Til taraqqiyoti. Til taraqqiyotining ichki qonuniyatlari. Tilning taraqqiyot bosqichlari



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix14.12.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#177935
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
524-532



524
Yosh Tadqiqotchi Jurnali 
ISSN: 2181-3132 
Vol. 1 No. 4 (2022) 
scientific journal impact factor 4.7 
TIL TARAQQIYOTI. TIL TARAQQIYOTINING ICHKI QONUNIYATLARI. TILNING 
TARAQQIYOT BOSQICHLARI 
Roziqova Marjona G‘aniyevna 
BuxDU Pedagogika instituti talabasi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.6589215
 
ANNOTATSIYA
. Tilshunoslik fanining predmeti va o‘rganish obyekti, uning asosiy tarmoqlari 
to‘g‘risida tasavvurni shakllantirish, tilning paydo bo‘lishi haqidagi bilimlarni mustahkamlash, til 
birliklarining o‘zaro munosabati haqidagi tushuncha hosil qilish.
 
Kalit so‘zlar

qiyosiy
 
tilshunoslik, xususiy tilshunoslik,
 
turkiy singarmonizmlar.
 
Qadimgi turkiy til hozirgi barcha turkiy tillar: o‘zbek, uyg‘ur, qirg‘iz, qozoq, turkman, 
ozarbayjon, usmonli turk, tatar, xakas, yoqut va boshqa tillar uchun qadimgi turkiy til umumiy til, 
ya’ni bobo til sanaladi. Bu davrda mansub so‘zlar: budun-xalq, ingek-sigir, bilig-bilim, yag‘i-
dushman, yov, batsiq-g‘arb, Koch-urug‘, okush-ko‘p, oz-jon,vujud kabilar… 
Eski turkiy til X-XII asrlar qoraxoniylar davlati hukm surgan davrdir. Qoraxoniylar davlatida 
arab tili ilmiy va diniy til bo‘lib qoldi, fors-tojik tili rasmiy va adabiy til bo‘lsa-da , turkiy tilda ham 
rasmiy hujjatlar tuzildi. Qoraxoniylar davri adabiy tili hozirgi Markaziy Osiyodagi Barcha turkiy 
tillarning shakllanishi va rivojlanishi uchun asos bo’lgan til sanaladi. Mahmud Qoshg‘ariy 
tilshunoslik tarixida ilk bor barcha turkiy tillarining shakllanishi va rivojlanishi uchun asos bo‘lgan 
til sanaladi. Mahmud Qoshg‘ariy tilshunoslik tarixida ilk bor barcha turkiy tillarning bir necha 
guruhlarini tasniflab, qiyosiy-tarixiy tilshunoslikka asos soldi. Bu davrga mansub so‘zlar: 
Kokramak-na’ra tortmoq, qirg‘ilach-qaldirg‘och, sandilach-sa’va, elig-hukmdor, sandug‘ach-
bulbul, bugu-dono, qut-baraka, emak-mehnat, uma-mehmon. “Devoni lug‘oti turk”dan parcha: 
“Emgak ekinda qolmas”- Mehnat bekorga ketmas, “Uma kelsa, qut kelur”- Mehmon kelsa, Baraka 
keladi. Eski o‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy. U o‘zbek tilini xazina deb bildi. Bu 
xazinani ilonlardan va tikanlar o‘rab turganini ta’kidladi. U eski o‘zbek adabiy tilini ana shu “ilon” 
va “tikanlar”dan tozalab berdi. Eski o‘zbek adabiy tili eng rivojlangan davr XV asr sanaladi. 
“O‘zbek” atamasi tarixda ilk bor Rashididdinning “Mog‘ullar tarixi” asarida atoqli ot ma’nosida 
qo‘llangan. Jaloliddin Manguberdining qoshin boshliqlaridan birining ismi O‘zbektoy bo‘lgan. 
O‘zbek so‘zining “o‘ziga bek”, “otliq qo‘shin”, “to‘g‘ri”, “sodda”, “insofli”, “saxiy” kabi ma’nolari bor. 


525

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin