Toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali



Yüklə 210,68 Kb.
səhifə1/2
tarix18.11.2022
ölçüsü210,68 Kb.
#69782
  1   2
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali (1)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI URGANCH FILIALI

Sirtqi ta’lim 961-20 guruh Kompyuter Injinering yo’nalishi talabasi Matyoqubov Suhrobning elektronika va sxemalar fanidan tayyorlagan



MUSTAQIL ISHI
MAVZU: Elektron qurilmalar va sxemalarning o’rni va axamiyati. Hozirgi zamon elektronika sohasidagi etuk olimlarning qo’shgan hissalari.
Topshirdi:
Qabul qildi:
MAVZU: Elektron qurilmalar va sxemalarning o’rni va axamiyati. Hozirgi zamon elektronika sohasidagi etuk olimlarning qo’shgan hissalari.
REJA:

  1. Umumiy tushunchalar

  2. Kuchaytirgichlar

  3. Mikrosxemalar to‘g‘risida tushuncha

Elektronika — gaz, qattiq jism, vakuum va boshqa muhitda elektromagnit maydon ta'siri natijasida hosil bo‘lgan elektr o‘tkazuvchanlikni o‘rganish va undan foydalanish masalalari bilan shug‘ullanuvchi fan sohasidir. Qaysi muhitda elektr o‘tkazuvchanlik hosil bo‘lishidan qat’i nazar, bu o‘tkazuvchanlik zaryadlangan zarrachalarning (elektron, ion va hokazo) harakati bilan bog'liq. Raqamli texnologiyalaming rivoji hozirgi zamon avtomatika va telemexanika, kosmik va harbiy texnika, hisoblash texnikasining rivoji, aynan elektronika fanining nazariy va amaliyotining misli ko'rilmagan darajadagi rivojlanganiga asoslangan. Ishonch bilan ta'kidlash mumkinki, yaqin yillarda mikroelektronika deb atalmish elektronika fani bir qismining rivojlanishi hayotning barcha sohalariga, sanoat ishlab chiqarishi, sotsial-ijtimoiy, uy-ro‘zg‘or, qurilish va hokazolarga katta ta'sir ko‘rsatadi. Elektronika fanining rivojlanishiga elektrovakuum asboblari asos bo‘ldi. Bu asboblar hozirgi vaqtda qo‘llanilmaydi. Lekin elektron asboblarning ishlash prinsipini aynan shu priborlar misolida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Elektron vakuum asbob ichiga ikki elektrod — anod va katod joylashtirilgan bo‘lib, havosi so‘rib olingan shisha idishcha(ballon)dan iborat.Uning ishlash prinsipini termoelektron emissiyasiga, ya'ni vakuumda qizdirilgan metalldan elektronlar uchib chiqishiga asoslangan. Elektrodlardan biri — katod elektr toki bilan qizdiriladi. Qarama-qarshi elektrod — anodni musbat ishorali qutbga ulasak, katoddan otilib chiqayotgan manfiy ishorali zaryadlangan zarrachalar — elektronlar anodga qarab yo'naladi. Demak, elektr toki hosil bo‘ladi. Anod manfiy qutbga ulansa tok o‘tmaydi. Bunday elektron asbob diod deb ataladi va uning asosiy xossasi tokni bir tomonlama o‘tkazishdir, ya’ni undan faqat ma'lum ishorali tok o‘tadi.


Diodning asosiy xususiyati tokni bir yo‘nalishda o‘tkazib beradi, dedik. Uning bu xususiyatidan ko‘pincha o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantirishda foydalaniladi. Triodlar esa elektr signalni, ya’ni axborot tashuvchi elektr kattalikni (signalni) kuchaytirishda qo‘llaniladi. Bu holda signal to‘r — katod kuchlanishi ko‘rinishda triodga ulanadi va bu axborot tashuvchi kattalik anod — katodga ulangan manba hisobiga kuchaytiriladi. Yarimo‘tkazgichli asboblarning xususiyatlari elektron asboblarnikiga o'xshash bo‘lgani uchun qator afzalliklarga ega. Hozirgi vaqtda elektron tuzilmalarda faqat shunday asboblar qoilaniladi. Yarim o'tkazgichli materiallar o'zlarining elektr o‘tkazuvchanligiga ko‘ra o‘tkazgichlar (masalan, mis yoki aluminiy) va dielektriklar, ya’ni elektr tokini o‘tkazmaydigan materiallar orasida joylashgan. Ular kristall, amorf va suyuq ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Hozirgi vaqtda ko‘proq selen, kremniy va germaniydan yasalgan yarimo‘tkazgichlar qo‘llaniladi. Moddalar ularning tarkibida erkin zaryadlangan zarrachalar borligi tufayli elektr o‘tkazuvchanlik xossalariga ega. Yarimo‘tkazuvchi materiallarda elektr o‘tkazuvchanlik ular tarkibida elektron va „teshik“ borligiga asoslangan. Teshik — bu atom atrofida o‘z orbitalari bilan aylanuvchi elektronlarning qandaydir ta’sir natijasida yo‘qotgan o‘rni. Demak, teshik elektronlari yetishmaydigan atom bo‘lib, uning zaryadi musbat. Yarim o'tkazgich moddalarda tok paydo qilish uchun ko‘rsatiladigan ta'sir har xil bo‘ladi. Bu moddaning qizishi, elektromagnit maydon ta’siri, yorug‘lik (fotodiod) ta'siri bo‘lishi mumkin.
Kuchaytirgich kirish qutblaridagi signalning kichik o‘zgarishlarini o‘zgarmas tok manbayi hisobiga keskin kuchaytiruvchi mexanizmdir. Signal o‘ziga axborotni mujassamlashtirgan elektr kattalik, ya’ni tok yoki kuchlanishdir. Axborot tok yoki kuchlanishning amplitudasi yoki chastotasida ifodalangan (mujassamlangan) bo‘ladi. Demak, kuchaytirgichlar qaysi kattalik kuchaytirilishiga qarab kuchlanish kuchaytirgichi, tok kuchaytirgichi va quvvat kuchaytirgichlariga bo‘linadi.

9.18 – rasm
Kuchaytirgichlar qanday chastota oralig‘ida ishlashiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
1. Asta-sekin o'zgaruvchi signalni bir gers chastotaning kichik ulushlaridan boshlab bir necha kilogersgacha oshirib beradigan kuchaytirgichlar shartli ravishda o‘zgarmas tok kuchaytirgichlari deyiladi.
2. Past chastotali kuchaytirgichlar signalining chastotasi 10 Hz — 20 kHz oralig‘ida o‘zgaradi.
3. Chastota orqali keng kuchaytiigichlar — 1 Hz ÷10 MHz.
4. Saylovchi kuchaytirgichlar — ma'lum bir chastotali signalni kuchaytiruvchi kuchaytirgichlar.
Kuchaytirgichlar 10—6 ÷ 10—7 voltli kuchlanish va 10—14 ÷ 10—6 amperli tokni kuchaytirish xususiyatiga ega. Yarimo‘tkazgichli kuchaytirgichlar, yuqorida ta’kidlab o'tganimizdek, umumiy emitterli, umumiy bazali va umumiy kollektorli bo'ladi. Sanoat elektronikasida ko‘pincha umumiy emitterli kuchaytirgichlar qo‘llaniladi. Bu turdagi kuchaytiigichning sxemasi 9.18- rasmda ko‘rsatilgan va bu sxema quyidagicha ishlaydi.

Yüklə 210,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin