Toshkent arxitektura qurilish instituti r. I. Gimush, F. M. Matmurodov



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix20.04.2022
ölçüsü1,57 Mb.
#55859
  1   2   3   4   5
innovatsion menejment



TOSHKENT – 2008
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON FAYLASUFLARI MILLIY JAMIYATI NASHRIYOTI
TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI
R. I. GIMUSH,  F. M. MATMURODOV
INNOVATSION
MENEJMENT
O‘QUV QO‘LLANMA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi iqtisodi-
yot oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etadi


© O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008.
T a q r i z c h i l a r:
SH. N. Zaynutdinov,
TDIU «Månåjmånt» kafådrasi mudiri, professor, i.f.d.
U. A. Gaziyev,
«Qurilish sohasi menejerlarini tayyorlash va
qayta tayyorlash markazi» direktori, dotsent.
Gimush R.I.
Innovatsion menejment: Iqtisodiyot oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘l./
R. I. Gimush, F. M. Matmurodov; O‘zR oliy va o‘rta-maxsus ta‘lim vazirligi,
Toshkent arxitektura va qurilish in-ti. – T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jami-
yati nashriyoti, 2008. – 144 b.
I. Matmurodov F.M.
ÁÁÊ 65.290-2ÿ73
Ushbu o‘quv qo‘llanmada innovatsion menejmentning nazariy asoslari va xorij
tajribasi, investitsion loyihalarni baholash va innovatsion jarayon vositalari tavsiflan-
gan, fundamental va amaliy tadqiqotlar ish dasturlarini tayyorlash hikoya qilingan.
Innovatsion faoliyat dasturini shakllantirish va innovatsion loyihalarga talablari bayon
etilgan.
Ushbu o‘quv qo‘llanmadan 5. 340. 200 – Menejment (tarmoq bo‘yicha) ta’lim
yo‘nalishi bakalavrlari hamda iqtisodchi mutaxassislar foydalanishlari mumkin.
ISBN: 978-9943-319-63-9
G48


3
 MUNDARIJA
Kirish ..................................................................................................... 5
1-bob. Innovatsion menejment asoslari va xorij tajribasi
1.1. Innovatsion menejment asoslari ................................................... 10
1.1.1. Innovatsion menejment fanining predmeti va uslubi ................ 10
1.1.2. Innovatsion menejmentning maqsad va vazifalari, tashkil etish
va nazorati ............................................................................................ 14
1.1.3. Innovatsiyaning klassifikatsiyasi ................................................. 22
1.1.4. Investitsion menejmentning mohiyati ........................................ 24
1.2. Ilmiy konstruktorlik innovatsion faoliyatni tashkil qilish va samara-
dorligining tahlili .................................................................................. 34
1.3. Innovatsion menejmentni yaxshilashdagi imkoniyatlar ................ 38
1.4. Xorij innovatsiya va innovatsion menejment tajribasi .................. 40
1.4.1. Jahon iqtisodiyotiga chetdan kiritiladigan investitsiya oqimlari
va uni jalb qilishdagi muammolari ...................................................... 40
1.4.2. Xorijda innovatsion menejmentning tashkil etilishi .................. 42
1.4.3. Innovatsiya jarayonida xorij tajribasi imkoniyatlari ................... 51
2-bob. Innovatsion loyihalarni baholash va innovatsion jarayon
2.1. Innovatsion loyihalarni baholash .................................................. 56
2.1.1. Investitsion loyihalarni baholash usullari va qo‘shilgan
mablag‘ umumiy summasi ................................................................... 56
2.1.2. Innovatsion loyihalarni baholash tartibi .................................... 58
2.1.3. Innovatsiya menejmentini baholash mezonlari ......................... 59
2.2. Innovatsion loyiha yaratish, xatari va aniqmaslik omillari ........... 65
2.2.1. Innovatsion loyiha yaratish va amalga oshirishning asosiy
bosqichlari ............................................................................................ 65
2.2.2. Innovatsion loyihalarni tahlil qilish usullari, tanlash, xatari va
aniqmaslik omillari .............................................................................. 68
2.2.3. Innovatsion menejmentning tashkiliy shakllari va resurslar
bilan ta’minlanishi ............................................................................... 72
2.2.4. Innovatsion jarayonning asosiy bosqichlari. Uning natijasida
yangi mahsulotni ishlab chiqarish va amalda qo‘llash ......................... 74
2.3. Innovatsion jarayonning samaradorligi va menejmentini
rivojlantirishga tavsiyalar ...................................................................... 77
2.3.1. Innovatsion jarayonning samaradorlik ko‘rsatkichlari ............... 77
2.3.2. Innovatsion menejmentni rivojlantirishga tavsiyalar .................. 80
3-bob. Tadqiqotlar dasturlari, innovatsiya ishlari dasturini
shakllantirish va innovatsion loyihalarga talablar
3.1. Fundamental va amaliy tadqiqotlar ish dasturi ............................ 83
3.2. Ilmiy muassasa va obyektlarni «Davlat noyob ilmiy
obyektlar ro‘yxati»ga kiritish va monitoringini olib borish .................. 85


4
3.2.1. Noyob ilmiy obyektlar tadqiqi ................................................... 85
3.2.2. Noyob ilmiy obyektlar faoliyatining monitoringi ...................... 86
3.2.3. Noyob ilmiy obyektlar bo‘yicha taqdim etiladigan hujjatlar ..... 87
3.3. Innovatsiya ishlari dasturini shakllantirish, amalga oshirish tartibi
va innovatsiya loyihalariga talablar ...................................................... 88
3.3.1. Umumiy tartib va innovatsiya faoliyatining obyektlari .............. 88
3.3.2. Innovatsiya loyihalari tanlovini tashkil qilish tartibi .................. 89
3.3.3. Innovatsiya loyihalarini ko‘rib chiqish va ekspertizaga tayyorlash . 90
3.3.4. Dasturni shakllantirish ............................................................... 90
3.3.5. Imtiyozli kreditlar ajratish tartibi ............................................... 91
3.3.6. Dasturni amalga oshirish va innovatsiya loyihalarini
hissadorlik asosida moliyalashtirish tartibi ........................................... 91
3.3.7. Innovatsiya loyihalarini bajarilishining monitoringi,
ekspertizasi va muvofiqlashtirish tartibi ............................................... 92
3.3.8. Innovatsiya loyihalari tanlovida qatnashish hujjatlari ................ 93
3.3.9. Loyiha to‘g‘risida ma’lumot ...................................................... 94
3.3.10. Loyiha tasnifi ........................................................................... 94
3.3.11. Texnik-iqtisodiy asosnoma ....................................................... 95
4-bob. Ilmiy va ishlab chiqarish korxonalarining
nazariy va amaliy innovatsiya faoliyati
4.1. Texnologik chegara va P. Romer modeli ..................................... 96
4.1.1. Texnologik chegara va sinish hamda yangilik diffuziyasi .......... 96
4.1.2. Ilmiy texnologik taraqqiyot va P. Romer modeli ...................... 99
4.2. Ilmiy ishlab chiqarish korxonalarining innovatsiya faoliyatini
reytingi va yangiliklarni amaliyotga kiritish dasturlari ....................... 104
4.2.1. Ilmiy ishlab chiqarish korxonalarining innovatsiya faoliyatini
reyting indikatorlarini nazariy aniqlash ............................................. 104
4.2.2. Yangiliklarni amaliyotga kiritish dasturlari va loyihalarini
ishlab chiqish ..................................................................................... 108
4.3. Respublika innovatsion amaliyoti ............................................... 113
4.3.1. Respublika innovatsion amaliyot jarayoni holati ..................... 113
4.3.2. Respublikada innovatsion jarayonlarning moliyalanishi
va rivojlanishi ..................................................................................... 117
4.4. Sifat menejmenti tizimini samarali tatbiq etishda yangi omillar .. 122
4.5. Innovatsion texnologiya – elektron imzo va uni ro‘yxatga olish
markazlari faoliyatini huquqiy tartibi ................................................ 126
4.6. Innovatsiya subyektlari faoliyati samaradorligini aniqlash va
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi ............................................. 132
Adabiyotlar ......................................................................................... 138
Ilovalar ............................................................................................... 140
Glossariy ............................................................................................. 143


5
KIRISH
Qisqa muddat oralig‘ida respublikani jahon bozoriga olib chiqish uchun
umumiy ishlab chiqarish samaradorligini ko‘tarish, boshqaruv apparati-
ning yakuniy natijalariga qaratilganligi, bozor ehtiyojini to‘laqonli qondirish
kabi ishlarni bajarish lozim.
Milliy iqtisodiyot tarkibini takomillashtirish, joriy iqtisodiy siyosat
bo‘yicha yuqorida ko‘rib o‘tilgan masalalarni hal qilinishi bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi. Bular orasida
birinchi o‘rinda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan choralarga quyidagilarni
kiritish mumkin:
– iqtisodiyotni rivojlanishi va isloh qilinishi monitoringi va tahlilining
an’anaviy ishlab chiqarishni o‘sishi va bandlik bo‘yicha ko‘rsatkichlaridan
(sanoat, qishloq xo‘jaligi, investitsiyalar dinamikasi va h.k.) tarkibiy va sifat
indikatorlariga o‘tish (eksport tarkibida tayyor mahsulot ulushi, kichik va
xususiy korxonalarda band bo‘lganlar ulushi, investitsiyalar tarkibida xu-
susiy kapitalning ulushi va h.k.);
– iqtisodiyotning xususiy sektorini rivojlanishini jadallashtirish, uning
tarkibini yaxshilash, tranzaksion xarajatlarni kamaytirish, moddiy va moli-
yaviy resurslarni taqsimlash va foydalanish samaradorligini oshirish, iqti-
sodiy o‘sishning ichki manbalarini faollashtirish uchun boshqa zaminlar-
ni yaratishni ko‘zda tutuvchi iqtisodiy rivojlanishning yangi, kapital sig‘imi
kam bo‘lgan manbalar va omillarga tayanishda sarmoyador va tadbirkor-
larni rag‘batlantiruvchi makroiqtisodiy sharoitlarni yaratish;
– o‘sishni tarkibiy va sifat omillarini faollashtirishning milliy dasturini
ilmiy-uslubiy jihatdan asoslash, milliy hisoblar tizimiga asoslangan «xara-
jatlar – ishlab chiqarish» yillik hisobot jadvallari tizimini shakllantirish va
undan foydalanish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish lozim. Dunyoning ilg‘or
rivojlanayotgan davlatlari va o‘tish davri iqtisodiyotini o‘tayotgan mam-
lakatlar tajribasi va birinchi navbatda hamdo‘stlik mamlakatlari tajribasi
bundan dalolat beradi.
Respublikaning investitsiya dasturi sifat jihatdan yangicha yondoshuvlar
bilan shakllantiriladi. Bu dasturni uch yillik davrga mo‘ljallab ishlab chi-
qish nazarda tutilmoqdaki, u loyiha-qidiruv ishlaridan boshlab inshootni
foydalanishga topshirgunga qadar bo‘lgan jarayonni e’tiborga olish, quri-


6
lishni uning real moliyalash manbalari bilan to‘liqroq bog‘lash imkoniyatini
yaratadi, bu esa investitsiya loyihalarini ro‘yobga chiqarish samaradorligini
oshirishga ko‘maklashadi.
Yangi jarayonlar va mahsulotlar, to‘g‘ri ishlab chiqarishga va uning
rivojlanish taraqqiyotiga bog‘liq bo‘lgan yangiliklar hamohangligini aniq-
laydi. Yangi bozorlar mahsulot realizatsiyasi jarayonini aniqlaydi, ba’zi
hollarda esa yangi bozorlarni ochish harakatida bo‘lgan texnologiyalar
hayotini o‘zgartirishga imkon beradi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek tashkiliy innovatsiyalar ishlab chiqa-
rish innovatsiyalari kabi muhimdir.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar tajribasiga ko‘ra, yangi tashkiliy fir-
malar (innovatsiya firmalari, texnoparklar, innovatsion inkubatorlar, inves-
titsion fondlar va b.) iqtisodiyotning odatiy tashkil etish sharoitiga nisbatan
katta foyda olishga imkon beradi. Undan tashqari, aniq texnologik yangilik
realizatsiyasi uchun mazkur tashkiliy innovatsiyalar ham zarurdir.
Tadbirkorlik foydasini olish jarayonining uzoqligiga kelsak, bu yangi jarayon
rutinizatsiyasi uchun zarur bo‘lgan jarayon uzoqligi bilan uzviy bog‘liqdir,
jarayon yakunlanishi bilan yangilik yaratishga sarflanadigan kuch endi kerak
bo‘lmay qoladi. So‘nggi jarayon uzoqligi esa, iqtisodning u yoki bu tarmo-
qlardagi yangiliklar diffuziyasi jarayoni xususiyati bilan bog‘liq. Shunday qilib,
o‘rganilayotgan foyda, ishlab chiqarish faktoridan yangi mahsulot tannarxiga
kiritgan sarmoyasini namoyon etuvchi vaqtinchalik holatdir.
Bizningcha, tadbirkorlik rentasi tushunchasi mavjud bo‘lish huquqiga
ega. Tadbirkorlik rentasi – bu monopol qo‘llash jarayonida innovatsion
qaror qabul qilish natijasida olinayotgan qo‘shimcha foydadir.
Tadbirkorlik qarorinng monopol qo‘llanilish jarayoni deganda, mazkur
jarayon rutinizatsiyasi va ommaviy qo‘llash sodir bo‘lmagan vaqt tushuniladi.
Biznes strukturalar galma-gal samara qaror qabul qilgandan so‘ng,
tadbirkorlik rentasi yo‘q bo‘ladi.
Tadbirkorlik rentasi tushunchasi o‘rganilayotgan subyektlar tomoni-
dan olinayotgan foyda xususiyatini aniq ifodalaydi. Bu degani, renta, uni
qo‘lga kiritgan u yoki bu shaxsga bog‘liq bo‘lgan kategoriya hisoblanadi.
Misol uchun, yer rentasi yoki texnologik renta. Ushbu holatda ustunlik
mazkur vaqt ichida keng omma tadbirkorlariga hali ma’lum bo‘lmagan
tadbirkorlik g‘oyasi va uni realizatsiya qilish usullariga ega bo‘lish bilan
aniqlanadi. Bir butun sistemani tashkil etish uchun zarur bo‘lgan aniq shart-
sharoitlar tadbirkorlik rivojlanishi uchun zarurdir. Shuni takidlash kerak-


7
ki, gap mustaqil tadbirkorlik sistemasi haqida ketayapti. Markazlashgan
iqtisodiyot sharoitida, tadbirkorlik ham muhimdir. Lekin sezilarli xususi-
yatlarga egadir, bu kabi talablarning besh asosiy bloklari ko‘rsatiladi: shaxsiy
mulkchilik, iqtisodiy erkinlik, iqtisodiy  rag‘bat, raqobat bozorlari va che-
garalngan davlat aralashuvi. Har bir blok yakka elementlarga bo‘linadi.
Shaxsiy mulkchilik o‘rganilganda, buni nazarda tutish kerakki, mazkur
tushuncha murakkab hisoblanadi. Biz uchun shunisi muhimki tadbirkor
mulk egasi. O‘z mulkidan foydalanish, uni o‘tkazish va shuningdek, bu
juda ham muhim, u foydaga egalik qilish va undan foydalanish huquqiga
ega bo‘lishi muhimdir. Yangi kombinatsiyalarni yaratish va realizatsiya
qilish uchun tadbirkor ishlab chiqariladigan mahsulotni tanlash texnologi-
yalar, investitsiya yo‘nalishi, zarur resurslarni qo‘llash erkinligiga ega bo‘lishi
kerak. Bu kabi shart sharoitlarisiz tadbirkorlik faoliyatini olib borish mumkin
bo‘lmaydi. Raqobat mavjudligi ham muhimdir, shuningdek, u yoki bu
bozorlariga kirish imkoniga ega bo‘lish ham muhimdir.
Rivojlangan xorijiy davlatlar amaliyoti shuni ko‘rsatdiki, kichik va o‘rta
biznes korxonalari iqtisodiy kon’yukturaning o‘zgarishlariga tez moslasha
oladigan, yangi texnika va texnologiyalarni doimiy ravishda talab qiladi-
gan, mehnat unumdorligi yuqori bo‘lgan xo‘jalik subyektlari hisoblanadi.
Chet el investitsiyalarini jalb qilish va ularni o‘zlashtirish iqtisodiyotni
rivojlantirishga yordamlashadi va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar uchun kuchli
rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham respub-
likada xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun imtiyozlarning keng tizimi
vujudga keltirildi, xorijiy investorlar uchun imtiyozli soliq tizimi joriy etildi.
Lekin mavjud huquqiy me’yorlarni shu asnoda qoldirmasdan, uni doimo
takomillashtirib borish, ya’ni kafolat va imtiyozlarni kengaytirish, inves-
titsiya faoliyati uchun qulay muhitni shakllantirish va xorijiy investitsiya-
larni jalb etish bo‘yicha rag‘batlantirishni kuchaytirish kerak.
Ushbu salohiyatlardan samarali foydalanish hisobiga mamlakat taraq-
qiyotiga erishish mumkin: tadbirkorlik subyektlariga turli konsalting xiz-
matlar ko‘rsatuvchi bozor infratuzilmasi subyektlarining sonini orttirib
borish; xususan, joylarda biznes-inkubatorlar tashkil etilib, ularni xorijiy
investitsiya hisobiga zamonaviy uskunalar bilan jihozlashni jadallashtirish;
tadbirkorlikka tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarida ta’lim sifatini oshi-
rish; tadbirkorlik subyektlarining investitsiya loyihalarini moliyalash maqsa-
dida ularning kredit resurslaridan, shu jumladan, xorijiy kredit liniyalaridan
foydalanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish; tadbirkorlik subyektlari


8
tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish mate-
riallari, yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qadoqlash kabi
ishlarga zamonaviy uskuna hamda texnologiyalarni xarid qilishga
ko‘maklashish; tadbirkorlik subyektlarining innovatsiya faoliyatida faol
ishtirok etishini rag‘batlantirish va b.
Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib
taqaladi. Y. Sezar, A. Makedonskiy, Amir Temur o‘zlarining zarur
boshqaruv g‘oyalarini yaratishgan. Saqlanib qolgan yodgorliklarda, yoz-
ma qonunlarda iqtisodiy g‘oyalar ham mavjud, unda mustaqil ishlab
chiqaruvchilar huquqlarini himoya qilish, tartibga solish bo‘yicha muhim
fikrlar berilgan.
Jamiyat tarqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi iqtisodiy manfaat
hisoblanadi. Manfaatlar iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy shakllarda bo‘lishi
mumkin. Ular tizimida iqtisodiy manfaatlar birlamchi, belgilovchi va us-
tuvor hisoblanadi. Ana shu iqtisodiy manfaat o‘z navbatida, ma’lum ijti-
moiy shakllarda – xususiy, jamoa, jamiyat (umumxalq) ko‘rinishlarida
namoyon bo‘ladi.
Xulosa qilib, ilmiy umumlashmani quyidagicha ifodalash mumkin:
– jamoaviy va shaxsiy, umumxalq manfaatlarining uyg‘unligi, ishlab
chiqarish barcha qatnashchilari faoliyatining mushtarakligiga erishish har
bir manfaatning boyishini anglatadi;
– tadbirkorlik munosabatlarining ko‘p tomonlama ko‘rinishida eng kam
tahlil qilingani ularning samaradorligini baholash va moddiy qo‘llab-quv-
vatlash munosabati bo‘lib, uning bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab
chiqarishga ta’siri muammolarini o‘rganish dolzarb masala hisoblanadi;
– iqtisodiy manfaatlar bitta maqsadga – har bir huquqiy subyekt va
jismoniy shaxs tomonidan iqtisodiy manfaatlarga, jamoa va jamiyat, mulk-
dor va davlat manfaatlarining uyg‘unligiga erishishni ko‘zda tutadi.
Umumxalq manfaatlari jamoa ishlab chiqarishining yagona maqsadi-
ga erishish uchun rivojlanadigan butun xalq xo‘jaligi majmuining organik
ravishda birikuvi asosida vujudga keladi. Bozor iqtisodiyotining qaror topishi
sharoitida jamiyat a’zolari manfaatlarining mushtarakligi va ularning di-
alektik o‘zaro bog‘liqligi ishlab chiqarish vositalarining bevosita moddiy
boyliklarni ishlab chiqaruvchilarni o‘zlarining mulki hisoblanishiga asos-
lanadi. Shuning uchun bozor iqtisodiyotida barcha ijtimoiy guruhlar
ma’naviy manfaatlarning ijro etiluvchilari hisoblanadilar. Jamoaviy man-
faat jamiyat barcha a’zolarining muntazam ravishda o‘sib borayotgan


9
moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini to‘liqroq qondirish asosida foyda olish-
dan iborat bo‘lgan bozor ishlab chiqarishning maqsadida namoyon bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy iqtisodiy manfaatdorlik yangi
mohiyat kasb etadi.
Tadbirkorlik munosabatlarining rivojlanishi va aholining ijtimoiy-iqti-
sodiy turmush darajasini oshirish yo‘llarini tahlil qilish asosida quyidagi
xulosaga kelish mumkin:
– mulkiy va intellektual salohiyatiga qarab daromad olish erkin iqti-
sodiyotning asosiy manbayi hisoblanadi va xodimlarning daromaddagi
ulushlari shunga ko‘ra bir xil bo‘lmaydi;
– bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat iqtisodiyotning bosh islohotchi-
si sifatida tadbirkorlik munosabatlariga nafaqat mehnatni me’yorlash va
tarifikatsiyalash orqali, balki asosiy qishloq xo‘jalik mahsulotlari: paxta
xomashyosiga va boshqalarga shartnoma asosida davlat buyurtmasini
o‘rganish asosida daromadlarni shakllantirish orqali ham ta’sir ko‘rsatadi;
– erkin iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik faoliyatining samaradorligi
qonuni amal qiladi va bu qonun tadbirkorlar harakati bilan ularning daro-
madlari o‘rtasida iqtisodiy bog‘liqliklarni ifoda etadi. Bu qonun harakati
tufayli tadbirkorlik ishlab chiqarishi takroriylik kasb etadi. Tadbirkorlik
faoliyatining samaradorligi qonuni, birinchi navbatda, ishlab chiqarish-
dan manfaatdorlik va daromadlarni taqsimlash qonuni bilan bog‘liqdir.
Ushbu o‘quv qo‘llanmada quyidagi masalalar tahlili tavsiya etilgan:
– innovatsion menejmentning nazariy asoslari va xorij tajribasi;
– investitsion loyihalarni baholash va innovatsion jarayon vositalari
tavsiflangan;
– fundamental va amaliy tadqiqotlar ish dasturlarini tayyorlash hikoya
qilingan;
– innovatsion faoliyat dasturini shakllantirish va innovatsion loyiha-
larga talablari.


10
1-bob. INNOVATSION MENEJMENT
ASOSLARI VA XORIJ TAJRIBASI
1.1. INNOVATSION MENEJMENT ASOSLARI
Reja: Innovatsion menejment fanining predmeti va uslubi; innovat-
sion menejmentning maqsad va vazifalari, tashkil etish va nazorati; in-
novatsiyani klassifikatsiyasi; investitsion menejmentning mohiyati.
Tayanch iboralar: innovatsiya, innovatsion menejment, investitsion
menejment, innovatsiyani klassifikatsiyasi, endogen uyg‘unlik.
1.1.1. Innovatsion menejment fanining predmeti va uslubi
1. Yangiliklar kiritish innovatsion menejmentning obyekti sifatida. In-
novatsion menejment O‘zbekistondagi tadbirkorlarga va ilmiy ommaga nis-
batan yangi tushunchadir. Aynan shu vaqtda O‘zbekistonda yangiliklar
ko‘payib ketmoqda. Iqtisodiyotni boshqarish formalari o‘rniga boshqa yan-
gi uslublar va shakllar paydo bo‘lmoqda. Bunday sharoitda mazkur faoliyat
bilan davlat organlaridan tortib pastki tabaqalardagi korxonalar ham kichik
biznes shaklida shug‘ullanmoqlari lozim. Maxsus adabiyotlarda va rasmiy
hujjatlarda ko‘p hollarda iqtisodiyotning markazdan boshqarishga taalluqli
bo‘lgan tushunchalar, ya’ni ilmiy-texnikaviy progresslarni boshqarish, ilmiy-
texnik yutuqlarni ishlab chiqarishda qo‘llash kabi tushunchalar qo‘llanilar
edi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat korxonalari yuridik va iqtisodiy
erkinliklarga ega, shu sababli hech qanday kiritishlar haqida (davlat tomo-
nidan) gap bo‘lishi mumkin emas. Bu prinsip orqali innovatsion menej-
ment oblastidagi alohida tushunchalardagi farqlarni tushunish mumkin.
 Innovatsion so‘zining ma’nosi ingliz tilidagi «innovatsion» so‘zidan
olingan bo‘lib, yangilik va yangilik kiritish degan ma’noni bildiradi. Bu
yangilik zamirida yangi tartibni, yangi odatni, yangi uslubni, kashfiyotni
tushunish lozim. Yangilikni bozorga kiritish jarayonini tijoratlashish jarayoni
deb atash lozim. Yangilikning paydo bo‘lishi va uni hayotga tatbiq etilishi
oralig‘idagi vaqt innovatsion loyihasi deb ataladi. Kunlik amaliyotda, odat-
da, yangiliklar, yangilik kiritish, innovatsiya tushunchalarini o‘xshatish ko‘p
uchraydi, qachonki har qanday kashfiyotlar, yangi voqealar, xizmatlar va
metodlar xillari tarqalishiga qabul qilinsa (tijoratlashish) o‘shanda xalq
ommasi tomonidan tan olinadi.


11
 Bizga ma’lumki, mahsulot sifatini yoki xizmat sifatini o‘zgartirish
resurslar sarflanishini (energiya, vaqt moliya va boshqalar) talab qiladi.
Yangilikni (novatsiya) kiritish jarayoniga (innovatsiya) o‘tkazish jarayoni
ham har xil resurslarni talab qiladi, ulardan muhimi investitsiya va vaqt
hisoblanadi. Iqtisodiy munosabatlar tizimiga o‘xshash bozor sharoitlarida
tovarning xaridi va sotuvi ramkasida shakllanadigan talab, taklif va narx-
larda, asosiy innovatsion faoliyat komponenti sifatida yangilik, innovatsi-
ya – yangilik kiritish namoyon bo‘ladi. Yangiliklar bozorini shakllantira-
di, investitsiyalar kapital bozorini, yangilik kiritish esa bozordagi sof raqo-
batni shakllantiradi.
Investitsiya keng ma’noda yangi texnologiyalar, turli mahsulotlar va
xizmatlar, tashkiliy texnik va ijtimoiy iqtisodiy qarorlar shaklida ishlatili-
shi tushuniladi. Yangilikning tuzilishi, yaratilishi va tarqalishi jarayoni
innovatsiyaning hayotiy sikli deyiladi.
Yangiliklar bozori (novatsiyalar). Bozorning asosiy mahsuloti bo‘lib, in-
tellektual faoliyatning ilmiy va ilmiy texnikaviy-natijaviy produkti hisoblanadi.
Unga mualliflik va shunga o‘xshash huquqlar (bu huquqlar xalqaro, respublka,
korporativ va boshqa qonuniy, me’yoriy aktlar doirasida bo‘ladi) taalluqlidir.
Dunyo tajribasida ilmiy (ilmiy-tadqiqot), ilmiy-texnik faoliyat va shu
bilan birga tajribaviy (konstruktorlik ishlari) kashfiyotlar o‘rtasida farq
mavjud. Ilmiy (ilmiy-tadqiqot) faoliyat yangi bilimlarni egallash, taqsim-
lash va qo‘llashga qaratilgandir.
Yangiliklar bozori
Innovatsion infratuzilma
Sof raqobat bozori
Kapital bozori
(investitsiya)
1.1-chizma. Innovatsion faoliyat sxemasi.
Yangiliklar bozori ilmiy tashkilotlar, vaqtinchalik ilmiy jamoalar, il-
miy xodimlarning uyushmalari, tijorat tashkilotlari, mustaqil ilmiy labo-
ratoriyalar va bo‘limlar, milliy va an’anaviy yangilik yaratuvchilarni shakl-
lantiradi.


12
Yangilik kiritishning sof raqobat bozori.
Sof raqobat bozori sotuvchi va oluvchilarning shunday uyushmasiki,
unda yuqoridagilar joriy baholarga ta’sir ko‘rsatmaydi. Sof raqobat tushun-
chasidan foydalanish bizni narxli, narxsiz, insofsiz va boshqa xil raqobat-
larni ko‘rib chiqishdan ozod qiladi va shu bilan birga ishlab chiqarish
munosabatlari subyektlari orasida eng foydali sohaga kapital qo‘yishni
taqsimlash bozori, resurslar manbayi, ilmiy va ilmiy texnikaviy faoliyat-
ning namunalari kabi sohalarda kurashishini o‘z ichiga oladi.
Oldin aytib o‘tganimizdek, ilmiy va ilmiy texnikaviy faoliyati natijasi
sifatida yangilik to yangilik kiritililishi va xalq ommasiga yangi tovarlarni,
texnologiyalarni, xilma-xil xizmatlarni, yangi uslublarni va boshqalarni tan
olinishida bo‘lgan jarayon vaqt va xarajatlar bilan bog‘liq.
Sof raqobat bozori bu jarayonda ikkilamchi pozitsiyada namoyon
bo‘ladi, ya’ni ular o‘zlarida birlik va qarama qarshi tomonlarni kurashini
ifoda etadi. Tashkilotning yangiliklar bozorida har xil formada qatnashishini
aniqlovchi sharti bo‘lib ilmiy va ilmiy texnikaviy faoliyat sohasiga va yan-
gilikni kiritish jarayonini qayta tashkil etish yoki o‘qitishga sarflanadigan
investitsiya hajmi hisoblanadi.
Kapital bozori. Rivojlanishni xohlamagan tashkilotni topish qiyin. Uy
xo‘jaligiga mebel, videojihoz, avtomobil, gilamlar sotib olish yoki yangi-
lash kerak. Korxonaga esa tashqi va ichki bozorlarda raqobat qila oladi-
gan texnologiyalarni sotib olish, o‘zining mahsulotini taqsimlash uchun
yangi bozorlarni topish, yangi yetkazib beruvchilar va iste’molchilar topish
kerak bo‘ladi. Davlatga esa yangi xil qurol-yaroqlar, ekologik toza energi-
yalar, resurslarni iqtisod qiladigan texnologiyalar kerak bo‘ladi.
Jahon uyushmalari. Mars va boshqa sayyoralarni o‘zlashtirish, jahon
okeani resurslaridan qanday foydalanishning yo‘llari kerak. Zamonaviy
taraqqiy etgan ilmlar va texnikalar bularning hammasiga bugunoq erishishga
yo‘l qo‘yadi. Ammo yuqorida sanab o‘tilgan ehtiyojlarning hammasini
asosiy cheklanishi sifatida har xil turdagi (sizdali, aylanma, aksionerli, ven-
churli, nizomli va boshqa) kapital namoyon bo‘ladi. Kapital bozori rivoj-
lanishining asosiy mezonlarini 1.2-chizmada ko‘rsatib o‘tilgan. Innovat-
siya sohasida aniqlovchi rolni uzoq muddatli va o‘rta muddatli investitsi-
yalar o‘ynaydi. Innovatsion jarayon, odatda, o‘rtacha 3-5 yil va undan
yuqori muddatlarda davom etadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk
qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston davlat sanoat siyosati
konsepsiyasida quyidagi sanoatdagi investitsion siyosati muhim norma-
larini qonuniy tartibda mustahkamlash ko‘rib chiqiladi:
Respublika budjetidan faqat fundamental ilmiy tadqiqotlar va notijorat
xarakterga ega bo‘lgan obyektlar va shu bilan birga milliy xavfsizlikni ta’minlash
bilan bog‘liq obyektlar qaytarmaslik sharti bilan moliyalashtirladi.
Boshqa xil markazlashgan investitsiyalar qaytarish sharti bilan va tan-
lov asosida amalga oshirilishi mumkin.


13
Davlat resurslarini qaytarish sharti bilan berishni foydali shakllari bo‘lib,
qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish yo‘li bilan investitsiyalash yoki chiqari-
layotgan qimmatli qog‘ozlarga kafolat berish hisoblanadi. Investitsiyalar-
ning umumiy ko‘rinishi o‘zida iqtisodiyotni har xil sohalariga foyda olish
maqsadida uzoq muddatli vositalarni qo‘yishni namoyon etadi. Maxsus ada-
biyotlarda investitsiyaning xilma-xil klassifikatsiyalashgan variantlarini ko‘rish
mumkin. Ulardan biri 1.3-chizmada ko‘rsatilgan iqtisodiy mohiyat va in-
vestitsiya maqsadiga ko‘ra investitsiyalar real va moliyaviy investitsilarga
bo‘linadi. Real investitsiyani tashkilotlar, korxonalar va boshqa xil uy xo‘jalik
subyektlari yer, ishlab chiqarish vositalarini sotib olish jarayonida amalga
oshiradi. Moliyaviy investitsiyalar – bu uy xo‘jalik subyektlari va xususiy
shaxslarning har xil elementlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni
sotib olishidir. Berilgan holatda biznesga kapital qimmatli qog‘ozlarga vosi-
talarni investitsiyalash orqali keladi. Innovatsion soha o‘zida yangiliklar
yaratuvchilar, investorlar, raqobatbardosh tovar va xizmatlar ishlab chiqaruv-
chilarni namoyon etadi. Mana shu yerda innovatsion jarayon tamom bo‘ladi.
Kapital funksiyalari
Kapital mobilizatsiyasi
Kapitalni joylashtirish
Kapital mobilizatsiyasi-
da qimmatli qog‘ozlar
bozorining roli
Moliyaviy
egiluv-
chanlik
Xususiy
sektor
rivojlanishi
Moliyaviy
sektordagi
raqobat
Investit-
siyalarni jalb
qilish
1.2-chizma. Innovatsion sohada kapital bozori.
Kapital bozori rivojlanishi omillari
Makroiqtisodiy muhit
Xususiylashtirish hajmi
Soliq siyosati
Moliyaviy sektor rivojlanishi
Bozorda narx shakllanishi
Axborot texnologiyalari
Kasbiy standartlar


14
1.1.2. Innovatsion menejmentning maqsad
va vazifalari, tashkil etish va nazorati
Innovatsion menejmentning yakuniy maqsadi bo‘lib, uzoq muddatli
IK (investitsion kapital)ni funksiyalashtirishni ta’minlash asosida inno-
vatsion mahsulotni yuqori raqobatbardoshligini ta’minlash va innovatsion
jarayonlarni samarali tashkil etish yotadi. Firmada innovatsion jarayon-
larni samarali tashkil etish mezonlari bo‘lib, zamonaviy shartlarda inno-
vatsion mahsulot realizatsiya qilishdan olingan foyda va innovatsion faoliyat
xarajatlarini hisoblashga imkon beruvchi iqtisodiy ko‘rsatkichlar hisobla-
nadi. IK ning foydalilik, daromadliligi maqsad sifatida emas, innovatsion
faoliyatni amalga oshirish sharti va natijasi bo‘lib hisoblanadi. Menejment
IKning barcha ichki va tashqi elementlarining samaradorligini hamda bir-
biri bilan bog‘liqligini ta’minlaydi. Innovatsion tizimning bu holatini
uyg‘unlik deb atash qabul qilingan. IK faoliyatida uyg‘unlikka erishuv,
innovatsion menejmentning asosiy maqsadli vazifasi bo‘lib hisoblanadi.
IKlarga nisbatan uyg‘unlik vazifasi endogen hamda ekzogen
yo‘nalishlarga ajratilgan. Endogen uyg‘unlik deganda IK ning barcha ichki
tizim elementlarini, uning subtizimlarini muvofiqlashuvi tushuniladi. En-
dogen uyg‘unlikni ta’minlash uchun innovatsiyalarni firma ichidagi boshqaru-
vi maxsus tizimi ishlab chiqilishi lozim. Unda quyidagi vazifalar xal etiladi:
1.3-chizma. Investitsiyalarni sanoatga jalb etish sxemasi.
Me’yoriy baza
Nazorat qiluvchi organlar
Federal maqsadlar
dasturlari
Idoralar-davlat dasturi
buyurtmachilari
Nodavlat investitsion
fondlari
Investorlar
Hukumat
qarorlari
Moliya vazirligi
Kafolat fondi
Qimmatli qog‘ozlar
emitentlari
Davlat investitsion
dasturi
Iqtisodiyot vazirligi
Davlat investitsion
fondlari
Investorlar


15
  strategik innovatsion tamoyilni ishlab chiqarish;
  innovatsion loyihalar va dasturlarni shakllantirish va faoliyatning
mavzuviy yo‘nalishlarini aniqlash;
  tashkilot tizimi hamda innovatsiyalarni boshqarish tizimi ishlab
chiqilishi;
  ishlab chiqarish jarayonlarini va innovatsion mahsulotlar realizatsi-
yasini rejalashtirish;
  kadrlarni tanlash va joylashtirish, IK potensialidan samarali foy-
dalanishni ta’minlash;
  ishlarni kalendar bo‘yicha taqsimlash va ularni bajarilishini nazorat qilish;
  ijod qilish muhitini yaratish va intellektual mehnatning yuqori
motivatsiya bilan ta’minlash.
Ekzogen uyg‘unlik IKning tashqi muhit supertizimlari bilan mu-
vofiqligini ta’minlaydi va tashqi muhit cheklashlarini hisobga olgan holda
hamda innovatsion faoliyatni maqsadli yo‘naltirilganlik maxsus faoliyati
bilan amalga oshiriladi. Innovatsion menejmentda ekzogen uyg‘unlik
quyidagi vazifalarni ko‘rib o‘tadi:
  uzoq va qisqa muddatli innovatsion faoliyat maqsadlarini shakllanishi;
  marketing tadqiqotlarini tashkil etilishi va o‘tkazilishi;
  atrof-muhitga ziyon yetkazmaslik ishlarini rejalashtirilish va ekologik
jarayonni hisobga olinishi;
  raqobatchilarning ilg‘or yutuqlarini va progressiv tajribasini baho-
lash va ulardan foydalanish (benchmarking);
  innovatsion dasturlarda kooperatsiyani tashkil qilish;
  ITTning obyektiv g‘oyalari va xaridor talablarini hisobga olish.
IK o‘z mohiyati va vaqt bo‘yicha uyg‘unligi strategik va operativ shakl-
larga ega. Uyg‘unlikning strategik shakli IKni uzoq muddat yashab qo-
lishiga olib keladi va strategik innovatsion maqsadlar va loyihalarni shakl-
lantirishga yo‘naltirilgan strategik menejmentni ta’minlaydi. Uyg‘unlikning
operativ shakli tanlangan strategiyani rivojlantirish vositasi bo‘lib, u IK-
dagi operativ menejment tizimi orqali ta’minlanadi.
Innovatsion menejment funksiyalari tizimi (1.4-chizma). Innovatsion
menejment mohiyati innovatsion tadbirlarni o‘tkazish va tayyorgarlik
ko‘rish davrida amalga oshiriladigan boshqaruv jarayonlari va funksiyalari
tarkibi bilan aniqlanadi. Menejment funksiyalari deganda oldin ta’kidlab
o‘tilganidek, innovatsiyalar ishlab chiqarilganda yechiladigan boshqaruv-
ning umumiy vazifalari tarkibi tushuniladi. Innovatsion jarayonlarning
xilma-xilligi ularni boshqarishni turlarga bo‘lishni qiyinlashtiradi.
Nazariyada va amaliyotda innovatsion menejment funksiyalarining turli
xil tizimlari foydalaniladi. Biz innovatsion menejmentning ikki guruh funk-
siyalarini to‘g‘ri ajratmog‘imiz lozim: asosiy va ta’minlovchi menejmentning
asosiy yoki predmetli funksiyasi hamma turlar uchun va innovatsiyani ishlab


16
chiqarishning istalgan shartlarida umumiylashtirilgan. Menejmentning
asosiy funksiyalari innovatsion faoliyat boshqaruv jarayonining asosiy bos-
qichlarini o‘zida aks ettiradi va barcha boshqaruv ierarxik darajalarining
predmet sohalarini ajratadi. Samarali menejment istalgan innovatsion ti-
zimda quyidagi asosiy predmet funksiyalarini amalga oshirishi lozim: maqsad-
larni shakllantirish, rejalashtirish, tashkil etish va boshqaruvning predmet,
ijtimoiy-psixologik va jarayonli sohalari bir-birini to‘ldiradi va innovatsion
menejmentning asosiy funksiyalari bir butun tizimini tashkil qiladi.
1.4-chizma. Innovatsion menejment funksiyalari tizimi.
Innovatsiyalarni boshqarish jarayonining mohiyati. Menejmentning
asosiy predmet funksiyalari innovatsiyalarni boshqarish jarayonining mo-
hiyatini aniqlaydi va innovatsion faoliyat maqsadlarini shakllantirishni, in-
novatsiyalarni rejalashtirishni, innovatsiyani ishlab chiqarishdagi ishlarni
tashkil etish va nazoratni o‘z ichiga oladi. (1.5-chizma).
Innovatsion faoliyat maqsadlari shakllanishi. Berligan chizma bo‘yicha
boshqaruv jarayoni aniq vaqt oralig‘ida innovatsion faoliyatni maqsad va
vazifalarini shakllantirishdan boshlanadi. Innovatsion menejmentda maqsad
– bu barcha ko‘rsatkichlar yig‘indisi sifatida olingan rejalashtirilgan davrda
innovatsion tizimning talab etilgan yoki talab etilmagan (istalgan) holati.
Tashkilot yoki faoliyat maqsadlari ma’lum vaqt oralig‘ida o‘zining aniq
yo‘nalishga ega bo‘lishi kerak. Shunday qilib, tashkilot maqsadi, bir tomon-
dan, jarayon baholanishi va prognozi natijasi bo‘lib, ikkinchi tomondan,
rejalashtirilgan innovatsion tadbirlarga chegara bo‘lib xizmat qiladi. Shu ikki
 
 
Predmet 
funksiyalar 
 
 
 
 
 
Jarayonli 
funksiyalar 
 
 
 
Ijtimoiy-
psixologik 
funksiyalar 
 
 
 
 
 
Maqsadlarni 
shakllantirish 
Rejalashtirish 
Tashkilot 
Nazorat 
Qarorlar 
Kommunikatsiya 
Delegirovanie 
Motivatsiya 


17
funksiyaga amal qilish uchun innovatsiya maqsadini shakllantirish bir qan-
cha talablarga javob berishi kerak. Ularning asosiylariga quyidagilar kiradi:
1. Innovatsiya maqsadi aniq shaklga ega bo‘lishi va o‘lchana olishi
kerak. Ular mohiyati bo‘yicha ilmiy, texnik, iqtisodiy, ijtimoiy yoki siyo-
siy ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin va ular rivojlanishning ishlab chiqa-
rish, moliya, kadr, marketing vazifalarini yechishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Lekin barcha innovatsion faoliyat maqsadlarini shakllantirish hollarida aniq
ko‘rinishga ega bo‘lishi, innovatsiya turi tavsifiga mos kelishi va tashkilot
ichki hamda tashqi yo‘nalishlarini aniqlamog‘i lozim.
2. Innovatsiya maqsadlari kerakli natijalarga erishish uchun aniq vaqt
bo‘yicha taqsimlanmog‘i lozim. Maqsadlarni vaqt bo‘yicha yo‘nalishi
yo‘llarni aniqlashtirishga, ularga erishish usullariga, davrlarga taqsimlash-
ga, tashkilot rivojlanishi to‘xtovsizligini ta’minlashga imkon yaratadi.
3. Innovatsiya maqsadlariga erishish mumkin bo‘lishi kerak. Maqsad
unga erishish strategiyasini shakllantirishga va qabul qilingan rivojlanish
strategiyasini realizatsiya qilish bo‘yicha rejaviy tadbirlar dasturi tayyor-
lash uchun ishlab chiqiladi. Shuning uchun innovatsion faoliyat maqsad-
lari jamoada erishish mumkin bo‘lgan vazifalarni qo‘yishi lozim.
4. Innovatsiyalarning maqsadlari xilma-xilligi bir-biri bilan bog‘liq va bir-
biriga qarama-qarshi bo‘lmasligi kerak. Ma’qul innovatsion tashkilot maqsadlari
tizimi shakli bo‘lib, uning maqsadlar daraxtini ko‘rish tushuniladi.
1.5-chizma. Innovatsion menejment asosiy funksiyalari o‘rtasidagi bog‘liqlik.
Maqsadlarni shakllantirish jarayoni innovatsion menejmentning muhim
tadbirlaridan biri hisoblanadi. U innovatsion sohadagi barcha rejaviy hisob-
kitoblarning asosiy qismi va birlamchi puntki bo‘lib hisoblanadi.
Innovatsiyalarni rejalashtirish. Rejalashtirish innovatsion menejment
funksiyasi sifatida rivojlanish maqsadlarini aniqlashni, resurs bilan
 
Innovatsiya maqsadlari 
Rejaviy vazifa
va loyihalar
        Aks aloqa    
        Innovatsiya 
Tashkil etish
shakllari
 
 
 
 
Innovatsiv 
maqsadlarini
 
shakllantirish 
Innovatsiyalarni 
rejalashtirish 
Innovatsiyalarni 
tashkil qilish 
Innovatsiyalar 
nazorati 


18
ta’minlanganlik va bozordagi talablarga innovatsion faoliyat asosiy
yo‘nalishlarini shakllantirishni o‘z ichiga oladi. Innovatsiyani rejalashtirish
mohiyati shundaki, u yerda hisob-kitoblarida quyidagilar bilan ta’minlanadi:
IK maqsadlarini qismlash va ularni alohida tizim bo‘limlariga yetkazish;
realizatsiya qilinayotgan loyihalar hajmini aniqlash; innovatsion loyiha ish-
tirokchilari bo‘yicha vazifalarni taqsimlash; har davrga belgilangan vazifalarni
bajarishni ta’minlashni va alohida ishlarni realizatsiya qilish muddatlarini
hamda ketma-ketlikka rioya qilishni, kerakli resurslar hajmini aniqlash.
Innovatsiyalarni rejalashtirish zaruriyati zamonaviy shartlarda tashkilot
raqobatbardoshligini ta’minlash bilan bog‘liq. Ular innovatsion loyiha
ko‘lamini kengayishi; innovatsion jarayonlarning ko‘p variantlik va ehti-
mollik shakllari; innovatsion sohada kooperatsiyaning kengayishi va max-
suslashganlikni o‘sishi; innovatsion faoliyat natijalari evaziga tashkilotning
iqtisodiy majburiyatlari ortishi va xo‘jalik mustaqilligini kengayishi bilan
aniqlanadi. Innovatsion faoliyatning hamma sanab o‘tilgan rivojlanish
omillari innovatsiyadagi boshqaruv qarorlarini rejaviy ishlab chiqishni ta-
lab qiladi. Bu xulosa ham kichik IKlarga ham yirik IKlarga taalluqli. In-
novatsion menejmentning bir butun tizimida rejalashtirish quyidagi asosiy
vazifalarni hal qiladi:
  innovatsion faoliyat maqsadlarini tizimlashtirish va ularni alohida
ijro etuvchilarga yetkazish;
  belgilangan rivojlanish maqsadlariga erishishni tadbirlar, ilmiy, texnik va
ishlab chiqarish vazifasini yechishni ta’minlaydigan dasturlarni shakllantirish;
  alohida maqsadlar, tadbirlar va ijro etuvchilar o‘rtasidagi vaqtin-
chalik bog‘liqlik;
  qabul qilingan innovatsion dasturlarni amalga oshirish uchun zarur
bo‘lgan moddiy, mehnat va moliyaviy resurslar baholanishi;
  innovatsion loyiha bo‘yicha ishlarni bajarilishini nazorat qilish.
Rejalashtirilgan vazifalarni hal qilish aniq tashkilot tizimlarini, ularni
ijro etuvchilarni jalb qilishni va ularning kelishilgan holdagi faoliyatini
tashkil qilishni talab qiladi.
Innovatsiyalarni tashkil qilish (1.6-chizma). Tashkil qilish mohiyati
funksiyasi qabul qilingan IK rivojlanish strategiyasini realizatsiya qilish
maqsadida belgilangan rejaviy vazifalarni hal qilishni o‘z ichiga oladi. Bu-
ning uchun kerakli resurslar hajmini belgilash, masalalarini taqsimlash,
ijro etuvchilar vaqtini belgilash, ishtirokchilar kooperatsiyasini aniqlash,
nazoratni ta’minlash va boshqa ishlar qilish kerak bo‘ladi.
Barcha darajadagi boshqaruvchilar faoliyatining salmoqli qismini egal-
lagan innovatsiyalarni tashkil qilish innovatsion menejmentning asosiy
funksiyalaridan hisoblanadi. Innovatsion menejmentda tashkil etish qabul
qilingan rejaviy qarorlarni samarali bajarish maqsadida innovatsion jara-
yonning barcha elementlarini vaqt va oraliq bo‘yicha maqsadga muvofiq


19
birligini ta’minlaydi, innovatsiyani tashkil qilishni tizimlashtirilishi va tur-
lanishning muhim belgilari bo‘lib tashkiliy qarorlarni vujudga kelish vazi-
falari, shakllari va usullari tushuniladi.
1.6-chizma. Innovatsiyani tashkil qilish shakllari.
Innovatsion menejmentda innovatsiyani tashkil qilishning turli shakl-
laridan foydalaniladi. Tuzilma shakli deganda, innovatsion jarayonlar ele-
mentlarining makon va vaqtdagi birlashmasi va faoliyati usullari tushuni-
ladi. Innovatsiyalar tuzilmasi shakllari mazmun jihatidan innovatsion lo-
yihalarni olib borishda mehnat taqsimotining turli usullaridan iborat. In-
novatsiyaning bunday tashkil etish shakllariga konsentratsiya, ixtisoslash-
ganlik, kooperatsiyalanish va kombinatsiyalanishlarni kiritish mumkin.
Konsentratsiya ma’lum bir yo‘nalishdagi innovatsiyalarning tobora
kattaroq miqyosda yirik firma IKlarga jamlanish jarayonini bildiradi. In-
novatsion faoliyatning konsentratsiyalanishga intilishi xuddi kichik inno-
vatsion biznesning kengayish jarayoni kabi biznesning eng ilg‘or sohala-
riga mablag‘larni innovatsiya qilishdek tabiiy bozor omillaridan biridir.
Ixtisoslashganlik innovatsiyalarni tashkil qilish shakli sifatida IKlarni
tashkiliy tuzilmalarini barpo qilishda va uning innovatsion ko‘rinishini
chegaralash yo‘llari, hamda kichik bo‘limlarga ma’lum turdagi ishlar va
mahsulotlarni biriktirishda qo‘llaniladi. Bunda innovatsion ko‘rinish keng-
ligi IK ixtisoslashganligi doirasida innovatsion jarayon mustahkamligi va
rivojlanish sur’atlari asosida turlicha bo‘lishi mumkin.
Kooperatsiyalash zamonaviy shartlar asosida tashkil etishning muhim
shakli sifatida dunyo tajribasida innovatsion loyihalar o‘tkazilishida tan
olingan. Kooperatsiyalash IK ixtisoslashganligi va loyihalarni amalga oshi-
rish qiyinchiliklari, tashkilotlararo hamkorlikni chuqurlashuvi, innovat-
sion sohada xalqaro koordinatsiyaning rivojlanishi, miqyosli ilmiy ishlab
chiqarish dasturlarini amalga oshirish natijasi sifatidadir.
 
Innovatsion jarayonlarni tashkil qilish shakllari 
Tashkil qilish vazifalari 
Tashkil etish shakllari 
Tashkil etish usullari 
makonda 
vaqtda 
ixtisoslashgan 
konsentratsiyalashgan 
kooperatsiyalashgan 
kombinatsiyalashgan 
formal 
noformal 


20
Kombinatsiyalanish innovatsiyalarni tashkil qilishda IKlardagi allaqa-
chon olingan natijalar yoki xomashyo, energiya va materiallardan ikki-
lamchi foydalanishga asoslangan ishlab chiqarish va innovatsion jarayon-
larni tashkil etishda va amalga oshirishda namoyon bo‘ladi. Qo‘shimcha
samarali effekt olish uchun firmalar bazaviy bilimlar doirasida qo‘shimcha
tadqiqotlar o‘tkazib, ularni yangi sohalarga joriy etadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan innovatsion jarayonlar tashkil etishning shakl-
lari tashkiliy qarorlarni tayyorlashda asosiy qurol bo‘lib xizmat qiladi. Ular
rasmiy hamda norasmiy ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin.
Innovatsion menejmentda nazorat. Nazorat menejmentning predmet
funksiyasi sifatida innovatsiyadagi boshqaruv siklini yakunlaydi va bu bi-
lan boshqa barcha funksiyalarning samaradorligini ta’minlaydi. Innovat-
sion menejmentda nazorat funksiyasining mohiyati shundan iboratki, u
berilgan tashkiliy shartlar asosida qabul qilingan maqsadlarga erishishga
yo‘naltirilgan belgilangan rejaviy vazifalarni bajarilishini ta’minlaydi.
Nazorat vazifalariga quyidagilar kiradi:
•innovatsion faoliyat va uning natijalari to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish
va tizimlashtirish;
•olingan faoliyat natijalari holatini baholash;
•faoliyat natijalariga ta’sir qiluvchi omillar, chetga chiqish sabablari tahlili;
•rivojlanish maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan qarorlarni tayyor-
lash va bajarish.
Tashkilotda nazoratni tashkil qilishning asosiy mazmuni bo‘lib quyidagi
belgilar hisoblanadi: nazorat maqsadi, predmet sohasi, ko‘lami va nazorat shakli.
Strategik nazorat yuqori menejment faoliyatining IKga mohiyati bo‘lib
hisoblanadi va u innovatsiya rivojlanishining hisobi, baholanishi, natijalar
tahlili, ilg‘or tamoyillarini amalga oshirishni ko‘rib o‘tadi. U strategiyani
shakllantirish bosqichida ham, uni realizatsiya qilish bosqichida ham ish-
tirok etadi. IKning strategik nazorati hayotiy zarur bo‘lgan tizimlarga
yondashadi: marketing, ilmiy-texnik prognozlarga, mahsulot portfeliga.
Strategik nazoratni tashkil etish va o‘tkazishda sifatli baholash usullari-
dan, tendensiyalarni solishtirma baholashdan foydalaniladi.
Operativ nazorat tashkilotdagi o‘rta va quyi boshqaruv tizimini o‘z
ichiga oladi. U joriy hisobga, amalga oshirilayotgan innovatsion jarayon-
larni tahliliga yo‘naltiriladi va belgilangan rejaviy vazifalarni ijro etishni
o‘z vazifasi deb biladi. Operativ nazorat obyektlari bo‘lib mavzuviy va ishlab
chiqarish vazifalari, ishni olib borish muddatlari, rejada ko‘rsatilgan resurs-
lar, IK faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar hisoblanadi. Operativ nazoratni
tashkil etish va o‘tkazishda miqdoriy hisob va innovatsion loyihalar holati
tahlili usullaridan foydalaniladi.
IKdagi boshqaruv nazoratining barcha turlari predmet belgisi bo‘yicha
moliyaviy va ma’muriyga ajratiladi.


21
Moliyaviy nazorat IKning yakuniy iqtisodiy ko‘rsatkichlariga
yo‘naltirilgan bo‘ladi. Uning obyektlari bo‘lib foyda, faoliyat xarajatlari,
ishlab chiqarish va sotish ko‘lami, investitsiyalar va ulardan foydalanish
samaradorligi va IKning hamda alohida loyihalarning moliyaviy holati
(to‘lovga qobiliyatliligi va likvidliligi) hisoblanadi.
Dunyo tajribasida moliyaviy nazorat bir butun kontrolling tizimi do-
riasida olib boriladi.
IKdagi innovatsiyaning ma’muriy nazorati ham ierarxik tuzilishga ega.
Lekin ular birinchi bo‘lib natijaviy ko‘rsatkichlarga emas, balki innovatsi-
yalar boshqaruviga tarqaladi. Ma’muriy nazorat obyektlari bo‘lib, loyiha-
lar va ularning alohida bo‘limlari, rejaviy vazifalar, muddatlar va yetkazib
berishlar, jamoadagi ijro etuvchilar holati, tadqiqotlar ishlab chiqishlar-
larning mavzuviy rejalari hamda ishlab chiqarish dasturlarini amalga oshirish
hisoblanadi. Ma’muriy nazorat innovatsion menejmentning ham strate-
gik, ham operativ qismini o‘z ichiga oladi. IKdagi ma’muriy nazoratni
tashkil etish asosida maxsus tuziladigan hisobning va boshqaruvning bar-
cha darajalari hisoboti standart tizimlari qo‘llaniladi.
Nazorat boshqaruvining shakllari va ko‘lami ikki omilga bog‘liq: nazorat
subyektlari va ularni tashkil etishning aniq vazifalari. Har bir IK innovatsion
faoliyati bo‘yicha o‘zining ichki nazorat tizimiga ega va u hamma darajadagi
menejmentning boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborot
bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari IK mustaqil xo‘jalik subyekti sifatidan tashqi
nazorat organlari uchun obyekt hisoblanadi: yuqori turuvchi tashkilotlar, davlat
xalqaro nazorat organlari. Tashqi va ichki nazorat to‘liq hamda tanlangan
ko‘rinishga ega bo‘ladi. To‘liq nazorat IK tashkiliy tizimida qabul qilingan
doimo harakatda bo‘luvchidir, u butun tizim sifatida ko‘riladi. Tanlangan
nazorat, odatda, bir martalik tadbir sifatida bo‘ladi.
Innovatsiyalarni boshqarishning asosiy funksiyalarini ko‘rib chiqish va
ularni amalga oshirish tartibi innovatsion menejmentning umumiy
texnologik tizimini tashkil qiladi. Ular bir xil darajada menejmentning ham
strategik, ham operativ doirasida muhim. Har bir juft bog‘langan pred-
met funksiyalar «maqsad – omil» davrida faoliyat yurituvchi o‘zida yopiq
boshqaruv qarorlari ko‘rinishini aks ettiradi.
Birinchi «maqsad – rejalashtirish» ko‘rinishida rejalashtirish jarayoni ko‘rib
o‘tilgan tadbirlar va rejalashtirilgan resurslar belgilangan rivojlanish maqsadi-
ga erishishni ta’minlash shartida tugaydi. Aks holda rivojlanishning birinchi
maqsadlarini o‘zgartishiga to‘g‘ri keladi. «Rejalashtirish – tashkilot» ikkinchi
bosqichida belgilangan rejaviy vazifalarni samarali ijro etishni ta’minlovchi
tashkiliy rejalarni izlash tushuniladi. Va nihoyat uchinchi «tashkilot–nazorat»
bosqichida qabul qilingan tashkiliy shartlarga muvofiq rejaviy vazifalar va
kelishmovchiliklarni oldini oluvchi qarorlar ishlab chiqish tushuniladi.


22
1.1.3. Innovatsiyaning klassifikatsiyasi
Innovatsiyani bir qator belgilariga qarab klassifikatsiya qilinadi. Iqti-
sodiyotni rivojlanishdagi ahamiyatiga ko‘ra innovatsiya bazis, yaxshilay-
digan va ratsionalizatsiyalaydigan ma’nolardan iborat.
Innovatsiya jarayoni 2 xil: yetakchi (pioner); quvuvchi.
Pioner tipidagi innovatsiya jarayoni jahon birinchiligiga erishishi uchun
chegarani anglatadi (masalan, AQSH).
Quvuvchi innovatsiya jarayoni arzon hamda tez natija beruvchi hisobla-
nadi (masalan, Yaponiya).
Yo‘nalishiga ko‘ra innovatsiya:
– ilmiy instrumentlar jarayon innovatsiyasi;
– mahsulot innovatsiyasiga bo‘linadi.
Yangiliklar darajasi bo‘yicha innovatsiya klassifikatsiyasi bu – jami
innovatsiyalarni yangilk darajasi bo‘yicha innovatsiyalariga nisbati orqali
baholashdir.
Yangilik tushunchasi texnologik jarayon yoki mahsulotga nisbatan ish-
latiladi. Mana shu nuqtada yangi mahsulotga nisbatan bazis innovatsiyasi
yuzaga keladi.
Yangilash innovatsiyasi mahsulotlarni yanada sezilarli darajada yaxshilash,
shuningdek, ishlab chiqarish usullarining sezilarli rivojlanishini anglatadi.
Innovatsiyada tovarlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish (ratsional
innovatsiya) yoki estetik innovatsiya (rangi, dekoratsiyasi... ) yoxud texnik
o‘zgarishlar bo‘lib, buning natijasida tovarning konstruktiv tuzilishi
o‘zgarishsiz qoladi.
Yangilik innovatsiyasi texnologik parametrlari bo‘yicha yoki bozor
talabalari bo‘yicha yangilanishni talab qiladi. Texnologik parametrlar
bo‘yicha yangilanish, bu – mahsulotni yaratishda yangi muammolar va
yarim fabrikatlar, shuningdek, komplektlanadigan yangi xomashyolardan
foydalanishini talab qiladi.
Texnologik parametrlarga – jarayon yangilanishi:
– ishlab chiqarishning yangi texnologiyalarini qo‘llash;
– yuqori darajadagi avtomatizatsiyasi;
– ishlab chiqarishning yangi texnologiyalarini qo‘llash;
– yuqori darajadagi avtomatizatsiyasi;
– ishlab chiqarishning yangi metodlarini qo‘llash kiradi.
Yangi mahsulot texnologiyalari yaratish bo‘yicha ilmiy ish uchun ha-
yotiylik davri mavjud bo‘lib, har bir innovatsion loyihaning alohida bos-
qichlarida yuzaga keladi.
Yangi jarayonlarni bir bosqichdan ikkinchisiga o‘tkazish quyidagi ket-
ma-ketlikda o‘tkazishadi:
1-bosqich: bu g‘oyaning yuzaga kelishidan uning texnik ishlab
chiqarishgacha bo‘lgan bosqich;


23
2-bosqich: o‘rtacha bosqich – g‘oyaning texnik yuzaga keltirishdan
tijorat maqsadlarida qo‘llanishgacha bo‘lgan bosqich;
3-bosqich: intiho bosqichi – keng ko‘lamli ishlab chiqarishgacha
bo‘lgan bosqich.
Innovatsiyaning ilmiy nuqtayi nazardan 4 bosqichi bor:
1) g‘oya ustida ilmiy izlanish; 2) g‘oyani yuzaga chiqarish; 3) g‘oyani
o‘zlashtirish; 4) seriyali va keng ko‘lamda ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatish.
Fanda mehnat bu – ijodiy yondashishdir, ya’ni izlanishlarni olib bo-
rish bo‘yicha ijod qilishdir.
Fandagi mehnat nazariy va eksperemental faoliyatining birligini tashkil
etishi kerak, ya’ni har xil toifadagi xodimlar: olimlar, muhandislar,
ma’muriyat xodimlari, xizmatchilarni birlashtirishi kerak.
Ilmiy mehnat jarayonida yangidan-yangi qonunlar tasavvurlar, hisob-
kitob usullari, xullas yangi bilimlarni hosil qiladiki, ular yangi tovar mah-
sulotlarni yaratishda qo‘l keladi.
Ilmiy mehnatning natijasi sifatida texnik obyektning qo‘llanilishi texni-
kasi tavsifi, qo‘llanilishi to‘g‘risidagi ilmiy axborotlar (yangi fundamental
bilimlar) hisoblanadi. Ilmiy-texnik mehnat aniq bilimlarga suyanadi.
1.1-jadvalda innovatsiyaning klassifikatsiyasi keltirilgan.
Ilmiy-texnik jarayon bosqichlari bo‘yicha innovatsiya o‘ziga hos xu-
susiyatlarga ega:
– texnik mahsulotlarni ishlab chiqarishda rivojlangan usullardan foy-
dalanish;
– tashkiliy boshqaruv xususiyati, avvalo, ishlab chiqarish transport va
savdo, ta’limotda optimallikni tashkil etish bilan bog‘liq;
1.1-jadval.
 
Tavsifli alomatlar 
Innovatsiyaning guruhli tavsifi 

Innovatsiyaning tatbiq 
etish sohalari 
boshqaruv, tashkilot, ijtimoiy sanoat 

Ilmiy texnik jarayoni (ITJ) 
bosqichlari 
ilmiy, texnik, texnologik, konstruktorlik, 
ishlab chiqaruvchi, informatsion 

Innovatsiyaning intensiv 
bosqichi 
“bun”, teng kuchsiz, to‘liq 

Innovatsiyaning amalga 
oshish tezligi 
tez, sekinlashtirilgan, kanalovchan, tarqoq, 
teng o‘lchovli, har tomonlama o‘zgarish 
5 Innovatsiya 
miqyosi 
transkontinental, transmilliy, hududiy, yirik, 
o‘rta, kichik 

Innovatsiya natijaliligi 
baland, past, mustahkam 

Innovatsiya samaradorligi 
iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik integral 
 


24
1.2-jadval.
– informatsion xususiyat ilmiy-texnik sohada innovatsion faoliyatda
ratsional informatsiyani yuzaga keltirish bilan bog‘liq;
– ijtimoiy xususiyati mehnat sharoitini yaxshilash, sog‘liqni saqlash, ta’lim,
madaniyat muammolarini yechishga qaratilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqqan
holda quyidagi innovatsiya klassifikatori jadvali keltirilgan (1.2-jadval).
Mazkur klassifikator innovatsiyani u yoki bu belgilar bo‘yicha guruh-
lash imkonini yaratadi. Masalan: tarmoq innovatsiyasi bu – ma’lum bir
sohaga qaratilgan boshqarishga ta’sirini belgilaydi.
Radikal innovatsiya darajasi – bu innovatsiyaning ta’sir parametrlarini
belgilaydi.
Innovatsiya jarayoni o‘ziga: fan-texnika ishlab chiqarish va iste’molni
qamrab oladi.
– innovatsiya jarayonning boshi, odatda, fundamental yoki izlanish
xarakteriga ega bo‘lgan ilmiy izlanishlarni anglatadi, ya’ni to‘liq nazariy
yondoshish:
– mazkur izlanishlar asosida amaliy xarakterga ega bo‘lgan izlanish-
lar, ishlar amalga oshiriladi.
1.1.4. Investitsion menejmentning mohiyati
Ko‘pgina maxsus iqtisodiy adabiyotlarda investitsion menejment – bu
korxonaning investitsion faoliyati barcha tomonlarini boshqarish jarayoni deb
ta’riflanadi. Shu bilan birga, investitsion menejmentning asosiy maqsadi kor-
xonaning turli rivojlanish bosqichlarida investitsion strategiyani amalga oshirishni
ta’minlashda hamda investitsion loyihalarni samarali amalga oshirishda o‘z aksini
topadi. Bunday faoliyat natijasida, rivojlangan mamlakatlar tajribasida moddiy
va inson resurslari samarali muvofiqlashtirilishi loyiha qiymatining 20% ga yaqin
miqdorini iqtisod qilish mumkinligi amalda isbotlanmoqda.
Alomatlar tavsifi 
Alomatlar ma’nolari 
Ta’sir va miqyos 
kengligi 
global tarmoqli mahalliy 
Innovatsiyaning 
radikal darajasi 
bazis rivojlanuvchi psevdo 
innovatsiya 
G‘oya manbalar 
ochiq 
ixtiro 
ixchamlashgan 
takliflar 
bosh-
qalar 
Yangilik turi 
konstruktsiya va texnologiya 
tirik 
organizm 
Mavjud 
analoglarning o‘rin 
almashtirish usuli 
 
erkin o‘rindoshlik 
 
tizimli o‘rindoshlik 
 


25
Strategik maqsadlarni amalga oshirish jarayonida esa, investitsion menej-
ment muhim masalalar majmuasini hal etishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozimdir.
Birinchidan, samarali investitsion faoliyat hisobiga korxonalarni jadal
iqtisodiy rivojlanish sur’atlarini ta’minlash. Har qanday firma va kompaniya
tashkil etilgan kunidan boshlab, uning rivojlanish strategiyasida ishlab
chiqarish, faoliyatini kengaytirish, mahsulot assortimenti o‘sib borishi va
hududiy diversifikatsiyalashni ta’minlanishi ko‘zda tutiladi. Bunda birinchi
navbatda, kompaniyaning uzoq muddatli strategik maqsadlarini ta’minlash
investitsion faoliyat orqali amalga oshiriladi. Investitsiya faoliyati samara-
dorligi va iqtisodiy rivojlanish sur’atlari o‘rtasida uzviy bog‘liqlikning mavjud
bo‘lishi muhim ahamiyatga egadir.
Ikkinchidan, investitsion faoliyat natijasida olinadigan daromadni (foy-
dani) ko‘paytirishni ta’minlash. Foyda faqatgina investitsiya faoliyati na-
tijalarini belgilabgina qolmay, balki umumiy xo‘jalik faoliyatini ham
ta’riflaydi. Lekin korxonalarning iqtisodiy rivoji uchun balans foydasiga
nisbatan sof foyda ko‘proq kerak bo‘ladi. Shuning uchun ham bir necha
muqobil qarorlar ichidan sarf qilingan xarajatga nisbatan sof foydasi ka-
folatlangan loyihalarni tanlab olish zarurdir.
Uchinchidan,  investitsiya tavakkalchiliklari xavfini kamaytirishni
ta’minlash. Investitsiya tavakkalchiliklari turli xil bo‘lib, barcha investit-
sion faoliyat yo‘nalishlariga mansubdir. Ba’zi hollarda, bu tavakkalchilik-
lar nafaqat olinadigan daromad va foydani, balki butun yo‘naltirilgan kapital
bilan bog‘liq zararga ham olib kelishi mumkin. Shuning uchun boshqaruv
qarorlari bilan bog‘liq alohida investitsion loyihalarni amalga oshirishda
moliyaviy zararlarga sabab bo‘luvchi investitsiyalash bilan bog‘liq tavakka-
lchiliklarni har tomonlama kamaytirish muhim ahamiyatga ega.
To‘rtinchidan, investitsiya faoliyati jarayonida korxonalarni moliyaviy
va to‘lov qobiliyatini mustahkamlash. Investitsiya faoliyati yirik miqdor-
dagi kapitallarni uzoq muddatga muomaladan chiqarilishi bilan bog‘liqdir.
Bu esa, o‘z navbatida, kompaniyani moliyaviy va to‘lov qobiliyati pasa-
yishiga ta’sir ko‘rsatishi, hattoki uni inqirozga olib kelishi ham mumkin.
Bundan tashqari, ko‘pgina investitsion loyihalarni moliyalashtirish chet-
dan qarz olish hisobiga amalga oshiriladi. Kompaniya aktivlarida olingan
qarzlar hissasi o‘sishi uni moliyaviy barqarorligiga putur etkazishi mum-
kin. Shuning uchun loyihaning moliya manbalari shakllantirilayotganda,
bu ko‘rsatkich kompaniyaning moliyaviy holatiga va to‘lov qobiliyatiga
qanday ta’sir o‘tkazishini oldindan ko‘ra bilish muhimdir.
Beshinchidan, investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish
yo‘llarini izlash. Rejalashtirilgan har qanday investitsiya loyihasini iloji bo-
richa qisqa muddatlarda, sifatli qilib amalga oshirish kerak. Bu esa, kom-
paniyaning jadal rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, jadal
amalga oshirilgan investitsiya loyihasi tezroq pul mablag‘lari oqimi ke-


26
lishini ta’minlaydi va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallash-
tirish maqsadida olingan kredit mablag‘larini kamaytarish jarayonini ham
jadallashtiradi. Nihoyat, tez amalga oshirilgan investitsion loyihalar ichki
investitsiyalar bozoridagi konyunkturani mamlakatda investitsiyalash
muhitining yomonlashuvi natijasida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zarar va
tavakkalchiliklarni keskin kamaytiradi.
Yuqorida sanab o‘tilgan investitsion menejmentning barcha vazifalari
o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Masalan, korxona rivojlanishining jadal sur’atlari
bir tomondan yuqori daromadli investitsiya loyihalarini amalga oshirish
natijasida erishilishi mumkin bo‘lsa, ikkinchi tomondan, boshqa loyiha-
larni amalga oshirish muddatlarini tezlatish bilan bog‘liq bo‘lishi mum-
kin. O‘z navbatida, investitsiyalardan olinadigan foydani ko‘paytirishga
qilingan harakat investitsion tavakkalchiliklar ko‘payishiga olib keladi. Shuni
hisobga olib, bu ko‘rsatkichlarni o‘zaro optimallashtirish lozim. Investit-
sion tavakkalchiliklar bilan bog‘liq xavfni kamaytirish kompaniyaning
moliyaviy barqarorligini va to‘lov qobiliyatini ta’minlovchi asosiy
yo‘nalishlardan biridir.
Bundan kelib chiqqan holda, investitsion menejmentning asosiy vazi-
fasi investitsiya faoliyatidan olinadigan daromadlarni (foydani) ko‘paytirish
bilan birga, kompaniyalarni yuqori sur’atlar bilan rivojlantirish va mus-
tahkamlashdan iboratdir.
Investitsion menejmentning ushbu muhim vazifalaridan uning quyi-
dagi asosiy funksiyalarini keltirib chiqarish mumkin:
1. Tashqi investitsion muhitni va investitsiyalar bozori konyunkturasi
istiqbolini o‘rganish. Bunda amalga oshirilayotgan investitsion faoliyat va
investitsiyalash jarayonlari bilan bog‘liq tashkiliy-huquqiy shart-sharoit-
lar tadqiq qilinadi; investitsiyalar bozori konyunkturasini belgilovchi omil-
larni tahlil qilish; korxona faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan investitsiya bo-
zorlari konyunkturasi istiqbolini alohida segmentlarga bo‘lgan holda
o‘rganib chiqish.
2. Investitsiya faoliyati bilan bog‘liq strategik yo‘nalishlarni ishlab
chiqish. Bu vazifani amalga oshirishda kompaniyani iqtisodiy rivojlanishi-
ning umumiy strategiyasi va investitsiyalar bozori konyunkturasi istiqbo-
lini aniqlash orqali investitsion faoliyatning maqsadlar tizimi va yaqin ke-
lajakda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar shakllantiriladi.
3. Investitsiya resurslarini shakllantirish strategiyasini ishlab chiqish.
Bu vazifani amalga oshirishda investitsion faoliyat uchun zarur bo‘lgan
investitsiya resurslari bilan bog‘liq umumiy ehtiyojini; o‘z moliya mablag‘lari
hisobidan investitsiya resurslarini shakllantirish imkoniyatlarini (foyda, am-
ortizatsiya chegirmalari va boshqalar); pul bozoridagi vaziyatdan kelib
chiqqan holda (avvalambor, suda foizini me’yori) investitsiya loyihasini
amalga oshirish uchun chetdan kredit mablag‘larini (birinchi navbatda,


27
alohida investitsiya dasturlarini aksiyalashtirish yordamida) jalb etish zaru-
riyati va maqsadga muvofiqligi o‘rganib chiqiladi. Investitsiya resurslari
manbalari tarkibini takomillashtirish jarayonida xususiy va chetdan jalb
etilgan mablag‘lar mutanosibligini ta’minlash, shuningdek, alohida kredi-
torlar bo‘yicha moliyaviy to‘lov manbalarini diversifikatsiyalash va kela-
jakdagi moliyaviy barqarorlik va to‘lov qobiliyati ta’minlanishini amalga
oshirish lozim bo‘ladi.
4. Alohida real, investitsion loyihalarni aniqlash va ularning samara-
dorligini baholash. Bu funksiyani amalga oshirish jarayonida investitsiya
bozoridagi joriy takliflar o‘rganib chiqiladi; korxonaning investitsion strate-
giyasiga mos keluvchi investitsion loyihalar tanlab olinadi va chuqur tah-
lil qilinadi; har bir investitsiya loyihasi bo‘yicha alohida daromadlilik dara-
jasi va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlar ham hisoblab chiqiladi.
5. Alohida moliyaviy dastaklarni investitsion sifatlarini baholab, ular
ichidan eng samaradori tanlab olinadi. Bu jarayonni amalga oshirishda,
ushbu moliyaviy dastaklarni bozordagi munosib takliflari ko‘rib chiqiladi
va ularning alohida investitsion sifatlari baholanadi. Shuningdek, ularning
haqiqiy bozor qiymatlariga ham baho berilib, moliyaviy dastaklar orasi-
dan eng samaralilari tanlab olinadi. Bunday moliyaviy dastaklar asosini
bugungi kunda («fond dastaklari» deb nomlanuvchi) aksiyalar va boshqa
qimmatbaho qog‘ozlar tashkil etadi.
6. Investitsiya portfelini shakllantirishda daromadlilik, likvidlilik va
tavakkalchilik ko‘rsatkichlarini baholash. Bu vazifani amalga oshirish jara-
yonida har bir investitsiya loyihasi va moliyaviy dastaklar bo‘yicha jalb
qilinishi mumkin bo‘lgan chet el investitsiyalarini, tavakkalchilik va daro-
mad ko‘rsatkichlarini hisobga olib, ular orasidan amalga oshirish uchun
eng qulay yo‘l tanlab olinadi. Investitsiya portfelini shakllantirishni bir-
inchi bosqichida real va yaxlit moliyaviy investitsiyalar o‘rtasidagi muta-
nosiblik optimallashtiriladi; ikkinchi bosqichda, alohida turlar bo‘yicha
eng samarali (daromadlilik va tavakkalchilik nisbati asosida) investitsiya
loyihalari (investitsiyalash uchun moliyaviy asboblar) tanlab olinadi. Uchin-
chi bosqichda loyihani likvidliligi baholanadi. Bunda shakllantirilgan in-
vestitsiya portfelini joriy davr ichida amalga oshiriladigan investitsiya lo-
yihalari yig‘indisi sifatida qabul qilish mumkin.
7. Alohida investitsiya dasturlari va loyihalarini amalga oshirishni jo-
riy rejalashtirish va bevosita boshqarish. Bu vazifani amalga oshirish
jarayonida shakllantirilgan investitsiya portfelini boshqarish maqsadida turli
xil joriy rejalar ishlab chiqilib, ulardan alohida investitsiya loyihalarini
amalga oshirish bilan bog‘liq taqvim rejalarini va ularni budjetini aniqlashda
foydalaniladi.
8. Investitsiya dasturlari va alohida loyihalarni amalga oshirishning
monitoringini (nazoratini) tashkil etish. Bu vazifani amalga oshirish jara-


28
yonida har bir investitsion loyiha va alohida investitsiya dasturlarini amalga
oshirish bilan bog‘liq birlamchi kuzatuv ko‘rsatkichlar tizimi shakllantiri-
ladi; ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish muddati belgilanadi; amalga oshi-
rilayotgan investitsiya loyihalarini muddatlar, hajmlar, samaradorlik va
boshqa belgilangan ko‘rsatkichlardan chetga chiqish sabablari aniqlanadi.
9. Samarasiz investitsion loyihalardan va kapitalni reinvestitsiyalashdan
o‘z vaqtida chiqish uchun qarorlarni tayyorlash. Alohida investitsion loyiha-
lar (moliyaviy dastaklar)ni kutilayotgan yoki haqiqiy samaradorligi investit-
siya bozori konyunkturasi, korxonaning moliyaviy holati, investitsion portfelini
shakllantirishda yo‘l qo‘yilgan xatolar natijasida hisob-kitoblarga nisbatan ancha
kam bo‘lishi mumkin. Bu holda, bunday investitsion loyihalardan chiqish
(alohida moliya dastaklarini sotish) va uning shakllari (sotish, aksiyalashti-
rish va h.k.) to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilinadi. Shu bilan bir qatorda, in-
vestitsion portfel tahlil qilinib, bo‘shagan kapitalni reinvestitsiyalash, boshqa
investitsion loyihalarni yoki moliyaviy vositalarni tanlash amalga oshiriladi.
Bizning fikrimizcha, bugungi kunda Davlat investitsiya dasturiga ki-
ritilayotgan loyihalarda va umuman, iqtisodiyotimizda amalga oshiri-
layotgan investitsion loyihalar uchun loyihaviy menejmentning asosiy ta-
lablariga to‘la rioya etish masalasini qo‘yish vaqti keldi.
Samarali loyihaviy menejmentni shakllantirish milliy iqtisodiyotni muhim
tavsifnomasiga aylanib bormoqda. Bu yerda, iqtisodchi-olimlar
ta’kidlayotganlaridek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari ular uchun
eng ko‘p imtiyozlar va yengilliklar yaratilayotgan bozorlarga emas, balki
iqtisodi ravon rivojlanayotgan bozorlarga intilayotganliklari ta’kidlab o‘tilgan.
Haqiqat tariqasida shuni ham tan olish kerakki, chet el investitsiya-
larini jalb qilishda alohida dastaklar sifatida imtiyoz va yengilliklarni yaratib
berishdan foydalanish kabi yondoshuvlar saqlanib kelinmoqda. Xususan,
O‘zbekistonda bunday tuzilmaviy siyosatning asosiy dastagi sifatida dav-
lat investitsiyalari (loyihalarni moliyalashtirish), kredit siyosati (markazlash-
tirilgan kreditlar), valyuta siyosati (uskunalar importini rag‘batlantirish),
chet el investitsiyalarini jalb qilish (imtiyozlar va yengilliklar) kabi
yo‘nalishlar alohida ajralib turadi.
Ayni vaqtda, tashqi va ichki investitsiyalarni aniqlashning usul va us-
lubiyotlarini ishlab chiqishda kapital qo‘yilmalaridan nafaqat bir marota-
ba foyda olish, balki «zanjiriy samara»ga erishishni rejalashtirish ko‘proq
ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanmoqda.
Bundan tashqari, loyihalashtirish, investitsiyalar hajmini rejalashtirish
va loyihalarni amalga oshirishni boshqarishning barcha bosqichlari o‘zaro
uzviy bog‘liq bo‘lishi zarurligi ko‘rsatib o‘tilmoqda.
Shu bilan birga, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish bilan bog‘liq
qator muammolarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Ularni moliyalashtirish esa
eng dolzarb va muhim masala hisoblanadi:


29
– xarajatlar smetasi (ta’minotchilar xarajatlari, bajariladigan ish qiy-
mati, alohida xarajatlar);
– xarajatlar amalga oshiriladigan muddatlar;
– amalga oshirilgan xarajatlar to‘g‘risida ma’lumotlar;
– natura shaklidagi qo‘yilmalar va mavjud aktivlarni baholash uslubiyoti;
– loyiha qiymatiga kiritilgan, ko‘zda tutilmagan xarajatlar bo‘lishi
mumkin bo‘lgan ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘yilgan hollarda zaxira yor-
damida moliyalashtirishni ta’minlash manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Loyiha qiymatiga kelajakda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan barcha
xarajatlarni, shuningdek, sug‘urta xarajatlarini ham qo‘shish lozimdir.
Bunday xarajatlar, odatda, moliyalashtirish haqidagi kelishuvlarga imzo
chekilishdan oldin amalga oshiriladi va korxonaga ajratilayotgan mablag‘lar
hisobidan qoplanishi mumkin.
Agar loyiha mavjud obyektlarni kengaytirish bilan bog‘liq bo‘lsa, u holda
korxona pul mablag‘larining harakati, daromadlar haqida hisobotlar va joriy
balansni taqdim etish kerak bo‘ladi.
Loyihada moliyaviy xarajatlar tuzilmasi bilan bir qatorda moliyalash-
tirish haqidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatib o‘tilishi zarur.
Birinchidan, aksiyadorlik kapitali bo‘yicha:
– moliyalashtirish manbalari va muddatlari;
– naqd pul yoki natura ko‘rinishida kiritilayotgan aksiyadorlik kapi-
talining hajmi;
– paylarni taqsimlash tartibi (shu bilan birga, xodimlarning ishtiroki);
– agar bank doimiy aksiyador tariqasida ishtirok etmasa, u holda ka-
pitalni kamaytarish shartlari.
Ikkinchidan, kreditlar bo‘yicha:
– kreditlash manbalari;
– kreditorlarning o‘ziga xos xususiyatlari;
– valyuta xarakteri;
– kreditlash shartlari (imtiyozli foiz stavkalari, tovar va xizmatlarni
sotib olish zarurligi va h.k.);
– loyihaga taalluqli bo‘lgan boshqa yoki loyiha balansidagi mavjud
kreditlarning shartlari.
Shuningdek, xarajatlar tuzilmasiga ta’sir etuvchi quyidagi kelishuvlar
ham muhim rol o‘ynaydi: sotish (sotib olish) haqidagi kelishuv, homiy-
larning (uchinchi tomonni) kafolatlari; boshqa yordamchi kelishuvlar;
hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlashlar, ya’ni (dotatsiya, soliq im-
tiyozlari); loyihani moliyaviy jihatdan ta’minlanganligi; garov turlari va
boshqalar.
Bundan tashqari, investitsiyalar haqida so‘z yuritilganda, loyihada
qarzlarni qoplashga va dividendlarni to‘lashga yetarli bo‘lgan naqd pul


30
mablag‘lari tushumi ham ko‘zda tutiladi. Shu bilan birga, prognozlarning
muddatlari, ya’ni kredit-investitsiya muddatlari bilan mos kelishi kerak.
Investitsiya loyihasida quyidagi ma’lumotlar ham o‘z aksini topishi
lozim, ya’ni, chegirma va yig‘imlarni hisobga olgan holda, mahsulotning
narxi va sotish hajmi; asosiy faoliyat xarajatlari; ishchi kuchi, transport
xarajatlari, kommunal xizmatlar, sotish va boshqarish xarajatlari; kapital
ta’mirlash; aylanma kapital; xomashyo va tayyor mahsulot zaxiralari; kom-
paniya hisobvaraqalarini to‘lash shartlari; mahsulot yetkazib beruvchilar
bilan hisob-kitob shartlari va boshqalar.
Moliyaviy faoliyat natijalarini investitsion loyihada quyidagi
ko‘rsatkichlar bo‘yicha aks ettirish lozimdir: berilishi ko‘zda tutilayotgan
dividendlarni hisobga olgan holdagi foyda va zararlar; korxona faoliyati-
ning birinchi va keyingi yillar bo‘yicha balansi; asosiy faoliyatdan olina-
digan naqd pul tushumlari va manbalari, tushum manbalari va ulardan
foydalanish, ko‘rsatilgan sof pul mablag‘lari oqimi; kreditlar va foizlarni
to‘lash grafigi, to‘lanishi lozim bo‘lgan mavjud va yangi qarzlar, hamda
ularning foizlari; amortizatsiya aktivlarining grafigi; aylanma kapital va
undagi o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlar; kreditni to‘lash muddati davo-
mida korxona to‘lashi lozim bo‘lgan soliqlarning taxminiy grafigi.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, barcha grafiklarda amalga oshiriladigan
xarajatlar va olinadigan daromadlarning muddatlari ham ko‘rsatilishi kerak.
Bu talablarning bajarilishi nafaqat alohida investitsion loyihalarni
boshqarish samarasini oshirishga, balki O‘zbekistonda investitsion jarayonlar
sifat ko‘rsatkichlari yaxshilanishiga olib kelishi mumkin.
2003-yilda kapital qo‘yilmalarning texnologik tarkibida progressiv
tarkibiy o‘zgarishlar. Natijada, mashina va uskunalar sotib olishga
yo‘naltirilayotgan investitsiyalar 6,4% oshdi, montaj ishlariga ajratiladi-
gan investitsiyalar esa 6,6% kamaydi (1.3, 1.4, 1.5 va 1.6-jadvallar.)
1.3-jadval.
Asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibi (%)
Manba: O‘zR Davlat statistika qo‘mitasi.
 
02/I  02/I-II  02/I-III  2002  03/I  03/I-II  03/I-lll  2003 
Jami 
100 
100 
100 
100  100 
100 
100 
100 
Qurilish-montaj 
ishlari 
52,8  54,4 
55,9 
53,1  50,4 
48,6 
51,3 
46,5 
Mashina, 
uskuna, jihozlar  35,0  32,4 
32,1 
35,1  36,0 
36,0 
35,1 
41,5 
Boshqa 
xarajatlar 
12, 2  13, 2 
12, 0  11, 8  13, 6  15, 4 
13, 6  12, 0 
 


31
 1.4-jadval.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish tarkibi
(umumiy hajmiga nisbatan % hisobida)
Manba: O‘zR Davlat statistika qo‘mitasi.
Shu jumladan: 
Yillar 
Sa
noat 
Ele
ktr
oener
get
ika 
Yoqilg‘i 
Qora metallu
rgiy

Ran
gli 
metallurgiya 
Kimyo 
Mashin
asozlik 
Qurilish 
materialla
ri 
Yengil 
Oziq-ovqat 
 
Bos
h
qa t
armo
qlar 
1995 
100,0  14,8  13,7  1,3  10,2  5,4  8,8 
6,6  19,9  9,3 
10,0 
1996 
100,0  14,6  16,3  1,5  8,4  5,3  8,2 
7,2  20,5  7,6 
10,4 
1997 
100,0  11,6  16,4  1.2  9,2  4,2  7,6 
6,0  21,4  10,4  12,0 
1998 
100,0  99  14,9  1,1  9,8  5,0  12,8  5,6  17,9  12,3  10,7 
1999 
100,0  10,2  13,3  1,0  8,9  5,2  11,7  5.5  17.3  13,6  13,3 
2000 
100,0  8,5  15,3  1,3  10,2  6,0  9,9 
5,4  19,1  13,3  11,0 
2001 
100,0  8,1  13,2  1,4  10,9  6,0  11,2  5,2  20,0  12,6  11,4 
2002 
100,0  7,7  13,4  1,5  13,3  5,9  10,3  4,6  19,5  14,3  9,5 
2003 
100,0  8,7  12,4  1,8  14,9  5,6  12,1  4,5  20,0  12,4  7,6 
02/I 
100,0  7,9  14,6  1,4  10,1  6,0  10,6  4,0  21,5  15,1  8,8 
02/I-H  100,0  7,3  14,0  1,5  13,5  5,9  10,8  4,5  18,9  14,7  8,9 
02/I-III  100,0  7,6  14,0  1,5  13,8  5,8  10,2  5,0  17,5  14,6  10,0 
03/I 
100,0  8,9  11,6  1,7  12,5  6,0  12,7  3,6  23,9  12,9  6,2 
03/I-II  100,0  8,6  11,8  1,9  15,0  6,1  13,0  4,1  20,3  12,9  6,3 
03/1-III  100,0  9,2  12,7  1,9  15,5  6,0  12,8  4,6  17,5  12,7  7,1 
 


32
Manba: O‘zR Davlat statistika qo‘mitasi.
2003-yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan
1441,3 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan, ish va xizmatlar baja-
rilgan (1. 7-jadval). Moddiy sohada mahsulot ishlab chiqarish ulushi 2002-
yildagi 83% dan 2003-yilda 85,4% gacha oshdi. Yoqilg‘i, kimyo va neft-
kimyo, yengil, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati va avtomobilsozlik mah-
sulotlari ishlab chiqarish hajmi ko‘paydi.
1.5-jadval.
Sanoat tarmoqlari bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalar tarkibi (%)
Manba: O‘zR Davlat statistika qo‘mitasi.
1.6-jadval.
Asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibi (%)
 
 
1995  1996  1997  1998  1999  2000  2001  2002  2003 
Sanoat–jami 
100 
100  100  100  100 
100 
100  100 
100 
Elektroenergetika 
7,0  10,1  9,3  10,1  7,5 
5,3 
3,8 
6,4 
9,4 
Yoqilg‘i 
15,5  36,1  33,1  29,3  22,2  20,2  32,2  29,0  21,2 
Metallurgiya 
13,9  11,7  12,9  10,2  10,1  9,0  11,4  14,5  22,2 
Mashinasozlik 
44,0  7,6 
7,9  10,2  8,8  13,8  14,6  10,9  3,7 
Yengil 
7,1  13,8  6,9  15,1  6,9 
7,9  15,9  14,1  21,3 
Oziq-ovqat 
3,9  10,1  16,0  11,9  7,5 
8,4 
5,8 
6,0 
3,8 
Kimyo va neft-
kimyo 
2,0 
4,7 
8,0 
7,2  31,8  26,7  9,9  11,1  9,2 
Qurilish materiallari  1,5 
1,5 
1,4 
2,7 
1,6 
0,9 
1,2 
1,2 
1,6 
Boshqa tarmoqlar 
5,1 
4,4 
4,5 
3,3 
3,6 
7,8 
5,2 
6,8 
7,6 
 
 
1995  1996  1997  1998  1999  2000  2001  2002  2003 
Jami 
100  100  100  100 
100  100  100  100  100 
Qurilish-montaj 
ishlari 
55,0  61,0  58,0  62,0  43,0  61,0  48,2  53,1  46,5 
Mashina, uskuna, 
jihozlar 
35,0  29,0  32,0  30,0  48,0  25,0  39,5  35,1  41,5 
Boshqa xarajatlar  10,0  10,0  10,0  8,0  10,0  14,0  12,3  11,8  12,0 
 


33
1.7-jadval.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan ishlab
chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar hajmining dinamikasi
Manba: O‘zR Davlat statistika qo‘mitasi.
Nazorat savollari
1. Innovatsion menejment fanining predmeti va uslubi nimadan iborat?
2. Innovatsion sohada kapital bozori tuzilmalarini tushuntiring.
3. Innovatsion menejmentning maqsad va vazifalarni tushuntirib bering.
4. Innovatsiya qanday tashkil etiladi?
5. Innovatsiya klassifikatsiyasini keltiring.
6. Endogen uyg‘unlik deganda nimani tushunasiz va uning vazifalarini
sanab chiqing.
7. Innovatsion menejmentning qanday funksiyalari tizimi mavjud?
8. Ilmiy-texnik jarayon bosqichlari bo‘yicha innovatsiya o‘ziga xos  qaysi
xususiyatlarga ega?
9. Investitsion menejmentning mohiyati nimalardan iborat?
10. Investitsion menejmentning qanday funksiyalarini bilasiz?
Test savollari:
1. Endogen uyg‘unlik deganda nimani bilasiz?
– IKning barcha ichki tizim elementlarini, uning subtizimlarini mu-
vofiqlashuvi tushuniladi;
– kadrlarni tanlash va joylashtirish, IK potensialidan samarali foydala-
nishni ta’minlash;
– markazlashgan investitsiyalar qaytarish sharti bilan va tanlov aso-
sida amalga oshirilishi;
– IKlarga nisbatan uyg‘unlik vazifasi.
2. Innovatsiyaning ilmiy nuqtayi nazardan 4 bosqichi:
– g‘oya ustida ilmiy izlanishi; g‘oyani yuzaga chiqarish; g‘oyani
o‘zlashtirish; seriyali va keng ko‘lamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish;
Ishlab chiqarilgan 
mahsulot va xizmatlar 
hajmi 
Sanoat mahsulotlari 
ishlab chiqarish 
Bajarilgan 
xizmatlar hajmi 
 
 
mlrd. so‘m 

mlrd. so‘m 

mlrd. so‘m 

2002 
1049,5 
100 
871,3 
83,0 
178,2 
17 
2003 
1441,3 
100 
1230,9 
85,4 
210,4 
14,6 
 


34
– keng ko‘lamli ishlab chiqarishgacha bo‘lgan bosqich; g‘oya ustida
ilmiy izlanishi; tashkiliy boshqaruv xususiyati;
– g‘oya ustida ilmiy izlanishi;
– bu g‘oyaning yuzaga kelishidan uning texnik ishlab chiqarishgacha
bo‘lgan bosqich; g‘oyani yuzaga chiqarish; g‘oyani o‘zlashtirish;
– g‘oyaning texnik yuzaga keltirishdan tijorat maqsadlarida
qo‘llanishgacha bo‘lgan bosqich; texnik mahsulotlarni ishlab chiqarishda
rivojlangan usullardan foydalanish; seriyali va keng ko‘lamda ishlab chiqa-
rish va xizmat ko‘rsatish.
3. Innovatsion menejmentning nazorat vazifalariga quyidagilar kiradi:
– innovatsion faoliyat va uning natijalari to‘g‘risidagi axborotlarni
yig‘ish va tizimlashtirish; olingan faoliyat natijalari holatini baholash;
– innovatsion faoliyat maqsadlarini tizimlashtirish va ularni alohida
ijro etuvchilarga yetkazish; belgilangan rivojlanish maqsadlariga erishish-
ni tadbirlar, ilmiy, texnik va ishlab chiqarish vazifasini yechishni
ta’minlaydigan dasturlarni shakllantirish;
– alohida maqsadlar, tadbirlar va ijro etuvchilar o‘rtasidagi vaqtin-
chalik bog‘liqlik; qabul qilingan innovatsion dasturlarni amalga oshirish
uchun zarur bo‘lgan moddiy, mehnat va moliyaviy resurslar baholanishi;
– innovatsion loyiha bo‘yicha ishlarni bajarilishini nazorat qilish: rivojla-
nish maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan qarorlarni tayyorlash va bajarish.
1.2. ILMIY KONSTRUKTORLIK INNOVATSION
FAOLIYATNI TASHKIL QILISH VA
SAMARADORLIGINING TAHLILI
Reja: 1. Ilmiy konstruktorlik innovatsion faoliyatni tashkil qilish.
2. Ilmiy konstruktorlik innovatsion faoliyatning samaradorligini tahlili.
Tayanch iboralar: konstruktorlik innovatsion faoliyatni, kashfiyot, ixti-
ro, ratsionalizatorlik taklifi, iqtisodiy samaradorlik.
Ilmiy konstruktorlik innovatsion faoliyatni tashkil qilish. Bo‘limlar, la-
boratoriyalar va sektorlar bo‘yicha funksiyalarni ratsional taqsimlash, rahbar
ko‘rsatmalarining xodim majburiyatlari bilan mosligi birlashmaning tashkiliy
va funksional tizimlari orasidagi munosabat, gorizontal va vertikal muno-
sabatlarning maqsadga yo‘naltirilganligi, har bir xodimning malakasi va
xarakteriga mos ravishda tor ixtisoslashuvi – bularning barchasi innovat-
sion menejment doirasida hal qilinadigan masalalardir.
Innovatsion menejment tahlili birlashmada tashkiliy va funksional
tizimlar orasida mutanosiblik yo‘qligini ko‘rsatmoqda. Funksional vazi-
falar tashkiliy tizim tomonidan moslashtirilgan deb bo‘lmaydi.


35
Turli bo‘limlarda bir xil ishlarning, masalan, shartnomalarni tuzish va
moliyaviy tartibga rioya qilish va hokazolarning takrorlanishi ko‘zga tash-
lanib turibdi.
Har bir bo‘limda shartnomalar tuzish, olish tartibi debitorlik va kredi-
torlik qarzlariga yo‘l qo‘ymaslik, shartnoma shartlari bajarilishiga stimul
berish yoki ular bajarilmaganda sanksiyalarning turli shakllarini qo‘llash,
kreditorlik qarzlarni undirish uchun xo‘jalik-moliyaviy-ma’muriy va
boshqa hisob-kitobni amalga oshirish tartibi va qo‘llanishi faktorining
xizmatlari, moliyaviy kelishmovchiliklarni xo‘jalik sudiga taqdim etish
tartibi har bo‘limni moliyaviy monitoring qilish va hokazolarning huqu-
qiy asoslarini chuqur professional darajada biladigan xodimga ega bo‘lish
mumkin emas deb hisoblaymiz. Bularning barchasi bizni quyidagi xu-
losaga olib keladi: barcha bo‘limlarning shartnomalari bilan
shug‘ullanadigan, umuman birlashmaning shartnomaviy munosabatlari
bilan shug‘ullanadigan bitta bo‘limni shakllantirish lozim.
Bu bo‘lim zimmasiga kreditorlik va debitorlik qarzlarini minimumga
yetkazish uchun shartnoma imzolashga qadar hamkorning moliyaviy ah-
volini va to‘lovga qobilyatini o‘rganish ham yuklanishi kerak.
Oldingi mavzuda tahlil qilganimizday birorta bo‘lim marketing bilan
shug‘ullanuvchi funksiyaga ega emas. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mar-
keting izlanishlarisiz tijorat ishlarini olib borib bo‘lmaydi. Ilmiy-texnik
mahsulot va xizmatlar bozorini sektorlarga bo‘lib, har bir sektorda talab
va taklifni o‘rganib chiqish kerak. Bozordagi raqobatchilarni potensial
imkoniyatlarini sistematik tarzda o‘rganish kerak.
Rejalashtirilayotgan yildan oldingi yilning oxirida mos funksional
bo‘limlar shartnomalar tuzish bo‘yicha o‘z takliflarini berishlari shart. Lekin
shartnomani tuzish, hamkorlar bilan muzokaralar olib borish shartnoma
shartlarining hajmi, sifati, muddati, moliyaviy monitoringi bo‘yicha ba-
jarilishi bilan tavsiya qilingan bo‘limning yuqori malakali yurist va iqti-
sodchilari shug‘ulanishi zarur.
Masalaning ikkinchi tomoni ham mavjud. Yangi buxgalteriya balan-
sida «Majburiyatlar» degan maxsus qismi bo‘lib, ishda bu majburiyatlar-
ning bajarilishi ham yangi loyihalanayotgan bo‘lim zimmasiga yuklatilishi
kerak. Bundan tashqari, u bu qisim yuzasidan buxgalteriyaga o‘z vaqtida
to‘liq axborot berishi kerak.
Ma’lumki, majburiyatlar bu mavjud resuslarga nisbatan e’tirozlardir.
Ko‘rib turganimizdek majburiyatlar bu o‘zida doimiy hisob-kitobni mu-
jassamlashtirgan bugalteriya balansining eng asosiy 3 qismidan biridir.
Doimiy hisob-kitob balans tenglamasida quyidagicha ifodalanadi: ak-
tivlar, majburiyatlar, xususiy kapital.
Bunday majburiyatlar nimaga tengligini topishimiz mumkin:  majburi-
yatlar, aktivlar, xususiy kapital.


36
Bu sohada boshqaruv funksiyasi amalga oshirilib, qayta tuzilayotgan
bo‘lim shartnoma tomonlari bilan majburiyatlarini shubhasiz bajarilishini
ta’minlaydi. Bularning barchasini KIITB birlashmasi zaxiralari sifatida ko‘rib
chiqish kerak va uning amalga oshirilishi natijasida «Paxtasanoatilm» OAJ
IIUM innovatsion menejmenti samaradorligi oshishini kutish mumkin.
Ilmiy-tadqiqot ishlari rentabelligi o‘sishiga xizmat qiladigan asosiy
potensial zaxira bu narx shakllanishi sohasidir. Turli xil tadqiqot ishlari
uchun umumiy aniq mezonlarning yo‘qligi hech kimga sir emas, shuning
uchun bu yerda yashiringan ochilmagan zaxiralar ularning potensial ish-
lab chiqarish darajasi bilan bog‘liq va bundan erishilgan daraja yaqin horij
(MDH) mamlakatlari va xalqaro talabdagi darajalar bilan taqqoslanishi
kerak. Ilmiy tadqiqot mahsulotining narxi shu bilan birga yangilanish
kashfiyot darajasiga ham bog‘liq.
Yangilanish darajasi – kashfiyot darajasini to‘g‘ri baholash uchun
dunyoda har yili 2–3 kashfiyot nishonlanadi.
Kashfiyot – oldin insoniyatga ma’lum bo‘lmagan hodisa. Bir kashfiyot
inson hayotining turli jabhalarida yuzlab yangiliklar yaratilishiga olib keladi.
Ixtiro – bu kashf etilgan tarkib va xossalarni inson, jamiyat, atrof-
muhit, tomonidan oqilona o‘zlashtirilishidir.
Ratsionalizatorlik taklifi aynan qandaydir muhit, vaziyat, predmet,
hodisa uchun ixtironing o‘zlashtirilishi yoki takomillashtirilishidir. Har bir
ixtiroga inson hayotining turli sohalarida yuzlab ratsionalizator takliflari
to‘g‘ri keladi.
To‘laqonli yuqoridagi baholash mezonlari bozor talabi va taklifi ham-
da raqobatchiliklarning xulq-atvorini hisobga olgan holda ish natijalariga
narxlarni belgilash kerak. Narx faqatgina barcha xarajatlarni qoplabgina
qolmay, IINM xodimlariga stimul berish mumkin bo‘lishi ishlab chiqarishni
kengaytirish tashkilotining ilmiy salohiyati va kuchini oshirish zaxira fond-
larini yaratishga imkon beradigan daromadni ham o‘z ichiga olishi kerak.
KIITB samaradorligini oshirishning muhim zaxirasi – bu «Paxtasanoatilm»
IICHM OAJ bo‘limlari bajaradigan funksional iqtisodiy vazifalarni qayta
taqsimlashdir. Shunday qilib, birlashma tarkibida quyidagilar mavjud:
– iqtisodiyot laboratoriyasi, 5 shtat birligi bilan;
– prognozlashtirish va iqtisodiy tahlil bo‘limi, 2 shtat birligi bilan;
– texnik-iqtisobiy asoslash, loyihalash bo‘limi, 4 shtat xodimi bilan.
Savol tug‘iladi, nega asosida bozor iqtisodiyoti yotadigan iqtisodiy
muammolar alohida 3 ta mustaqil bo‘limda bir-biri bilan aloqasi hal qilini-
shi kerak. Chunki bu jamoalar bilan hal qilinadigan iqtisodiy muammolar
kelib chiqishi jihatidandir. Ularni bitta yirik iqtisodiy birlikka birlashtirish
yaxshi emasmi, bu tarmoq miqyosidagi yirik iqtisodiy muammolarni yechish-
ga imkon beradi, ilmiy ishlab chiqarishda izchil koordinatsiya bo‘lardi, tar-
moqda yagona iqtisodiy siyosat yurgizish real imkoniyati vujudga kelardi.


37
Ilmiy konstruktorlik innovatsion faoliyat samaradorligining tahlili. Af-
suski, birlashmada amaliy va nazariy hisob-kitoblarda faqat bitta iqtisodiy
samaradorlikni hisoblash metodikasi o‘zlashtirilgan va qo‘llaniladi. Bu xara-
jatlar bo‘yicha nisbiy iqtisodiy samaradorlikning hisobidir.
P = S + I En
bunda, P – xarajatlari; S – yangi texnika yoki xizmatning tannarxi boshqa
hollarda ekspluatatsion xarajatlar; I–yangi texnika yaratish uchun innovatsion
xarajatlar; En – 0,b15 ga teng bo‘lgan samaradorlikning me’yoriy koeffitsenti.
 Biz o‘rgangan, tahlil qilgan birorta ilmiy-texnik hisobotda ilmiy-tad-
qiqot ishi tugallanmaguncha iqtisodiy samara hisobining hech qaysi biri
turi amalga oshirilmagan.
 Masalan, quyidagilar hisoblanmagan: mavzu tanlanishida natijalar
bo‘yicha ilmiy-tadqiqot mavzularini iqtisodiy asoslashga bunday yondashuv
innovatsion xarajatlar tavakkal darajasini oshiradi va tez-tez natijasiz yoki
salbiy kapital bilan tugashi mumkin. Masalan, RSTU 3592–92 ga o‘zgartirish
koeffitsientini kiritish harakatlarida tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosaga
kelib, «Mumkin bo‘lgan doirada mavjud 10% li farqlanishni RSTU 3592–
92 standartiga kiritishni maqsadga muvofiq emas deb topiladi».
Bundan tashqari quyidagilar qo‘llanilmaydi:
– iqtisodiy samaradorlikni hisoblashda vaqt omilini hisobga olish usuli.
Axir vaqt bilan albatta hisoblashish shart.
– baholash depressiyasi hisoblanmaydi, shuning uchun o‘z vaqtida ilmiy
tadqiqot ishlarini amalga oshirishdagi tavakkal darajasini hisoblash mum-
kin emas;
– yangi mahsulot ishlab chiqarishda teng vaqtdagi xarajatlarni hisob-
lash metodikasi amalda qo‘llanilmaydi;
– tarmoq miqyosida umumiy iqtisodiy samaradorlik hisobi olib bo-
rilmaydi.
Umumiy iqtisodiy samaradorlik
Eum= DI
Bu yerda, Eum – qo‘yilgan innovatsion vositalardan umumiy iqtisodiy
samaradorlik;
D – ishlab chiqarishning texnik darajasi o‘sganligi hisobiga daromad-
ning o‘sishi;
I – innovatsion vositalar hajmi.
Iqtisodiy samaradorlik hisobida vaqt omilini hisobga olish.
Ev = En X F (T1-T2)
Bu yerda Ev – yangi texnikani kiritishni tezlashtirishdan iqtisodiy
samaradorlik;
En – samaradorlik me’yoriy koeffitsenti; T1 va T2 rejadagi va haqiqiy
yangi texnika kiritish davomiyligi.
 Hisoblarning yuqoridagi mexanizimlari orqali ilmiy-tadqiqot ishining
u yoki bu olib borish texnologiyasida iqtisodiy samaradorlikning qanday
zaxiralari mavjudligini aniqlash mumkin.


38
Nazorat savollari
Ilmiy konstruktorlik innovatsion faoliyatni tashkil qilishda qanday ichki
tuzilmalar bor?
Kashfiyot, ixtiro va ratsionalizatorlik taklifi deganda nimani tushunasiz?
Iqtisodiy samaradorlikni hisoblaganda qanday ko‘rsatkichlar
qo‘llanilmaydi?
Umumiy iqtisodiy samaradorlik va iqtisodiy samaradorlik qanday teng-
lama yordamida hisoblanadi?
1.3. INNOVATSION MENEJMENTNI
YAXSHILASHDAGI IMKONIYATLAR
Reja: 1. Qayta ishlash sanoatining asosiy tarmog‘i – paxta sanoati.
2. Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari iqtisodiy samaradorlik uchun muhim
omildir.
Tayanch iboralar: salohiyat, taktik vazifa, va iqtisodiy samaradorlik.
Qayta ishlash sanoatining asosiy tarmog‘i – paxta sanoati. Ma’lumki,
bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida biz eksport-import qonunlarimizni
xalqaro normalarga to‘g‘ri kelishiga va sheriklarimiz paxta mahsulotini qayta
ishlash va bu sohadagi ishlarni investitsiyalashga majburmiz.
Ko‘rinib turibdiki, bizning qonunlarda ikki maqsadlilik bor. Asosiy va ke-
rakli maqsad – O‘zbekiston Respublikasi xomashyo bazasi bo‘lib qolmasligi
kerak. Birinchidan, katta strategiyali rejada biz paxta xomashyoni import qil-
masdan asta-sekinlik bilan kelajakda shu yerda qayta ishlash. Shunday bo‘lganda
hamma mahsulot foydasini, paxtani terib olishdan to uni tayyor holga keltir-
guncha foyda bizda qolardi. Bundan tashqari, bu qilinayotgan rejalar, amalga
oshgan taqdirda qishloq joylarda ham minglab ishchi o‘rni yaratiladi.
 Ikkinchi vazifa – taktik vazifa. U shuni nazarda tutadiki, hali tayyor
mahsulotli sanoat bazasi yaratilgani yo‘q, biz hozircha katta qismini eks-
port qilishga majburmiz. Bu eksport qilinadigan paxta jahon bozorida
raqobatbordosh bo‘lishi kerak.
Chet el tajribasini o‘rganib shu ma’lum bo‘ldiki, ko‘pgina xorijiy fir-
malar tola tozalashdagi chang ma’lum miqdorda kam qilib beriladi.
 Shuni nazarda tutib, izlanishlar natijasida shuni tushundikki, asosiy re-
zerv effektning ko‘tarilish asosi xomashyo o‘sishini normallashtirib boshqa-
rib turish zarur. Uning tolalik darajasini ijobiy tomonga o‘zgartirish quyidagilar
orqali, ya’ni tola changi koeffitsientini silindri va ishchi kamerasi parametr-
lar asosini o‘zgartirishni taqozo etadi. Tadqiq izlanishlari ko‘rsatadiki, sifatli
tola ishlab chiqarishni ko‘paytirish, tola yo‘qotilishini qisqartirish va elektr
energiyani tejamkor qo‘llash kelajakdagi asosiy maqsaddir.


39
Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari iqtisodiy samaradorlik uchun muhim
omildir. Asosiy maqsad shundan iboratki, ya’ni iqtisodiy samaradorlik
hammasi bir tomonga yo‘naltirilgan maqsaddir. Shuni nazarda tutish
kerakki, biz iqtisodni gapirganimizda resurslar ishlatilishini kamaytirish
nazarda tutiladi.
Iqtisodiy samara materiallar ishlatilishi hajmini narxda qo‘yilishidan
iborat. Agarda qandaydir paxta tozalash zavodi ilmiy ishlab chiqarishni
tashkil qilib va tola ko‘payishiga erishgan bo‘lsa, buning o‘rniga xaridordan
o‘z tovarini yuqori narxda sota oladi. Bu samara ikki narsani nazarda tutadi:
ikki narxning farqi paxta tolasi tonnasiga va qayta ishlangandan keyingi
paxta tolasining narxiga bog‘liqdir.
Iqtisodiy samaradorlik – bu munosabat shunga olib keladiki, iqtisodiy
samaraning hajmi innovatsion xarajatlar ko‘payishidadir. Shu jihatdan
iqtisodiy samara, iqtisodiy samaradorlik har xil iqtisodiy kategoriyadir. Ular
bir-biriga bog‘langan bo‘lib, asboblar bahosi natijasi ilmiy izlanish ishla-
rining ishlab chiqarish ko‘rinishida bo‘ladi. Bu bo‘limlar quyidagilar.
– taxminiy hisob, tematika tanlanishi birinchi bosqichda ilmiy-tad-
qiqot ishlari (ITI) qo‘llanishi;
– potensial va yillik kutilayotgan vazifani bajaruvchi.
Bundan tashqari, samaradorlik rejali hisobidagi ishlab chiqaruvchi
ajratishning rejali qismini texnikani va samarani ITI natijalariga ko‘ra
qo‘llanilishi.
Iqtisodiy samara iqtisodiy samaradorlik ITI mavzusida, muammolar
ilmiy izlanishli ko‘rinishi bir butun ko‘rsatilishini iqtisodiy samaraning
hisobiga ITI natijalarini ajralishiga iqtisodiy potensialni ITIning asosiy 40%
ulushini tashkil qiladi.
Birinchi bosqichda iqtisodiy samara hisoblari asoslandiki, ITI nati-
jalari va bunda iqtisodiy samara ITIning o‘zidir. Iqtisodiy samara va ITI
iqtisodiy samaradorligi ishlab chiqarish o‘lchamlarida beriladi. Shu jihat-
dan ITI ishlab chiqarishda xarajatlar yig‘indisiga bog‘liq holda jarayon
bosqichlarida, «ishlab chiqarish tadqiqotlari»da izlanish fundamenti, ilk
izlanishlar, qayta ishlash, yalpi ishlab chiqarish xarajatlari izlanishdan ishlab
chiqarishga tatbiq qilinadi.
Talabga ko‘ra xarajatlar hisobi tadqiqotlar bosqichida mehnatli va
shunga yaqin hisoblar ishlab chiqarish bosqichlarida yalpi ishlab chiqa-
rish kapitali xarajatlar hisobiga bog‘liq.
Nazorat savollari
1.Respublikamiz qonunlarida ikki maqsadlilikni so‘zlab bering.
2. Qayta ishlash sanoatining taktik vazifasi qanday?
3. Innovatsion menejmentni yaxshilashdagi imkoniyatlar qanday?


40
1.4. XORIJ INNOVATSIYA VA INNOVATSION
MENEJMENT TAJRIBASI
Reja: 1. Jahon iqtisodiyotiga chetdan kiritiladigan investitsiya oqimlari
va uni jalb qilishdagi muammolari.
2. Xorijda innovatsion menejmentining tashkil etilishi.
3. Innovatsiya jarayonida xorij tajribasi imkoniyatlari.
Tayanch iboralar: inovatsion menejmenti usullari, davlat strategiyasi,
sifat boshqaruv.
1.4.1. Jahon iqtisodiyotiga chetdan kiritiladigan investitsiya
oqimlari va uni jalb qilishdagi muammolari
Jahon iqtisodiyoti globallashib, savdo yo‘lidagi to‘siqlar kamayib, soliq
qonunlari va tartibi izga tushib borayotgan hozirgi sharoitda chetdan kiritil-
gan investitsiya oqimlari tez sur’atlar bilan o‘smoqda. Bevosita chet el in-
vestitsiyalarining dunyo bo‘yicha umumiy hajmi 1980-yildagiga qaraganda
14 baravardan ziyod o‘sib, 2002-yilda 7 trln. AQSH dollariga yetdi. Hozirgi
vaqtda butun dunyoda 64 mingta mamlakatlararo kompaniya mavjud bo‘lib,
ular 870 mingta xorijiy sho‘ba korxonalari faoliyatini nazorat qilib turadi. Ushbu
korxonalar sotayotgan mahsulot hajmi taxminan 18 trln. AQSH dollarini tashkil
etadi. Bu esa jahon eksporti hajmidan 2 baravardan ziyoddir.
So‘nggi 10–15 yil mobaynida jahon iqtisodiy tizimida katta sifat va miq-
dor o‘zgarishlari yuz beradi. U parchalanib ketgach, bozor iqtisodiga o‘tayotgan
mamlakatlar katta ettilik mamlakatlari, 20 ta rivojlangan mamlakatlar guruhi
kabi va boshqa yangi atamalar paydo bo‘ladi. Ommaviy axborot vositalarida
endilikda siz «jahon iqtisodiyoti krizisi» degan so‘zlarni uchratmaysiz, bu atama
o‘rnini «global iqtisodiy pasayish» degan tushuncha egallaydi.
Bir qutbli dunyo sharoitida jahon iqtisodiyoti yagona tutash tizimi
bo‘lib, bu tizim ichida tovarlar va xizmatlar moliya va investisiy oqim-
lari harakatlanadi, ilmiy kadrlar va ishchi kuchi ko‘chib yuradi. Jahon
iqtisodiy tizimi tarkibiga 200 ga yaqin mamlakat kiradi, shulardan 146
tasi Jahon savdo tashkiloti (JST) a’zosidir. Tizimning tuzilishini shart-
li ravishda quyidagicha tasavvur etish mumkin; markazda dunyoning
iqtisodiy jihatdan eng yirik davlati AQSH turadi. Uning yalpi ichki mah-
suloti (YAIM) 10 trl. dollardan ortiqdir. Shundan keyngi o‘rinda ikki-
ta iqtisodiy mintaqa: AQSHga yaqinroq turuvchi Yaponiya EI va boshqa
rivojlangan mamlakatlar, birmuncha uzoqroq masofadan esa rivojla-
nayotgan mamlakatlar va bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlar
o‘rin egallagan.


41
Iqtisodiy tizim ichida yuz berayotgan jarayonlar uning tarkibidagi
mamlakatlar manfaatlariga ozmi-ko‘pmi daxldordir. Shu bilan birga in-
dustrial taraqqiy etgan mamlakatlardagi har qanday o‘zgarish, qoida tari-
qasida, butun tizimning holatiga ta’sir ko‘rsatmoqda, holbuki rivojlanayot-
gan mamlakatlarda ko‘pchilik hollarda lokal jarayonlar yuz bermoqda. Ma-
salan, 1990-yillarda Osiyo va Lotin Amerikasida yuz bergan moliyaviy teng-
liklar yoki Rossiyada 1998-yilda yuz bergan defolt rivojlangan mamlakat-
lardagi vaziyatga deyarli hech qanday ta’sir ko‘rsatmadi. Biroq 2001-yil
oxirida AQSH va Yaponiyada boshlang‘an iqtisodiy tanazzul tezlik bilan
boshqa mamlakatlarga yoyildi va olamshumul tus oldi.
Shuni ta’kidlash o‘rinliki, tizim ichidagi rivojlangan mamlakatlar bi-
lan rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida muayyan ziddiyatlar mavjud.
Mazkur guruhlar bir-biriga bevosita qarama-qarshi manfaatlarga ega va
turli maqsadlarni ko‘zlaydi. Rivojlangan mamlakatlar rivojlanayotgan
mamlakatlarning arzon xomashyo manbalariga va keng bozorlariga emin-
erkin kirib borishga harakat qilmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlar esa,
o‘z navbatida, industrial taraqqiy etgan mamlakatlardan moliyaviy va
texnikaviy yordam olishga juda muhtoj.
Rivojlangan mamlakatlar bilan rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi
ziddiyatlarning keskinlashganligi JST ga a’zo mamlakatlar Tashqi ishlar
vazirlarining 2003-yil sentabr oyida Konkunda bo‘lgan uchrashuvi vaqti-
da, ayniqsa, yaqqol ko‘zga tashlanadi. Mazkur tashkilot tarixida birinchi
marta rivojlangan mamlakatlar o‘zlariga foydali qarorlarni o‘tkazib olol-
madilar va uchrashuv yakunida hech qanday ishchi hujjatlar qabul qilin-
madi. Rivojlanayotgan mamlakatlar uchrashuvda bir yoqadan bosh chiqar-
dilar va rivojlangan mamlakatlarning tazyiqiga bo‘ysunmadilar.
Jahon iqtisodiy tizimi ichida murakkab jarayonlar yuz berayotganiga qara-
may, jahon iqtisodiyoti, umuman olganda, ancha muvaffaqiyatli rivojlanmoqda,
XVF ning baholashicha, jahon YAIM ning miqdori 2004-yilda 4,1% oshadi.
Eng katta o‘sish rivojlanayotgan mamlakatlarda yuz berishi va ular 2004-yilda
5,6% ko‘rsatkichga erishishi kutilmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda ush-
bu ko‘rsatkich 2,9%, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda esa 4,7%
ni tashkil etadi. Jahon savdosi hajmi 2004-yilda 5,5% ga o‘sadi.
Jahon iqtisodiyotining holati chetdan kirib keladigan investitsiyalar
hajmiga va investitsiya oqimlarining yo‘nalishlariga ta’sir ko‘rsatmoqda.
Rivojlangan mamlakatlar asosiy investitsiya kirituvchi «donorlar» bo‘lib,
ular o‘z ixtiyorlaridagi katta-katta ortiqcha sarmoyani g‘oyat foydali tarzda
joylashtirmoqdalar. Rivojlanayotgan mamlakatlarga investitsiyalar kiritib,
rivojlangan mamlakatlar ichida investitsiya oqimlarini o‘zgartirmoqdalar.
2002-yilda dunyoning turli mamlakatlariga kiritilgan bevosita chet el
investitsiyalari (BCHI)ning umumiy hajmi 7 trln. AQSH dollarini tashkil
etadi. Chetdan kiritiladigan investitsiyalarni asosiy qismi uchlik (EI, AQSH


42
va Yaponiya) doirasida jamlangan bo‘lib, dunyo bo‘yicha tashqi investit-
siyalarning 80% va ichki investitsiyalarning 50–60% mana shu uchlik his-
sasiga to‘g‘ri keladi.
 BMT ning savdo va rivojlanish bo‘yicha konferensiyasi (YUNKTAD)
«chet eldan bevosita investitsiya kritish» tushunchasiga quyidagicha ta’rif
beradi: «Bu chegara orqali investitsiyalash bo‘lib, unda bir iqtisodiyot re-
zidenti boshqa iqtisodiyotda uzoq muddatli manfaatni qo‘lga kiritadi».
Bunda «uzoq muddatli manfaat» deganda bevosita investor bilan bevosita
investitsiyalanuvchi korxona o‘rtasida uzoq muddatga amaliy munosabat
o‘rnatish nazarda tutiladi. Buning natijasida bevosita investor bevosita
investitsiyalanuvchi korxonani boshqarishda hal qiluvchi ovozga ega bo‘ladi.
Qaror topgan an’anaga ko‘ra, agar bevosita investor chet eldagi korxona
oddiy aksiyalarning 10 va undan ko‘proq foizini sotib olsa, bevosita in-
vestitsiyalash amalga oshgan hisoblanadi. Agar bevosita investor afilyatsi-
yalangan korxonalarga yoki shu’ba korxonalarga ega bo‘lsa, investitsiya
kiritish bilan bog‘liq bevosita munosabatlar ushbu tuzilmalarga ham taal-
luqli bo‘ladi, chunki ular ona gruhning bir qismidir.
1.4.2. Xorijda innovatsion menejmentning tashkil etilishi
Xorijda innovatsion jarayonni boshqarishga bag‘ishlangan ancha ilm-
iy va amaliy adabiyotlar mavjud. Ularda innovatsiyalarni turli jihatlari
yoritilgan. Shulardan biri V.M. Anshin va boshqalar tomonidan
«Èííîâàöèîííûé ìåíåäæìåíò» nomli o‘quv qo‘llanmasida innnovat-
sion faoliyat modellari, moliyaviy tavakkalchilik, jahon innovatsion-
texnologik taraqqiyoti kabi savollar keltirilgan. A.G. Porshnevning
«Óïðàâëåíèå èííîâàöèÿìè â óñëîâèÿõ ïåðåõîäíîãî ïåðèîäà ê ðûíêó»
mavzusidagi qo‘llanmasida o‘tish iqtisodiyoti davrida innovatsiyani jalb
qilish va samarali boshqarish yo‘llari hikoya qilingan. Shu va boshqa soha
adabiyotlarida milliy iqtisodiyotimiz muammolari va muhiti e’tiborga olib
yoritilmagan. Faqat ularning nazariy ishlanmalaridan va amaliy saboqli
tajribasidan foydalanishimiz mumkin.
TADI tomonidan J.P. Narziev muallifligida «Innovatsion menejment»
fanidan ma’ruzalar matni to‘plami nashr qilingan. Matn to‘plamida inno-
vatsion menejment asoslari, bashorati, yangiliklarni kiritish kabi mavzular
bayon etilgan. Yana TDIU, TMI va boshqa oliy ta’lim maskanlarida ham
innovatsion jarayonni turli jihatlari rang-barang hikoya qilingan.
Xorijda va respublikada innovatsion menejment mavzusida bir necha
adabiyotlardan ushbu o‘quv qo‘llanma quyidagi yangi mavzular keltirilgan-
ligi bilan farqlanadi: innovatsion loyihalarni baholash va innovatsion jara-
yon; tadqiqotlar dasturlari, innovatsiya ishlari dasturini shakllantirish va
innovatsion loyihalarga talablar; ilmiy muassasa va obyektlarni «Davlat


43
noyob ilmiy obyektlar ro‘yxati»ga kiritish va monitoringini olib borish;
ilmiy va ishlab chiqarish korxonalarining nazariy va amaliy innovatsiya
faoliyati; innovatsion texnologiya-elektron imzo va uni ro‘yxatga olish
markazlari faoliyatini huquqiy tartibi; respublika innovatsion amaliyot
jarayoni holati.
Yapon innovatsion menejmenti usullari Evropa va Amerika usullari-
dan keskin farq qiladi (1.8-jadval). Bu bilan yaponlar unumliroq boshqaradi,
deb bo‘lmaydi. Yevropa va Yaponiyaning usullari faqat boshqa tåkislik-
larda yotadi va ularning bir-biri bilan kesishishi juda kam ro‘y beradi.
Uning asosiy farqi nima? Avvalambor bu boshqaruvning nimaga
yo‘naltirilganligiga bog‘liq. Masalan, Yaponiyada boshqaruv markazida
mehnat resurslari yotadi. Yapon boshqaruvchisi korxona samaradorligini
oshirish uchun mehnat unumdorligini oshirishga harakat qiladi. Yevropa
va Amerikada esa asosiy maqsad kam ish va harakat qilib, ko‘p daromadga
erishish yotadi. Menejment bo‘yicha yapon mutaxassisi Xidåki Iosixara
yapon boshqaruvini 6 ta xususiyatini ko‘rsatib o‘tgan.
1. Doimiy bandlik kafolati va o‘zaro ishonch sharoitini mavjudligi,
bunday kafolatlar kadrlar qo‘nimsizligini kamaytiradi va xodimlarni
barqaror faoliyat ko‘rsatishlari uchun ishonch tug‘diradi. Bu esa xodim-
larni keyinchalik vertikal (lavozim) zinapoya bo‘yicha ko‘tarila olishi
mumkinligiga ishontiradi va korxonada jamoat bo‘lib ishlashga undaydi.
2. Korparatsiyaning birdamligi va u uchun qimmatli deb hisoblangan
narsalarning mavjudligi. Agarda barcha ishchilar va boshqaruvchilar kor-
xona siyosati haqida axborot beruvchi bitta axborot bazasidan ma’lumot
olishadigan bo‘lsa, bu barcha xodimni bir bo‘lib harakat qilishga undaydi.
3. Axborotga asoslangan boshqaruv televizorlar ishlab chiqaruvchi fir-
malarda ko‘pincha axborot yig‘ib olish sistemasidan foydalanishadi.
4. Sifatga qaratilgan boshqaruvda ko‘pincha yapon firmalarning boshqa-
ruvchilari sifatni nazorat qilishga katta ahamiyat berishadi. Ishlab chiqarish jara-
yonida ularning asosiy masalasi sifat haqidagi aniq ma’lumotlarni olishdir.
5. Ishlab chiqarishda boshqaruvning doimiy mavjudligi. Qiyinchilik-
larni va muammolarni joriy hal qilish uchun yaponlar boshqaruv perso-
nalini ishlab chiqarish majmualarida joylashtiradi. Bu muammo tez hal
bo‘lishiga xizmat qiladi. Yangiliklarni rivojlantirish uchun yangiliklar tak-
lif qilish sistemasi va sifat to‘garaklari keng qo‘llaniladi.
6. Tozalik va tartibni ushlab turish. Yapon mahsulotlarining yuqori
sifati ishlab chiqarishda tozalik va tartibga rioya qilish orqali kelib chiqa-
di. Yapon boshqaruvchilari shunday tartib o‘rnatishga harakat qiladiki, bu
tartib ham yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishga undasin, tozalik va
tartibga rioya qilishga chaqirsin.
 Umuman olganda yapon boqaruvi insonlarga xos tuyg‘ular va xususi-
yatlarni rivojlantirishga qaratilgan. Bular kelishilganlik, guruhli mo‘ljal olish,


44
xodimlarni aqliy xususiyatlari, bandlik barqarorligi va boshqaruvchilar
hamda xodimlar o‘rtasida birdamlak aloqalaridir.
1.8-jadval.
Xorij mamlakatlarida ilmiy tadqiqotlarga moliyalashtirishning asosiy
ko‘rsatkichlari
Yapon boshqaruvining falsafasi. Yaponiyaning zamonaviy boshqaruv
usullari urushdan keyingi davrda dunyoga keldi. Urush keltirgan
buzg‘unchiliklardan keyin yapon boshqaruvchilari oldida ijtimoiy, siyosat
va raqobat, hayotni ko‘tarish masalalari ko‘ndalang bo‘lib turgan edi. Shu
davrda Amerika boshqaruv usullari butun dunyoni qamrab olayotgan davr-
da, bu usullardan to‘g‘ri foydalangan yaponlar mamlakat iqtisodini
ko‘tarishga erishdilar. Yapon boshqaruvchilari o‘zlarining oldingi boshqaruv
usullari bilan birgalikda Amerika usullarini qo‘shib, yangi yapon usullarini
hosil qildilar. Shuning oqibatida vujudga kelgan yapon boshqaruv usuli-
dagi ba’zi jihatlar Amerika boshqaruv usulida mavjud emas.
Yaponlar doim o‘zlarini jamoaning bir bo‘lagi sifatida biladilar. Va ular,
E. Mayo aytganidek, ish – bu jamoa faoliyatidir, degan shiorga doim amal
qilishadi.
Yaponiyadagi boshqaruv usullarini o‘zgarishi optimal tizim yaratish
uchun konsepsiya tanlashda erkinlik va hurfikrlikni o‘sishidir. Ammo bu
o‘zgarishlar Yaponiyaning milliy urf-odatlariga zid bo‘lmasligi kerak. Bu
haqda yirik tadbirkor S. Xonda shunday fikr bildiradi:
«Kimki korxona boshqaruvchisi bo‘lsa, u avvalo, boshqaruv usulini
hamma tomonlama isbotlangan holda ko‘rsatmog‘i darkor. U korxona-
ning aniq maqsadlarini ko‘ra biladigan va korxonaning siyosatini va rejalarini
shunday tuzishi kerakki, ishchilar faoliyati davomida o‘z mas’uliyatini se-
zib, ishdan qoniqish hosil qilsinlar. Buning uchun lider nazariy jihatdan
kuchli va amaliy jihatdan hayotiy konsepsiyaga ega bo‘lishi kerak.»
Yapon boshqaruvining yana bir xislati uning uzluksiz o‘qish va o‘qitish
Ko‘rsatkichlar Rossiya 
AQSH 
Yaponiya 
Germaniya 
YAIMdagi ilmga  
xarajatlar, % 
0,94 2,5  2,6  2,4 
ITTKIni  
moliyalashtirish, % 
100 100  100  100 
Davlat budjeti, % 
48 
35,8 
19,5 
34,1 
Turli xil nobudjet  
fondlari, % 

5, 1 
7, 1 
– 
Boshqa manbalar, % 
46 
59 
73,4 
65,9 
 


45
konsepsiyasidir. Yaponlar o‘qishni o‘z ishlari va hokimyat pog‘onasi
bo‘yicha ko‘tarilish uchun kerak bo‘lgan omil deb biladilar.
 Yaponlar birovlarning xatolarida o‘rganishni xush ko‘radilar. Ular doim
tashqi olamdagi o‘zgarishlarni qiziqish ila kuzatib turadilar.
1947-yili «Panasonik» kompaniyasining asoschilaridan biri I. Matsusita
boshqaruv savollari bo‘yicha «Donnay» nomli laboratoriya tashkil qiladi
va uning birinchi xulosalaridan biri quyidagicha bo‘ladi: «Har qanday
tashkilot uning katta-kichikligiga qaramay, daromad olishdan farqli bo‘lgan
boshqa maqsadga ega bo‘lishi kerak. Bu maqsad uning faoliyatini tu-
shuntirib turishi lozim. Agarda boshqaruvchi ushbu missiyani to‘liq tu-
shunib yetsa, uni xodimlarga to‘g‘ri tushuntirishi lozimdir.
«Inson potensiali» konsepsiyasini tushunishda Ringning jamoa bo‘lib
qaror qabul qilish sistemasini olishimiz mumkin. Unga ko‘ra qaror qabul
qilish uchun javobgarlikni butun guruh o‘z bo‘yniga olishi lozim. Bu sis-
temada masala o‘rtaga tashlangandan so‘ng oldin noformal guruhlarda
muhokamadan o‘tadi, agar kimdir bu masalaga qarshi chiqsa, savol yana
ushbu masalani o‘rtaga tashlagan insonga boradi.
Yapon usullari ko‘pchilikni ustun kelishi emas, balki hammaning fikri
birdamligi asosida qurilgan. Albatta, hammaning fikri bir xil bo‘lmaydi,
shuning uchun ma’qul bo‘lgan kompromiss topiladi.
Yaponlar uchun o‘zidan yoshi va lavozimi jihatidan katta bo‘lgan insonga
gap qaytirish yoki uning fikriga qo‘shilmsalik tarbiyasizlik alomati deb qarala-
di. Shuning uchun norozilikni o‘ta diplomatik holda bildirish lozimdir.
An’anaviy bo‘lgan «X» va «U» modeliga qarama-qarshi bo‘lgan hol-
da, yaponlar «inson potensiali» modelini muvaffaqiyatini qo‘llab kelishyapti.
Unga ko‘ra odamlar o‘z qobiliyatlarini rivojlantirgan va qo‘llagan holda
bu ishdan qoniqish hosil qilsin.
O‘rta pog‘ona boshqaruvchilariga Isikava Kaoru ushbu maslahatlar-
ni beradi:
1. Xodimning foydaliligi uning fizik jihatdan doim mavjudligi bilan
emas, balki bu xodimga firmaning ehtiyoji bilan belgilanadi.
2. Kimki xodimlarning boshqaruvi bilan shug‘ullansa, bu faqat yarmi-
ga boshqaruvchidir. Haqiqiy boshqaruvchi deb shunday boshqaruvchi olina-
diki, u o‘zidan yuqori turganlarni ham boshqara olsin.
3. Qo‘l ostidagi ishchilarga ba’zi huquqlar berilishi ularning qobiliyat-
larini har tomonlama rivojlanishi va faollashishiga olib keladi.
4. Yuqori pog‘onadagi boshqaruvchilarning sizning ishingiz natijalariga
bo‘lgan munosabatini doim kuzatavermang!
5. O‘rta pog‘ona boshqaruvchilari va ularning qo‘l ostidagilari
o‘zlarining ish natijalari haqidagi axborot haqiqiyligiga javobgardirlar.
6. O‘rta pog‘ona boshqaruvchilari sifat to‘garaklari faoliyatiga javob-
gardirlar.


46
7. Funksiyalar bo‘yicha boshqaruv deb hisoblangan boshqa bo‘limlar
bilan hamkorlik va aloqa.
8. Kelajakka yo‘nalish firmaning samarali faoliyati uchun asosiy omildir.
Firma boshqaruvchisi o‘z ishida 10 yil oldinga yo‘nalib faoliyat
ko‘rsatmog‘i, yuqori pog‘ona boshqaruvchisi 5 yil oldinga yo‘nalib faoli-
yat ko‘rsatmog‘i, bo‘lim boshlig‘i 3 yilga va bo‘lim boshlig‘i kamida 1 yil
oldinga o‘z faoliyatini yo‘naltirmog‘i kerak.
Yapon boshqaruv tizimidan ushbu xulosalarni chiqarish mumkin:
– odamlar bo‘ysunishdan o‘zlariga qoniqish hosil qiladilar va bu vertikal
bo‘ysunish barqaror va kuchli tizim hosil qiladi, menejmentning asosiy vazi-
fasi ishchilarni umumiy qiziqish va maqsadlarni tushunishga undashdir.
Boshqaruv nazorat tizimi. Boshqaruv nazorati bu tashkilot maqsadla-
riga erishish uchun menejerlar faoliyatining asosi hisoblangan boshqaruv
rejalashtirishi va aylanma aloqa tushunchalarining qo‘shilmasidir. Inson-
ning boshqaruvchilik qobilyati o‘zining chegaralariga ega, shuning uchun
biznesning optimal masshtabi topilishi zarur, bunga misol, firmani tashkil
qilishda filiallar tizimiga asoslangan «Matsusita» firmasidir.
1. Filial boshqaruvchilari ustidan nazorat o‘rnatish uchun yuqori
boshqaruvchi kompaniyalar – filiallarda rejalashtirish tizimi, filiallarning
ichki apital tizimi, har oylik buxgalter hisobotlar tizimi.
2. Bo‘lim boshliqlari ustidan nazorat o‘rnatish uchun filial boshqaruv-
chilari bo‘limlarining budjeti, har oylik buxgalter hisobotlar tizimi.
Filiallarda rejalashtirish oldin bo‘limlar bo‘yicha, keyin filiallar bo‘yicha
amalga oshirilib, bu rejalar kompaniya miqyosiga olib chiqiladi. Bu usul
o‘z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:
1. Kompaniyaning strategiyasini e’lon qilish, kompaniyaning strategi-
yasi birmuncha mavhum tushuncha bo‘lib, ammo firmaning maqsadla-
riga baho berib, firma siyosati va maqsadlarini o‘zlashtirib, kon’yuktura
qiyinchiliklarini yechishga yordam beradigan o‘ziga xos shiordir.
2. Filiallarda rejalashtirish direktivalari. Kompaniya strategiyasi
mavhum narsa bo‘lganligi uchun filiallarda rejalashtirishga yo‘naltirishlari
direktiva ko‘rinishida kompaniya prezidenti tomonidan belgilanadi.
3. Filiallarni rejalashtirish siyosatini aniqlash.
4. Har bir bo‘limning o‘z rejasini tuzish.
5. Bo‘limning budjet loyihasini tayyorlash.
6. Filial rejasining loyihasini tayyorlash.
7. Filial rejalarini tekshirish va tasdiqlash.
8. Filial rejasining tasdiqlangan loyihasini topshirish. Bu narsa «qirol
tamg‘asi bosilgan hujjat», deb ataladi. Uni yuqoridagi boshqaruvchilariga
topshirish marosimi filial boshqaruvchisi uchun katta sharafdir.


47
Yaponlar sonlarga ishonishadi. Ular hamma narsani ilg‘ashadi. Ular
biznesning hamma jihatlarini miqdoran ko‘rsatishga harakat qilishadi.
Yaponlar o‘z kuchini bekordan-bekorga sarf qilishmaydi. Hamma narsa
yetarlicha yo‘lga qo‘yilgan, bu esa yaxshi menejmentdan dalolat beradi.
Yapon menejmentida raqobatlantirish ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bu
quyidagilar bilan amalga oshadi:   faxriy yorliq, sovg‘alar, pul mukofotlari
yoki qo‘shimcha dam olish ta’tili, tanbehlar, jarima va ishdan bo‘shatish
ko‘rinishida bo‘ladi. Ishdan bo‘shatish o‘g‘rilik, pora olish, adolatsizlik,
kattaning yo‘riqlariga asossiz kirmaslik kabi hollarda amalga oshiriladi.
Mehnat resurslarini boshqarish. Yapon boshqaruvchilarining o‘ziga xos
tomonlaridan yana biri bu mehnat resurslarini boshqarishdir. Yapon
korporatsiyalari xodimlarning ishini maksimal darajada samarador bo‘lishiga
erishishgan. Buning uchun yapon firmalari mehnat resurslarini boshqarish-
ning Amerika tizimini qo‘llagan. Bunda ish haqi, mehnat va ish joylarini
tashkil qilish, xodimlarning malakasini oshirish va tekshirish kabi jihat-
larga urg‘u beriladi. Ammo-lekin yaponlar amerikaliklardan farqli xodim-
larni korxonaga sodiqligidan ham foydalanadilar. Yaponiyada oddiy xo-
dimdan tortib to katta boshqaruvchigacha korxonani bir katta tizim deb
tushunadi. O‘zini esa bu tizimning bir bo‘lagi deb biladi, va agarda u o‘z
ishiga loqaydlak bilan qarasa uni deb butun tizim to‘xtab qolishiga isho-
nadi va shunga qarab faoliyat yurgazadi. Ko‘pgina xodimlar mehnat
ta’tillarini juda qisqa muddatga va juda kam hollarda oladilar. Chunki «men
kompaniyaga kerakli bo‘lgan davrimda qanday qilib dam olaman», degan
fikr ular uchun shiordir.
Yaponlar xodimlarni boshqa firmaga o‘tib ketmasliklari uchun doimiy
bandlik va staj bo‘yicha rag‘batlantiruvchi pul va lavozimlar berishini ka-
folatlaydilar. Boshqa firmaga o‘tgan xodim o‘z stajidan ayriladi. Va ham-
masini boshidan boshlaydi.
Yaponiyada bandlik o‘ziga xos tomonlariga ega. Bu faqatgina ish beruv-
chi va ish orasidagi shartnoma bo‘libgina qolmay, balki aqliy va hissiy
xarakterga ega omildir. Yapon ishchilari o‘ta punktualdir. Yapon ishchi-
larida tozalik va elegantlikka tabiiy yondashuv mavjuddir. Ular o‘z hu-
narlari va bilimlari bilan guruhlanadi. Yapon firmalari har bir ishchini oila
a’zosi sifatida ko‘radi. Va shuning uchun korxona jamoasi bir oiladek, firma
faoliyati davomida barcha qiyinchilik va xursandchiliklarni birgalikda
baham ko‘rishadi. Firma bir oila bo‘lib faoliyat ko‘rsatar ekan, asosiy urg‘u
ishonch, hamkorlik va jamoa oldida turgan masalalarni o‘zaro yordam
orqali yechishga beriladi.
Odam o‘z-o‘zini hurmat qilishga muhtojdir. U mas’uliyat sezishni va
o‘z bilim va tajribalarini oshirishni sevadi. Bu holda, yaponlar tili bilan


48
aytganda, uzoq ijodiy hayot kechiradi. O‘z kuchini firma masalalarini
yechishga qaratish bilan birga, ishchi o‘z bilim va malakasini oshiradi.
Yaponiyada menejerlar firma maqsadi va siyosatini ishchilarga doimiy
ravishda tushuntirib boradilar va ishchilar ham bunga o‘z roziliklarini yoki
shikoyatlarini bildirishlari mumkindir. Ishchilar ma’muriyat bilan erkin
aloqadalar. Firmaning muvaffaqiyati – ularning muvaffaqiyatidir.
Sifat boshqaruv tizimi. Sifat boshqaruvi tizimining vujudga kelishiga
asos bo‘lgan narsa bu davlatning «kamchiliklari yo‘qligi uchun» haraka-
tidir. Bu harakat mahsulotlar sifatini oshiribgina qolmay, balki ishchilarda
mas’uliyat va o‘z ishini boshqarish xislatlarini kuchaytiradi.
Boshidan sifatni nazorat qilish sifat to‘garaklarida amalga oshiriladi.
Bunday to‘garaklarni tashkil qilish uchun sifat nazorati bo‘yicha yapon
olimi Isakava Nafu boshqaruvchilarga quyidagi tamoyillar bo‘yicha ish
ko‘rishni tavsiya etadi.
  O‘z ustida ishlash.
  Jamoa bo‘lib faoliyat ko‘rsatish.
  Sifatni boshqarish usullarini qo‘llash.
  Ish joyi bilan aloqa.
  Ish bilan bog‘liq faollilik va faoliyat ko‘rsatishni tinimsizligi.
  O‘zaro rivojlanish.
  Yangilik yaratish muhitini vujudga keltirish va ijodiy izlaniish tamoili.
  So‘nggi bosqichda hammaning qatnashishi.
  Mahsulot sifatini oshirish muhimligini tushunish va bunga tegishli
barcha choralarni ko‘rish.
Yana yapon tizimini harbiy tizimdan farqli o‘ziga xos xususiyatlari ham
mavjud:
1) firma miqiyosida sifatni boshqarishda hamma bo‘limlarning roli;
2) sifatni nazorat qilish usullariga yangi kadrlarni o‘rgatish va
shuningdek, kadrlarni tayyorlash;
3) sifat to‘garaklari faoliyati;
4) sifatni boshqarishni tekshirish (korxonaga Deming sovrinlari va
boshqaruv faoliyatini nazorat qilish);
5) statistik usullarni qo‘llash;
6) sifatni nazorat qilish bo‘yicha milliy dasturlar.
Korxonada sifatni nazorat qilishda sifat to‘garaklarining vazifalari:
1. Korxona rivoji va mukammallashishiga yordam berish.
2. Ish joyida sog‘lom va ijobiy muhitni yaritish.
3. Ishchilar qobiliyatini rivojlantirish va shuningdek, qobilyatlarni fir-
ma manfaatlariga ishlatish.
Sifatni boshqarish ko‘pgina ustunliklarga ega:


49
  U aniq sifat kafolatlarni beradi. Sifat nazoratini kuchaytirgan holda
defektsiz ishlab chiqarishga o‘tadi. Ammo defektlarni topib va ularni bar-
taraf etibgina qolmay, balki bu defektlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni
ham aniqlash lozim.
  Sifatni kompleks nazorat qilish. Xaridorlarning didi va tabiatlarini
o‘rganishga qulay muhit yaratiladi va korxona taklif etayotgan tovar xari-
dorgir bo‘lishi va modadan qolmasligini kafolatlaydi.
  Sifatni kompleks boshqarish odamlar ongiga singib, noto‘g‘ri, ha-
qiqiy bo‘lmagan axborotni topishga ko‘maklashadi. «Bilim – kuchdir» shiori
sifatni kompleks boshqarish asosidir.
Qoidaga aylangan asosiy ideallarga quyidagicha tavsiya berish mumkin:
1. Har bir odamning tabiiy ehtiyoji – bu o‘z ishida mukammalikka
erishishdir. Agarda biz to‘g‘ri boshqarish olib borib, uni rag‘batlantirib
tursak, u o‘z ishini doim mukammallashtirib borishi mumkin.
2. Individual ishni boshqaruvchi insonlar bu ishning haqiqiy muta-
xassislaridir. Ish jarayonlarida ko‘plab xatoliklarga yo‘l qo‘yishi mumkin,
mutaxassislar esa bu qiyinchiliklarni yechishga o‘zlarining qimmatli masla-
hatlarni berishi mumkin.
3. Xodimlar aql va tafakkurga egalar. Ular o‘z ishining ham bilimdoni,
ham ustasidirlar, ular muvaffaqiyatga intilib keladilar va mas’uliyatli ishdan
ham qochmaydilar. Agarda o‘z ishining mas’uli degan ruhda tarbiyalasak,
keyinchalik tashkilotda juda kuchli ijodiy faollilikni kuzatish mumkin.
4. Sifat to‘garagi bu mexanik mashina emas, balki to‘xtovsiz jarayon-
dir. U bir-biridan farq qiluvchi, ammo bir tomondan bu ta’lim va tarbiya
beruvchi jarayon. Boshqa tomondan, ularning har kungi ishiga taalluqli
bo‘lgan marosimlarda qatnashishga da’vat qiluvchi jarayondir.
Yaponiyada 1951-yildan boshlab sifatni boshqarish tizimiga o‘zining
katta hissalarini qo‘shganlarga U.E.Deming mukofoti topshiriladi.
U.E.Deming Yaponiyada sifatni boshqarishning asoschisidir.
Iste’molchilarning didi – texnalogiyalar o‘zgarib borayotgan bu za-
monda boshqaruvchilar o‘z tafakkuri va yo‘nalishlarini doimiy ravishda
o‘zgartirib turishlari kerak. Buni quyidagicha ifodalash mumkin.
1. Avvalambor kuch sifatga qaratiladi, qaysi vaqt ichidagi foydaga emas.
2. Asosiy iste’molchi inson – bu degani har bir narsani iste’molchi
o‘lchovi bilan o‘lchash kerakligini bildiradi.
3. Ishlab chiqarish jarayonining keyingi bosqichi sening mahsulotingni
iste’molchisidir.
4. Qaror qabul qilishda axborot bilan ta’minlanish va iqtisodiy hamda
matematik usullarni qo‘llanilishi bu jarayonni tinch, samaradorligini yu-
qori qiladi.


50
5. Boshqaruv tizimida har bir xodimning qatnashishi.
Yaponiyada menejment va kasaba uyushmalarning o‘zaro aloqasi. Yapon
sanoat tashkilotlarining uchta o‘ziga xos xususiyatlari mavjud:
1. Butun umrga bandlik.
2. Stajning okladli va maoshga ta’siri.
3. Kasaba uyushmalarni tashkil qilish.
Yaponiyada ishchi uchun uning qiladigan ishidan ham ustun turadi-
gan korxonalarda faqat bitta kasaba uyushma bo‘ladi. AQSH, Angiliya,
Italiya va boshqa mamlakatlarda menejerlar personalni boshqarishda juda
katta qiyinchiliklarga duch keladi. Kasaba uyushmalar doim menejerlarga
qarashadilar. Odatda, kasaba uyushmalardan konfidensial bo‘lgan ko‘pgina
axborotlarni yashiradilar. Bunday muhitda mehnat unumdorligi pasaya-
di. Yaponiyaning NOK firmasida yuqoridagi barcha qiyinchiliklar menej-
ment va kasaba uyushmalarning o‘zaro kelishuvi asosida bartaraf etilgan.
Bu «Sodzyankay» vujudga kelishiga ko‘maklashdi. «Sodzyankay» – bu
ishchilarni vakolatli organi bo‘lib, ishchilarning qiziqishlari, ish haqi va
farovonligi haqidagi suhbatlarni tez-tez amalga oshirib turadi.
 Yapon menejmenti kasaba uyushmalarni menejment va ishchilar ora-
sida qonuniy vositachi sifatida ko‘radi. Bu vositachi ko‘proq ish haqi bi-
lan shug‘ullanadi. Yaponiyada kasaba uyushma bu bir firma miqiyosida
barcha xodimlar uyushmasidir. U kasb yoki hunar bo‘yicha bo‘linmaydi.
Shuning uchun ular menejmentning unumdorlik, foydalik va o‘sish kabi
ko‘rsatkichlarining to‘g‘ri va ijobiy baholaydilar. Kasaba uyushmalar xo-
dimlarning farovonligi faqat unumdorlik orqali vujudga kelishini tushuna-
dilar. Shuning uchun menejment bilan birgalikda ish ko‘radilar. Ishchi
kuchini ko‘payib ketishi kabi hollar ham vujudga kelishi mumkin. Bun-
day qiyinchiliklar birdamlik bilan hal qilinadi. Yaponiyada menejment va
kasaba uyushmalar ishchilarning farovonligini oshirish uchun doim raqo-
batdadirlar. Ammo uyushmalar liderlari va menejment ikkita asosli taxminni
aytadilar.
1. Firmaning gullashi boshqa masalalarni yechishga sharoit yaratib
beradi.
2. Bir-birini yomon ko‘rishlik hech kimga foyda keltirmaydi.
Umuman olganda Yaponiyada milliy birdamlik hissi juda yuqori turadi.
Yaponlar yevropaliklarga qaraganda guruh bo‘lib, yaxshi faoliyat
ko‘rsatadilar. Bu narsa, ayniqsa, biror bir masalani hal qilishda faol
ko‘rinadi.
O‘zlarining «Yapon boshqaruv san’ati» kitoblarida A. Atos va R. Paskal
quyidagilarni aytadilar: «Yaponlar har bir kishini iqtisodiy-ijtimoiy, psixo-
logik va ruhiy ehtiyojlarga ega deb qaraydalar. Ammo yapon boshqaruv-


51
chilari boshqa institutlarga urg‘u beradilar.  Yaponlar uchun oila bu ha-
yot kechirish tarzidir.
 Yaponlar o‘ta tartiblidirlar, ular jamoa manfaati va qiziqishlaridan kelib
chiqib, ekstraordinal ishlarni ham qilishi mumkin. Yaponlar maqsad sari
yo‘nalgan insonlardir. Ular o‘zlarini cheksiz mukammallashtirishga inti-
ladilar.
«Yapon menejmenti 4 asosiy masalani hal qilishga kirishgan –
texnologik innovatsiya, sanoatlashish, demokratiya va baynalmilallik. Bu-
larning barchasi kattani hurmat qilish va jamoa fikri kabi omillarga o‘z
ta’sirini ko‘rsatmaydi.
Yapon korxonalarida lider albatta mas’uliyatli lavozimga egadir. U
guruhni birlashtiradi. U ichki ziddiyatlarni bosadi. Uning hokimyatini
hamma tan oladi. Uning mavjud emasligi guruhni parokandalikka olib
keladi.
Yaponiyada mavqey va hokimyat qanday ishlaganligiga qarab emas,
qancha ishlaganligiga qarab beriladi.
O‘qish dasturi – bu ishda hamkorlikni rag‘batlantirishdir. U butun
guruhni bilimi va tajribasini oshiradi. Ishlashga bo‘lgan ehtiyojini ham
yuqori darajaga oshiradi. Yapon madaniyati o‘z ichida yaponlarning
go‘zallikka bo‘lgan ehtiyojni ifodalaydi. Ularning go‘zallik hissi ko‘p qir-
ralidir. Ular uchun go‘zallik bu noziklik, elegantlilik, did va oddiylikdir.
1.4.3. Innovatsiya jarayonida xorij tajribasi imkoniyatlari
Hozirgi paytda jahon hamjamiyatining rivojlangan mamlakatlarida
an’anaviy ilmiy texnika taraqqiyotida innovatsion, ilmiy texnologik tartibga
jadal o‘tish jarayoni ro‘y bermoqda. Innovatsion tartibning avvalgisidan
farqi shundaki, fanning shakllanishi va davlat tomonidan moliyalashtirish
tizimidan texnologik va ilmiy innovatsiyalar barcha turlarini davlat tomoni-
dan rag‘batlantirishga o‘tish kuzatilmoqda.
Hozirda AQSHda va xususan, g‘arbiy Yevropada, eng avvalo Fransi-
ya, Germaniyada fan-texnika siyosatining innovatsion siyosatga aylanishi
ro‘y bermoqda. Uning asosiy vazifasi – ilmiy va texnologik innovatsiya-
lar, eng avvalo, kichik va o‘rta korxonalar uchun, shuningdek, o‘rta va
qisqa muddatli dasturlar sohasida tezkor dversifikatsiya uchun eng qulay
sharoitlar yaratishdir. Fanni moliyalash bo‘yicha AQSH jahonda yetak-
chi o‘rinlardan birini egallaydi.
Ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda ITIMTni moliyalashdagi davlatning
roli ancha faol bo‘lib, faqat davlat tashkilotlari tomonidangina amalga oshi-
rilmaydi. Hozirgi vaqtda AQSHda federal hukumat ulushi (moliyalash
manbayi sifatida) barcha xarajatlar salmog‘ining 50 foizini tashkil etadi.


52
Bu ko‘rsatkich Buyuk Britaniya, Shvetsiya va Germaniyada 40 foiz atro-
fida, Fransiyad 57 foiz, Yaponiyada 28 foiz. ITIMT sohasining davlat to-
monidan bunday e’tibor bilan ko‘plab quvvatlanishi qonuniy bo‘lib, bir
qator dalillar bilan izohlanadi.
Ilmiy tadqiqot konstruktorlik ishlari davlat tomonidan turli shakllarda
qo‘llab-quvvatlanishi mumkin, jumladan:
  ilmiy tadqiqotlar uchun bevosita budjet mablag‘larini ajratish (dav-
lat tashkilotlari orqali moliyalash, shartnomalar tuzish, subsidiyalar ajra-
tish). Ayni holatda davlat yirik xarajatlar talab qilinadigan va ko‘plab ta-
vakkalchilikka ega bo‘lgan fanning yetakchi yo‘nalishlaridagi ko‘p kapi-
talli tadqiqotlarni moliyalashni o‘z bo‘yniga oladi;
  ilmiy tadqiqotlarni (ITIMT) bilvosita moliyalashning turli usullari:
xususiy kompaniyalar, innovatsiya jarayonini rag‘batlantirish, shuningdek,
ular investitsiyasini yangi asbob-uskunalar olish uchun kengaytirish maqsad-
larida soliq va amortizatsiya imtiyozlaridan foydalanish.
Davlat ayni vaqtda kichik tadqiqot biznesi uchun shart-sharoit yara-
tishga ko‘maklashadi, davlat tomonidan fan-texnika taraqqiyotini bevosi-
ta moliyalash xususida to‘laroq to‘xtab o‘tamiz.
Uchinchi usul bo‘yicha subsidiyalar (grantlar) beriladi, subsidiyalar-
ning o‘ziga xosligini quyidagicha belgilash mumkin:
  ular kichik ijrochilarning asosiy ish joyida oylik ish haqidan va unga
bog‘liq bo‘lmagan holda beriladi;
  subsidiyalar qaytarib berilmaydi;
  subsidiya olgan olim yoki ilmiy jamoa olgan mablag‘larni mustaqil
sarflaydi.
AQSH davlat innovatsiya siyosatining obyekti – bu asosan xususiy
biznesdir. Davlatning bu boradagi siyosati mavjud ilmiy-texnik yutuqlardan
xo‘jalikda foydalanishga, ilmiy-texnik majmuada ichki aloqalarni mus-
tahkamlashga qaratilgan.
Davlat innovatsiya siyosatining usul va vositalari ancha keng. Bunga
u yoki bu ma’noda biznesning innovatsion faolligini rag‘batlantiruvchi
turli xil davlat tadbirlari kiradi. Amerikalik mutaxassislarning
ta’kidlashicha, eng samarali tashkiliy shakllardan biri universitet – sa-
noat, tadqiqot markazlari sanaladi. Davlat ishtirokida tashkil etiladigan
bunday markazlar doirasida juda keng ko‘lamdagi ilmiy-texnik masala-
larni hal etish imkoni mavjud. Sanoat korxonalari va universitetlarning
hamkorlikdagi tadqiqotlariga oid yirik dasturlar davlatning maqsadli il-
miy  jihatdan ishtirokchilar faoliyatining boshqa korporatsiya mexaniz-
mini nazarda tutadi.
O‘zbekistonda AQSH davlat innovatsiya siyosatining ma’lum bir to-


53
monini qo‘llash mumkinki, bunda davlat moliyaviy mablag‘larining umum-
lashishini va sanoat moddiy texnika bazasini malakali oliy o‘quv yurtlari
kadrlari bilan ta’minlashi rag‘batlantirilishi lozim. Uzoq istiqbolga
mo‘ljallangan tavakkal ilmiy texnika loyihalariga mablag‘ ajratishga sanoat
korxonalarini qiziqtirish uchun davlat dastlabki xarajatlarni o‘z bo‘yniga
olib qolmasdan, ishtirokchi firmalarga kashfiyot va ixtirolardan foydala-
nishda bepul litsenziyalar ham berishi kerak bo‘ladi.
AQSHdagi eng yirik kompaniyalarda ishlab chiqarish hajmi ko‘pincha
eng maqbul me’yordan oshadi, aynan shu narsa ilmiy texnika soha rivoj-
lanishida monopoliyani to‘xtatadi, kichik firmalar faoliyatining muvaffa-
qiyati ham shunda. O‘zbekistonda yirik firmalar sateliti (ko‘makchisi) si-
fatida ishlaydigan kichik firmalarni tashkil etish uchun shart-sharoitlar
yaratish zarur.
Aytaylik, Yaponiyada innovatsiya siyosatini amalga oshirishning
o‘zgacha mexanizmi mavjud, ya’ni Yaponiya hukumatining dasturiy huj-
jatlarida bayon etilgan ilmiy texnika yangiliklari yaratilishida strategik tad-
qiqotlar yetakchilari, yo‘lboshchilari guruhi o‘qitilishini ta’minlashga qara-
tilgan. Ayni paytda, innovatsiya siyosatini qayta ko‘rish zaruriyatidan ke-
lib chiqqan holda, shu mamlakatning boshqalardan afzal bo‘lgan o‘z texnika
va texnologiyasini ishlab chiqish hamda tatbiq etish patent, litsenziya sav-
dosiga nisbatan talabchanlikni oshirish orqali rag‘batlantiriladi.
Yaponiyada ishlab chiqilgan mazkur siyosat amalga oshirilishining
o‘ziga xos tomoni shundaki, kompaniyalarning loyihalarga (ko‘pincha
davlat tomonidan moliyalanadigan) jalb etish mexanizmidir. Davlatning
bu jarayondagi roli xususiy sektorda, jamoa, sanoat, ilmiy tadqiqotlarni
rag‘batlantirishda ko‘rinadi. U birinchi galda yirik korporatsiyalar bilan
hamkorlik qilishga intiladi.
Yaponiya tajribasi shuni ko‘rsatadiki, demak, O‘zbekistonda shaklla-
nayotgan innovatsiya sohasi jiddiy texnologiyalarni amalga oshirish assot-
siativ shaklda ilmiy tekshirish tashkilotlari va korxonalari imkoniyatlarini
vaqtinchalik yoki doimiy tarzda birlashtirishni talab etadi. Albatta, bunda
bosh loyihani amalga oshirish uchun davlat buyurtma berish orqali
ko‘maklashmog‘i kerak.
Sanoati rivojlangan ilg‘or mamlakatlar innovatsiya siyosatining zamo-
naviy davlat strategiyasiga xos bo‘lgan bir qator umumiy xususiyatlarini
sanab o‘tish mumkin:
  ilmiy tadqiqotlarning davlat tomonidan moliyalanishi;
  soliq va amortizatsiya siyosatiga mos holda rivojlangan kontrakt tizimi
yordamida biznesga ilmiy tadqiqotlar uchun ta’sir o‘tkazish;


54
  universitetlar va davlat ilmiy markazlarida umummilliy ahamiyatga
ega ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish;
  ta’lim tizimini moliyalash va tashkiliy takomillashtirish, ayniqsa,
yuqori malakali kadrlar tayyorlash;
  ilmiy-texnik ma’lumotlarni tarqatish tizimini yanada rivojlantirish.
Yuqorida sanab o‘tilgan sanoati rivojlangan mamlakatlardagi davlat
innovatsiya sohasi strategiyasining umumiy tomonlarini u yoki bu dara-
jada O‘zbekiston sharoitida qo‘llash mumkin. Bu o‘rinda albatta, ilgari
to‘plangan tajriba, an’ana va hukumatning mavjud imkoniyatlarini hisob-
ga olish kerak bo‘ladi.
Fransiyada ilmiy-texnikani rivojlantirish afzalliklarini ishlab chiqish
vazifalari uch yo‘nalishida olib boriladi. Birinchi darajadagi ishlar, asosan,
ilmiy tadqiqotlar ilmiy markazi (CNRS) tomonidan amalga oshiriladi.
Mazkur markaz ilmiy tadqiqotlarni, jumladan, ijtimoiy va inson haqidagi
fanlar bo‘yicha tadqiqotlarni moliyalash borasidagi milliy agentlik sanala-
di, u asosan, fundamental tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Ilmiy-texnika va innovatsiya rivojlanishining ustunliklarini bashorat qilish
hamda belgilash bo‘yicha ishlar esa, Fransiyadagi yirik xususiy sanoat va
davlat korxonalari tomonidan amalga oshiriladi. Bu borada bir qator muam-
molar mavjud bo‘lsada, Fransiya yirik bashorat qilish loyihalarini amalga
oshirish bo‘yicha katta tajribaga ega. Xususan, atom va molekulyar fizika,
qattiq jismlar fizikasi rivojlanishi bo‘yicha bashoratlar qilingan.
Italiyada moliyalash va texnik imkoniyatlar muammolari mavjud tar-
moqlarga oid korporatsiya va kichik innovatsiya firmalari o‘rtasida nomus-
tahkam aloqa mavjud. Daniyada esa, «tarmoqlar sxemasi» (chizmasi) deb
ataluvchi kichik innovatsiya firmalar tarmog‘i mavjud bo‘lib, u Angliya,
Ispaniya va AQSHga eksport qilinadi.
Shvetsiya va Norvegiyada ishchilarning biznesda ishtirokiga
ko‘maklashishda boy tajriba to‘plangan. Buyuk Britaniya xususiy kapital-
ni jalb etish chora-tadbirlarini qo‘llaydi. Niderlandiya va Belgiyada
texnologik reytingni yaratish uchun muntazam tarzda ishlovchi banklar
va innovatsiya markazlari tarmoqlari tashkil etilgan.
Innovatsion jarayonlarni doimiy tadqiq etish uchun Evropa hamjami-
yati 1983-yilda SPRINT innovatsiyalar va texnologiyalarni uzatishga
ko‘maklashishning strategik dasturini yaratdi. Bu Yevropada innovatsion
jarayonlar samaradorligini belgilovchi omillarni davriy tadqiq etishni bosh-
lab berdi. Ushbu dasturni amalga oshirish natijasida to‘plangan ma’lumotlar
«innovatsiya to‘g‘risidagi yashil kitob», deb nomlanuvchi ma’ruzaning
yozilishiga sabab bo‘ldi. Unda innovatsiya jarayonlarini rag‘batlantirishning
mavjud imkoniyatlari taklif etilgan.


55
MDH mamlakatlaridagi iqtisodiy islohotlarga texnik jihatdan
ko‘maklashish bo‘yicha TASIS dasturi birinchi galda o‘z oldiga xususiy-
lashtirishning bozor shakllari, moliya, tadbirkorlikni rivojlantirish,
tadbirkorlik infratuzilmasini yaratish sohalaridan Yevropa Nou-Xau tajri-
balarini o‘zlashtirishga qaratilgan. Ko‘rinib turibdiki, u asosan boshqaruv,
axborot va moliya sohasidagi loyihalarni moliyalashga qaratilgan.
INTAS dasturi esa, axborotlar va xodimlar bilan ilmiy-texnik almashu-
vining an’anaviy kooperativ shakli sanaladi, u innovatsiya sohasi uchun
deyarli ahamiyatsiz.
Xulosa qilib aytganda, innovatsiya jarayonlarini boshqarish bo‘yicha
rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish ilmiy-texnik ta’lim tizi-
mini modernizatsiyalashning ilmiy imkoniyatlarini ochish, xorij texnologi-
yasini keltirish, raqobatbardoshlik yo‘nalishlarini aniqlash va boshqa ma-
salalarni hal etishga qaratilgan.
Nazorat savollari
1. XVFning baholashicha, jahon YAIMning miqdori rivojlanayotgan va
bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda qanday o‘sishi kutilmoqda?
2. Yapon innovatsion menejmenti usullari va uni boshqa mamlakatlar
menejmentidan farqini ayting.
3. Yaponiyaning yirik tadbirkori S. Xondaning boshqaruv falsafasini
so‘zlab bering.
 4. «Panasonik» kompaniyasining asoschilaridan biri I. Matsusitaning
boshqaruv bo‘yicha birinchi xulosalarini keltiring.
5. Rivojlangan ilg‘or mamlakatlarda ilmiy tadqiqot tajriba konstruk-
torlik ishlari (ITTKI) davlat tomonidan qanday shakllarda qo‘llab-quv-
vatlanadi?
 6. Sanoati rivojlangan ilg‘or mamlakatlar innovatsiya siyosatining
zamonaviy davlat strategiyasiga xos bo‘lgan bir qator umumiy xususiyat-
larini sanab o‘ting.
7. Fransiyada ilmiy-texnikani rivojlantirish afzalliklarini ishlab chiqish
vazifalari nechta yo‘nalishda olib boriladi va ular qaysilar?


56
2-bob. INNOVATSION LOYIHALARNI BAHOLASH
VA INNOVATSION JARAYON
2. 1. INNOVATSION LOYIHALARNI BAHOLASH
Reja: 1. Investitsion loyihalarni baholash usullari va qo‘shilgan mablag‘
umumiy summasi.
2. Innovatsion loyihalarni baholash tartibi.
3. Innovatsiya menejmentini baholash mezonlari.
Tayanch iboralar: investitsiya qoplash, sof qiymat oqimi, integral sa-
mara hisobi, investitsiyalar rentabelligi, investitsiya samaradorlik koeffit-
sienti.
2.1.1. Investitsion loyihalarni baholash usullari
va qo‘shilgan mablag‘ umumiy summasi
Investitsiyani qoplash muddati. Bu usul eng sodda usul bo‘lib, bunda
investitsiya qanday muddatda olinadigan foyda hisobi qoplanishi aniqlanadi.
Pul tushumi yillar bo‘yicha bir tekis kelib tushganda:
         Investitsiyalar
Qoplanish muddati (n)= –––––––––––––––––––––
     Amortizatsiya yili+yillik sof foyda
Agar pul tushumi bir tekisda kelib tushmasa, investitsiyani qoplanish
muddati pul tushumining investitsiya qiymatidan ortib ketish muddatiga
teng.
Bu usul sodda bo‘lgani bilan o‘ziga xos kamchiliklarga ega. Birinchidan,
bir xil umumiy daromad summasi, daromadni yillar bo‘yicha har xil taqsim-
laydigan loyihalar orasidagi farqni ko‘rsatmaydi. Ikkinchidan, investitsiya
qoplangandan keyingi davrni hisobga olmaydi. Shunga qaramay bu usuldan
foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, korxona investitsiyani qisqa
muddatda qoplanishidan manfaatdor bo‘lsa, odatda, bu hol tez
o‘zgaruvchan texnologik sohalarda namoyon bo‘ladi.
Investitsiya samaradorlik koeffitsienti. Yana bir investitsiya loyihalarini
baholash usuli – bu investitsiya samaradorlik koeffitsientini hisoblash


57
usulidir (investitsiya buxgalter rentabelligi). Bu koeffitsient yillik o‘rtacha
foydani investitsiya o‘rtacha qimmati bo‘lishi orqali topiladi. Bu
koeffitsientni hisoblashda o‘rta yillik sof foyda (balans foyda budjet
ajratmalari) va investitsiya o‘rtacha qiymati uning boshlang‘ich ishlab
chiqarish qiymatining yarimidan foydalanadi. Olingan qiymatni umumiy
kapital samaradorlik koeffitsienti bilan taqqoslab ko‘rish e’tiborga molik.
     O‘rtacha yillik sof foyda
Investitsiya samaradorligi koef. =————————————————-
       Investitsiyalar yig‘indisi+
   Asosiy fondlarni qoldiq bahosi
Umumiy sof foyda
Kapital samaradorlik =————————————————————-
Umumiy kiritilgan vositalar yig‘indisi
Qo‘shilgan mablag‘ umumiy summasi. Bu usulning soddaligi ham
qo‘llanishga qulaydir, lekin bu usul ham o‘ziga xos kamchilikka ega, bun-
da vaqt omilini hisobga olinmaydi. Masalan: bir xil o‘rtacha yillik foyda-
ni, haqiqatda esa bu foyda yillar mobaynida o‘zgarib boradi. Ma’lum
darajada, birinchi ikkita usulning kamchiliklari pul oqimlarni diskontlash
tamoiliga asoslangan usullarni qisqartirilishiga olib keladi. Jahon amali-
yotida bir necha bunday usullar mavjud, ularning mohiyati investitsiya
umumiy qiymatini kelajak tushumlar qimmati bilan taqqoslashdan iborat.
Bir qator yillar mobaynida investitsiyalar ma’lum yillik daromad beradi,
bular mos ravishda R1, R2, R3, R4, . . . Rn bilan belgilanadi. Lekin davr
o‘tishi bilan pulning to‘lov qimmatini o‘zgartirish, investitsiyadan kelgan
foyda, to‘g‘rirog‘i pul tushumlarini olidingi va keyingi davrga nisbatan to‘lov
qobiliyati farqlanishi turadi. Korxona uchun ularning davrlarga mos ra-
vishda nisbatini ko‘rib chiqish e’tiborga molik. Vaqtga nisbatan pul oqim-
larini baholash tamoyillari quyidagidan iborat:
– P davr mobaynida i % keltiruvchi bugungi kundagi pul mablag‘larning
miqdori (qimmatining), kelajakdagi qiymati quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Kelajak qiymati = Amaldagi narx•(1+i) * 5n
Hozirgi qiymat – ma’lum davr mobaynida i % keltiradigan.
Kelajakdagi to‘lovlarning bugungi qimmati quyidagicha aniqlanadi.
Kelajak narxi
Hozirgi kundagi qiymat = —————————————-
(i+r)* 5K
Pk va Rk k yilda, r % keltiruvchi yillik daromad va diskont daromad.


58
2.1.2. Innovatsion loyihalarni baholash tartibi
Jahon mahalliy amaliyotida innovatsion loyihalarini baholashning bir
nechta standartlashgan tamoyillari mavjud.
Avvalo, loyihani oldindan tekshirish o‘tkaziladi, uning davomida lo-
yiha maqsadi va korxonaning joriy va istiqboldagi faoliyatiga mosligi aniq-
lanadi. Oldindan tekshirish paytida loyiha bilan bog‘liq xatarlar, yaratilayot-
gan loyiha, imkoniyatlarni amalga oshirish uchun zarur tajribani korxo-
nada mavjudligi aniqlanadi. Huddi shu davrda innovatsion loyihani ba-
holash uchun ishlatiladigan me’zonlar aniqlanadi. Keyin innovatsion lo-
yihani amalga oshirish maqsadga muvofiqligi baholanadi. Odatda, baho-
lash 3 bosqichda olib boriladi:
1. Yillar bo‘yicha boshlang‘ich ko‘rsatkichlar hisoblanadi (realizatsiya
qilish hajmi, joriy xarajatlar, eskirish, taklif qilinayotgan innovatsiyalardan
keladigan sof pul tushumlari va sof foyda hajmi).
2. Analitik koeffitsientlarni hisoblash (innovatsiyalarni sof joriy qiy-
matini hisoblash, innovatsiyalar rentabelligi o‘z-o‘zini qoplash muddati
va innovatsion loyiha samaradorligi koeffitsienti).
3. Koeffitsientlar tahlili (bu korxonada qabul qilingan me’zonlar asosida
loyiha yoki qabul qilinadi, yoki undan voz kechiladi, tadbirkor o‘zining
fikricha eng muhim bo‘lgan bir yoki bir nacha me’zonlarga qarab ish ko‘rish
mumkin, yoki qo‘shimcha omillarni hisobga olish mumkin). Innovatsion
loyiha qabul qilingan holda uning realizatsiyasi bo‘yicha konkret choralar
ko‘riladi. Har xil innovatsion loyihalarni solishtirish va ulardan eng afza-
lini tanlash uchun ishlatiladigan asosiy ko‘rsatkichlar – bu kutilayotgan
integral samarasi ko‘rsatkichidir (xalq xo‘jaligi darajasida iqtisodiy, alo-
hida tashkilot darajasida tijorat). Xuddi shu ko‘rsatkichlar rezervlash va
sug‘urtalash shakli va ratsional hajmlarini asoslash uchun ham ishlatiladi.
Agar loyihani amalga oshirish har xil sharoitlarda ehtimoli aniq ma’lum
bo‘lsa, kutilayotgan integral samara matematik kutilish formulasi bo‘yicha
hisoblanadi.
Eoj=Zi•Pi
Bu yerda Eoj–loyihaning kutilayotgan integral samarasi;
Zi–realizatsiyaning 1-sharoiti bo‘yicha integral samara;
Pi–bu loyihani amalga oshirish ehtimoli.
Umumiy holda kutilayotgan integral samara hisobini quyidagi formu-
la bo‘yicha o‘tkazish tavsiya etiladi:
Eoj=h•Emax+(1–h)•Emin
bu yerda Emax va Emin – ijozati ehtimolli taqsimlash bo‘yicha integral
samarani matematik kutilishini eng katta va eng kichik; h – xo‘jalik sub-
yektini noaniqlik sharoitida afzal ko‘rishlari tizimlarini aks ettiruvchi, sa-
marani noaniqligini hisobga olish uchun maxsus normativ; kutilayotgan in-
tegral iqtisodiy samara topilganda uni 0,3 24 darajasini olish tavsiya etiladi.


59
Diskontlangan daromadlardan umumiy yig‘ilgan xatoligi va
boshlang‘ich investitsiyalar orasidagi farq sof joriy qiymatni tashkil etadi
(sof keltirilgan samara):
Investitsiyalarning
Diskontlangan
Doimiy
sof joriy
=
daromadlardan
+
daromadlar
qiymati
umumiy kattaligi
hajmi (kattali)
Aniqki, agar sof joriy qiymat musbat bo‘lsa, unda investitsion loyiha-
ni qabul qilish zarur, manfiy bo‘lsa undan voz kechish lozim. Agar sof
joriy qiymat 0 ga teng bo‘lsa, loyihani foydali yoki zararli deb aytib
bo‘lmaydi. U holda solishtirishning boshqa usullarini ishlatish zarur. Bir
nechta alternativ loyihalarga o‘rin beriladi.
Keltirilgan formulalar yordamida qo‘lda hisoblash ko‘p mehnat talab
etadi, shuning uchun diskontlangan baholarga asoslangan bu va boshqa
usullarni qo‘llash qulayligi uchun vaqt intervali va diskontlash koeffitsi-
enti miqdoriga bog‘liq ravishda murakkab protsentlar, diskontlash
ko‘paytuvchilari, pul birligini diskontlangan miqdori va hokazolar keltirilgan
maxsus statistik jadvallaridan foydalaniladi.
Investitsiyalar rentabelligi. Sof joriy qiymat usulini qo‘llash, uning
hisoblanishi qiyin bo‘lishiga qaramasdan o‘z-o‘zini qoplash davri va in-
vestitsiyalarining samaradorligini baholash usulini qo‘llashga afzalroqdir,
chunki pul tushumlarni vaqtinchalik aspektlarini hisobga oladi. Bu usulni
qo‘llash nafaqat absolyut ko‘rsatkichlarini (sof joriy qiymatni), balki so-
lishtirma ko‘rsatkichlarini hisoblash va solishtirishga imkon beradi. Ular-
ga investitsiyalar rentabelligi kiradi.
Investitsiyalar rentabelligi diskontlangan daromadlarning umumiy
yig‘ilgan kattaligi – investitsiyalar kattaligi.
Aniqki, agar rentabellik 1 dan katta bo‘lsa loyihani qabul qilish lozim,
1 dan kichik bo‘lsa voz kechish lozim. Sof joriy qiymati kattaligi bir xil bo‘lgan
alternativ loyihalar qatoridan birini tanlashda yoki investitsiyalar protfelini
komplektlashda, ya’ni maksimal sof joriy qiymat beradigan pul vositalarini
bir vaqtdagi investitsiyalashni bir necha variantdan tanlashda investitsiyalar
rentabelligi nisbiy ko‘rsatkich sifatida juda ham qulaydir.
2.1.3. Innovatsiya menejmentini baholash mezonlari
Investitsiya zarurligiga bir necha sabablar mavjud. Ulardan asosiylari
mavjud bo‘lgan moddiy-texnik ishlab chiqish bazasini yangilash yoki al-
mashtirish, uni takomillashtirish, eskirgan ishlab chiqarish vositalarini
modernizatsiyalash, ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish uchun vosita-
larini kengaytirish va h.k.
 Investitsiya manbayi, asosan, korxonalarning ichki mablag‘lari (us-
tav kapitali, amortizatsiya fondi, korxonaning taqsimlangan foydasi)


60
hisoblanadi. Korxona foydasini qayta ishlab chiqarishga jalb qilish inves-
titsiyani moliyalashning eng arzon ko‘rinishidir. Uni ishlab chiqarishga
bevosita jalb qilinishi qaytarilishi zarur bo‘lgan kredit foizlari bilan bog‘liq
yoki qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlardan
holi bo‘lish imkonini beradi. Korxona foydasi ishlab chiqarishga bevosita
qayta jalb qilinsada, uning nazorat sistemasi saqlanib qoladi, chunki ak-
sionerlar, ya’ni paychilar soni o‘zgarmay qoladi.
Investitsion faoliyat odatda noaniqlik sharoitida amalga oshiriladi,
shuning uchun bunday vaziyatda tavakkalchilik omilini hisobga olishimiz
kerak. Odatda, kelajakda shular hisobiga keladigan iqtisodiy samarani aniq-
lash murakkab jarayondir. Shuning uchun investitsion loyiha tahlili pay-
tida ko‘p muqobil investitsion loyihalar ko‘rib chiqilib, yagona investit-
sion qaror qabul qilinadi. Bir necha loyiha ichidan bittasini qabul qilish
ular ma’lum kriteriy va parametrlar asosida tahlil qilish orqali amalga oshi-
riladi. Bunda loyihalarni ko‘rib chiqishida bir necha kriteriy va parametr-
lardan foydalanadi (qo‘yilma hajmi, qoplanish muddati, jalb qilinadigan
mablag‘ manbayi), loyihalarni barcha kriteriyalar bo‘yicha qarab chiqilgan-
dan so‘ng ichida bittasi qabul qilinadi, shuning uchun yo‘l qo‘yiladigan ham
boshqa boshqaruv qarorlarini qabul qilish singari san’atdir. Bu yerda tad-
birkorning tajribasi, bilimi, mutaxassisligi va qolaversa, sezish holi muhum
rol o‘ynaydi. Tadbirkorga jahon menejmenti xazinasida yig‘ilib keladigan
bilimlar, jumladan, menejment amaliyotida shakllanib qo‘llanib keladigan
investitsion loyihalarni baholash uslublari katta yordam berib keladi. Menej-
ment amaliyotida investitsion loyihalarni baholashni bir necha usullari
mavjud. Ularni chizma shaklida quyidagicha ko‘rishimiz mumkin.
2.1-chizma. Investitsion loyihalarni baholash usullari.
Investitsiyani
qoplanish muddati
Investitsiya rentabelligi
Investitsiyalarni
samaradorlik koeffitsienti
Investitsiya
jarayonlarini
baholash
Mezon ro‘yxati usuli
Pul oqimini
diskontlashtirish
Balli usul
Sof joriy qiymat
Boshqa usullar


61
Investitsiyani qoplash muddati. Bu usul eng sodda usul bo‘lib, bunda in-
vestitsiya qanday muddatda olinadigan foyda hisobiga qoplanishi aniqlanadi.
Pul tushumi yillar bo‘yicha bir tekis kelib tushganda:
Investitsiyalar
Qoplanish muddati (n)= ——————————————
Amortizatsiya yiliQyillik sof foyda
Agar pul tushumi bir to‘kisda kelib tushmasa, investitsiyani qoplanish
muddati pul tushumining investitsiya qiymatidan ortib ketish muddatiga teng.
 Umumiy ko‘rinishda qoplanish muddati
  
 
 n
Σ
 
RK>1
  
 k=1
 RK-k yillik sof pul foydasi.
 Bu usul sodda bo‘lgani bilan o‘ziga xos kamchiliklarga ega. Birin-
chidan, bir xil umumiy daromad summasi daromadni yillar bo‘yicha har
xil taqsimlaydigan loyihalar orasidagi farqni ko‘rsatmaydi. Ikkinchidan,
investitsiya qoplangandan keyingi davrni hisobga olmaydi. Shunga qara-
may bu usuldan foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, korxona in-
vestitsiyani qisqa muddatda qoplanishidan manfaatdor bo‘lsa, odatda, bu
hol tez o‘zgaruvchan texnologik sohalarda namoyon bo‘ladi.
Investitsiya samaradorlik koeffitsienti. Yana bir investitsiya loyihalarini
baholash usuli investitsiya samaradorlik koeffitsientini hisoblash usulidir
(investitsiya buxgalter rentabelligi). Bu koeffitsient yillik o‘rtacha foydani
investitsiya o‘rtacha qimmati bo‘lishi orqali topiladi. Bu koeffitsientni hisob-
lashda o‘rta yillik sof foyda (balans foyda budjet ajratmalari) va investit-
siya o‘rtacha qiymati uning boshlang‘ich ishlab chiqarish qiymatining ya-
rimidan foydalanadi. Olingan qiymatni umumiy kapital samaradorlik ko-
effitsienti bilan taqqoslab ko‘rish e’tiborga molik.
                                            O‘rtacha yillik sof foyda
Investitsiya samaradorligi koef. = ———————————————
Investitsiyalar yig‘indisi+
Asosiy fondlarni qoldiq bahosi
Umumiy sof foyda
Kapital samaradorlik =————————————————————
    Umumiy kiritilgan vositalar yig‘indisi
Qo‘shilgan mablag‘ summasi. Bu usulning soddaligi ham qo‘llanishga
qulaydir, bu usul ham o‘ziga xos kamchilikka ega, bunda vaqt omilini hisob-
ga olinmaydi. Masalan: bir xil o‘rtacha yillik foydani. Haqiqatda esa bu


62
foyda yillar mobaynida o‘zgarib boradi. Ma’lum darajada birinchi ikkita
usulning kamchiliklari pul oqimlarini diskontlash tamoiliga asoslangan usul-
larni qisqartirilishiga olib keladi. Jahon amaliyotida bir necha bunday usullar
mavjud, ularning mohiyati investitsiya umumiy qiymatini kelajak tushumlar
qimmati bilan taqqoslashdan iborat. Bir qator yillar mobaynida investitsi-
yalar ma’lum yillik daromad beradi, bular mos ravishda R1, R2, R3, R4,
. . . Rn bilan belginadi. Lekin davr o‘tishi bilan pulning to‘lov qimmatini
o‘zgartirish, investitsiyada kelgan foyda, to‘g‘rirog‘i pul tushumlarini ol-
dingi va keyingi davrga nisbatan to‘lov qobiliyati farqlanishi turadi. Kor-
xona uchun ularning davrlarga mos ravishda nisbatini ko‘rib chiqish
e’tiborga molik.
Sof qiymat oqimi. Diskont daromadlarni R yilda yig‘ilgan qiymatini in-
vestitsiya qiymati bilan taqqoslash kerak. R yilda yig‘ilgan diskont daro-
madlarining umumiy miqdori diskont to‘lovlarining umumiy summasiga teng.
n
    
Pk
Rk = 
Σ
 —————-
k=1
 
(1+r) 5k
Yig‘ilgan diskont daromad qiymati bilan investitsiya boshlang‘ich qiy-
mati orasidagi farq sof joriy qiymatni keltirib chiqaradi. Shunga qarab sof
joriy qiymat musbat bo‘lsa bu loyihani qabul qilish, agar manfiy bo‘lsa
qabul qilmaslik kerak. Agar bu qiymat nolga teng bo‘lsa, unda boshqa usul-
lar bilan baholash kerak. Odatda, muqobil loyihalarni ko‘rib chiqishda,
shuningdek, ko‘rsatkich katta ahamiyat beradi. Bu formulalarni qo‘lda
hisoblab chiqish juda murakkab jarayondir. Shuning uchun buni soddalash-
tirishga maxsus statistik jadvallar tuzilgan.
Turli xil mezonlar yordamida investitsion loyihalarni tanlab olish usulini
mazmuni quydagilardan iborat.
Loyiha har bir qo‘yilgan mezonlarga mosligi ko‘rib chiqiladi va har bir
mezon bo‘yicha loyiha baholanadi. Bu usul bo‘yicha loyihani kamchiligini
va yutuqlarini aniq ko‘rish mumkin va 1-baholash qiyinchiliklar paydo
bo‘lganda biror bir mezonlar e’tiborsiz qolmaslikka kafolat beradi.
Innovatsiya loyihalarni baholashda zarur bo‘lgan mezonlar o‘zini aniq
korxona xususiyati, uning sohasi va strategik yo‘nalishi bilan ajralib turadi.
Innovatsion loyihalarni baholashda asosiy mezonlar bo‘lib:
– korxona maqsadlari, strategiya, siyosat va qimmatlilik;
– loyihaning tashkilot strategiyasi va uzoq muddatli reja bilan mosligi;
– korxona strategiyasining o‘zgarishlarini moslashuvchanligi;
– korxonaning tavakkalchilikka bo‘lgan munosabatga muvofiqligi;
– korxonaning yangiliklarga bo‘lgan munosabatlarga muvofiqligi;
– korxona talabalarini, muddat aspektini e’tiborga olgan holda mu-
vofiqligi;


63
– loyihani korxonaning o‘sish potensialiga muvofiqligi;
– korxona mustahkamligi;
– mustahkamlikka ta’sir qiluvchi korxonaning diversifikatsiya darajasi;
– korxonani zamonaviy holatiga ta’sir qiluvchi katta moliyaviy xara-
jatlar va qaysidir muddatga qoldirilgan olinadigan foyda;
– rejalashtirilgandan chetlangan muddat, xarajat va masalalarni ba-
jarilish ta’siri.
Moliyaviy mezonlar:
– investitsiya hajmi (ishlab chiqarishga, marketinga, loyihani ITT-
KI izlanishlarga qilinadigan sarf-xarajatlar);
– yillik potensial foyda hajmi;
– kutiladigan sof foyda normasi;
– loyihaning korxonada qabul qilingan kapital qo‘yilmasini iqti-
sodiy samaradorlik mezonlarida muvofiqligi;
– loyihani amalga oshirishga qilinadigan birinchi sarf-xarajatlar;
– loyihani muddatdan keyin olib keladigan foydasi;
– zaruriy vaqtda moliyani bo‘lishi;
– boshqa moliyaviy vosita talab qiluvchi loyihalariga qabul qilina-
digan loyihaning ta’siri;
– loyihani moliyalash uchun qarzga kapital (kredit) olish zaruriyati
va ularning investitsiyalardagi qismi;
– loyihani bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy xatar;
– loyihadan tushayotgan daromadlarning barqarorligi;
– mahsulot ishlab chiqarish boshlanadigan va demakki, kapital xara-
jatlari qaytariladigan vaqt oralig‘i;
– soliq qonunchiligini ishlatish imkoniyati;
– fond qaytishi, ya’ni o‘rtacha yillik yalpi daromad (loyihadan olin-
gan), kapital xarajatlari nisbati (i. ch. quvvatlarini o‘zgarishiga bog‘liq
bo‘lmagan doimiy xarajatlarni fond qaytish darajasi qanchalik katta bo‘lsa,
tashkilotning umumiy sarflaridagi qismi shuncha kam bo‘ladi, demak, agar
bu korxonada fond qaytish darajasi tarmoqdagi o‘rtachadan past bo‘lsa,
unda krizis holatida birinchi bo‘lib ishdan chiqish imkoniyati ko‘p);
– loyihada qo‘yilgan mahsulotning xarajatlari strukturasini eng qulay-
ligi (eng arzon va yetarli bo‘lgan ishlab chiqarish resurslarini ishlatish).
Ishlab chiqarish mezonlari:
– loyihani amalga oshirish uchun texnologik yengilliklardagi zaruriyat;
– bor ishlab chiqarish quvvatlariga loyihaning mosligi (korxonada
bor ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning yuqori darajasi
saqlanib qoladimi yoki loyihani qabul qilish bilan qo‘shimcha sarf
ko‘payib ketadimi);
– ishlab chiqarish personali mavhumligi;


64
– ishlab chiqarish xarajatlari hajmi. Ularni raqobatchilarniki bilan
solishtirish;
– qo‘shimcha ishlab chiqarish quvvatlariga bo‘lgan ehtiyoj.
Tashqi va ekologik mezonlar:
– mahsulot va ishlab chiqarish jarayonining zarurli ta’siri;
– loyihaning qonuniy ta’minlanishi, ularni qonunchilikka mosligi;
– kelajakdagi qonunchilikni loyihaga ta’siri ehtimoli;
– loyihani amalga oshirishga jamoatchilik fikrini javobi ehtimoli.
Nazorat savollari
1. Investitsiya qoplash muddati ko‘rsatkichlari tenglamalarini yozing.
2. Sof qiymat oqimi topish formulasini ayting.
3. Integral samara hisobining tenglamalarini yozing.
4. Investitsiyalar rentabelligi sonli chegarasini ayting va tarif bering.
5. Investitsiyani qoplash muddatini nazariy yo‘l bilan tushuntiring.
6. Investitsiya samaradorlik koeffitsienti qanday aniqlanadi?
7. Innovatsion loyihalarni baholashda asosiy mezonlar bo‘lib ni-
malar hisoblanadi?
Test savollari
1. Innovatsion loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiqligini ba-
holovchi 3 me’zonlari:
– yillar bo‘yicha boshlang‘ich ko‘rsatkichlar hisoblanadi; analitik
koeffitsientlarni hisoblash; koeffitsientlar tahlili;
– yig‘ilgan diskont daromad qiymati; o‘rtacha yillik sof foydaning
hisobi; sof qiymat oqimini beligilash;
–  analitik koeffitsientlarni hisoblash; asosiy fondlarni qoldiq ba-
hosini topish; o‘rtacha yillik sof foydaning hisobi.
2. Innovatsion loyihalarni baholashda asosiy mezonlar bo‘lib:
– korxona maqsadlari, strategiya, siyosat va qimmatlik; moliyaviy
mezonlar; ishlab chiqarish mezonlari; tashqi va ekologik mezonlar;
– kutiladigan sof foyda normasi; loyihani bajarish bilan bog‘liq
bo‘lgan moliyaviy xatar; loyihada qo‘yilgan mahsulotning xarajatlari
strukturasining eng qulayligi;
– korxonaning yangiliklarga bo‘lgan munosabatlarga muvofiqligi;
rejalashtirilgandan chetlangan muddat, xarajat va masalalarni bajari-
lishga ta’siri; korxonaning tavakkalchilikka bo‘lgan munosabatga mu-
vofiqligi.


65
2.2. INNOVATSION LOYIHA YARATISH,
XATARI VA ANIQMASLIK OMILLARI
Reja: 1. Innovatsion loyiha yaratish va amalga oshirishning asosiy bos-
qichlari.
2. Innovatsion loyihalarni tahlil qilish usullari, tanlash, xatari va aniq-
maslik omillari.
3. Innovatsion menejmentning tashkiliy shakllari va resurslar bilan
ta’minlanishi.
4. Innovatsion jarayonning asosiy bosqichlari. Uning natijasida yangi
mahsulotni ishlab chiqarish va amalda qo‘llash.
Tayanch iboralar: innovatsiya obyektlari, loyihada noaniqlik, innovat-
sion loyiha xatari.
2.2.1. Innovatsion loyiha yaratish va amalga
oshirishning asosiy bosqichlari
Innovatsion loyiha tushunchasi 2 xil mazmunda qo‘llaniladi:
– aniq maqsadlarga erishishni ta’minlovchi biror harakatlar kompleksini
amalga oshishini ko‘zlovchi ish, faoliyat, tadbir sifatida.
– biror harakatlarni amalga oshishi uchun zarur bo‘lgan huquqiy-
tashkiliy va hisob-kitob moliyaviy hujjatlar sifatida. Ilmiy va innovatsion
faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash shakllari 2.1-chizmada
taqdim etilgan.
Har bir loyiha, uni bajarilishi uchun zarur bo‘lgan ish hajmini qiyin-
ligidan qat’iy nazar o‘zini rivojlanish yo‘lida aniq holatlarni bosib o‘tadi,
ya’ni «loyiha hali yo‘q» holatidan «loyiha o‘zi (allaqachon) yo‘q» holati-
gacha. Amaliyotda yuzaga kelgan holatlarga ko‘ra loyiha bosib o‘tadigan
holatlarni «fazalar» deb yuritiladi.
 Har bir loyihani qayta ishlash va amalga oshirish fazasi uning maqsad
va vazifalariga ega bo‘ladi.
Loyihani yaratish va amalga oshirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– investitsion g‘oyani shakllantirish;
– investitsion imkoniyatlar izlanishi;
– shartnoma hujjatlarini tayyorlash;
– loyiha hujjatlarini tayyorlash;
– qurilish-montaj ishlari;
– obyektni qo‘llash;
– iqtisodiy ko‘rsatkichlar monitoringi.
Investitsiya subyektlari bo‘lib investitsiyadan foydalanayotgan tijorat
tashkilotlari va xo‘jalikning boshqa subyektlari hisoblanadi.
Innovatsiya obyektlariga esa quyidagilar kiradi:


66
– qurilayotgan va qayta ta’mirlanayotgan korxona, yangi tovar va xizmat-
lar ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan bino va inshootlar (asosiy fondlar);
– bir masala (dastur)ni yechishga yo‘naltirilgan qurilayotgan va qayta
ta’mirlanayotgan obyektlar majmui.
Bu yerda investitsiya qilishning obyekti deyilganda amaldagi ishlab
chiqarish va tashkilot doirasi ishlab chiqarish maydonlarida mavjud bo‘lgan
yangi tovar (xizmat) ishlab chiqarish dasturi nazarda tutilgan.
Innovatsion loyihasida quyidagi investitsiya shakllari qo‘llaniladi:
– pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlari (maqsadli quyilmalar,
aylanma mablag‘lar, qimmatbaho qog‘ozlar, masalan, aksiyalar yoki ob-
ligatsiyalar, kreditlar, qarzlar va garovlar);
– yer;
– bino, inshoot, mashina va uskunalar, o‘lchovchi va tekshiruvchi
(sinovchi) vositalar, asbob-uskunalar, lividlikka ega bo‘lgan yoki ishlab
chiqarishda qo‘llaniladigan har qanday mulk;
– qoida bo‘yicha pul ekvivalenti deb baholangan mulk huquqi.
Investitsiyaning asosiy manbalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
2.1-chizma. Ilmiy va innovatsion faoliyatni davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlash shakllari.
H
U
K
U
M
A
T
To‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalash
Individual ixtirochilar va kichik korxonalar-
ga foizsiz bank ssudalarini taqdim etish
Ko‘pgina soliq imtiyozlaridan foydalanuvchi
venchurli innovatsion fondlarni yaratish
Individual ixtirochilar uchun davlat patent
solig‘ini kamaytirish
Resurslarni tejash uchun patent solig‘i
to‘lashni kechiktirish
Uskunalarni tezlashtirilgan amortizatsiyasi
uchun huquq
Texnologiyalar va texnoparklar
to‘rini yaratish


67
– shaxsiy moliyaviy mablag‘lar, boshqa turdagi aktivlar (asosiy fond-
lar yer uchastkalari, sanoat mulki va boshqalar) va jalb qilingan mablag‘lar;
– davlat hududi va mahalliy budjetlardan ajratmalari;
– chet el (xorijiy investitsiyalar, qo‘shma korxonalarning ustav fon-
dida moliyaviy va boshqa turdagi ishtiroki shaklida namoyon bo‘luvchi
chet el (xorijiy investitsiyalar);
– har xil turdagi zayomlar, qarz mablag‘lari, shu jumladan, davlatning
qaytarib berish shartlari bilan bergan kreditlari va chet el investorlarining
kreditlari.
Innovatsion imkoniyatlar izlanishi bosqichi quyidagilarni ko‘rib chiqadi:
– eksport va importni hisobga olgan holda tovar va xizmatga bo‘lgan
talabni oldindan o‘rganishni;
– mahsulot (xizmat)ning bazis, joriy kelajak davr narx darajasini ba-
holashni;
– loyihani amalga oshirish va ishtirokchilar tarkibini tashkiliy-huqu-
qiy shaklidagi takliflarni tayyorlashni;
– kengaytirilgan normativ bo‘yicha investitsiya kutilayotgan hajmi va
ularning tijorat samaradorligini baholashni;
– yakuniy ruxsat beruvchi hujjatlar tayyorlashni;
– TIA bo‘limlari bo‘yicha oldindan baholashni va xususan loyiha sa-
maradorligini baholashni tayyorlash;
– innovatsion imkoniyatlarni asoslashning natijalarini tasdiqlashni.
Innovatsion imkoniyatlarini o‘rganishdan maqsad potensial investor
uchun investitsiya taklifini tayyorlash, agar investorda bunga talab bo‘lmasa
va hamma ishlar o‘zlarining shaxsiy mablag‘lari hisobiga olib borilayot-
gan bo‘lsa, unda TIA loyihani tayyorlash ishlarini moliyalashtirish haqida
qaror (yechim) qabul qilinadi.
TIA loyihasi bosqichi to‘liq hajmda quyidagilarni ko‘rib chiqadi:
– mahsulotni chiqarish (xizmat ko‘rsatish) dasturni tayyorlashni;
– yakuniy ruxsat beruvchi hujjatlarni tayyorlashni;
– texnik qarorlarni qayta ishlab chiqish, shu jumladan, bosh (asosiy) rejani;
– me’moriy rejalashtirish va qurilish qarorlarini;
– muhandislik ta’minotini;
– atrof-muhitni qo‘riqlash va fuqaro mudofaasi bo‘yicha tadbirlarni;
– qurilishni tashkil etishni tasvirlash (ta’riflash);
– zaruriy istiqomat, fuqaroviy qurilish haqida ma’lumotlar;
– korxonaning boshqaruv tizimi, ishchi va xodimlar mehnatini tashkil
qilishni tasvirlash (ta’riflash);
– kirim-chiqim moliyaviy hujjatlarini tuzish: ishlab chiqarish xarajat-
larini baholashni, kapital xarajatlar hisob-kitobini, loyihani moliyalashti-
rishning loyihalashtirayotgan va tavsiya etilayotgan manbalari (hisob-ki-


68
tobini), chet el valyutasini kutilayotgan ehtiyoj, investitsiyalar sharoitida
aniq investorni tanlashni, kelishuvni rasmilashtirishni;
– loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq xavf-xatarni baholashni;
– loyihani amalga oshirish muddatini rejalashtirishni;
– loyihani tijorat samaradorligini baholashni (budjet investitsiyasini
qo‘llash);
– loyihani amalga oshirishni bekor qilish shartlarini tuzishni (shakl-
lantirish, tashkil qilish).
2.2.2. Innovatsion loyihalarni tahlil qilish usullari,
tanlash, xatari va aniqmaslik omillari
Loyihani me’zonlar to‘plami yordamida tahlil qilish natijalarini ras-
miylashtirish zaruriyati tug‘ilganda (bu ko‘p sonli alternativ loyihalar-
ni tahlil qilishda kerak bo‘ladi) loyihalarni balli baholashdan foydala-
niladi. Baholashning balli usuli quyidagicha. Loyiha natijalariga ta’sir
etuvchi eng muhim omillar tanlab olinadi (me’zonlar ro‘yxati tuzila-
di). Mezonlar ahamiyatlilik darajasi bo‘yicha terib chiqiladi. Buni
boshqaruvchilardan aniqlash mumkin, ya’ni ularga 100 punktdan ibo-
rat ko‘rsatkichlarni me’zonlar guruhiga ajratish taklif etiladi (umumiy
qaror uchun u yoki bu me’zonlarning ahamiyatlik darajasi bo‘yicha).
Har bir aytib o‘tilgan me’zonlar bo‘yicha sifatli baholar («juda yax-
shi», «yaxshi» va h. ) miqdoriy ifodalaniladi. Buni mutaxassislar
me’zonlarini miqdoriy ifodalash yo‘li bilan aniqlay oladilar.
Agar balli baholash asosiy sxemasiga tasodifni olib kirilsa, ekspert-
lar vazifasini osonlashtirish va shu vaqtning o‘zida aniqroq natijalarga
erishish mumkin. Loyihani u yoki bu ko‘rsatkichi yaxshi-yomonligini
aniq farqiga borish juda ham qiyin, chunki ko‘p me’zonlar shu balli
baholash tizimida tasodifni ishlatishda esda tutiladi: Loyiha ko‘rib
chiqish uchun har bir me’zon bo‘yicha ekspertlar juda yaxshi, yaxshi
va h. natijalarga erishish imkonini baholaydilar va bu loyiha bilan bog‘liq
bo‘lgan xavfni hisobga olishga yordam beradi.
Bu usul bo‘yicha umumiy baho quyidagicha olinadi: ranglar tarozisi bu
ranglarga yetish ehtimoliga ko‘paytiriladi va bu yo‘l bilan me’zonning ehti-
molli tarozisi yopiladi, keyin bu me’zon tarozisiga ko‘paytiriladi, har bir
me’zon bo‘yicha olingan ma’lumotlar qo‘shiladi. Lekin olingan loyiha ba-
holarini to‘laligicha to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Bu holat har bir omilga tegishli
tarozini topishda foydalaniladigan fikrlar hamda har bir rangga sonli miq-
dor berishdagi subektivlik bilan bog‘liq. Shuning uchun umumiy bahodagi
ozgina farq qaror qabul qilish uchun asos bo‘la olmaydi. Balli ko‘rsatkich
mohiyatini ehtiyot bo‘lib tushuntirish kerak.


69
Boshqa usullar. Loyihani tanlashda uning samaradorligini baho-
lashda noaniqlik va xatar omillarni hisobga olish kerak. Bu savolni
to‘laligicha o‘rganish ushbu o‘quv qo‘llanmasi chegarasidan chiqib ke-
tadi, shuning uchun ularga qisqacha to‘xtab o‘tamiz.
Noaniqlik deganda loyihani amalga oshirish shart-sharoitlari haqida-
gi axborot noaniqligi, shu bilan bir qatorda xarajat va natijalar to‘g‘risidagi
axborot noaniqligi yoki to‘liqmasligi tushuniladi. Loyihani amalga oshirish
jarayonida ro‘yobga chiqadigan xalal beruvchi holatlar kelib chiqishi bi-
lan bog‘liq bo‘lgan noaniqlik xatarlari.
Loyihaga baho berishda quyidagi noaniqlik va investitsion xatarlarga
e’tibor qaratiladi:
– iqtisodiy qonunchilik va joriy iqtisodiy holat barqarormasligi, in-
vestitsiya qilish va foydani ishlatish shartlari bilan bog‘liq xatar.
– tashqi iqtisodiy xatar (savdo va yetkazib berishlariga chegaralar ki-
ritish, chegaralarini berkitish va h.);
– siyosiy holat noaniqligi mamlakat yoki regionda ijtimoiy-siyosiy
o‘zgarishlar xatari;
– bozor konyukturasini, valyuta kurslarini tebranishlari;
– tabiiy-iqlimiy sharoitlar aniqmasligi, tabiiy ofatlar ro‘y berish ehti-
moli;
– ishlab chiqarishni texnologik xatari (avariyalar, uskunalar xato ish-
lashi, ishlab chiqarish braklari);
– qatnashchilarning maqsadlari, qiziqishlari va axloqi noaniqligi;
– qatnashchi korxonalarning ish holati va moliyaviy ahvoli haqidagi
axborot to‘qimasligi yoki noaniqligi.
Eng aniq usul bu noaniqlikni rasmiylashtirilgan ravishda ifodalash
usulidir. Innovatsion loyihalarni baholashda eng ko‘p uchraydigan noa-
niqliklar turlariga nisbatan bu usul quyidagi etaplarni o‘z ichiga oladi:
– loyihani amalga oshirishni ehtimolli shartlarini va bu shartlarga javob
beruvchi xarajatlarning barchasini ifodalash (sug‘urta va ðåçåðâèðîâàíèå
bilan bog‘liq sanksiya va xarajatlarni hisobga olgan holda);
– noaniqlik omillari haqidagi boshlang‘ich axborotlarni amalga oshi-
rishni alohida ehtimolli shartlari va mos samaradorlik ko‘rsatkichlar hamda
ularni o‘zgarish intervallari haqidagi axborotga aylantirish;
– amalga oshirish shartlari noaniqligini hisobga olgan holda loyiha-
ning umumiy samaradorligi ko‘rsatkichlarini aniqlash;
– innovatsion loyihalarni baholashni solishtirma xarakteristikasi qu-
yidagi 2.1-jadvalda berilgan.


70
2.1-jadval.
Innovatsion loyihalarni tanlashning asosiy usullari.
Usul nomi va uning 
qisqacha ta’rifi 
Usul afzalliklari 
Usul kamchiliklari 
Usul qo‘llash 
muhiti 
Loyiha o‘z-o‘zini 
qoplashni diskont 
usuli 
daromadlarning 
diskontlangan pul 
oqimi xarajatlarning 
diskontlangan pul 
oqimiga tenglashish 
vaqti aniqlanidi. 
Pul oqimlari 
konsepsiyasidan 
foydalaniladi. 
Qayta 
moliyalash 
imkoniyati va 
pullarning 
vaqtinchalik 
bahosi hisobga 
olinadi. 
Avvalgi usulga qarang. 
Avvalgi usulga 
qarang. 
Sof joriy qiymat 
usuli 
daromadlarning 
barcha pul 
oqimlarining 
haqiqiy qiymati 
summasi va 
xarajatlar summasi 
orasidagi farq yoki 
loyihadan tushgan 
sof pul oqimi 
sifatida aniqlanadi. 
Agar bu ko‘rsatkich 
0 dan katta bo‘lsa 
loyiha o‘tadi. Agar 
loyihaning sof 
qiymati 0 teng 
bo‘lsa korxona bu 
loyihaga loqayd. 
Bu usul 
moliyaviy 
menejmentning 
asosiy maqsadi 
aksionerlar 
foydasini 
ko‘paytirishga 
erishishga 
qaratilgan. 
Quyidagi hollarda sof 
joriy qiymat kattaligi 
to‘g‘ri me’zon 
bo‘lmaydi:  
a) boshlang‘ich katta 
xarajat talab qiladigan 
loyiha va boshlang‘ich 
kam xarajatlar talab 
qiladigan loyihalardan 
tanlanayotganda;  
b) katta joriy qiymatli, 
uzoq qoplash muddatli 
va kichik joriy qiymatli, 
qisqa qoplash muddatli 
loyihalardan biri 
tanlanayotganda. 
Shunday qilib bu usul 
rentabellik. 
Yagona loyihani 
tasdiqlash yoki 
undan voz 
kechishda hamda 
bir necha 
loyihalardan biri 
tanlab 
olinayotganida 
ichki rentabellik 
stavkasiga teng 
keladigan usul 
qo‘llaniladi. 
Bundan tashqari, 
har xil pul 
oqimlariga ega 
bo‘lgan 
loyihalarni tahlil 
qilishda bu usul 
qo‘llaniladi. 
  
Chegarasi 
va 
loyihaning 
moliyaviy ta’minoti 
haqida fikr yuritishga 
yordam beradi. Usul 
ko‘chmas mulk va 
xomashyo o‘zgarishini 
loyihaning sof joriy 
qiymatiga ta’siri obyek-
tiv aks ettirilmaydi. Usul 
qo‘llash diskontlash 
stavkasi prognoz qilish 
qiyinchiligi bilan 
bog‘liq. 
 


71


72
2.2.3. Innovatsion menejmentning tashkiliy shakllari
va resurslar bilan ta’minlanishi
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning innovatsion rivojlanish xiliga o‘tishning
tashkiliy boshqaruv jarayonining ta’minlanishi quyidagi tadbirlar majmuasi-
dan iborat:
Firma yoki korporatsiyalarning ishlab chiqarish va sotish operatsiya-
larini markazlashtirish.
Ilmiy-texnik mahsulotlarni oddiy maqsadlar va oddiy operatsiyalar
orqali ishlab chiqarishga yordam beruvchi egiluvchan tashkiliy texnologik
tizimini yaratish. Buning asosida ilmiy ishlab chiqarish tizimini yangi av-
lodini qabul qilish yoki mukammalashtirish yotadi.
Istiqbolli sohalarini egallashga qaratilgan innovatsion tadbirkorlik
firmalarini, ilmiy laboratoriyalarini yaratish.
O‘zida istiqbolli ilmiy izlanishlarni va ishlab chiqarish, moliyalash-
tirishni, ularning natijalaridan foydalanish huquqini egallash, mutaxassis-
larini o‘qitish va qayta o‘qitishni moliyaviy jihatdan ta’minlash, maslahat
berish xizmatlarini olgan ilmiy tashkilotlar, oliygohlar va xususiy ilmiy
izlanish firmalari bilan hamkorlik qilishni shakllantirish.
Ilmiy izlanish iishlarini olib borish uchun boshqa firmalar bilan
aloqani tashkil etish, yangilik firmalarni tashkil etish. Yirik innovatsion
loyihalarni amalda qo‘llash.
Tor mutaxassisliklardan keng intergratsiyalashuvga o‘tish asosida
boshqaruvni demokratik va koordinatsion usullarini rivojlantirish.
Berilgan usulga ishchilarning imkoniyatlarini ochish, ijodini
rag‘batlantirish, yangilikka intilishni kuchaytirish, yangi, ko‘p xomashyo
talab qilinmaydigan qarorlarni izlash kabi forma va metodlar xos.
Bunda tashkiliy strukturani, odatda, tekis deyiladi, shuning bilan birga yu-
qori boshqaruvchilar va ijrochilar orasidagi daraja eng minimal hisoblanadi.


73
Ilm, ishlab chiqarish va bozorni integratsiyalashuvi muammosi bilan
bog‘liq butun ilmiy qayta ishlab chiqarish siklida strategik qarorlarni qabul qi-
lishni ta’minlovchi innovatsion anametik strategik markazlarni shakllantirish.
Ilmiy, ilmiy-texnik va innovatsion faoliyat sohasida tashqi iqtisodiy
aloqalarni amalga oshirish, aqliy mehnatni xalqaro taqsimlanishida qat-
nashish, yirik innovatsion dasturlar va loyihalarni amalga oshirish.
Innovatsion xildagi rivojlanish kompleks holda resurslar bilan
ta’minlanishi va xo‘jalik iqtisobiy tizimini stabilligini samaradorligiga alo-
hida e’tiborni talab qiladi.
Tizimi innovatsion xildagi rivojlanishiga o‘tishda iqtisodiy stabillik,
samaradorlikning sharti bo‘lib, ichki o‘zini rivojlantirish omillari mavjud-
ligi hisoblanadi.
Menejment ular qayta ishlanishiga tashkiliy, rag‘batlantiruvchi, resurs-
larni, iqtisodiy, ijtimoiy, pisixologik va boshqa formalarni kiritib beradi. Bu
vazifalarni menejment korporatsiyaning ilmiy menejerlik bo‘limlarini olgan
strukturalar bilan birgalikda yaratilish yo‘li bilan yechish mumkin. Shuning
uchun kompleks ilmiy texnik markaz (ITM) tashkil etadi. Menejerlar bu
markaz orqali korporatsiyada yangi ilmiy  ishlarni tashkil qilishi kerak.
Bular orsida:
– ilmiy-texnik va innovatsion siyosatni ishlab chiqish va amalda qo‘llash;
– korporatsiyaning boshqa bo‘limlari bilan birgalikda innovatsion bozor
strategiyasini ishlab chiqishda qatnashish;
– eng iqtisodiy foydali innovatsion dasturlar va loyihalarni bajarilishi-
ni tashkil etish va ishlab chiqish;
– ishlab chiqarishni texnologik bazasini, mahsulotning raqobatbardosh-
ligini ta’minlash;
– chet mamlakatlar ilmiy tashkilotlari bilan aloqani tashkil etish, texno
parkda venchur innovatsion formalarini yaratish va rivojlantirish orqali ichki
innovatsion faktorlardan effektiv foydalanishni shakllantirish;
– kadrlarni (va boshqaruv kadrlarini) tayyorlash va qayta tayyorlash-
da qatnashadi;
– ilmiy-texnik va innovatsion faoliyat sohalarida korporatsiyaning
tashqi iqtisodiy aloqalarini tashkil etish;
– korporatsiyaning muhim yo‘nalishi va sohalari faoliyatida ITMning
asosiy tendensiyalariga mavsumiy izlanishlar olib borish;
– korparatsiyaning intellektual mulkini saqlash va korporatsiya ishlab
chiqarayotgan mahsulotning potenligini ta’minlash;
– korporatsiyada ishlayotgan har bir xodimning ijobiy faoliyatini
kuchaytirishga qaratilgan rag‘batlantiruvchi shartlarini shakllantirish, shu
bilan birga boshqaruvchilarining ham. Maqsadli raqobatda korporatsiya-
ning stabilligini oshirish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga qara-
tilgan dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish.


74
2.2.4. Innovatsion jarayonning asosiy bosqichlari. Uning natijasida
yangi mahsulotni ishlab chiqarish va amalda qo‘llash
Innovatsion jarayonning asosiy bosqichlari:
– kelib tushayotgan fikrlarni sistemlashtirish: ishlab chiqarish bo‘limlarida
marketing xizmatidan firmaning sotish apparatidan, savdo agentlaridan, oxirgi
istemolchilardan kelib tushayotgan yangiliklar va bozorlardagi texnologik
o‘zgarishlar haqida axborotlar yig‘ish – tavakkalchilik hajmini va darajasini
aniqlash, yangi mahsulotlarni yaratish va o‘zlashtirish bilan bog‘liq firma-
ning potensial imkoniyatlari haqida axborot yig‘ish; maqsadli bozorlar va
ular rivojlanishini uzoq muddatli tendentsiyalari haqida axborot yig‘ish.
– g‘oyani aniqlanishi va yangi mahsulotlar g‘oyasini ishlab chiqish:
– g‘oyaning amaliy jihatdan amalga oshirish imkoniyatlarini aniqlash;
– yangi va an’anaviy mahsulotni texnologik umumiyligi darajasini
aniqlashtirish;
– firmaning, yani mahsulotlarni mos tushishi va uning strategik rivojlanishi;
– kelajakdagi mahsulotga patent tizimini aniqlash.
Yangi mahsulotni iqtisodiy samaradorligini tahlili, marketing dasturini
ishlab chiqarish:
– qachonki g‘oya konkret loyihani qurishga kelsa, mahsulotni texnik
holatini yaratilishi;
– mahsulotni texnik-iqtisodiy xarakteristikasini aniqlash. Uning sifatini
va iste’mol xususiyatlarni baholash;
– sotuv hajmini va potensial bozor taklifini baholash;
– yangi menejmentning yaratish va o‘zlashtirishga ketgan xarajatlarni
(investitsiyalarni) aniqlash;
– yangi mahsulotni: texnalogik mashinalar va jihozlarni xomashyo va
materiallarni, kadrlarni, moliyaviy resurslarni ishlab chiqarish uchun ke-
rakli resurslar mavjudligi;
– yangi mahsulotni o‘zlashtirish va u bilan bozorga chiqish vaqtini
aniqlash;
– yangi mahsulot ishlab chiqarish rentabelligini tahlil va baholash,
mahsulot uchun marketing dasturini yaratish.
Yangi mahsulotni yaratish:
– firmaning bo‘limlariga vazifalarni taqsimlangan holda yangi mah-
sulotni rivojlantirishni aniq dasturini tuzish;
– namunani yaratish va texnik tanlovdan o‘tkazish;
– mahsulotni nomini va belgisini aniqlash, qadoqlash va marketing-
lashtirishni rivojlantirish.
 Bozorda test o‘tkazish:
– narx va boshqa tijorat shartlariga oid eng kam bo‘lmaganda uch (3)
oy oralig‘ida bozorda test o‘tkazish;
– sotishni optimal kanallarini tanlash;
– reklama metodi va vositalarni tanlash;


75
2.2-chizma. Korxonaning ITM sxemasi.
2.3-chizma. Yangi mahsulot ishlab chiqarishni tadqiqot-texnologik sikli sxemasi.
Korxonani boshqarish xizmati
Soha banki
Bosh texnikaviy  menejer
Strategik marke-
ting markazi
Korxonaning ilmiy-texnik
markazi
(ITM)
Innovatsion
loyihalarni
tayyorlash va
baholash guruhi
Yangi ishlab
chiqarish
tuzilmalari bloki
Korxonaning
ilmiy muhan-
dislik bo‘limi
Korxonaning ilmiy
izlanish bo‘limi.
Texnoparkdagi
kichik ilmiy ishlab
chiqarish tuzilmalari
Ijtimoiy va
infratuzilma
bo‘limlari bo‘limi
Jarayon
Bosqich
Pog‘ona
Xarajat
Samara
Fundamental
tadqiqotlar
G‘oyalarni tanlash
Tadqiqot
Ishlanishdagi
tadqiqot
Amaliy tadqiqot
Amaliy tadqiqot
X
1
S
1
Ishlanma
Texnik-iqtisodiy
talab
Ishlab chiqarishga
tatbiq etish
Eskiz va ishchi
loyihalash
Ishlab
chiqarish
Tajriba namunasini
tayyorlash
Yalpi ishlab
chiqarish
X
2
S
2


76
– texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish;
– yangilikni tijorat tomonidan asoslanishi, sotish hajmi mahsulotning
rentabilligi ehtiyoji va talabni qondirilash darajasini sotish metodlari va
kanallariga aks beruvchi mahsulot uchun marketing dasturi asosida yangi
mahsulotni ishlab chiqarishga kiritish haqida qaror qabul qilish.
Innovatsiya jarayonini boshqarish tizimi (2.2, 2.3-chizma). Innovat-
siya jarayonini boshqarish obyekti texnik siyosatni ishlab chiqish uchun
yuqori darajada maxsuslashtirilgan bo‘limlar, ya’ni uyushmalarni, komitet-
larni yoki ishchi guruhini tuzishni taxmin qiladi:
– inovatsion faoliyatni nazorat qilish uchun yangi mahsulot bo‘limlarini
va markazlashgan xizmat ko‘rsatishni tashkil etish;
– yangi mahsulot yaratish uchun maqsadli loyiha guruhlarini yoki
markazlarni belgilash;
– ishlab chiqarish bo‘limlarida mavjud bo‘lgan II KI, laboratoriyalar,
ilmiy markazlar bo‘limlarining rolini oshirish;
– innovatsion faoliyatni rag‘batlantiruvchi maxsus fondlarni va ven-
chur bo‘limlarni tashkil etish;
– yangilik kiritish sohasida maslahat berish xizmatlarini tashkil etish;
– yangi texnologiyani o‘zlashtirish muammosi bilan shug‘ullanuvchi
maxsus tarmoqli laboratoriyalarini yaratish.
Tovar yangi xususiyatlari bilan ishlab chiqarilishi va taqsimlanishi uni
mukammal assortimentga qo‘shsa, odatda, yangi mahsulot deyiladi. Mavjud
mahsulotlarni mukammallashtirish bunga kirmaydi. Yangi mahsulot yoki
prinsipial yangi mahsulotlar yoki tovarning o‘zi o‘zgarmagan holda yangi
mexanizmlar, moslatgichlar kombinatsiyasi bo‘lishi mumkin.
Innovatsion jarayonning maqsadlari:
– kashfiyotning yangi texnik yechimini yechish va yaratishni izlash;
– ilmiy izlanish va tajriba konstruktorlik kashfiyotlar o‘tkazish;
– mahsulotni seriyali ishlab chiqarishni sikllashtirish;
– paralell tayyorgarlik va sotishni tashkil yetish;
– yangi tovarni bozorga kiritish;
– mahsulotning bardoshliligini oshirish, texnologiyalarni mukam-
mallashtirish yo‘li bilan yangi bozorlarda mustahkamlanish.
Har qanday ishni tashkil qilish zarur. Tashkil etish innovatsion menej-
mentga tegishlidir. Innovatsiyalarni boshqarishni tashkil etish juda katta
ahamiyatga ega. Innovatsion menejment O‘zbekistondagi tadbirkorlarga
nisbatan yangi tushunchadir. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida mazkur
faoliyat bilan davlat organlaridan tortib pastki tabaqalardagi korxonalar
har xil kichik biznes shaklida shug‘ullanmoqlari lozim. Innovatsiya menej-
mentini tashkil qilish bu yangiliklarni boshqarish tizimida ko‘rkamlikni
tashkil etish va tartibni o‘rnatuvchi qoidalar majmuasidir. U ishning asosiy
yo‘nalishlarini aniqlaydi. O‘zgaruvchan sharoitlarni hisobga olgan holda
innovatsiyalarni boshqarish sistemasini kompleks tahlili va loyihalashti-
rishda qat’iy to‘la aniqlangan tartiblarni o‘rnatadi.


77
Ishlab chiqarish va iste’mol o‘sgan ko‘lamlari ilmiy-texnik taraqqiyot
mulkchilikning turli shakllari, mehnat xarakterida sifatli o‘zgarishlar, bo-
zor iqtisodiyotiga o‘tish innovatsion menejmentini tashkil etishga ilmiy
yondashuvni talab etadi.
 Bozorning obro‘si uning oxirgi hisobda murakkab ilmiy mahsulotlar-
ni ishlab chiqarishni tashkil etish ko‘lamini aniqlash bilan belgilanadi. Bozor
munosabatlari innovatsiya o‘smasligi va uning samaradorligi oshmasligi
bilan ma’nosiz. Shuning uchun innovatsion menejmentni tashkil etishni
mukammallashtirish yo‘li orqali innovatsiyalar samaradorligini oshiruvchi
zaxiralarni harakatga keltirish lozim.
 Innovatsion menejmentni mukammallashtirshni boshqarish tashkil
etishning nazariy va metodologik asoslari ushbu sohada ilmiy izlanishlar-
ni o‘tkazmasdan, yangi tashkiliy tuzilmalarni loyihalashtirmasdan,
boshqaruvchi kadrlar, reklama va axborot ta’minotisiz boshqaruv qaror-
larini asoslashni qabul qilishni va tashkil qilishni oshirib bo‘lmaydi.
 Bozor munosabatlari bozorda ilmiy-texnikaviy mahsulotlarning ha-
rakatini tashkil qilishni iqtisodiy-ijtimoiy va huquqiy boshqaruvni yanada
mukammal tashkil qilinishini ham talab qiladi.
Nazorat savollari
1. Innovatsiya obyektlariga nimalar kiradi va innovatsion loyihasida
qanday investitsiya shakllari qo‘llaniladi?
2. Loyihada noaniqlik deganda nimani tushunasiz.
3. Innovatsion loyihalarni tanlashning asosiy usullarini sanang.
4. Innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tishning tashkiliy boshqaruv jara-
yonining ta’minlanishi qaysi tadbirlar majmuasidan iborat?
5. Innovatsion jarayonning asosiy bosqichlarini keltiring.
6. Innovatsiya jarayonini boshqarish tizimini sxema orqali tushuntiring.
2.3. INNOVATSION JARAYONNING SAMARADORLIGI VA
MENEJMENTINI RIVOJLANTIRISHGA TAVSIYALAR
Reja: 1. Innovatsion jarayonning samaradorlik ko‘rsatkichlari.
2. Innovatsion menejmentini rivojlantirishga tavsiyalar.
Tayanch iboralar: real pul oqimi, hosilaviy ishlab chiqarish, davlat
boshqaruvini nomarkazlashtirish.
2.3.1. Innovatsion jarayonning samaradorlik ko‘rsatkichlari
Innovatsion loyihani baholash va moliyalashtirish uchun ularni tanlash
bo‘yicha uslubiy tavsiyanomalar O‘zRsining Davlat mulk qo‘mitasi, Moliya
vazirligi va Makroiqtisodiyot va Statistika vazirligi tomonidan tasdiqlangan
quyidagi asosiy innovatsion loyiha samaradorlik ko‘rsatkichlari belgilangan.


78
1. Tijorat (moliyaviy samaradorligi) uni bevosita ishtirokchilariga lo-
yihani amalga oshirishda moliyaviy oqibatlarni ko‘zda tutadi.
2. Budjet samaradorligi loyihani amalga oshirishni davlat hududiy va
mahalliy budjetlar uchun moliyaviy oqibatlarini aks ettiradi.
3. Xalq xo‘jaligi iqtisodiy samaradorligi innovatsion loyiha ishtirokchi-
larining to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy qiziqishlari va mumkin bo‘lgan baho
o‘lchovlari doirasida loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar va
natijalarni ko‘zda tutadi.
Innovatsion jarayonning samaradorlik ko‘rsatkichlari. Loyihaning tijo-
rat samaradorligi (moliyaviy asosi) talab qilinadigan daromad normalarini
ta’minlovchi moliyaviy xarajat va natijalarning o‘zaro munosabati bilan
aniqlanadi.
 Tijorat samaradorligi loyiha uchun to‘laligicha hisoblanganidek alo-
hida ishtirokchilar uchun ham ularning qoida bo‘yicha qo‘yilmalari hiso-
bi bilan ham hisoblanishi mumkin. Uning uchun t-qadamda (Et) samara
sifatida real pul oqimi xizmat qiladi.
Har bir faoliyat chegarasida pul vositalarining oqimi Pf(t) va chiqib
ketishi Of(t) bo‘lib o‘tadi. Ular orasidagi farqni Ff (t) deb belgilaymiz:
Ff(t)=Pf(t)-Of(t),
bu yerda i=1, 2, 3,
Loyihani amalga oshirishning har bir davrida investitsion va operat-
sion faoliyatda kelib chiqqan va chiqib ketgan pul vositalari orasidagi far-
qni real pul oqimi Ff(t) deb belgilaymiz:
F(t)= (P1(t)-O1(t))=(P2(t)-O2(t))=A1(t)-A2(t)
Budjet samaradorligi ko‘rsatkichlari loyihaning amalga oshirish nati-
jalarini tegishli (federal, regional va mahalliy) budjetning daromadi va
xarajatlarga ta’sirini aks ettiradi. Loyihada ko‘zda tutilgan regional va federal
qo‘llab quvvatlash choralarini asoslash maqsadida foydalanuvchi budjet
samaradorligining asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib budjet samarasi hisoblanadi.
Loyihani amalga oshirishning t-qadami uchun budjet samarasi (Bt)
loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar (Rt)dan daromadni (Dt)
oshirish sifatida aniqlanadi.
B(t)=P(t)-D(t).
Integral budjet samarasi B(t) formula bo‘yicha diskontlangan yillik
budjet samaralarining yig‘indisi sifatida yoki budjet integral daromadlari
(Dint)ning integral budjet xarajatlarini (Ring) oshirish sifatida hisoblani-
shi mumkin.
Xalq xo‘jaligi iqtisodiy samaradorligining ko‘rsatkichlari loyiha sama-
radorligini butunlay xalq xo‘jalik, shuningdek, loyihani amalga oshirishda
qatnashuvchi region, tarmoq va tashkilotlarning qiziqishlari nuqtayi nazari-
dan aks ettiradi.
Xalq xo‘jaligida iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisobga olishda
loyiha natijalari tarkibiga quyidagilar kiradi.


79
 Hosilaviy ishlab chiqarish natijalari (mamlakat ishtirokchi tashkilot-
larining iste’mol mahsulotidan tashqari tashqi va ichki bozorda butan ishlab
chiqarish mahsulotlarining realizatsiyasidan tushgan mablag‘). Bu yerda,
shuningdek, loyihani amalga oshirish jarayonida ishtirokchilar tomonidan
tashkil etiluvchi mulk va intellektual mulkni (kashfiyotlardan foydalanish
huquqiga litsenziya, nou-xau, EHMlar uchun dasturlar va h.k.) sotishdan
tushgan mablag‘lar ham kiradi.
Qiymatlilik bahoga tegishli bo‘lmagan ijtimoiy, ekologik, siyosiy va
boshqa natijalar xalq xo‘jaligi samaradorligining qo‘shimcha ko‘rsatkichlari
sifatida qaraladi va loyihani davlat qo‘llab quvvatlash yoki realizatsiya
xarajatidagi qarorlarni qabul qilish bilan hisobga olinadi.
 Loyiha xarajatlari tarkibiga loyihani amalga oshiruvchi barcha ishti-
rokchilarning loyihada ko‘zda tutilgan va uni realizatsiya qilishga lozim
bo‘lgan, joriy va bir vaqtdagi xarajatlari kiritiladi. Shuning uchun hisobga
quyidagilar kiritilmaydi:
– iste’molchi tashkilotlarning loyihani boshqa ishtirokchilari bo‘lgan
ishlab chiqaruvchilardan mahsulotni olishga bo‘lgan xarajatlar;
– loyihaning bir ishtirokchilari tomonidan yaratilgan (qurilgan, tay-
yorlangan) va ishtirokchilar tomonidan foydalanuvchi asosiy vositalar
bo‘yicha amortizatsiya chegirmalari;
– Rossiya ishtirokchilari tashkilotlarining davlat budjeti daromadla-
riga bo‘lgan to‘lovlarning barcha turlari, shuningdek, soliq to‘lovlari ham
kiradi. Ekologik normativlar va sanitar me’yorlarni bajarmaganlik uchun
jarima va sanksiyalar xalq xo‘jalik xarajatlari tarkibida me’yorlarning bu-
zilishining ekologik oqibatlari loyihaning ekologik natijalari tarkibida aho-
lida belgilanmagan va loiyaning natijalari tartibiga qiymatlilik ma’nosida
kiritilmagan taqdirda hisobga olinadi;
– investitsion loyihani realizatsiyasi ishtirokchilari qaroriga kiritilgan
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki, uning agentlari va tijorat bank-
larining kreditlari bo‘yicha foizlar;
– xorijiy ishtirokchilarning xarajatlari.
 Investitsion loyihani amalga oshirish jarayonida ishtirokchi tomoni-
dan vaqtincha foydalanuvchi asosiy vositalar quyidagi usullardan biri yor-
damida hisobga olinadi:
– asosiy vositalarning qoldiq qiymati ularning qo‘llashni boshlash
vaqtida bir vaqtdagi xarajatlar tarkibida kiritiladi; tugatish vaqtida bir vaqt-
dagi xarajatlar bu vositalarning qoldiq qiymatidan kamayib boradi.
– ko‘rsatilgan asosiy vositalar uchun ijara to‘lovlari ulardan foydala-
nish vaqtida joriy xarajatlar tartibiga kiritiladi.
Region (tarmoq) darajasida iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini
hisoblashda loyiha natijalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
– regional (tarmoq) ishlab chiqarish natijalari: loyiha ishtirokchilari,
region (tarmoq) tashkilotlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot rea-
lizatsiyasidan tushgan mablag‘;


80
– korxonalar va region aholisi (tarmoq tashkilotlari) tomonidan oli-
nadigan egri moliyaviy natijalar.
Xarajatlar tarkibiga faqatgina loyihaning ishtirokchilari – tashkilotla-
rining xarajatlari kiritiladi:
– ishlab chiqarish natijalari;
– tashkilot ishchilari va ularning oila a’zolarining shaxsiy ehtiyojlarga
sariflangan ijtimoiy natijalardan tashqari ishlab chiqarilgan mahsulotni
realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘. Bunga xarajatlar tarkibiga tashki-
lotlarning faqat qayta hisoblashi bir vaqtdagi va joriy xarajatlari kiritiladi.
Investitsiyalash bo‘yicha qarorlarni qabul qilish quyidagi har xil omil-
lar ta’sirida murakkablashadi: investitsiyalar turi, investitsion loyihaning
qiymati, oson loyihalarning ko‘pligi, moliyaviy resurslarning cheklangan-
ligi, tavakkalchilik va h.k. shubhasiz, qarorlar qator alternativ yoki o‘zaro
mustaqil loyihalar bo‘lgan taqdirdagina qabul qilinishi kerak.
 Investitsion xarakterdagi qarorlarni qabul qilish boshqaruv
fa’oliyatining boshqa xohlagin turidek har xil shakllangan va shakllanma-
gan uslublardan foydalanishga asoslangan. Hayotning har xil hodisasi uchun
yaroqli universal uslub mavjud emas.
2.3.2. Innovatsion menejmentni rivojlantirishga tavsiyalar
Rivojlanishning innovatsion yo‘lini tanlagan davlatlarda innovatorlar
qatlamining shakllanishi venchur moliyalash asosida amalga oshiriladi:
faqatgina u ommaviy masshtablar tavakkalchilikning qayta taqsimlanishi-
da yuz beradi.
Bizning mamlakatda bugungi kunda baxtga qarshi innovatsion faoliyat
motivatsiyasi uchun huquqiy iqtisodiy va tashkiliy baza to‘liq mavjud emas.
Shuning uchun ushbu bobda innovatsion faoliyat motivatsiyasi haqida emas,
balki innovatsion faoliyat motivatsiyasining muammolari haqida so‘z yuri-
tamiz.
O‘zbekiston iqtisodiyotining oldida juda muhim strategik masallardan
biri turibdi. Bu masala texnologik krizisdan chiqish va ishlab chiqarish-
ning past industrial texnologik usulining shakllanishining tugunli
yo‘nailishlarida uzilishlar paydo qilish. Bunday yo‘nalishlar orasida kos-
mos, aviatsiya, biotexnologiya, elektronika va informatika sohalaridagi
tovarlar va texnologiyalarni belgilash mumkin.
 O‘zbekiston spetsifikasini hisobga olgan holda yuqorida aytib o‘tilgan
yuqori texnologiyaning tarmoqlarini rivojlanish yo‘nalishlarini stimulirov-
kasidan tashqari iste’molchilar kompleksi tarmoqlarining kordinal texnik
qayta yaxshilanishi lozim, eng avvalo, ishlab chiqaruvchilarni. Bu
O‘zbekiston bozorini import ekspansiyasidan ko‘ra arzonroq va sifatsiz-


81
roq tovarlarning importidan chegaralash, ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-
quvvatlash uchun lozim.
 Innovatsion tadbirkorlarning ilmiy-texnika faoliyatlarini qo‘llab-quvvat-
lash sohasida mamlakatning maxsus siyosatini ishlab chiqish va qo‘llash lozim.
Mamlakat informatsion sistemasini qo‘llab-quvvatlash potentli fondlarni yara-
tish loyihalarini sug‘urtalash, qo‘llab-quvvatlash metodlari va shakllarini qo‘llash
evaziga innovatsion sferaga kapital qo‘yilmasini stimulirovka qilish kerak.
Davlat siyosatining strategik maqsadi bo‘lib, XXI asrda O‘zbekistonning
mustahkam iqtisodiy rivojlanishini ta’minlaydigan ishlab chiqarishning past
industrial texnologik usuli strukturasini shakllantirish, bazaviy innovat-
siyaning kirib kelishini amalga oshirish hisoblanadi.
Texnologik bog‘lanishning muhim bosh instrumentlaridan bo‘lib inves-
titsiyalarning innovatsiyalarga, innovatsion tadbirkorlikka burilishi hisobla-
nadi. Mamlakat quyidagi kuch va vositalarni shu yo‘lda sarflashi lozim.
 Mamlakat siyosati innovatsion tadbirkorlik aktivizatsiyasining samara-
li shakllaridan foydalanishni oldindan belgilashi va ayniqsa, moliyaviy sa-
noat guruhlarining va xoldinglarning funksionirovka mexanizimi innovat-
sion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yirik strukturalarni qo‘llab-quvvatlashi
bilan birga kichik innovatsion tadbirkorlikning ham shakllantirishi lozim.
 Bugungi kunda 90% ga yaqin innovtsion faoliyat subyektlari davlatga
qarashli bo‘lmagan sektorga tegishli. Shunisi tushunarliki, mamlakat o‘z
zimmasiga innovatsion faoliyatni innovatsion ta’minlanishini ololmaydi.
Biroq mamlakat davlatga qarashli bo‘lmagan investitsion korparatsiya,
banklar investitsion resurslarni mobilizatsiya qilish va ularni mamlakat
uchun ahamiyatliroq realizatsiyasiga yo‘naltirishi mumkin va kerak.
80-yillarga kelib, AQSH va boshqa G‘arbiy davlatlarda kichik biznes in-
novatsion mexanizimning eng muhim komponenti, uzoq muddatga iqtisodi-
yotning gullab yashnashiga olib keluvchi investitsiya obyekti, deb tan olindi.
Innovatsion faoliyatining rivojlanishi uchun quyidagi jihatlarni belgi-
lash lozim:
– intellektual shaxsiylikni huquqiy qo‘riqlash sistemasini yaratish
O‘zbekistonda tugallanmagan;
– mamlakatning «Tovar belgisi va patentlar» bo‘yicha O‘zbekiston
agentligining yuqori patentli to‘lovini shakllantirishi to‘g‘risidagi qonuni-
ga ko‘ra sud tartibida tortishuv savollarining yechilishiga O‘zbekiston fu-
qarolarining konstitutsion huquqini amalga oshirilishini ta’minlash;
– mamlakatning federal budjet vositalaridan yaratilgan intellektual
shaxsiylik obyektlari va ular bilan bog‘liq texnologiyalarga bo‘lgan aniqlik
yo‘qligidan sanoat innovatsiyasining rivojlanishi oqsamoqda;
– haligacha biznesda kashfiyotchilik bazasida oldi texnologiyalaridan


82
foydalanish stimulirovaniyasining tashkiliy-huquqiy mexanizimi yaratilma-
gan, shuningdek, kichik tadbirkorlik sohasida ham O‘zbekiston fuqarola-
rining intellektual shaxsiylik sohasida yaratuvchanligining rivojlanishini va
kashfiyotchiligini rag‘batlantirish siyosatining sustligi.
Respublikada davlat boshqaruvi vakolatlarini cheklash va vazifalarni
nomarkazlashtirish bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilmoqda:
– bir paytning o‘zida tarmoq boshqaruvidan funksional boshqaruvga
o‘tishni nazarda tutuvchi gorizontal nomarkazlashtirish:
– davlat va xo‘jalik boshqaruvi vazifalarining bo‘linishi, bosqichma-
bosqich tarzda tegishli xo‘jalik birlashmalarini nazorat ishlaridan ozod
qilinishi;
– vertikal tarmoq dekonsenratsiyasi. Bu jarayon respublika organlari
vazifalarining bir qismini quyi tuzilmalariga, jumladan, xususiy sektorga
berish orqali amalga oshiriladi;
– resurslarning markazlashtirilgan taqsimotini butunlay tugatish,
mavjud taqsimlash tizimini bekor qilmasdan davlat va xo‘jalik boshqaruvi
organlarining korxonalar faoliyatiga aralashuvini nomarkazlashtirib va
qisqartirib bo‘lmaydi;
– vazifalarning bir qismini respublika markazidan joylardagi davlat
boshqaruvi organlariga o‘tkazish. Hozirda mintaqalar mamlakatimizning
ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tobora faol subyekti bo‘lib bormoqda;
– davlat hokimiyati vazifalarini fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish
organlariga berish.
Nazorat savollari
1. Hukumat tuzilmalari tomonidan belgilangan asosiy innovatsion
loyiha samaradorlik ko‘rsatkichlarini sanang.
2. Real pul oqimi hisoblash tenglamalarini yozing.
3. Hosilaviy ishlab chiqarish natijalariga nimalar kiradi?
4. Respublikada davlat boshqaruvi vakolatlarini cheklash va vazifalarni
nomarkazlashtirish qanday yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilmoqda?
5. Innovatsion menejmentni rivojlantirishga tavsiyalarni aytib bering.


83
3-bob. TADQIQOTLAR DASTURLARI, INNOVATSIYA
ISHLARI DASTURINI SHAKLLANTIRISH VA
INNOVATSION LOYIHALARGA TALABLAR
3.1. FUNDAMENTAL VA AMALIY
TADQIQOTLAR ISH DASTURI
Reja: 1. Fundamental tadqiqotlar ish dasturi.
2. Amaliy tadqiqotlar ish dasturi.
Tayanch iboralar: fundamental tadqiqotlar, amaliy tadqiqotlar, ish das-
turi, dasturning shifri.
Fundamental tadqiqotlar ish dasturi:
– Loyihaning nomi;
– – Loyihada hal etilishi mo‘ljallangan ilmiy-texnik muammo
(qisqacha ma’lumot – bir betda);
– muammo doirasida loyihada yechiladigan aniq fundamental masala;
– loyihada qo‘yilgan masalaning avval yechilmaganligi; agar taklif
etilayotgan loyiha bo‘yicha hozirda Davlat fundamental tadqiqotlar das-
turlari doirasida tadqiqotlar olib borilayotgan bo‘lsa, dasturning shifri,
shartnoma raqami va loyihaning nomi ko‘rsatilsin. Yaqin besh yilda ush-
bu tadqiqotlarni, taklif etilayotgan loyiha doirasida davom ettirish zaruri-
yati asoslansin;
– mazkur fan yo‘nalishidagi O‘zbekiston va xorijdagi tadqiqotlarning
qisqacha tavsifi. Tadqiqotlardan kutilajak natijalarni jahon miqyosidagi ilmiy
yutuqlar bilan solishtirish. Loyiha bajarilishining dolzarbligini asoslash;
– loyihani to‘liq ilmiy asoslash, uning yangiligi. Loyiha bajarilishi-
ning asosiy bosqichlari, taklif etilayotgan uslub va ilmiy yondashishlar.
Loyiha bajarilishining to‘liq muddati uchun umumiy reja (bosqichlar
bo‘yicha). Loyiha mavzusi bo‘yicha shu bugungi kunga guruh tomonidan
olingan, mustaqil ahamiyatga ega bo‘lgan, aniq ilmiy natijalar;
– loyihada rejalashtirilgan bosqichlar bo‘yicha tadqiqotdan kutilajak
natijalar, ularning yangiligi va originallik darajasi ko‘rsatilgan keng tav-
siloti. Loyihadan kutilajak natijalarning ilmiy-amaliy ahamiyati. Mazkur


84
fan yo‘nalishidagi zamonaviy holatga nisbatan tadqiqotdan kutilajak na-
tijalar darajasini baholash;
– loyiha mavzusi bo‘yicha shu bugungi kunga guruh tomonidan olin-
gan, mustaqil ahamiyatga ega bo‘lgan, aniq natijalar (patentlar, ilmiy jur-
nallarda e’lon qilingan maqolalar, me’yoriy, ilmiy-texnik, uslubiy va boshqa
hujjatlar, dasturiy mahsulotlar va boshqalar). Tadqiqotlar natijalarining
aprobatsiyasi (sinovi) o‘tkazilgan joy va vaqti, ular bo‘yicha xulosalar va
bu xulosalarni tasdiqlovchi hujjatlar;
– ijtimoiy va gumanitar fanlar sohasidagi loyihalar uchun – nashr
etilgan monografiya, darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, standartlar
va boshqa ilmiy-o‘quv adabiyotlar;
– yuqorida ko‘rsatilgan materiallarning nusxalari ilova qilinadi yoki ilm-
iy-o‘quv adabiyotlar chop etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.
Amaliy tadqiqotlar ish dasturi.
– loyihaning nomi;
– loyihada hal etilishi mo‘ljallangan ilmiy-texnik muammo (qisqacha
ma’lumot – bir betda);
– muammo doirasida loyihada yechiladigan aniq ilmiy-texnik masala;
– loyihada qo‘yilgan masalaning avval yechilmaganligi (ilgari bajarilgan
tadqiqotlar yuzasidan tanlovga qaytadan loyihalar topshirilishining oldini
olish maqsadida ilmiy-texnik ekspertiza tomonidan loyiha topshirgan gu-
ruhning oldingi tadqiqotlari hisobotlarini loyiha bilan solishtirib ko‘riladi);
– loyihani amalga oshirish zaruriyatining aniq va daliliy asosi. Ijrochi
tashkilotda loyihani bajarish uchun zarur bo‘lgan mavjud asbob-uskunalar,
materiallar, qurilmalar. Loyihaning bajarilishi natijasida erishiladigan aniq
natijalarning (mahsulot, texnologiya), O‘zbekiston va xorijdagi o‘xshash
(analog)lari bilan solishtirgan holda, qisqacha tavsifi va texnik-iqtisodiy
ko‘rsatkichlari. Joiz bo‘lsa, mahsulotning ichki va tashqi bozorda sotilishi
to‘g‘risida asoslangan ma’lumot;
– loyiha bajarilishining asosiy bosqichlari. Uch yil davomida loyihadan
kutilajak, mustaqil ahamiyatga ega bo‘lgan natijalar (me’yoriy, ilmiy-texnik,
uslubiy va boshqa hujjatlar, dasturiy mahsulotlar, reglamentlar (qachon
va kim tomonidan tasdiqlanadi), tajriba va maket namunalari va boshqalar
(har bir yil uchun alohida-alohida ko‘rsatiladi).
Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi loyihalar uchun esa tayyorlanib,
nashr etiladigan monografiya, darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar,
standartlar va boshqa ilmiy-o‘quv adabiyotlar;
– loyiha doirasida tugallangan tadqiqotlar natijalarini amaliyotga jo-
riy etish joyi, muddatlari va shakllari, tijoratlashtirish imkoniyatlari;
– ishlab chiqarishga joriy etishdan kutilajak amaliy natijalar;
– loyiha mavzusi bo‘yicha shu bugungi kunga guruh tomonidan olin-


85
gan, mustaqil ahamiyatga ega bo‘lgan, aniq natijalar (patentlar, jurnal-
larda e’lon qilingan maqolalar, me’yoriy, ilmiy-texnik, uslubiy va boshqa
hujjatlar, dasturiy mahsulotlar, reglamentlar (qachon va kim tomonidan
tasdiqlangan), tajriba va maket namunalari va boshqalar). Tadqiqotlar
natijalarining aprobatsiyasi (sinovi) o‘tkazilgan joy va vaqti, ular bo‘yicha
xulosalar va bu xulosalarni tasdiqlovchi hujjatlar;
– ijtimoiy va gumanitar fanlar sohasidagi loyihalar uchun – nashr etil-
gan monografiya, darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, standartlar va
boshqa ilmiy-o‘quv adabiyotlar;
– yuqorida ko‘rsatilgan materiallarning nusxalari ilova qilinadi yoki il-
miy-o‘quv adabiyotlar chop etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.
– agar taklif etilayotgan loyiha bo‘yicha hozirda Davlat ilmiy-texnika
dasturlari doirasida tadqiqotlar olib borilayotgan bo‘lsa, dasturning shifri,
Shartnoma raqami va loyihaning nomi ko‘rsatilsin. Yaqin uch yilda ush-
bu tadqiqotlarni, taklif etilayotgan loyiha doirasida davom ettirish zaruri-
yati asoslansin.
Nazorat savollari
1. Fundamental tadqiqotlar ish dasturi tarkibiy qismlarini ayting.
2. Loyihada rejalashtirilgan bosqichlar bo‘yicha tadqiqotdan kutilajak
natijalar, ularning yangiligi va originallik darajasi qaysi sohada qanday bo‘ladi?
3. Amaliy tadqiqotlar ish dasturini tarkibiy qismlarini ayting.
4. Tabiiy-texnika va gumanitar-ijtimoiy sohalarda loyiha bajarilishi-
ning asosiy bosqichlari va kutiladigan natijalarni ayting.
3.2. ILMIY MUASSASA VA OBYEKTLARNI «DAVLAT
NOYOB ILMIY OBYEKTLAR RO‘YXATI»GA KIRITISH VA
MONITORINGINI OLIB BORISH
Reja: 1. Noyob ilmiy obyektlar tadqiqi.
2. Noyob ilmiy obyektlar faoliyatining monitoringi.
3. Noyob ilmiy obyektlar bo‘yicha taqdim etiladigan hujjatlar.
Tayanch iboralar: noyob ilmiy obyektlar, obyektning tavsifi, ilmiy muassasa.
3.2.1. Noyob ilmiy obyektlar tadqiqi
Ilmiy faoliyat uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan, ilmiy tadqiqot
ishlarining saviyasini jahon andozalari darajasiga ko‘tarishda muhim o‘rin
tutadigan hamda o‘rnatilgan tartibda «Davlat noyob ilmiy obyektlar
ro‘yxati»ga kiritilgan ilmiy muassasalar, asbob-uskunalar, kolleksiyalar,
kutubxonalar, muzeylar, nodir jamg‘armalar va boshqa obyektlar noyob
ilmiy obyekt, deb hisoblanadi.


86
Noyob ilmiy obyektlar bo‘yicha ishlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– matbuotda hamda Fan va texnologiyalar Markazining internet saytida
noyob ilmiy obyektlar bo‘yicha takliflar berish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
e’lon qilish;
– Fan va texnologiyalar Markaziga taqdim etilgan noyob obyektlar
bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun qabul qilish;
– qabul qilingan hujjatlarni tahlil qilish, ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan
eng muhim obyektlarni aniqlash va tanlab olingan har bir obyektga ajra-
tiladigan bir yillik moliyaviy mablag‘ hajmini belgilash;
– noyob ilmiy obyektlar bo‘yicha tegishli tavsiyalar, hujjatlar va
ma’lumotlarni tayyorlash;
– noyob ilmiy obyektlar bo‘yicha materiallarni komissiyada ko‘rib
chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ilmiy-
texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim
etish;
– har bir obyektga ajratiladigan moliyaviy mablag‘ hajmi ko‘rsatilgan
noyob obyektlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi tomo-
nidan ”Davlat noyob ilmiy obyektlar ro‘yxati” sifatida tasdiqlangandan
keyin bu obyektlar joylashgan ilmiy muassasa bilan Fan va texnologiyalar
Markazi o‘rtasida shartnoma tuziladi.
3.2.2. Noyob ilmiy obyektlar faoliyatining monitoringi
Noyob ilmiy obyektlar faoliyatining monitoringi Komissiya tomoni-
dan Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi seksiyalari
a’zolari, Fan va texnologiyalar Markazi, tasarrufida noyob obyektlar bo‘lgan
vazirlik va idoralar hamda Moliya vazirligining mas’ul xodimlari bilan
birgalikda amalga oshiriladi.
Zarur hollarda Komissiya noyob obyektlarning faoliyatini joylarga borib
o‘rganib, nazorat qiladi.
Monitoringning maqsadi noyob ilmiy obyektni ishchi holatda saqla-
nayotganligi, unga zarur texnik va boshqa xizmatlarning ko‘rsatilayotganligi
hamda undan yuqori saviyada unumli foydalanilayotganligi, ajratilgan
moliyaviy mablag‘ning samarali va maqsadli sarflanayotganligi, noyob
obyekt bo‘yicha ilmiy va moliyaviy hisobotlarning o‘z vaqtida topshiri-
layotganligini kuzatishdan iboratdir. Ushbu holatlardan bironta jiddiy
nuqson va kamchiliklar yoki moliyaviy qonunbuzarliklar aniqlangan hol-
larda Komissiya bu noyob obyektning moliyalashtirilishini davom ettirish


87
maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida Fan va texnologiyalar Markaziga
o‘z xulosasini taqdim etish huquqiga ega. Fan va texnologiyalar Markazi
Komissiya xulosasiga asosan noyob ilmiy obyektlarni moliyalashtirishni
muddatidan oldin to‘xtatish to‘g‘risida Muvofiqlashtirish Kengashiga taklif
kiritadi. Muvofiqlashtirish Kengashi qaroriga asosan noyob ilmiy obyekt-
ni moliyalashtirish, belgilangan tartibda, Moliya vazirligi tomonidan
to‘xtatiladi.
3.2.3. Noyob ilmiy obyektlar bo‘yicha taqdim etiladigan hujjatlar
Noyob ilmiy obyektlar bo‘yicha taqdim etiladigan hujjatlarga quyidagilar
kiradi:
– vazirlik yoki idora rahbariyati tomonidan obyektni “Davlat noyob
ilmiy obyektlari ro‘yxati”ga kiritish uchun ko‘rib chiqish so‘ralgan rasmiy
xati;
– obyektning ilmiy nuqtayi-nazardan noyobligiga asosnoma;
– obyektning to‘liq tavsifnomasi;
– obyektni tashkil etuvchi asbob-uskunalar, jihozlar, shtamplar va
boshqalar to‘g‘risida ma’lumot;
– obyektga xizmat ko‘rsatuvchi shtatlar to‘g‘risida ma’lumot;
– obyektdan foydalangan holda amalga oshirilishi rejalashtirilgan il-
miy tadqiqot ishlarining tavsifi;
– obyektdan foydalanayotgan va foydalanishi mumkin bo‘lgan boshqa
ilmiy muassasa hamda tashkilotlar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot;
– obyektning bir yillik xarajatlari to‘liq ko‘rsatilgan smetasi (ilmiy
muassasa rahbari va bosh hisobchi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi shart);
– obyekt to‘g‘risida vazirlik yoki idora tomonidan berilgan asoslan-
gan xulosa.
Nazorat savollari
1. «Davlat noyob ilmiy obyektlar ro‘yxati»ga qanday obyektlar kiradi?
2. Noyob ilmiy obyektlar faoliyatining monitoringini maqsadini aytib
bering.
3. Noyob ilmiy obyektlar ro‘yxatiga kitirish bo‘yicha taqdim etiladi-
gan hujjatlarni sanab chiqing.


88
3.3. INNOVATSIYA ISHLARI DASTURINI
SHAKLLANTIRISH, AMALGA OSHIRISH TARTIBI VA
INNOVATSIYA LOYIHALARIGA TALABLAR
Reja: 1. Umumiy tartib va innovatsiya faoliyatining obyektlari; 2. Inno-
vatsiya loyihalari tanlovini tashkil qilish tartibi; 3. Innovatsiya loyihalarini
ko‘rib chiqish va ekspertizaga tayyorlash; 4. Dasturni shakllantirish; 5. Im-
tiyozli kreditlar ajratish tartibi; 6. Dasturni amalga oshirish va innovatsiya
loyihalarini hissadorlik asosida moliyalashtirish tartibi; 7. Innovatsiya loyi-
halarini bajarilishining monitoringi, ekspertizasi va muvofiqlashtirish tarti-
bi; 8. Innovatsiya loyihalari tanlovida qatnashish hujjatlari; 9. Loyiha
to‘g‘risida ma’lumot;10. Loyiha tasnifi; 11. Texnik – iqtisodiy asosnoma.
Tayanch iboralar: innovatsiya loyihalari, innovatsion faoliyat obyekt-
lari, imtiyozli kreditlar, bajarilish monitoringi.
3.3.1. Umumiy tartib va innovatsiya faoliyatining obyektlari
Ushbu tartib respublika hukumatining «Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil
qilishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq ish-
lab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan
va texnologiyalar Markazining (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) inno-
vatsiya ishlari dasturini shakllantirish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Markazning Innovatsiya ishlari dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb
ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ilmiy-
texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi (keyingi o‘rinlarda
Muvofiqlashtirish Kengashi deb ataladi) tomonidan belgilangan qisqa
muddatli ilmiy-texnika rivojining davlat ustuvorligidan kelib chiqib, yan-
gi texnologiyalarni amaliyotda keng qo‘llashga, ijtimoiy va iqtisodiy rivoj-
lanishning dolzarb masalalarini hal etishga, mavjud ilmiy-texnologik salo-
hiyatdan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan innovatsiya faoliyatini, amal-
iy, ilmiy-texnik, tajriba-konstruktorlik, texnologik va boshqa ishlarni davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan.
Dasturni moliyalashtirish Muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Inno-
vatsiya ilmiy-texnika faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash jamg‘armasi (keyingi
o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘i hisobidan amalga oshiriladi.
Innovatsiya faoliyatining obyektlari quyidagilardir:
a) ixtirolar, nou-xau, ilmiy-texnik ishlanmalar asosida yangi ilmiy
hajmdor mahsulotlarning tajriba-sanoat namunalarini yaratish, sanoat si-
novlaridan o‘tkazish, yangi texnologiyalarni joriy etish, ularni ishlab chiqa-
rish jarayoniga tayyorlash;
b) mavjud texnologiyalarning raqobatbardoshligini oshirishga


89
yo‘naltirilgan, tijorat nuqtai nazaridan samarali bo‘lgan, mahalliy xom-
ashyo asosida yangi ilmiy hajmdor mahsulotlarni bozorga olib chiqish;
d) inson va hayvonlar kasalliklarini davolashning zamonaviy usullarini
o‘zlashtirish, yangi turdagi dori-darmonlarni, ularning substansiyalarini va
tibbiy texnika mahsulotlarini ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiya-
larni o‘zlashtirish;
e) tuproq unumdorligini oshirish, qishloq xo‘jalik o‘simliklarini yetish-
tirish, ularning seleksiyasi va urug‘chiligi sohasida va himoya preparat-
larini ishlab chiqarishda samarali texnologiyalarini joriy etish;
f) sanoat chiqindilarini, hamda ikkilamchi resurslarni qayta ishlash
texnologiyalarini o‘zlashtirish;
j) yangi axborot texnologiyalarini, dasturiy vositalarni yaratish va ish-
lab chiqarishni kengaytirish;
h) ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ekologik xavfsizlik bi-
lan bog‘liq bo‘lgan huquqiy-tashkiliy, iqtisodiy va boshqaruv masalalarini
hal qilish;
k) ilm-fanning zamonaviy natijalarini yorituvchi original monografi-
yalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va ilmiy-ommabop kitoblarni nashrga
tayyorlash, chop etish va o‘quv jarayoniga joriy etish;
l) innovatsiya faoliyatini kengaytirishga, intellektual faoliyat obyekt-
larini amaliyotda qo‘llashga yo‘naltirilgan respublika va xalqaro seminar-
lar, konferensiyalar, ko‘rgazmalarni tashkil etish.
3.3.2. Innovatsiya loyihalari tanlovini tashkil qilish tartibi
Muvofiqlashtirish Kengashi tomonidan belgilangan ilmiy-texnika taraq-
qiyotining qisqa muddatli ustuvor yo‘nalishlari, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar hokimliklari, vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar
takliflari asosida Markaz har yili 1-maygacha respublikaning ijtimoiy-iqti-
sodiy rivojlanishining dolzarb masalalarini hal etishga yo‘naltirilgan in-
novatsiya loyihalari tanlovini o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar ro‘yxati loy-
ihasini ishlab chiqadi.
Ro‘yxat loyihasi Yirik ilmiy va investitsiya loyihalarini ekspertizadan
o‘tkazish kengashi (keyingi o‘rinlarda Ekspertiza kengashi deb ataladi) va
Muvofiqlashtirish Kengashi seksiyalari bilan kelishgan holda tasdiqlash
uchun Muvofiqlashtirish Kengashiga kiritadi.
Innovatsiya loyihalari tanlovi topshiriqlari ro‘yxati Muvofiqlashtirish
Kengashi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng Davlat buyurtmasi maqomi-
ga ega bo‘ladi.
Markaz, har yili 1-iyulgacha ommaviy axborot vositalari orqali respub-
likani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalarini hal etishga


90
yo‘naltirilgan innovatsiya loyihalari tanlovini e’lon qiladi, shuningdek, in-
novatsiya faoliyati ishtirokchilarini tanlovning muddatlari, talablari va lo-
yihalarni tanlovga topshirish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta-
nishtiradi.
3.3.3. Innovatsiya loyihalarini ko‘rib chiqish va ekspertizaga tayyorlash
Markaz tanlovga taqdim etilgan loyihalarni tanlovning shartlari,
maqsadlari va talablariga mosligini ko‘rib chiqadi.
Loyihalar quyidagi hollarda tanlovga qabul qilinmaydi:
– keltirilgan talab va qoidalarga javob bermasa;
– loyihalarni qabul qilish muddati tugagandan so‘ng.
Tanlovga yo‘llangan loyihalar ro‘yxati va ularga muvofiq tayyorlan-
gan barcha hujjatlar Ekspertiza kengashiga Davlat ekspertizasidan o‘tkazish
uchun yo‘llanadi.
3.3.4. Dasturni shakllantirish
Har bir loyihaga berilgan asoslangan ekspertlar xulosalari Muvofiqlash-
tirish Kengashining tegishli seksiyalarida muhokama qilinadi. Muhoka-
ma jarayonida innovatsiya loyihalarini bajarilishidan manfaatdor bo‘lgan,
hamda ularni hissadorlik asosida moliyalashtiradigan xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning vakillari qatnashishlari mumkin.
Markaz va Muvofiqlashtirish Kengashi seksiyalarining yig‘ilishi qarori
bayonnoma ko‘rinishida rasmiylashtiriladi, zaruriyat tug‘ilgan hollarda
yig‘ilishga Ekspertiza kengashining rahbari va sohaning yetakchi olim va
mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
Dasturga kiritiladigan loyihalar aniqlangandan so‘ng Markaz loyiha-
larning texnik-iqtisodiy asosnomalarini ko‘rib chiqish maqsadida Moliya
vazirligi vakillari, iqtisodchilar va Muvofiqlashtirish Kengashi a’zolaridan
iborat Ishchi guruhini tuzadi.
Ishchi guruh loyihalarning texnik-iqtisodiy asosnomalarini o‘rganib
chiqib, ularning moliyaviy hajmlari bo‘yicha tavsiyalar tayyorlab, Markazga
topshiradi.
Dastur Muvofiqlashtirish Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Dastur Muvofiqlashtirish Kengashi seksiyalari bilan kelishilgan holda,
yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida belgilangan topshiriqlarni
yechish, dolzarb ijtimoiy – iqtisodiy masalalarni hal qilishga yo‘naltirilgan
yangi innovatsiya loyihalari bilan to‘ldirilib borishi mumkin.
Loyihalar tanlovini tashkil qilish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar-
ni (materiallarni ko‘paytirish, jo‘natish, tanlovga tegishli e’lonlar berish,
jalb etiladigan mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash va boshqalar) qoplash


91
maqsadida tanlovda ishtirok etuvchi yuridik shaxslar har bir loyiha uchun
O‘zbekiston Respublikasida belgilangan minimal oylik ish haqining 5 karra
hajmidagi miqdorda badal to‘laydilar.
Davlat ekspertizasidan ijobiy xulosa olmagan innovatsiya loyihalari
bo‘yicha mualliflarga va tashkilotlarga Markaz tomonidan ma’lumot va
tushuntirish axborotlari berilmaydi.
Tanlovga taqdim etilgan loyihalar, materiallar va pul badali qayta-
rilmaydi.
3.3.5. Imtiyozli kreditlar ajratish tartibi
Innovatsiya loyihalariga imtiyozli kreditlar ajratish Muvofiqlashtirish
Kengashi tomonidan belgilangan ilmiy-texnika taraqqiyotining ustuvor
yo‘nalishlari doirasida amalga oshiriladi.
 Imtiyozli kreditlar zamonaviy texnologiyalar asosida yangi, raqobat-
bardosh ilmiy hajmdor mahsulotlar ishlab chiqarishga, ularni hajmini
ko‘paytirishga, kichik va o‘rta biznesda tijoratlashtirishga molik texnologik
jarayonlarni takomillashtirishga yo‘naltirilgan innovatsiya loyihalarini
moliyalashtirish uchun ajratiladi.
Imtiyozli kredit loyihaning rejalashtirilgan moliyaviy hajmining 50 foyizi
miqdorida, kontrakt imzolangan kundan boshlab 5 yil muddat ichida
qaytarish majburiyati bilan Jamg‘arma hisobidan ajratiladi.
Qarzdor va zarar bilan ishlayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga
imtiyozli kreditlar berilmaydi.
Imtiyozli kredit olish uchun innovatsiya faoliyati qatnashchilari maz-
kur tartibda keltirilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda quyidagilarni taqdim
etadilar:
 a) innovatsiya loyihasini hissadorlik asosida moliyalashtirish to‘g‘risida
bank yoki boshqa tashkilotlar kafolati;
b) kreditni qaytarish majburiyati ko‘rsatilgan ijrochi tashkilotning ka-
folat xati;
d) ijrochiga xizmat ko‘rsatayotgan moliya tashkilotining kredit olayotgan
tashkilotni qarzi yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumoti.
Mablag‘ni qaytarish shartlari, tartibi kontraktda yoki kontraktga
qo‘shimcha kelishuv hujjatida qayd etiladi.
3.3.6. Dasturni amalga oshirish va innovatsiya loyihalarini
hissadorlik asosida moliyalashtirish tartibi
Dastur Muvofiqlashtirish Kengashi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng,
Markaz loyihalar ijrochilari bilan kontrakt (shartnoma)lar tuzadi. Kon-
trakt ishlab chiqarish quvvatiga, qurilmalarga va mehnat resurslariga ega
bo‘lgan, ishning asosiy qismini bajara oladigan yuridik shaxs bilan tuziladi.


92
Kontrakt o‘z ichiga texnik topshiriqni, kalendar rejani va xarajatlar
smetasini oladi.
Kontrakt ishlarni bajarish shartlarini, tomonlarning huquq va majburi-
yatlarini, innovatsiya loyihasining bajarilish jarayonida yaratilgan intellek-
tual mulkka bo‘lgan egalik huquqlarini, loyihani bajarilishi bilan bog‘liq
bo‘lgan boshqa qoidalarni belgilaydi.
Kontrakt loyihani to‘liq bajarilish davriga tuziladi, loyihani bajarilish
jarayonida tomonlarning kelishuviga binoan unga o‘zgartirishlar kiritili-
shi yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida va ushbu Nizomda ko‘zda
tutilgan hollarda bekor qilinishi mumkin.
Kontraktning texnik topshirig‘i innovatsiya loyihasi natijasidan man-
faatdor bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan tasdiqlanadi.
Ustama xarajatlar miqdori kontraktga ajratilgan mablag‘ning 20 foizidan
ortmasligi lozim.
Loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor tomonlarning mablag‘lari
Jamg‘arma hisobida jamlanadi va tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida
ijrochi tashkilot hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Hissador tashkilotning mablag‘i pul sifatida yoki loyihani amalga oshi-
rish uchun zarur bo‘lgan qurilmalar, ishlab chiqarish bazasi, xomashyo,
energiya, mashina va mexanizmlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Innovatsiya loyihalarini hamkorlikda moliyalashtirish shartlari Markaz
va manfaatdor tomon o‘rtasida tuziladigan hissadorlik asosida mablag‘ bilan
ta’minlash to‘g‘risidagi shartnomada yoritiladi.
Hisobotlar monitoringini tashkil etish va o‘tkazish maqsadida, kon-
traktlar tuzilgandan keyin bir oy muddatda, Markaz, loyihalar ijrochilari
bilan tuzilgan kontraktning texnik topshirig‘i va kalendar rejasini Eksper-
tiza kengashiga yetkazadi.
3.3.7. Innovatsiya loyihalarini bajarilishining monitoringi, ekspertizasi
va muvofiqlashtirish tartibi
Markaz innovatsiya loyihalarini bajarilishini borishi bilan tanishish
va nazorat qilish maqsadida ularning monitoringini olib boradi.
Monitoring Markazning farmoyishi bilan tasdiqlanadigan monitoring
guruhi tomonidan amalga oshiriladi. Monitoring guruhiga innovatsiya
loyihalari natijalaridan manfaatdor vazirlik, idora, hokimliklar va Moliya
vazirligining vakillari hamda Muvofiqlashtirish Kengashi seksiyalari
a’zolari jalb qilinadi.
Markaz, monitoring guruhini jalb qilgan holda, innovatsiya ishlarini
borishini loyiha bajarilayotgan obyektga borib ko‘radi.
Markaz Dasturni muvofiqlashtiradi. Zaruriyat tug‘ilgan hollarda va
monitoring guruhining taklifi asosida kontraktlarga tegishli


93
qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Hamma qo‘shimchalar tomonlarni
kelishuviga muvofiq, yozma shaklda rasmiylashtiriladi va ularning nus-
xasi Ekspertiza kengashiga yetkaziladi.
Dastur doirasida bajarilayotgan loyihalarning oraliq hisobotlari Eks-
pertiza kengashiga topshiriladi, ekspertiza jarayoni yakunlangandan
so‘ng (bir oy), ularning har biri bo‘yicha ekspertlar xulosalari Markaz-
ga topshiriladi.
Markaz ekspertlar xulosalarini Muvofiqlashtirish Kengashi seksiya-
larini jalb qilgan holda ko‘rib chiqib, loyihalarni davom ettirish va oraliq
nazorat natijalari bo‘yicha bajarilishi qoniqarsiz deb topilgan innovat-
siya loyihalarini to‘xtatish va Dasturdan chiqarib yuborish to‘g‘risida
Muvofiqlashtirish Kengashiga taklif kiritadi.
Moliyalashtirilishi to‘xtatilgan loyihalardan bo‘shagan moliyaviy
mablag‘, Muvofiqlashtirish Kengashining qaroriga ko‘ra boshqa sama-
rador innovatsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Markaz yakunlangan innovatsiya loyihalari bo‘yicha hisobotlarni,
manfaatdor tomonlarning xulosasi bilan birga Ekspertiza Kengashiga
topshiradi. Ekspertiza Kengashining xulosasiga asosan loyiha tugallangan
deb hisoblanadi va Markaz ishni qabul qiladi.
Bajarilgan ish bosqichlarini qabul qilish jarayonida natijalar kon-
trakt talablariga javob bermagan holda loyiha rahbari va ijrochi tashkilot
kontraktning texnik topshirig‘ida ko‘rsatilgan ishlar hajmini o‘z hiso-
bidan Markaz bilan kelishgan muddatda me’yoriga yetkazib bajarishga
majbur.
3.3.8. Innovatsiya loyihalari tanlovida qatnashish hujjatlari
Innovatsiya loyihalari tanlovida qatnashuvchi yuridik shaxslar quyi-
dagi hujjatlarni taqdim etadilar.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida:
  Markaz direktori nomiga xat.
  Loyiha.
  Loyihani amalga oshirilishidan manfaatdor vazirlik, idora, xo‘jalik
yurituvchi subyektlardan loyihani qo‘llab-quvvatlanishi va hissadorlik asos-
ida mablag‘ bilan ta’minlash to‘g‘risida kafolat xati.
  Loyihani amalga oshirilishidan manfaatdor vazirlik, idora, xo‘jalik
yurituvchi subyektlar ilmiy kengashlarining xulosalari.
  Loyihani bajaruvchi muassasa ilmiy kengashining xulosasi.
  Tanlov badalini to‘langanligi to‘g‘risida ma’lumot tabiiy va texnik
fanlar sohasida.
  Ilmiy hajmdor mahsulotni ishlab chiqaruvchi tashkilotning xati.
  Loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan xomashyo, butlovchi


94
qismlar va hokazolar bilan ta’minlashni zimmasiga oluvchi tashkilotning
xati.
  Tibbiy, veterinariya va kimyoviy vositalarni qo‘llash, ishlab chiqa-
rish va yangilarini yaratishga yo‘naltirilgan loyihalar uchun ruxsat beruv-
chi tashkilotlarning xatlari.
  Tanlov badalini to‘langanligi to‘g‘risida ma’lumot.
3.3.9. Loyiha to‘g‘risida ma’lumot
Quyidagilar:
– loyiha nomi;
– loyihani taqdim etayotgan ilmiy muassasa: to‘la nomi, manzili, tel-
efon, faks, e-mail;
– loyiha rahbari: ismi-sharifi, ilmiy unvoni va darajasi, manzili, tele-
fon, faks, e-mail;
– loyihaning umumiy moliyaviy hajmi.
Shu jumladan:
– Fan va texnologiyalar markazidan so‘ralayotgan mablag‘ miqdori:
– hissador tashkilot tomonidan ajratilayotgan mablag‘ miqdori;
– loyihaning davomiyligi: 24 oydan ortmasligi lozim;
– loyihaning elektron nushasi.
3.3.10. Loyiha tasnifi
Kalit so‘zlar (15 tadan ortmasin, kichik harflar bilan, vergullar bilan
ajratilsin):
– yechilishi lozim bo‘lgan muammo (0, 5 varaqda);
– loyihaning maqsadi va vazifalari: (loyiha qanday bajariladi, amalga
oshirish rejalashtirilgan ishlar va tadbirlar) (2 varaqqacha);
– innovatsiya obyektining ilmiy-texnik saviyasi:
– birinchi marta olingan natijalar asosida;
– O‘zbekistonda birinchi marta olingan natijalar asosida;
– boshqa o‘xshash texnologiya va usullardan afzalligi;
– innovatsiya obyektining ilmiy-texnik hujjatlari: (patentlar, guvohno-
malar, sertifikatlar, texnologik reglament, texnik pasport, texnik shartlar,
texnologiya yoki mahsulotning sinov dalolatnomalari va boshqalar) nus-
xalari ilova qilinsin.
Innovatsiya obyektining tayyorlik darajasi: (texnologiya yoki ilmiy
hajmdor mahsulotning sanoat yoki tajriba namunasi mavjud) chizmasi yoki
surati ilova qilinadi.
Innovatsiya obyektining texnologik ta’minlanganligi: (ishlab chiqarish
bazasining, texnologik tizimning, asbob-uskunalarning va zarur infra-
tuzilmaning mavjudligi) xatlar va boshqa hujjatlar ilova qilinadi.


95
Innovatsiya obyektining xomashyo bilan ta’minlanganligi: ta’minlovchi
tashkilotlarning xatlari ilova qilinadi.
Loyihani amalga oshirish bosqichlari.
Rejalashtirilgan umumiy xarajatlar.
3.3.11. Texnik-iqtisodiy asosnoma
 Loyihani bajarilish miqyosi: loyihani bajarilishidan manfaatdor vazirlik,
idora va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar ko‘rsatilsin. Ishlab chiqari-
lishi rejalashtirilayotgan ilmiy hajmdor mahsulot qancha miqdorda im-
portni qisqartiradi (foizlarda), eksportga yo‘naltirilgan yoki qanday muayyan
soha talabini qondiradi?
Yakuniy natijalar tasnifi: Loyihani bajarilishi natijasida muayyan iqti-
sodiyot tarmog‘ida qanday texnologiya, texnologik tizim, sanoat-tajriba
qurilmasi o‘zlashtiriladi yoki mavjudining samaradorligi oshadi; qanday
ilmiy hajmdor mahsulotlarni ishlab chiqarish boshlanadi (to‘la ma’lumot
keltiriladi).
Loyihani bajarilishi natijasida kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik: ishlab
chiqarish hajmi; texnologiya yoki ilmiy hajmdor mahsulotning tannarhi;
loyiha yakunlangandan so‘ng 1–2–3 yil davomida erishiladigan iqtisodiy
samaraning hisobi (loyihaga sarflangan mablag‘larning qoplanish davri)
(to‘la ma’lumot keltiriladi).
Loyihaning budjeti va uning asosnomasi:
– rejalashtirilgan xarajatlar va ularning asoslovi;
– vaqtincha ijodiy jamoa tarkibi va ularning vazifalari;
– sotib olinishi rejalashtirilgan xomashyo, asboblar va texnik vosita-
larning asosnomasi;
– xizmat safarlarining asosnomasi.
Nazorat savollari
1. Innovatsiya faoliyatining obyektlariga nimalar kiradi?
2. Innovatsiya loyihalari tanlovini qanday tashkil qilish talab etiladi?
3. Qanday loyihalarga imtiyozli kreditlar ajratiladi?
4. Dasturni amalga oshirish va innovatsiya loyihalarini hissadorlik
asosida moliyalashtirish qaysi yo‘sinda amalga oshiriladi?
5. Innovatsiya loyihalarini bajarilishining monitoringi, ekspertizasi va
muvofiqlashtirish tartibi qanday?
6. Loyihani bajarilishi natijalari nimalardan iborat bo‘ladi?


96
4-bob. ILMIY VA ISHLAB CHIQARISH
KORXONALARINING NAZARIY VA AMALIY
INNOVATSIYA FAOLIYATI
4.1. TEXNOLOGIK CHEGARA VA P. ROMER MODELI
Reja: 1. Texnologik chegara va sinish hamda yangilik diffuziyasi.
2. Ilmiy texnologik taraqqiyot va P. Romer modeli.
Tayanch iboralar: texnologik chegara, yangilik diffuziyasi, perla egri
chizig‘i, neoklassik model.
4.1.1. Texnologik chegara va sinish hamda yangilik diffuziyasi
Texnologik chegara va sinish. Texnologiya parametrlarining yaxshilanishi
muayyan chegaraga ega. Mazkur chegaralar texnologiya rivojlanishi jara-
yonida, shuningdek, uning mukammallashuviga sarflangan xarajatlarga
bog‘liq bo‘lgan texnik xarakteristikada namoyon bo‘ladi. Bular texnologik
chegara deyiladi (4.1-chizma).
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, sarmoya ajratish bir qator faktorlarga
ham bog‘liqdir. Ertami-kech ushbu potensial sarflanib bo‘ladi.
 


 4.1-chizma. S ko‘rinishdagi egri chiziq.
Natijalar
Xarajatlar (vaqt)


97
Bu kabi kamayish S – shakldagi egri chiziq orqali ta’rifdanadi.
(S – shakldagi egri chiziqlar Gemperjtsa egri chiziq, Perla egri chizig‘i va
boshqa egri chiziqlarni o‘z ichiga olgan matematik funksiyalar oilasining
umumiy nomidir.
S shakldagi egri chiziqning mohiyati shundaki, yangilik yaratishning
birinchi bosqichida sarflangan xarajatlar past natija beradi. Bu degani natija
o‘sishi yuqori emas va natija degan mazkur yangiliknig turli xil xaraktiris-
tikalari tushuniladi. So‘ng natija o‘sishining ildamliligi sodir bo‘ladi, so‘ngra
esa tushumning arogressiv susayishi o‘rin oladi. Jadal o‘sish bosqichi, xara-
jatlar (a) va (s) nuqtalar oralig‘ida joylashganligi bilan mos tushadi, boshqacha
qilib aytganda invistitsion xarajatlar ko‘p, lekin tushumi ham seziladi.
Yuqori bosqichda investitsiyalar nisbatan past natija bo‘ladi. Ular av-
valambor texnologik jarayonlarning shakllanishiga, modifikatsiyalanayot-
gan innovatsiyalar reklamasi va ularni amalga oshirishga yo‘naltiriladi.
Jarayon pasayish bosqichidami yoki yo‘qmi, buni aniqlash uchun yana
bir bor S shaklidagi egri chiziqlarga e’tibor berish kerak, bunda mazkur
texnologiyaning egri chiziqlari bilan uni almashtiruvchi, unga raqibdosh
bo‘lgan texnologiya egri chizig‘ini taqqoslab ko‘rish kerak. Ikki S shakldagi
egri chiziqlar o‘rtasidagi tafovut texnologik to‘xtash bo‘ladi. Texnologik
to‘xtash (tanaffus) – bu o‘rindosh va o‘rin egallovchi texnologiyalar para-
metrlari o‘rtasidagi masofa, buni oqsoqlanayotgan texnologiyaning rivojla-
nishiga sarflanayotgan xarajatlar ko‘payishi natijasida qisqartirib bo‘lmaydi.
Shuni ta’kidlash kerakki, qoidaga ko‘ra, har biri o‘z egri chizig‘i bilan
xususiyatlanayotgan, bir qator raqib texnologiyalar mavjud. Bular 3–4 yoki
undan ortiqroq bo‘lishi mumkin, bunda biri o‘zini himoya qiladi, ikkin-
chisi esa hujum qiladi.
Masala shundaki, texnologik to‘xtatishni o‘z vaqtida aniqlash va in-
vestitsiyalarni I texnologiya ishlab chiqarishidan II texnologiya ishlab chiqa-
rishiga o‘zgartirish (yo‘naltirish) (4.2-chizma).
xarajatlar (vaqt)
4.2-chizma. Texnologik sinish.
natijalar
 texnologik sinish
 


98
Buni amalga oshirish oson emas. Ko‘pchilik kompaniyalar o‘z kuchi-
ni egri chiziq shaklini nazorat qilishga sarflaydi va bunga boshqa firmalar
bilan hamkorlik qilish orqali erishadilar. Ba’zan bu kabi egri chiziqlar
shaklini “yaxshilash” xarajatlar ko‘payishi hisobiga erishiladi, bu katta
alternativ xarajatlarga olib keladi.
Texnologik to‘xtash (sinish)ni bartaraf etishga ko‘nikib qolgan kom-
paniyalar o‘zgacha yo‘l tutadi va sezilarli raqobatbardoshlikka erishadilar
(4.3-chizma). Ular o‘zaro almashadigan texnologiyalar 8-shakl egri
chizig‘ining qayerida ekanligini va kelgusi vaqtda ushbu holatda qanday
o‘zgarishlarni kutish mumkinligini bilish uchun tadqiqot ishlariga mab-
lag‘ kiritadilar. Maksimal aniq S shakl egri chiziqlarni aniqlashga katta
e’tibor beradi, vaholanki, zaruriy hulosaga kelish uchun umumiy kontur
va chegara haqida tasavvurga ega bo‘lish kifoya qiladi. “To‘g‘ri” egri chi-
ziqlari bo‘lgan progressiv o‘rnini egallovchi texnologiyalarni qo‘llash na-
tijasida kichik hajmga ega bo‘lgan kichik kompaniyalar, nisbatan katta kom-
paniyalar bilan raqobatlashgan holatlari ham ma’lum. Yuqori pog‘ona egri
chiziqlari bilan xususiyatlanayotgan yangi texnologiyalarni ishlab chiqarish-
ga sarflanadigan kuchlar konsentratsiyasi zarurligini bu kompaniyalar o‘z
vaqtida anglab yetdilar.
 
texnlogik 
to‘xtash 
natijalar
xarajatlar (vaqt)
4.3-chizma. Texnologik to‘xtash (yangi texnologiyalarni
o‘rnatishga ketadigan vaqt bo‘yicha).
Texnologik to‘xtashning yana bir boshqa tushunchasi mavjud – bu bir
texnologiyadan ikkinchisiga o‘tish vaqti. Bizning fikrimizcha, mazkur ikkala
ta’rif ham mavjud bo‘lish huquqiga ega.
Yangilik diffuziyasi. Yangilik kolilersializatsiyasi jarayoni ularning iqti-
sodiyot sistemasida tarqalishi bilan kuzatiadi. Avval bu kabi tarqalish bir
texnologik
to‘xtash


99
necha tashkilot doirasida bo‘lib o‘tadi, lekin keyinroq keng quloch oladi.
Bu jarayon diffuziya deyiladi.
Yangilik diffuziyasi – iqtisodiyotda ularning tarqalish jarayoni. Yanada
aniqroq aytganda bu jarayon eski texnologiyalarni siqib chiqarishi orqali,
shuningdek, mijozlar tomonidan anologi bo‘lmagan yangi texnologiyalarni
qabul qilish orqali ifodalanadi. Diffuziya jarayonlari, ko‘rib chiqilgan texnologi-
ya rivojlanish jarayonlari kabi 8-shakl egri chiziq orqali ifodalanishi mumkin.
Bu holatda ular almashtiruvchi egri chiziqlar deb atalishi mumkin.
Almashtiruvchi egri chiziq parametrlari yangilik xususiyati, shuningdek,
bir qator iqtsodiy parametrlarga bog‘liq. Bu kabi egri chiziq parametrlarni
aniqlashning turli xil usullari mavjud. Tadqiqotlar jarayonida 8-shakl egri
chiziq xususiy holati o‘rganiladi – bu Perla egri chizig‘i deyiladi. Bu egri
chiziq quyidagi ko‘rinishga ega:
Y
t
=L/(1+ae
-(kQbt)
)
qayerdaki, Y

– t vaqt nuqtasida o‘zgaruvchanlik hajmi. t – vaqt faktori.
a, k, b – son parametrlari (konstantalar). L – u o‘zgaruvchanlikning yu-
qori chegarasi. e-son, natural logarifm.
Mashhur amerikalik innovatsiyalar targ‘ibotchisi E. Mensfild yangilik
diffuziyasi jarayoni modulini AQSH iqtisodyotining bir necha tarmoqla-
rida ishlab chiqish uchun mazkur egri chiziqni qo‘llagan.
O‘rganilayotgan diffuziya ko‘rsatkichi sifatida t-vaqtida bo‘lgandagi
yangilikni qabul qilgan firmalar o‘rganib chiqilgan. Yuqori chegara sifa-
tida yangilik qabul qila olgan tarmoq firmalar soni nazarda tutilgan. Mi-
sol uchun “Shishalarni tezkor to‘ldirgich” yangiligi uchun pivo sanoatida
Perla egri chizig‘i Mensfildga ko‘ra quyidagi ko‘rinishga ega:
Y
t
=16/(1+e
-(-20. 58Q0. 36t)
)
Parametr o‘lchovi b(0,36), iqtisodiy faktorlar bog‘liqligiga tayanadi,
sotib olish muddati yangilik sotib olish muddati bilan munosabat,
shuningdek, o‘rta birlamchi sarmoyaning tarmoq firmalar fondlari o‘rtacha
hajmiga bo‘lgan munosabatidir.
4.1.2. Ilmiy texnologik taraqqiyot va P. Romer modeli
3–10 yillik davomida, 1950-yil o‘rtalaridan boshlab, 1980-yil o‘rtalarigacha
g‘arb iqtisodiy fanida, iqtisodiy sistemaga chetdan olib kelingan, ya’ni egzo-
gen texnologik taraqqiyot konsepsiyasi hukmron edi. U Y. Tinberk, R. Salou,
R. Xaroda, Dj. Xiksa va bir qator taniqli iqtisodiyotchilr asarlarida asoslab
berilgan. Y(t)=[K(t), L(t), t] ko‘rinishli ishlab chiqish funksiyasiga ega bo‘lgan
uch faktorli neoklassik modeli ramkasida olib borilgan turli tadqiqotlar, AQSH
iqtisodiy rivojlnish dinamikasining statistik massiv ko‘rsatkichlarida, turli
davlatda, ilmiy texnologik taraqqiyotni iqtisodiy o‘sishga bo‘lgan ulushining
mos kelmaydigan, lekin yuqori bahosini bergan.


100
Buning hammasi zamonaviy iqtisodiyotda texnologik taraqqiyotning
muhim roli haqida dalolat beradi. Ammo nazariyotchilarning ko‘p yillik
mehnatiga qaramay, ilmiy-texnik taraqqiyotning o‘zi neoklassik modellar
doirasida eng asosiy mehnat va kapitaldan tashqari ishlab chiqarish fak-
torlarining ta’sirini izohlovchi ishlab chiqarish funksiyasining yig‘ma ar-
gumenti sifatida namoyon etilgan. Teng o‘sish sharoitida mehnat sama-
radorligining bu kabi modellarda neytral ilmiy texnologik taraqqiyoti evaziga
ta’minlangan va maqsadning doimiy sarmoyadorligi sharoitidagi mehnat
sarmoyadorligini oshirish bilan parallel yurgan.
Neoklassik model holatidan shu kelib chiqqanki, zamonaviy texnologi-
yalarga teng huquqqa ega bo‘lgan barcha mamlakatlar teng o‘sish traek-
toriyasiga chiqish uchun o‘rta me’yorda mehnat unumdorligining bir-biri
bilan bog‘laydigan rivojlanish sur’atlariga ega bo‘lishi kerak.
Lekin R. Solou takidlaganidek, real iqtsodiyot sharoitida bu kabi kon-
vergensiya haqida so‘z yuritish faqat sanoati rivojlangan mamlakatlar
misolida ko‘rinishidir, ammo Lotin Amerikasi, Afrika va Osiyo mamlakat-
lari misolida ko‘rish o‘rinli bo‘lmaydi.
Mazkur holat, inson kapitalining ko‘payishi g‘oyasiga asoslangan en-
dogen ilmiy-texnik taraqqiyot modelini yaratish bo‘yicha urinishlarini hal
qilishda muhim rol o‘ynaydi. Albatta bu kabi urinishlar avval ham amalga
oshirilgan. Bunga misol qilib, mashhur bo‘lgan “ishlab chiqarish jarayoni-
da o‘qitish” modelini yodga olish mumkin (K. Errov, X. Uzava modellari).
1980-yil o‘rtalarida muhim nazariy burilish yuz berdi. P. Romer, R.
Lukas, F. Agion, P. Xovuit, Dj. Gressman, E. Xelpmen va bir qator iz-
doshlari texnologik o‘zgarishga ega bo‘lgan, o‘rganilayotgan makroiqti-
sodiy sistema generatsiyasi imkoniyatlarini nazarda tutuvchi iqtisodiy o‘sish
modelini yaratishga qaratilgan, ya’ni sa’y-harakatlarini qo‘llashgan. Na-
tijada, modellashgan tizim mehnat va kapital ishlab chiqarishning an’anaviy
faktorlar xarajatining tengligi sharoitida o‘sishga nisbatan qo‘shimcha
impulsga ega bo‘ladi. Umumiy ko‘rnishda bu ishlab chiqarish hajmidan
kelib chiqadigan samaraning ortishini induksiya qiladigan, inson kapita-
lining yig‘ilishi hisobiga sodir bo‘ladi.
Endogen texnologik progress bilan iqtisodiy o‘sish modelining yangi sin-
fining paydo bo‘lishi iqtisodiy dinamika muammolariga bo‘lgan qiziqishining
ortishiga olib keldi. Bunda asosiy rolni, jiddiy amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi
mumkin bo‘lgan, mazkur modellarning uch muhim oqibati o‘ynadi.
So‘z quyidagilar haqida boradi:
1. Yangi bilim olsh sharoitda ishtirok etadigan, zaxiralar o‘sishidan
kelib chiqqan bashorat qilingan masshtab effekti haqida.
2. Inson kapitalini ko‘payishini nazorat qiladigan, mamlakatning te-
gishli siyosati yordamida iqtisodiy o‘sish sur’atlariga ta’sir etish imkoniyati
haqida.


101
3. Iqtisodiy muhit o‘lchami roli, xususan, xalqaro savdo ahamiyati,
isobalizatsiya va dizintegratsiya jarayonlari haqida.
Shu usulda Dj. Grossman va E. Xelpmen ikki mamlakat o‘rtasida inson
kapitalini taqsimlashga yo‘l qo‘yiladigan 3 sektorli modellar (ilmiy tad-
qiqot va tajriba konstruktorlik ishlanma (ITTKI) muhiti oraliq mahsulot-
lar ishlab chiqarishi, ya’niy iste’mol mahsulotini ishlab chiqarish) tuzish-
gan va uning doirasida shuni ko‘rsatishganki, teng traektoriyasiga yaqin-
lashgan sari transnatsional korporatsiyalar shakllanishi mumkin bo‘ladi.
Mazkur model asosida bir qator qiziqarli va jadal xulosalar qilindi. Xusu-
san, bundan kelib chiqadiki, ITTKIni qo‘shish subsudiya qilish, tadqiqot
va izlanishlar olib borish ishlarida birmuncha hukmron bo‘lgan mamlakat-
da, modellanayotgan tizimning iqtisodiy o‘sish umumiy sur’atlarining
ortishiga olib keladi. Shunga o‘xshash subsudiyalar innovatsion faoliyatga
nisbatan yakuniy mahsulot ishlab chiqarish ko‘proq rivojlangan mamlakatda
zid natija berishi mumkin. Proteksionistik savdo-sotiq faqatgina ITTKI
muhiti rivojlanish darajasi nisbatan pastroq bo‘lgan mamlakat tomonidan
amalga oshirilganidagina iqtisodiy o‘sishga yordam beradi. Lekin tadqiqot
va o‘rganish ishlarda nisbatan ustunlikka ega bo‘lgan mamlakat tomoni-
dan amalga oshirilsa, natija beradi. Mazkur xulosalar modellanayotgan
gipotetik tizimga aloqador. Taqdim etilgan o‘sish modelidan kelib chiqqan
nazariy xulosalar endogen texnik jarayon bilan birga, globalizatsiya jara-
yonlarining chuqurlashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan jahon iqtisodiyoti rivojla-
nishining bir qator tendensiyalarida aniq tasdiqqa ega bo‘ladi. Shunday
qilib, ITTKI xarajatlarining 18–14% Buyuk Britaniyada xorijiy kapital
evaziga qoplanadi. Ikki taraflama va ko‘p taraflama asosidagi xalqaro il-
miy hamkorlik dasturlarini amalga oshirish bilan birga, korporativ dara-
jadagi xalqaro texnologik kooperatsiyaning yangi tashkiliy shakllarini in-
tensiv rivojlantirish ham bunga yordam beradi.
Ammo endogen texnologik jarayonga ega bo‘lgan o‘sish modelini ya-
ratish asosiga qo‘yilgan bir qancha nazariy yo‘nalishi, shuningdek, bu
modellardan olingan xulosalarning impirestik tasdig‘i bilan bog‘liq bo‘lgan
yana bir talay savollar mavjud. Misol tariqasida P. Romer va F. Agion,
P. Xouvtit ishlarida o‘rganilayotgan yondashuvlarini ko‘rb chiqamiz.
 P. Romer modeli. P. Romer moduli asosida 3 ta asosiy qism yotadi:
– iqtisodiy o‘sishnng muhim faktorlaridan biri – jamiyat qo‘l ostida
bo‘lgan xomashyo materiallarining turli chatishuvini ishlatishga imkon
yaratadigan, nisbatan mukammal instruksiyalar kabi namoyish etila ola-
digan texnologik o‘zgarishlardir;
– shunga o‘xshash texnologik o‘zgarishlar va olib chiqayotgan bozor
rag‘batlariga ta’sir etadigan insonlar faoliyatiga ko‘ra ko‘p hollarda sodir bo‘ladi;
– xomashyo materiallarining turli ko‘rinishlarini qo‘llashga oid yo‘l-
yo‘riqlarni, prinsipial ravishda boshqa iqtisodiy tovarlarda farq qiladi: yangi


102
texnologiyalarni yaratish doimiy ishlab chiqarishning to‘xtashiga ekviva-
lent bo‘ladi. Bu texnologiyalarning keyingi qo‘llanilishi ishlab chiqaruvchi
tomonidan hech qanday sarf-xarajatni talab qilmaydi.
Romer iqtisodni uchta asosiy sektorga bo‘ladi. Birinchi, tadqiqot sek-
torida inson kapitali N
A
 va mavjud bilimlar zaxirasi (A)dan foydalanish
natijasida yangi bilim olinadi. Yangi bilim qo‘shilishini quyidagi formula
bilan ta’riflash mumkin:
A=
δ
N
A
A,
bu yerda, 
δ
-ilmiy mahsuldorlik parametri.
Mazkur formula borasida Romerning ta’kidlagani shunisi bilan qiziqki,
injenerlik oliy o‘quv yurti bitiruvchilari 100 yil avval ham hozirgilar kabi
inson kapitaliga ega bo‘lishgan, chunki bir xil vaqt davomida o‘qishgan
va shuning uchun amaliy mexanikasiga ega bo‘lishmagan. Ammo hozirgi
davr muhandisining ish unumdorligi nisbatan yuqori bo‘lishi kerak, chunki
u ko‘proq bilim zaxirasi (A)ga ega bo‘ladi.
Ikkinchi, oraliqlar sektor firmalari texnologik asbob-uskuna ishlab
chiqarish uchun tadqiqot sektoridagi ilmiy bilimlarni olishadi. Bu sektordagi
har bir firma monopolist hisoblanadi: u o‘z mahsulotini ishlab chiqarish
patentiga ega bo‘ladi va uni ayirboshlashdan foyda olishi mumkin. Taxmin
qilinishicha patent uzoq vaqt amal qiladi.
Ishlab chiqarish vositalari – mehnat xarajati L va inson kapitali asosidagi
iqtisodiy uchinchi sektor (Y) mijozga mo‘ljallangan yakuniy mahsulot ishlab
chiqarishini ta’minlaydi.
Mazkur ishlab chiqarish funksiyasi quyidagi ko‘rinishga ega:

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin