To‘G‘ri o‘tkazgich va aylanma halqaning magnit maydonini o’lchash ishning maqsadi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə1/8
tarix15.11.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#69245
  1   2   3   4   5   6   7   8
L5-laboratoriya


TO‘G‘RI O‘TKAZGICH VA AYLANMA HALQANING MAGNIT MAYDONINI O’LCHASH
Ishning maqsadi:

  • To’g’ri o’tkazgich va aylanma halqaning magnit maydonini tok kuchining funksiyasi sifatida o’lchash.

  • To’g’ri o’tkazgich magnit maydonini o’tkazgich o’qidan hisoblanadigan masofaning funksiyasi sifatida o’lchash.

  • Aylanma halqa shaklidagi o’tkazgich vagnit maydonini halqa radiusining funksiyasi sifatida va halqa o’qi ustida halqa markazidan masofaning funksiyasi sifatida o’lchash.

Kerakli asbob-uskunalar: 1 4 dona o’tkazgichlar to’plami (516235), teslameter (51662), 1 axial B-probe (51661), 1 tangential B-probe (51660), 1 ko’p o’zakli kabel, 6-qutb (50116), 1 yuqori energiyali manba (52155), 1 kichik optik stol (46043), 1 shtepsel elementlari tutgichi elements (46021), 2 Leybold ko’ptutgich (30101), 1 shtativ, V-shaklda, 28 cm (30001), 1 ikki-yo’lli adapterlar to’plami (501644), Ulash kabellari, Ø2.5 mm2
I. Nazariy ma’lumotlar
Doimiy tokning magnit maydoni. 1820 yilda Daniya fizigi X. Ersted tokli o‘tkazgichning atrofida magnit maydoni bor ekanligini tajribada aniqladi. Ersted tajribasining mohiyati quyidagidan iborat. U to‘g‘ri chiziqli o‘tkazgich olib, undan ma’lum masofada magnit strelkasini joylashtirgan vaqtda uning burilishini kuzatdi. Bu burilish to‘g‘ri chiziqli o‘tkazgichdan o‘tayotgan tokning kattaligiga va yo‘nalishiga bog‘liq ekanligini aniqladi.
Tokli o‘tkazgich bilan magnit strelkasining o‘zaro ta’siri masofaga teskari proporsional ekanligini ham aniqladi. Ersted tajriba natijalarini umumlashtirib, shunday xulosaga keldiki, tok bilan magnitning o‘zaro ta’siri tok kuchiga, o‘tkazgichning uzunligiga to‘g‘ri proporsional bo‘lib, masofaning kvadratiga teskari proporsional ekanligini aniqladi. Tajribalar ko‘rsatdiki, bu o‘zaro ta’sir tokning yo‘nalishiga bog‘liq ekanligi, ya’ni bu o‘zaro ta’sirning vektor xarakterga ega ekanligini isbotladi. Shuningdek, u bu o‘zaro ta’sirning kattaligi tok va maydonning ta’siri o‘rganilayotgan masofaga perpendikulyar ekanligini ham aniqladi. Magnit kuch chiziqlarining konsentrik halqalardan iborat ekanligini ko‘rish mumkin.
Keyinchalik. Amper doimiy magnitning tokli o‘tkazgichga ta’sirini o‘rganib, ular o‘rtasida ham o‘zaro ta’sir kuchi bor ekanligini aniqladi. Bu haqda biz keyingi ma’ruzalarda batafsil to‘xtab o‘tamiz. Ma’lumki, Amper yana bir tajribasida parallel va antiparallel joylashgan tokli o‘tkazgichlarning bir birini tortishini va itarishini kuzatgan edi. Kulon qonunidan ma’lumki, bir xil qutbli magnitlar, bir birini itarishini va har xil qutbli magnitlar bir birini tortishishini bilamiz. Bu o‘zaro ta’sirlar magnit maydoni orqali amalga oshiriladi. Tokli o‘tkazgich o‘z atrofida magnit maydoni hosil qiladi u shu maydonda joylashgan har qanday o‘tazgichga ta’sir ko‘rsatadi. Agar o‘tkazgichlardagi tok doimiy bo‘lsa va o‘tkazgichlar qo‘zg‘almas bo‘lsa u vaqtda ular hosil qilgan magnit maydoni fazoning har bir nuqtasida vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydi. Bunday magnit maydoniga doimiy magnit maydon deyiladi. Doimiy magnit maydonining nazariyasi elektrostatik maydon nazariyasiga o‘xshash bo‘ladi. Mana shu holatga e’tibor berishni tavsiya etamiz, chunki bu hol materialni chuqur o‘zlashtirishga yordam beradi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin