Toshkent davlat agrar universiteti nukus filiali



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/25
tarix21.01.2020
ölçüsü1,08 Mb.
#30246
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
qishloq xojaligida investitsiyon jarayonlarni boshqarish va biznes rejalashtirish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
"QISHLOQ XO‘JALIGIDA MENEJMENT, IQTISODIYOT VA BUXGALTERIYA
HISOBI" KAFEDRASI
"QISHLOQ XO‘JALIGIDA INVESTITSION JARAYONLARNI BOSHQARISH VA
BIZNES-REJALASHTIRISH"
MODULI BO‘YIChA
MA`RUZA MATNLARI
Nukus  2016
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

1-MAVZU. FANGA KIRISH
Investitsiyalar - iqtisodiyotni taraqqiyot tomon harakatini ta'minlovchi kuch ekanligi, har qanday
iqtisodiy nazariya uchun aksioma hisoblanadi. Har bir davlat, birinchi navbatda moddiy ishlab chiqarish
sohasiga, milliy va chet el investorlarini kirib kelishi uchun butun kuchini sarflashi lozim. Ushbu maqsadni
kozlagan holda muayyan investitsion siyosat ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi, tegishli investitsion
muhit shakllantiriladi. Mustaqil O’zbekistonda uzluksiz amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, tarmoq
va sohalar rivojlanishidagi yutuqlarga erishish, integratsion jarayonlarni rivojlanishi va iqtisodiy o’sishni
ta'minlashni nazarda tutadi.
Har bir korxona faoliyatining muhim sohalaridan biri bo’lib, uzoq vaqt davomida korxonaga daromad
keltirishi nazarda tutilgan, investitsion operatsiyalar, ya'ni, biror loyihani amalga oshirish uchun pul
mablag`lari kiritish bilan bog`liq operatsiyalar, hizmat qiladi. Bunday loyihalarning natijalari quyidagicha
bo’lishi mumkin:  bozor talabini qondirish uchun muayyan mahsulot ishlab chiqarish;  yanada zamonaviy
uskuna va texnologiyalardan foydalanish asosida, mahsulot ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish;
ishlab chiqarish resurslaridan oqilona (tejamkor) foydalanish; ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini
yaxshilash; ekologik xavfsizlikni oshirish; turli xil xizmatlarni ko’rsatish, shu jumladan konsultatsion
(maslahat), axborot, ijtimoiy va hokazo.
Har bir investitsiyaviy loyihani iqtisodiy baholash, bozor faoliyatining o’ziga xos xususiyatlarini,
xususan loyihani tavsiflovchi ko’pgina ko’rsatkichlarning o’zgaruvchanligi, so’nggi natijaga erishish
noaniqligi, loyiha ishtirokchilari manfaatlarining sub'ektivligi, va bularning oqibatida loyihani baholash
mezonlari ko’pligini, hisobga olishi lozim.
Investitsiyaviy loyihani iqtisodiy baholashda, uning quyidagi dinamik tavsiflarini e'tiborga olish
lozim:
- ishlab chiqarilayotgan tovar talabidagi mumkin bo’lgan o’zgarishlar va tegishli tarzda ishlab
chiqarish hajmlarining o’zgarishi;
- ishlab chiqarish hajmlarini oshirish jarayonida, ishlab chiqarish xarajatlarining rejalashtirilgan
pasayishi;
- iste'mol qilinayotgan resurslar narxlarining kutilgan o’zgarishlari;
- har bir davrdagi investitsiyalar uchun moliyaviy manbalarga ega bo’lish imkoniyati.
Korxona o’z tovarini etkazib berish hajmlarini oshirar ekan, ushbu tovar narxining tushib ketishi kabi
bozor ta'sirini oldini olishi lozim. Ayrim ishlab chiqarish resurslariga bo’lgan talabning oshishi, ularning
narxi oshib ketishiga olib kelishi mumkin. Raqobatdosh korxonaning kelajakdagi          ilmiy-texnik
yutuqlari, korxona tomonidan bugun o’zlashtirilayotgan mahsulot sifatini yo’qqa chiqarishi mumkin.
Shuning uchun ham investitsiyaviy loyihalar uchun quyidagi qoida amal qiladi.
Investitsiyaviy loyiha ko’rsatkichlarining istiqbolda ro’y berishi mumkin bo’lgan o’zgarishlari,
prognoz qilinishi va yetarlicha uzoq vaqtni qamrab oladigan iqtisodiy hisob-kitoblarga kiritilishi lozim.
Prognoz baholaridan foydalanish har doim ob'ektiv tarzda tavakkalchilik bilan bog`liq bo’ladi.
Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, investitsiyaviy loyihalarning turli tavsiflari turlicha aniqlik bilan prognoz
qilinishi mumkin. Odatda kelajakdagi xarajatlarni baholashdagi xatolar, loyihani amalga oshirish
muddatlarini belgilashdagi xatolarga nisbatan pastroq. Loyihani amalga oshirishni boshlash to’g`risida qaror
qabul qilishda tavakkalchilik darajasi turlicha bo’lishi mumkin. Tavakkalchilikning yo’l qo’yiladigan
darajasini belgilash har bir korxona uchun strategik muhim hisoblanadi.
Shuni aniq bilib olish kerakki, tavakkalchilik har doim mavjud va undan qochib qutulib bo’lmaydi.
Tavakkalchilik turli shakllarda namoyon bo’lishi mumkin. Misol uchun, foydali qazilmalarni qazib olish
sohasida loyihani amalga oshirish texnologik jihatdan mumkin emasligi shaklida, ilmiy-tehnik loyihalar
uchun g`oyalarni samarasiz yoki eskirganligi shaklida, qishloq xo’jalik loyihalari uchun ob-havo
sharoitlarini noqulay kelishi ehtimoli shaklida va hokazo.
Investitsiyaviy loyihaning amaldagi samaradorligiga, mamlakat iqtisodiyotida ro’y berishi mumkin
bo’lgan inflyatsion jarayonlar ham o’z ta'sirini ko’rsatadi, ularni hisobga olish ayniqsa dolzarbdir.
Investitsiyaviy loyihalar murakkabligi va ularning majmuaviy xarakteri shunga olib keladiki, loyiha
amalga oshirishning barcha sharoitlari va tavsiflarini rasmiy shaklda to’liq hisobga olish mumkin
bo’lmaydi. Shu bilan birga loyiha ishtirokchilari manfaatlarining o’zaro mos kelmasligi, investitsiyaviy
loyihalarni iqtisodiy baholashda bir nechta mezonlardan foydalanish zarurligiga olib keladi. Ushbu ishda
investitsiyalarni kiritish va investitsiyaviy loyihalar samaradorligini hisoblash, hozirgi kunda mavjud va
keng tarqalgan barcha uslublar yordamida atroflicha bayon etilgan.
2-MAVZU. INVESTITSIYALARNING IQTISODIY MOHIYATI VA IQTISODIYOTNI
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

RIVOJLANTIRISHDAGI O‘RNI
«Investitsiya» atamasi, lotincha «invest» so’zidan olingan bo’lib, «qo’yilma» ma'nosini bildiradi.
Yanada kengroq ta'rif beriladigan bo’linsa, investitsiyalar - bu kapitalni yanada ko’paytirish maqsadida
amalga oshiriladigan kapital qo’yilmalardir. Bunda kapitalning ko’payishi, investor mavjud mablag`lar
iste'molidan voz kechganini kompensatsiyalashi, tavakkalchilik uchun mukofotlashi va ushbu davrdagi
inflyatsion yo’qotishlarni qoplash uchun yetarli bo’lishi kerak.
O’zbekiston Respublikasining «Investitsiyaviy faoliyat to’g`risida»gi qonunida, «investitsiyalar»
tushunchasi «iqtisodiyot yoki boshqa faoliyat ob'ektlariga kiritilayotgan moddiy va nomoddiy boyliklar va
ularga egalik qilish huquqi» deb izohlangan.
Makroiqtisodiy darajada, investitsiyalar deganda, ishlab chiqarish vositalarini qayta ishlab chiqarish,
uy-joy jamg`armasi va tovar zaxiralari o’sishini, ya'ni YAIMning joriy davrda iste'mol qilinmasdan, uni
yanada ko’paytirishga yo’naltirilgan qismini nazarda tutadi.
Mikrodaraja va ishlab chiqarish nazariyasiga ko’ra, investitsiyalar deganda yangi kapital, shu
jumladan ishlab chiqarish vositalari va intellektual salohiyat, qayta ishlab chiqarishni tashkil etish jarayoni
tushuniladi.
Iqtisodiyot bo’yicha Nobel mukofoti sovrindori U.F.SHark  (1990 y.) «investitsiyalash» atamasiga
quyidagicha izoh beradi: «Ertaga daromad olish maqsadida, bugun pul sarflash», ya'ni investitsiyalarning
mohiyati shundaki ular kapital harakati jarayoniga jalb qilingan. Ushbu kapital harakati natijasida olingan
daromad nafaqat investorning barcha xarajatlarini qoplashi, balki unga tavakkalchilik uchun mukofot olib
kelishiham lozim.
Demak, investitsiyalar - bu kelajakda iloji boricha ko’p va samaraliroq foydalanish maqsadida «olib
qo’yiladigan» boyliklardir. Ularning bir qismini joriy davrda foydalanilmagan va zaxiraga olib qo’yilgan
iste'mol mablag`lari (zaxiralarni ko’paytirish emas); ikkinchi qismini esa ishlab chiqarishni kengaytirishga
yo’naltirilgan resurslar (bino, inshoot, mashina va qurilmalarga qo’yilmalar) tashkil etadi.
Korxonalar har doim investitsiyalarga, ya'ni yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, mavjudlarini
rivojlantirish, ishlab chiqarishni texnik jihozlanishini yaxshilash, foyda olish va boshqa maqsadlarni
ko’zlagan holda, turli dastur va ayrim tadbirlarga mablag` (ichki va tashqi manbalardan) qo’yishga muxtoj
bo’ladilar. Bu ishbilarmonlik va faoliyatning boshqa turlari ob'ektlariga foyda yoki ijtimoiy samara olish
maqsadida qo’yiladigan pul mablag`lari, maqsadli bank jamg`armalari, paylar, aksiya va boshqa qimmatli
qo`ozlar, texnologiyalar, mashina va uskunalar, litsenziyalar, shu jumladan tovar belgilari, kreditlar, istalgan
boshqa mulk yoki mulkchilik xuquqi, intellektual boyliklarga ham.
Moliyaviy ta'rifi bo’yicha investitsiyalar - bu foyda olish maqsadida xo’jalik faoliyatiga qo’yiladigan
mablag`larning barcha turlaridir; iqtisodiy ta'rif bo’yicha esa - asosiy va aylanma kapitalni yaratish,
kengaytirish yoki qayta tiklash va texnik qayta qurollantirishga bo’lgan xarajatlardir.
Investitsiyalar turli xil belgilarga asosan turkumlanadi: asosiy kapitalni ko’paytirish zaruriyati bilan
bo`lib, sof, va asosiy fondlar eskirishini qoplash zaruriyati tufayli yuzaga kelgan, yalpi investitsiyalar.
Investitsiyalar yo’naltirilgan ob'ekti bo’yicha ham farqlanadi. Bunday ob'ektlar bo’lib mulk, moliyaviy
vositalar,nomoddiy boyliklar xizmat qilishi mumkin. Ta'sir yo’nalishi bo’yicha: almashtirish, kengaytirish,
fondlar tarkibini yangilashni ajratish mumkin. Maqsadlar va ular bilan bog`liq tavakkalchilik nuqtai-
nazaridan investitsiyalar quyidagi turlarga bo’linadi:
- venchur (tavakkalchilikli);
- to’g`ridan-to’g`ri;
- portfel;
- annuitet.
Tavakkalchilikli investitsiyalar, yoki venchur kapitali deb, tavakkalchiligi yuqori bo’lgan kapital
qo’yilmalarni ataydilar. Venchur kapitali - bu yuqori tavakkalchilik bilan bog`liq yangi faoliyat turlarida
chiqariladigan yangi aksiyalarga investitsiya kiritishdir. Venchur kapitali asosan innovatsion va yangi
texnologiyalar bilan bog`liq faoliyat turlarida uchraydi.
To’g`ridan-to’g`ri investitsiyalar - foyda olish va boshqaruvda ishtirok etish maqsadida, xo’jalik
faoliyati yuritayotgan sub'ekt ustav kapitaliga qo’yiladigan kiritiladigan qo’yilmalardir.
Portfel investitsiyalar - portfel shakllantirish bilan bog`liq bo’lib, qimmatli qog`ozlar va boshqa
aktivlar (jamg`arma va depozit sertifikatlari, sug`urta polislari, va h.) ni sotib olishdan iboratdir.
Annuitet (nemischa annuitat-yillik to’lov) - investitsiya kirituvchi shaxsga bir xil vaqt oralig`ida
muayyan daromad keltiradigan investitsiyalardir. Bunga asosan sug`urta va nafaqa jamg`armalariga mablag`
qo’yishni misol tariqasida keltirish mumkin.
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

Tijorat amaliyotida investitsiyalarning quyidagi turlarini farqlash mumkin:
- moddiy aktivlarga kiritiladigan investitsiyalar;
- pul aktivlariga kiritiladigan investitsiyalar;
-nomoddiy (ko’rib bo’lmaydigan) aktivlarga kiritiladigan  investitsiyalar.
Moddiy aktivlar deganda ishlab chiqarish bino va inshootlar, hamda xizmat muddati bir yildan ko’p
bo’lgan mashina va uskunalar tushuniladi. Pul aktivlari deganda esa, boshqa yuridik va jismoniy
shaxslardan pul olish huquqlari tushuniladi (depozitlar, obligatsiyalar va h.) Nomoddiy aktivlarga, korxona
tomonidan orttirilgan intellektual boylik, savdo belgilari, litsenziya va nou-xaular kiradi.
 
Tadbirkorlik  faoliyati  ob'ektlariga  investitsiyalar turli shakllarda
oshiriladi.Shu munosabat bilan, investitsiyalarni taxlil qilish va  rejalash-tirishda, ularni 1.1.-rasmda
ko’rsatilgan belgilar bo’yicha turkumlashtirish muhim hisoblanadi.
1.
 Mablag` kiritish ob'ektlariga qarab real va moliyaviy investitsiyalar ajratiladi.
2.
Investitsiya kiritishda ishtirok etish xarakteri bo’yicha bevosita va  bilvosita investitsiyalar
mavjud.
Bevosita investitsiya kiritish deganda, investitsiya ob'ektini tanlashda investorning o’zi bevosita
ishtirok etishi tushuniladi.
Bilvosita investitsiya kiritishda esa, barcha operatsiyalar mas'ul shaxs (investitsiyaviy yoki boshqa
moliyaviy vositachilar) yordamida amalga oshiriladi. Vositachilar yordamida investitsion va boshqa
jamg`armalar hizmat qilishi mumkin.
1.
Investitsiya kiritish davri bo’yicha qisqa muddatli va uzoq muddatli (ayrim adabiyotlarda
qisqa, o’rta va uzoq muddatli) investitsiyalar farqlanadi.
2. Qisqa muddatli investitsiyalar deganda muddati bir yilgacha bo’lgan kapital qo’yilmalar tushuniladi
(misol uchun qisqa muddatli depozitlar, jamg`armalar va h.), uzoq muddatli investitsiyalar esa - bir yildan
ortiq muddatga kiritilgan kapital qo’yilmalardir.
3. Mulkchilik shakli bo’yicha shaxsiy, davlat, chet el va qo’shma investitsiyalar mavjud.
4. Shaxsiy investitsiyalar - bu fuqarolar va davlat mulkiga tegishli bo’lmagan korxonalar tomonidan
amalga oshiriladigan kapital qo’yilmalardir.
Investitsiyalarni turkumlashtirish belgilari
1.   Mablag‘
kiritish
ob'ektlari
bo‘yicha
2.
Investitsiyal
ashdagi ishtiroki
bo‘yicha
3.Investitsiyal
ash davri
bo‘yicha
4.Investitsiyaviy
resurslarning
mulkchilik shakli
bo‘yicha
5.Mintaqa
viy belgisi
bo‘yicha
       2.1.-Rasm. Investitsiyalarning turli belgilar bo’yicha turkumlanishi.
Davlat investitsiyalari deganda byudjet va nobyudjet fondlari, hamda qarz mablag`lari hisobiga
markaziy va mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, hamda o’zining shaxsiy va qarz mablag`lari
hisobiga davlat korxona va tashkilotlari kiritadigan kapital qo’yilmalar tushuniladi.
Chet el investitsiyalari - chet ellik fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatlar tomonidan amalga
oshirilidigan kapital qo’yilmalardir.
Qo’shma investitsiyalar - mazkur mamlakat va chet el davlatlari sub'ektlari tomonidan qo’shma
Mamlakat tashqa
risi
dagi
inv
es
tit
siya
la
r
Ma
m
lak
at 
ich
ida
gi inv
es
tits
iya
la
r
Uzo

mud
da
tli in
ve
stit
siya
la
r
Bilvo
sita 
inv
es
tit
siya
la
r
Rea
l inv
es
tit
siya
lar
Mo
liya
viy 
in
ve
stit
siya
lar
Bev
os
ita 
inv
es
tit
siya
lar
Qisqa muddatli inve
st
itsiyalar
Chet el investitsi
yala
ri
Da
vla
t inv
es
tit
siya
lar
i
Xus
us
iy in
ve
stit
siya
la
r
Q
o‘s
hma 
in
ve
stit
siya
lar
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

ravishda amalga oshiriladigan investitsiyalardir.
5.
Hududiy belgisi bo’yicha mamlakat ichidagi va mamlakat tashqarisidagi investitsiyalar
farqlanadi.
Investitsiyalar o’z ob'ekti bo’yicha ham quyidagicha turkumlanishi mumkin:
- kapital (real aktivlarga);
- innovatsion (texnika va yangi texnologiyalarning yangi avlodini ishlab chiqishga yo’naltirilgan);
- ijtimoiy (inson salohiyatini, ishlab chiqarish tajribasini rivojlantirish, nomoddiy boyliklarning
boshqa shakllariga kiritiladigan).
Bundan tashqari, loyiha boshlanishida korxona xarid qilishda amalga oshiriladigan boshlang`ich yoki
netto-investitsiyalar mavjud. Reinvestitsiyalar bilan birgalikda ular brutto-investitsiyalarni tashkil etadi.
Reinvestitsiyalar - yangi ishlab chiqarish vositalarini yaratish yoki xarid qilishga va boshqa
maqsadlarda foydalaniladigan, qayta bo’shagan investitsiyaviy resurslardir. Bunday investitsiyalar mavjud
ob'ektlarni yangilash, texnologik uskunalarni zamonaviylashtirish, yangi mahsulot turlarini ishlab chiqish,
yangi bozorlarni tashkil etish va boshqa maqsadlarga yo’naltirilishi mumkin.
Ishlab chiqarishga, qimmatli qog`ozlarga va boshqa turdagi investitsiyalarni amalga oshirish quyidagi
hollardagina maqsadga muvofiq bo’ladi:
- ushbu qo’yilmadan olinadigan sof foyda, mablag`larni bank depozitiga qo’yish orqali olinadigan sof
foydadan yuqori bo’lsa;
- investitsiyalar rentabelligi inflyatsiya darajasidan yuqori bo’lsa;
- pullarning vaqt oralig`idagi qiymatini hisobga olgan holda, mazkur loyiha rentabelligi, boshqa
alternativ loyihalar rentabelligidan yuqori bo’lsa;
- loyiha amalga oshirilgandan so’ng korxona aktivlarining rentabelligi oshsa (yoki kamaymasa) va har
holda qarz mablag`lari bo’yicha o’rtacha hisob stavkasidan yuqori bo’lsa;
- ko’rib chiqilayotgan loyiha, ishlab chiqarishning ratsional tuzilmasini shakllantirish, xarajatlarni
qoplash muddatlari, moliyaviy manbalarning mavjudligi nuqtai-nazaridan korxonaning bosh maqsadlariga
muvofiq kelsa.
Shuni ham ta'kidlab o’tish lozimki, mazkur umumiy tamoyillar bo’lishiga qaramasdan, u yoki bu
xo’jalik faoliyatini yurituvchi sub'ekt uchun investitsiyaviy siyosatning asosiy mezonlarini aniqlash juda
ham sub'ektiv va muayyan bosqichdagi strategik moliyaviy maqsadlarga bog`liq bo’ladi.
Ammo sub'ektivlikning har qanday darajasida investitsiyalar bo’yicha qaror qabul qilinayotganda,
moliyaviy menejer pullarning vaqt oralig`idagi qiymatini, loyiha tavakkalchiligi darajasini, loyihaning
alternativ loyihalardan ustunligini va boshqa ko’plab omillarni e'tiborga olishi lozim.
Shunday qilib, investitsiyalar to’g`risida qaror qabul qilish kutilayotgan daromadlilik va tavakkalchilik
nisbati tahliliga asoslanadi. Shuning uchun ham, investitsiyalar mohiyati to’g`risida gap yuritayotganda,
ularning turli xil tavakkalchilik va kutilayotgan daromadga bog`liq ekanliklarini esdan chiqarmaslik lozim.
Pullarning daromad olib kelish qobiliyati ularning kelib chiqish manbai va iste'mol yo’nalishlari, ya'ni pul
qayerdan kirib kelishi va nimaga investitsiya sifatida qo’yilishiga bog`liq bo’ladi. Demak, kapital
manbalarining ishonchliligi va mablag`larni to’g`ri investitsiya qilish o’rtasida uzluksiz aloqa kuzatiladi.
Ushbu belgilari bilan investitsiyalar boshqa qo’yilmalardan farqlanadi.
3-mavzu. Investitsiya faoliyati  va investitsiya siyosati
Investitsiya faoliyatini tashkil etishda har bir mulk egasi ishbilarmonlikni, tadbirkorlikni mohiyatini
chuqur anglagan holda ish yuritishi kerak. Investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mulk egasi tez
o‘zgaruvchan bozor iqtisodiyoti va uning ko‘pqirrali munosabatlarini har tomonlama anglay bilishi lozim.
Investitsiya faoliyatini yuritishda iqtisodiy axborotga tanlangan soha bir butun iqtisodiyot va mamlakat
miqyosida marketing bilimlariga ega bo‘lishi alohida ahamiyatga ega. Chunki barqarorlashmagan
iqtisodiyotda investor pul muomalasi, moliya kredit va banklar, soliq siyosati mohiyatini chuqur bilmay
turib, investitsiya faoliyatini tashkil etish tavakkalchilik bilan bog‘liq bo‘lib, qisqa davr ichidagi inqirozga
uchrashi mumkin. Bozor munosabatlari rivojlangan yetuk jamiyatda investitsiya faoliyati quyidagi
yo‘nalishlarda olib boriladi:
-
fuqarolar, davlatga qarashli bo‘lmagan korxonalar, xo‘jalik assotsiatsiyalari, jamoa va o‘rtoqlik
xo‘jaliklari hamda jamoa mulkchiligi asosida tashkil etilgan diniy tashkilotlar, nodavlat korxonalari va
muassasalari tomonidan;
-
davlatni ma'muriy va boshqaruv bo‘linmalari, tashkilotlari hamda davlat korxonalari va
muassasalari tomonidan;
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

-
chet el fuqarolari, xususiy firmalar, assotsiatsiyalar, kompaniyalar va huquqiy shaxslar hamda
boshqa davlatlar tomonidan;
- qo‘shma korxona ko‘rinishida mahalliy va chet el fuqarolari, huquqiy shaxslar va davlatlar bilan
hamkorlikda.
Mulkchilikni turli shakllarini rivojlanishi, tadbirkorlik va ishbilarmonlikni yo‘lga qo‘yilishi, jahon
iqtisodiy aloqalari taraqqiy etishi, qo‘shma korxonalarni iqtisodiyotni barqarorlashtirishda roli ortishi,
investitsiya faoliyatini to‘la tashkil etish uchun zarur bo‘lgan imkoniyatlarni yaratadi. Mulkchilikning turli
shakllari vujudga kelishi, o‘z navbatida tadbirkorlikning rivojlanishi, chet el kapitalining kirib kelishi
investitsiya faoliyatini tashkil etish yo‘nalishlarini ham aniqlab beradi.
Investitsiya faoliyati to‘rt asosiy yo‘nalishlarda bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda, turli xil
mulkdorlar tomonidan olib boriladi. Investitsiya faoliyatini tashkil etishning bu yo‘nalishlari o‘z navbatida
bir nechta tip va shakllarda amaliyotga tatbiq etiladi.
Samara yoki daromad keltiradigan mulkiy va intellektual boyliklar, ya'ni investitsiyalar quyidagi
shakllarda bo‘lishi mumkin:
1.
Pul mablag‘lari, banklardagi maqsadli jamg‘armalar, paylar, aksiyalar va boshqa qimmatbaho
qog‘ozlar;
2.
Harakatdagi va harakatda bo‘lmagan mulklar (binolar, inshootlar, asbob-uskunalar hamda boshqa
moddiy boyliklar);
3.
Mualliflik huquqi, nou-xaulardan tashkil topgan mulkdorlik huquqlari va boshqa intellektual
boyliklar;
4.
yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari hamda mulkchilik huquqlari;
5.
Boshqa boyliklar.
Investitsiyalarning qayd etilgan turlari va shakllari asosida tadbirkorlik, ishbilarmonlik va boshqa
davlat tomonidan taqiqlanmagan faoliyatlarni barcha investorlar tomonidan amaliy ravishda yo‘lga qo‘yish,
mablag‘lar sarflash va ularni amaliyotga tatbiq etish chora tadbirlarining yig‘indisi investitsiya faoliyatini
anglatadi. Bozor iqtisodiyotida investitsiya faoliyatini fuqarolar, huquqiy shaxslar (korxonalar, firmalar,
aksioner jamiyatlari va boshqa tipdagi mulk egalari) va davlat yuritadi. Investitsiya faoliyatini yo‘lga
qo‘yishda har bir mulk egasi, birinchi navbatda o‘z manfaatini ko‘zlab yagona maqsadga, ya'ni foyda olish
va samaraga erishishni rejalashtiradi.
Bozor sharoitida investitsiya faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish jismoniy, huquqiy shaxslarni va
davlatni, foyda olish maqsadida tadbirkorlik, ishbilarmonlik va boshqa faoliyatlarini qaytadan tiklashga
qaratilgan. Bu boradagi asosiy maqsad investitsiya faoliyatini tashkil etib iqtisodiyotni inqirozdan olib
chiqish, uni barqarorlashtirish, dunyo bozoriga kirib borish, jahon xo‘jalik aloqalarini mustahkamlash va
aholi turmush darajasini yaxshilashdir.
Bozor iqtisodiyotida investitsiya faoliyatini moliyalashtirish investorlar tomonidan moliyaviy
resurslarni jalb etish yo‘li bilan kreditlar evaziga, muomalaga, qonunchilikda belgilangan holda qimmatli
qog‘ozlar va zayomlar chiqarish hisobiga olib boriladi. Davlat mulkini xususiylashtirish tufayli mamlakat
miqyosidagi manbalar tarkibida mablag‘lar kamayib borishi kuzatilmoqda. Aksincha, turli mulk egalarining
mablag‘lari, yangidan tashkil etilayotgan fondlarni ulushi, chet el investitsiyalarining miqdori ortib boradi.
Albatta, bu borada har bir mamlakatning investitsiya siyosati hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Investitsiya
manbalarini tashkil etishda mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi, milliy valyuta birligini konvertrlanishi,
tashqi iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi, aholi ehtiyojini ishlab chiqarish hisobiga qondirilishi va
boshqalar muhim rol o‘ynaydi.
Investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirishning muhim yo‘nalishida qulay sharoitlar yaratishga
qaratilgan. Avvalambor, ijtimoiy rivojlantirish, ishlab chiqarishni texnik jihatdan takomillashtirish, yangilik
va ixtirolarni tatbiq etish asosida ijtimoiy talablarni qondirishga qaratilgan. Bu borada muvofiqlashtirishni
tashkil etish investitsiya faoliyatini sharoitlarini aniqlash yo‘li bilan davlat investitsiyalarini boshqarish
bilan birga olib boriladi. Davlat tomonidan investitsiya faoliyati sharoitlarini muvofiqlashtirish bir qator
chora va tadbirlarni qo‘llash va hayotga tatbiq etish negizida amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi.
Hujjatda ko‘rsatilgan chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
-
soliqlar tizimini qulaylashtirish. Soliq sub'ektlari, ob'ektlarini hamda uning miqdorlarini
tabaqalash va yengilliklar berish;
-
amortizatsiya siyosatini tubdan o‘zgartirish, shu jumladan asosiy fondlar amortizatsiyasini
tezlashtirish (iqtisodiyot sohalari, ba'zi tarmoqlari, asosiy fondlarning qismlari, asbob-uskunalar turlari
bo‘yicha tabaqalashgan holda amortizatsiya yangiliklari o‘rnatiladi);

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin