To’garak mashg’ulotlarni tashkil qilishning pedagogik-ilmiy asoslari



Yüklə 44 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü44 Kb.
#37811
TO


TO’GARAK MASHG’ULOTLARNI TASHKIL QILISHNING PEDAGOGIK-ILMIY ASOSLARI

Bugun O‘zbekiston Respublikasida har bir yangilanayotgan sohalardagi ijobiy o’zgarishlar qatorida? ning har bir soha yoki tizim mustaqillik yillarida barcha sohalarda, shu jumladan, ta‘lim tizimida ham tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Ta‘lim-tarbiya tizimi mutlaqo o‘zgardi. Yangi avlodni yangicha ruhda tarbiyalash, yangicha yashashga, ish yuritishga o‘rgatish zarurligi Prezident I.A.Karimov tomonidan asoslab berildi. Buning uchun esa, maorifning ta‘lim-tarbiya mazmunini yangilash, yangicha boshqarish, yangicha qurish, isloh etish zarur edi. SHu munosabat bilan fanni o‘qitishdagi an‘anaviy usullardan noan‘anaviy usullar ta‘limning qiziqarli, faol usullari, yangi innovatsion usullariga o‘tish orqali pedagogik jarayonlar o‘zgartirildi. Ma‘lumki, jamiyatning xususiyatini inson belgilaydi. Jamiyatni buyuk marralar sari yetaklash ham, tubanlik qa‘riga tortish ham insonning qo‘lida. Shu sabab jamiyat a‘zolarining, ayniqsa, o‘sib kelayotgan avlodning ma‘naviy kamoloti bugungi kunda O‘zbekistonda davlat ahamiyatiga molik dolzarb masalaga aylandi. «Ta‘lim to‘g‘risida» qonun, «Kadrlar tayyolash» Milliy dasturi qabul qilinganligi ham odam omilining hal qiluvchi ekanligi tufaylidir. Bu hujjatlarda o‘quvchi shaxsi va uning ma‘naviy kamoloti birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Davlat ahamiyatiga molik pedagogik hujjatlar: ta‘lim kontseptsiyasi va standartibilan birga dastur, darslik hamda metodik qo‘llanmalar insonparvarlik yo‘nalishiga solindi. Ular faqat mutaxassis tayyorlashga emas, balkisog‘lomma‘naviyatli odam shakllantirishga xizmat qilishga qaratildi. Milliy pedagogika ilmi ham ma‘naviy barkamol avlod tarbiyalash yo‘llarini tadqiqi eta boshladi. Yosh avlodaqliy-ma‘naviy kamolotini ta‘minlashda ularning mustaqil 10 ishlashi qay darajada ahamiyatli ekanini asoslash dolzarb ilmiy muammoga aylandi.



«Ta’lim to’g’risida» gi qonun respublikamizda keng miqyosda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlarining huquqiy me’yoriy asoslarini ta’minlab bergan asosiy xujjatdir. Ushbu qonun fuqarolarga ta’lim-tarbiya berish, kasbhunar o’rgatishning xuquqiy asoslarini belgilaydi, hamda har kimning bilim olishdan iborat bo’lgan Konstitusiyaviy huquqini ta’minlaydi. Ushbu dasturiy xujjatda qayd etilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun talabalarni kasb-hunarga yo’llash samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi mashg’ulotlarni samarali o’tkazish texnologiyasini ishlab chiqish lozim. Buning uchun, birinchidan, talabalarni sinfdan tashqari mashg’ulotlarda kasb yo’naltirish samaradorligini oshiruvchi metod va nazariyalarni tahlil qilish, ikkinchidan, mashg’ulotlarni tashkil etishning zamonaviy shakllaridan foydalanish, uchinchidan, xar bir talabaning individual fazilat va sifatlarini to’laroq e’tiborga olish muhim hisoblanadi. Sinfdan tashqari mashg’ulotlarda kasblar to’g’risida ma’lumot berish, kasbga yo’llash, kasbiy yo’l-yo’riq ko’rsatish, kasbiy va iqtisodiy tarbiya, pedagogik-psixologik tashxis ishlariga asoslanilgan pedagogik texnologiyani amalga oshirish jarayonini, boshqacha aytganda, talabalarni kasbga yo’naltirishning umumiy tuzilmasini sxematik tarzda tasvirlab kursatishimiz mumkin. Bunda pedagogik tadqiqotlarda asoslab berilgan o’quv jarayonini loyihalash boskichlariga amal qilish maqsadga muvofiq, ya’ni: * birinchi boskichda - amalga oshiriladigan texnologiyaning maqsadini, talabalarni kasb-hunarga yo’llash ishlari samaradorligini oshirishga ularning sinfdan tashqari mashg’ulotlari mazmunini takomillashtirish orqali erishish; 22 * ikkinchi boskichda - shakllantirilgan maqsad asosida uni amalga oshirish yo’llarini belgilab olish, ya’ni sinfdan tashqari mashg’ulotlarning talabalar extiyoji va qiziqishlariga javob bera oluvchi eng maqbul majmuasini asoslash; talabalarni mashg’ulotlarga jalb qilishda ixtiyoriylik mezonini maxsus tanlov metodi bilan uyg’unlashtirish, sinfdan tashqari mashg’ulotlar mazmunini tanlashda individual va individual-tabaqalashtirilgan metodlardan o’rinli foydalanish; * uchinchi boskichda - sinfdan tashqari mashg’ulotlar tizimi orqali talabalarni kasbga yo’naltirish samaradorligini oshirish maqsadida ularning shaxs sifatlarini tashxis qilish metodikasini amalga oshirish. Sinfdan tashqari mashg’ulotlar bir tomondan, dars jarayonining uzviy davomi bo’lsa, ikkinchi tomondan talabalarni kasb tanlashga yo’llash imkoniyatlarini kengaytiradi va keng yo’l ochib beradi. An’anaviy metodikaga ko’ra sinfdan tashqari mashg’ulotlarga talabalar ixtiyoriylik asosida jalb qilinishi lozim. Lekin mashg’ulotlarni tashkil etishning ushbu shakli bir qator ijobiy tomonlari bilan birga jiddiy kamchiliklarga ham ega. Jumladan, tajribalardan ma’lum bo’ladiki, talabalarning sinfdan tashqari mashg’ulotlarga nisbatan mas’uliyatsiz munosabatda bo’lishi, berilgan topshiriq va vazifalarni bajarishda intizomsizlik, jamoga aloqador umumiy maqsadlarni hurmat qilmaslik kabi salbiy holatlar mashg’ulotlarning samarasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Mazkur salbiy omil ta’sirini kamaytirish va talabalar extiyojlarini to’laroq qondira oladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlar shakllaridan foydalanish maqsadga muvofikdir. Buning uchun dastlab talabalarning qiziqish doirasini belgilab olish hamda ularni kasbga yo’naltirish uchun xizmat qiluvchi mashg’ulotlar shaklini to’g’ri tanlash kerak. Buning uchun maxsus testso’rovnoma ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir deb o’ylaymiz. Sinfdan tashqari mashg’ulotlar talabalarning o’z iqtidorini, mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatlarini yorqinroq namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Bu hol o’quv dasturida ko’zda tutilganidan ko’ra 23 murakkabroq vazifalar qo’yishga va ularni hal etishga asos bo’ladi. Ixtiyoriylik mezonining talab qiziqishlari bilan uyg’un holatda qo’llanilishi talabalar tashabbuskorligi yuqoriroq bo’lishini ta’minlaydi. Shu tufayli sinfdan tashqari ish jarayonida kasb-hunar ta’limining asosiy vazifalarini bajarish bo’yicha yaxshi natijalarga erishiladi. Yuqorida aytib o’tilgan fikrlar kasbiy tarbiya asosidagi sinfdan tashqari mashg’ulotlar vazifalarini quyidagicha ifodalash imkonini beradi: 1. Mehnat yoki kasb-hunar ta’limi davomida talabalar olgan bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash, umumlashtirish hamda kengaytirish; 2. Unumli mehnatga asoslangan ijodiy faoliyatga talabalarni jalb qilish; 3. Hozirgi zamon ishlab chiqarish asoslari haqidagi tasavvurni kengaytirish; 4. Xalq xo’jaligining zamonaviy ehtiyojlari asosida kasb tanlashga tayyorlash; 5. Mehnatga bo’lgan ijobiy munosabatni shakllantirish. Sinfdan tashqari mashg’ulotlar turli shakllarda amalga oshirilishi lozim. Bir so’z bilan aytganda, ta’lim muassasalarida talabalarni kasbga yo’naltirishga asoslangan sinfdan tashqari mashg’ulotlarning barcha shakllaridan foydalanish shubhasiz, samarali natijalarga olib keladi. O’qitish jarayonida maktablardagi to’garak mashg’ulotlarida, yosh texniklar stansiyalarida, kasb-hunar kollejlari muassasalarda talabalar ijodiy qobiliyatini o’stirish muammosi katta ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega. Fan va texnikaning aniq turlari qishloq xo’jaligi texnikalari bo’yicha talabalar ijodiy faoliyatini aktivlashtirish -umumta’lim predmetlari, mehnat ta’limi o’qituvchilari va to’garak rahbarlari eng muhim vazifasidir, chunki qiziqishlar bo’yicha amalga oshiriladigan ana shu faoliyat mehnatning boshqa formalari bilan uzviy bog’liq holda shaxsni uyg’un shakllantiradi va kollej bitiruvchilarini sanoat hamda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida ongli, samarali mehnat qilishga tayyorlaydi. O’qituvchilar va texnika to’garagi rahbarlarining ilg’or ish 24 tajribasini o’rganish, umumlashtirish hamda tatbiq qilish doimo pedagogika fanining muxim vazifalaridan biri bo’lgan va shunday bo’lib qoladi. Bizning ilmiy ishimizda o’qituvchilar va to’garak rahbarlari texnik ijodiyot obyektlarini tanlashga ham, talabalar mehnatini moddiy texnik jihozlashga ham oldindan sinchiklab tayyorlanishi zarurligiga alohida e’tibor berilgan. TALABALARNI KASBGA YO’NALTIRISH TIZIMI Kasb – hunar ta’limi tizimi Sinfdan tashqari mashg’ulotlar farayoni Kasblar to’g’risida axborotlar Talaba kasbiy sifatlarini dastlabki pedagogik –psixologik tashxisi Talaba shaxsini ijtimoiy- kasbiy yo’naltirish Kasbiy maslahat Kasbiy tarbiya Iqtisodiy tarbiya Talaba shaxsi kasbga yo’naltirish tizimining ob’ekti sifatida Umum mehnat va kasbiy bilim, ko’nikma hamda malakalar Kasb tanlashga erishish 25 §.1-3.O’QUVCHILARNI KASB - HUNARGA YO’NALTIRISHDA SINFDAN TASHQARI MASHG’ULOTLAR
Yüklə 44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin