat va millat tarixi bilan chambarchas boғliq bo‘lganligi uchun unda kishilik jamiyatining tarixi bevosita o‘z aksini topadi. Har bir tilning paydo bo‘lishi va hozirgi holatiga etgunga qadar uruғ, qabila, qabila ittifoqlari va xalq tillari darajasiga ko‘tarilib, ulardan aloqa vositasi va kurash quroli sifatida foydalanib kelganlar. Jamiyatning o‘sha taraqqiyot davrlariga qarab, bu tillar ajdodlarimizning talablarini qondirgan va jamiyat taraqqiyoti hamda sharoit talablariga ko‘ra o‘z ichki taraqqiyot qonunlari asosida asta-sekinlik bilan taraqqiy etib kelgan. Nihoyat, bizning hozirgi aloqa vositamiz darajasiga ko‘tarilgan.
Ijtimoiy jamoa tuzumi davrida uruғ va qabilalar ning a`zolari uchun tushunarli va umumiy tillari bo‘lgan. Har bir qabilaning ayrim, o‘ziga xos dialekti bo‘ladi. Qabila aslida dialekt demakdir. Qadimgi davrlarda ajdodlarimiz qabila-qabila bo‘lib hayot kechirar ekanlar, ular boshqa kabilalardan farq qiluvchi o‘z tillariga ham ega bo‘lganlar.
Hozirgi vaqtda har bir tilda bir qancha dialekt va shevalar mavjud bo‘lib, ular o‘zlariga xos xarakterli xususiyatlarini saqlab kelmoqda. Bu shevalarning saqlanib kelishi feodal tarqoqligi davri bilan boғlangan bo‘lsa ham, ularning paydo bo‘lishi davri va saqlanib kelishining asli sababini juda qadim zamondan, ibtidoiy jamoa tuzumi va undan ham oldin boshlangan deb izohlash kerak.
Dialekt va shevalar qadimgi ajdodlarimizning o‘zaro so‘zlashadigan, aloqa boғlaydigan birdan-bir yagona va maxsus tillari bo‘lib xizmat qilgan. Ularning har biri o‘z davriga qarab o‘zgarib, rivojlanib kelgan.
Turkiy tillarning tarixiy taraqqiyot yo‘llarini belgilashda Mahmud Koshғariyning «Devonu luғotit turk» asaridagi quyidagi so‘zlari muhim ahamiyat kasb etadi: «Har bir qabilaning sanoqsiz allaqancha uruғlari bor, men bulardan asosini yozdim, shahobchalarini tashladim» Jamiyatning shundan so‘nggi taraqqiyot bosqichida qabilalar birlashish jarayonini o‘z boshidan kechira boshladilar. Ana shu ko‘p sonli turkiy qabila va qabila ittifoqlaridan o‘zbek, qozoq, qirғiz, qoraqalpoq xalqlari va ularning tillari paydo bo‘lgan va rivojlanib hozirgi holatiga etib kelgan. Feodal tarqoqligi emirilishi va uning o‘rniga kapitalistik tuzumning paydo bo‘lishi hamda taraqqiyoti bilan xalq o‘rtasida jonli aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi talab qilinadi. Xuddi mana shunday sharoitda hamma uchun tushunarli bo‘lgan yagona bir til zaruriyati tuғiladi. Bunday til o‘tgan davrlarda mavjud bo‘lgan umumxalq tili bazasida vujudga kelishi juda murakkab va uzoq vaqt o‘tishi bilan bo‘ladi. Bu til o‘zining xarakterli xususiyatlari jihatidan milliy til bo‘lib millatning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi va uning uchun aloqa vositasi sifatida xizmat qiladi. Kishilarning tarixiy birliklari shakli qanday bo‘lishidan qat`iy nazar ularning adabiy tili va me`yori mavjud bo‘lgan. Bu o‘rinda taniqli tilshunos B. S. SHvartskopfning quyidagi fikrini keltirish o‘rinlidir: «Me`yor masalasi va adabiy tilni me`yorlashtirish bilan boғliq bo‘lgan muammolarni bayon qilish umuman til me`yori, xususan, adabiy til me`yorining mohiyati haqidagi nazariy qarashlar rivojlanishining sharhisiz bu muammoni to‘liq yoritib bo‘lmaydi.
Gap shundaki, lingvistik adabiyotda me`yor tushunchasining mohiyatiga, bu til hodisasining har xil aspektlariga turlicha yondashilgan va juda ko‘p ta`riflar berilgan.
Ana shu har xilliklarda nazariy izlanishlarning bir necha yo‘nalishlarini ko‘rish mumkin».
Til me`yorini o‘rganish bo‘yicha mavjud ishlarni kuzatish bu muammolarni o‘rganish borasida to‘rt asosiy markaz mavjudgini ko‘rsatdi:
Praga tilshunoslik maktabi namoyandalari til me`yorini, adabiy tilning asosiy vazifalarini adabiy til me`yori kodifikatsiyasining amaliy masalalari bilan birga uzviy holda tahlil qildilar. Til me`yori va adabiy tilni me`yorlash ishida B. Gavranek, V. Matezius, A. Edlichka, V. Barnet, E.Vaxek kabilarning xizmatlari diqqatga molikdir.
E.Koseriuning ilmiy nazariyalari. e.Koseriu me`yorni ijtimoiy nuqtai nazardan ob`ektiv, tartibga solingan va tanlangan hodisa deb tushunsa, kodifikatsiyani - sub`ektiv, faqat til nuqtai nazaridan to‘ғri bo‘lgan hodisa, kategoriyalar deb tushunadi. Uningcha, til sistemasi va strukturasi tilning hamma hodisalarini o‘z ichiga qamrab ololmaydi. Har bir til ifoda tomonidan ham, ma`no tomonidan ham o‘zining variantdorlik xususiyatlariga ega. e.
Koseriu tildagi variantdorlik tushunchasi sistemaning xususiyatidan emas, balki me`yorning o‘z mohiyatidan kelib chiqqan hodisa ekanligini isbotlaydi va nutqda mavjud bo‘lgan turli xil chekinishlarni ham me`yor belgilaydi, deb hisoblaydi.
Amerika, ingliz va nemis tilshunoslarining ilmiy qarashlari. Ular me`yorning tabiati, xususiyatlarini lingvistik va sotsiolingvistik ishlarida yoritdilar. Me`yorni umumjamoa tomonidan qo‘llaniladigan va til jamiyat tomonidan to‘ғri deb qabul qilingan til shakllari deb tushundilar.
XX asr rus tilshunosligidagi ilmiy-nazariy qarashlarni quyidagilardan iborat deb hisoblash mumkin:
Me`yorni tilning sistem-struktur imkoniyatlarining o‘rganilishi bilan boғliq holda tahlil qilish.
Me`yorni adabiy til ijtimoiy vazifasining kengayishi va uning funktsional rang-barangligining o‘sishi bilan boғliq holda o‘rganish
Me`yorni adabiy tilning ba`zi sotsiologik jihatlari bilan boғliq holda kuzatish.
Me`yorni nutq madaniyati masalalari bilan boғliq holda o‘rganish.
Me`yorni tilning psixologik va kommunikativ jihatlari bilan boғlagan holda tahlil qilish.
Jamiyat uzluksiz harakatda, rivojlanishda, o‘zgarishda bo‘lgani kabi uning tili tinimsiz harakatda, o‘zgarishda, rivojlanishda bo‘ladi. Har bir xalqning tili turli xil rivojlanish bosqichini o‘tadi. SHuning natijasida til luғat tarkibi, semantikasi, morfologiyasi, sintaksisida turli o‘zgarishlar yuz beradi.
Til sistemasining barcha sathlari ham jamiyat tarixi bilan bir xil boғlangan emas. Jamiyat hayotidagi turli xil yangiliklar shu jamiyat tilining luғat tarkibida o‘z ifodasini topganligi tufayli til sistemasining leksik sathi boshqa sath birliklariga nisbatan ko‘proq jamiyat tarixi bilan boғliq bo‘ladi.
Tilning leksik sathida jamiyatning turmush tarzi, hayotidagi o‘zgarishlar o‘z ifodasini topganligi tufayli so‘zni tahlil qilish asosida shu til egasi bo‘lgan jamiyat hayotiga boғliq bo‘lgan tarixiy ma`lumotlarga ega bo‘lish mumkin. Masalan, hozirgi o‘zbek tilida tub so‘z deb qaraluvchi ora, o‘git, o‘yin, o‘ғil, adash, o‘sha so‘zlarining; ola ip kesildi, dumini likkilatmoq frazeologizmlarining etimologiyasiga e`tibor beraylik.
Til va jamiyat muammosi doirasida ko‘zdan kechirish lozim bo‘lgan masalalardan yana biri har bir tilning vazifaviy uslublaridir.
Vazifaviy uslublarning rivojlanishi tarixiy va zaruriy hodisa bo‘lib, bu rivojlanayotgan hamda shakllanayotgan milliy birlikning ijtimoiy-siyosiy, xo‘jalik va madaniy hayotning yanada o‘sishi, jamiyatda tilga bo‘lgan yangi ehtiyojlarning paydo bo‘lishini taqozo etadi. Bu jarayonda har bir tilda uslublarning quyidagi guruhlari shakllandi:
1. Adabiy-badiiy uslub. Buning o‘zi she`riy uslub va nasriy uslub deb ikkiga bo‘linadi.
2. Ijtimoiy-publitsistik uslub. Bunga gazeta-jurnal, adabiy-tanqidiy ishlar, pamfletlar, maqolalar va ocherklar uslubi kiradi.
3. Ilmiy bayon uslubi. Buning tarkibi nutq vositalarining turli ko‘rinishidan iborat (tibbiyot, huquq, falsafa va boshqalar). Ilmiy, ilmiy-ommabop asar, maqola, risolalarning uslubi ham o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi.
4. Kasb-hunar, texnika uslubi. Bu ishlab chiqarish, texnika adabiyotlari uslubidir. Bu uslub ishlab chiqarish, texnika, harbiy va boshqa turli xil kasblar sohasida ish quruvchilar uchun xizmat qiladi.
5. Qonunlashtiruvchi hujjatlar, buyruqlar, topshiriqlar uslubidan iborat rasmiy hujjatlar uslubi.
6. Har xil yozishmalar, kundaliklar va xatlarga xos bo‘lgan maktubiy uslub.
Jamiyatning madaniy saviyasi har bir kishining tildagi uslubiy jihatlarni egallab olishini, ya`ni uslublardan vaziyatga qarab foydalanishini taqozo etadi.
Til va jamiyat muammosini yanada chuqurroq va aniqroq anglash uchun ularning til tizimi, til qurilishiga munosabatini to‘ғri anglash muhimdir.
Har bir adabiy tilda so‘zlaydigan yoki yozadigan kishi sharoit taqozasiga ko‘ra tilda mavjud so‘zlar, grammatik shakllar, so‘z birikmalari va gap tuzilishining ma`lum qismidangina foydalanadi. Mana shu ma`noda tilning zahiraviy imkoniyatlari hattoki jamoa nutqi doirasida ham hech qachon to‘liғicha ishga solinmaydi.
Tilning imkoniyatlari uning reallashgan, amalda qo‘llanuvchi holatidan doimo ortiq va keng bo‘ladi. Har tildagi mana shunday boy imkoniyatlar bu tilning umumiy vositalari tizimini tashkil etadi.
Til tizimini: a) tilda amalda mavjud, qo‘llanayotgan, b) tilda o‘tmishda qo‘llangan, v) tilda kelajakda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlar majmui, murakkab yiғindisi deb tushunish kerak.
Til tuzilishi muayyan davrda qo‘llanayotgan real tizimlardir. Til tuzilishi tildagi ko‘pqirrali unsurlarning bir butunlik doirasidagi birligidir. Til tuzilishida til tizimidagi imkoniyatlar amalga oshadi. Til tuzilishi har qanday tilning asosi bo‘lib, u nutqda turli darajada yuzaga chiqadi, namoyon bo‘ladi. Bunga sabab kishilar tildan turli konkret sharoit va holatlarda foydalanadi. Har bir tilning tuzilishi bu tildagi mavjud fonema, morfema, sintaktik qurilmalar yiғindisi va ushbu vositalarning o‘zaro munosabatidan iboratdir.
Til qurilishining o‘ziga xos shakllanishi jarayonida tilning ijtimoiy tabaqalanishi vujudga keladi. Ijtimoiy tabaqalanish natijasida mavjud tilning jamiyat uchun xizmati bir necha yo‘nalishda bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |