TILNING TASVIRIY VOSITALARI VA NUTQ MADANIYATI
R e j a:
1. Til vositalari va ularni qo`llash shartlari.
2. Trop va uning turlari.
3. Uslubiy figuralar.
Tayanch iboralar: Tilning tasviriy vositalari, trop, epitet, o`xshatish, metafora, metonimiya, sinekdoxa, allegoriya, simvol, ironiya, antifraza, sarkazm, antiteza, gradatsiya, ko`p bog`lovchilik-bog`lovchisizlik
So`zlovchi yoki yozuvchi o`zi bayon qilayotgan tinglovchiga ixcham, aniq, ta’sirchan va tushunarli qilib yetkazib borishga harakat qilishi shart. Ko`pincha biror narsa belgi xususiyatini tinglovchi yoki o`quvchiga tushunarli, aniq qilib tasvirlab berish uchun uzundan-uzoq va birdan ortiq gaplarga murojaat qilishga to`g`ri keladi. Shunday vaqtlarda so`zlovchi yoki yozuvchi ayni shu fikrni bayon qilib berishda uzundan-uzoq gaplarni qatorlashtirishdan qochib, boshqa vositalardan foydalangan holda lo`nda va aniq qilib tushuntirishga erisha oladi. Bunday vositalarni tilshunoslik va adabiyotshunoslikda ifoda-tasviriy vositalar deyiladi. Tasviriy vositalarni og`zaki va yozma nutqda qo`llashda quyidagi shartlarga rioya qilinadi: 1. Tasviriy vosita turini, tabiati va xususiyatini yaxshi bilish. 2. Tasviriy vositadan o`rinli, me’yorda foydalanish. 3. Tasviriy vositani qo`llashda muayyan tizimga amal qilish. 4. Tasviriy vositaning ruhiy tasvirini hisobga olish. 5. Tasviriy vosita bilan mazmunning uyg`unligini ta’minlash. Trop va uning turlari. Ifodalilik, ekspressivlik va aniqlikni ta’minlash uchun biror narsaning nomini, belgisini ikkinchisiga ko`cherish, o`xshatish yoki so`zlarni shu maqsadda umuman ko`chma ma’noda ishlatish troplar deyiladi.
Ifodalilik, ekspressivlik va aniqlikni tanlash niyatida biror narsaning nomini, belgisini ikkinchisiga ko'chirish, o'xshatish yoki so'zlarni shu maqsadda, umuman ko'chma ma'noda ishlatish troplar deyiladi. Trop nutqda so'z yoki iboralarni ko'chma ma'noda ishlatishdir. Qandaydir xususiyati bilan bir-biriga yaqin ikki tushunchani qiyos qilib troplarga asos qilib olinadi. Troplarning turlari: epitet (sifatlash) – grekcha so'z bo'lib, izohlovchi degan ma'noni anglatadi. Metofora – o'xshatish, sifatlash, metonimiya, sinekdoxa, mubolag'a, kichraytirish, kinoya, alligoriya, jonlashtirish, perifraza kabi usullar tronlarni turlari bo'lsa, takror, antiteza, gradaniya elipsis, jim qolish, ritorik so'roq, bog'lovchisizlik, ko'p bog'lovchilik figuralarning (stilistik figuralarning) ko'rinishlari hisoblanadi. Epitet poetik aniqlovchi. U boshqa doimiy aniqlovchilardan ekspressivlik hosil qilish ko'chma ma'noda ishlatilishi bilan farq qiladi. Oddiy, doimiy, an'anaviy epitetlar kishida hayojon, tug'yon uyg'otmaydi. Bo'larga ko'm-ko'k osmon, qora kuz, oltin kuz birikmalari tarkibidagi aniqlovchilarni misol tarzida ko'rsatish mumkin.Badiiy ifodalilikni kuchaytirish uchun xizmat qilish epitetlarning uslubiy vazifasini ko'rsatadi. Uslubiy epitetda muallif tasvirlanayotgan narsa yoki voqeaning o'zi zarur deb hisoblagan tomonini ma'lum nuqtai nazardan turib baholaydi.Masalan: «Men bir qaro tunda tug'ildim,
Tug'ildimu, shu on bo'g'ildim» - deb shoir H.Olimjon, tun oldidan sifatlovchi qora so'zini keltiradi. Ammo bu so'zni shoir ko'chma ma'noda (tug'ilgan vaqtidagi turmushni qora tunga o'xshatadi) ishlatadi va ekspressivlikni ta'minlaydi. Eski turmushni tanqidiy baholaydi.Epitetlar sifatida, odatda sifatlardan foydalaniladi. Ammo ular otlardan (velosiped, ko'zoynak, po'lat ot, baxmal qir), sifatdoshlardan (yashnagan dala, oshib kelgan, qalqib kelgan qorqizim) ham epitet sifatida ishlatilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |