Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali



Yüklə 41,83 Kb.
səhifə1/2
tarix02.01.2022
ölçüsü41,83 Kb.
#45975
  1   2
Сут ва гўштни қайта ишлаш ИФД-2021


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

QISHLOQ XO`JALIGI VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI

TERMIZ FILIALI








Tasdiqlayman”







O’quv-tarbiyaviy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari







__________ D.Jumanov







“___”____ 2021 y.











Q.F. SUT VA GO’SHT MAHSULOTLARINI SAQLASH VA DASTLABKI ISHLASH TEXNOLOGIYASI
FANININGISHCHI O’QUV DASTURI


Bilim sohasi:



400000 – Qishloq va suv xo’jaligi



















Ta’lim sohasi:



410000 – Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi



















Ta’lim yo’nalishi:



5410500-Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi












Umumiy o‘quv soati



74 soat (5 – semester)

SHu jumladan:







Ma’ruza



14 soat

Amaliy mashg‘ulotlar



28 soat

Mustaqil ta’lim soati



32 soat

Termiz tumani – 2021 y.

Fanning ishchi o‘quv dasturi Toshkant davlat agrar universiteti Termiz filialining Ilmiy Kengashida ko`rib chiqilgan va tavsiya qilingan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan.


Fanning ishchi o‘quv dasturi Toshkant davlat agrar universiteti Termiz filiali Kengashining 2021 yil “__” avgustdagi ___-sonli bayoni bilan tasdiqlangan.



Tuzuvchi:

I.E.Abdullaev –Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va mexanizasiya kafedrasi katta o‘qituvchisi.

Taqrizchilar:

M.X.Aramov – Meva – sabzavotchilik, uzumchilik, issiqxona xo’jaligi kafedrasi mudiri, q.x.f.d., professor.
A.Abdiyev – Toshkent irrigasiya va qishloq xo’jaligini mexanizasiyalash muxandislari instituti Qarshi filiali o’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i, q.x.f.n., dotsent.

“Meva-sabzavotchilik va texnologiya”

fakulteti dekani: N. Nurmatov

“___” avgust 2021 yil.

“Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash,

qayta ishlash va mexanizasiya” kafedrasi mudiri: S.Ishimov

“___” avgust 2021 yil.

I. O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko’rsatmalar

“Sut va go’sht mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, sut va go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish hodisasi va jarayonlariga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyo qarashni shakllantirish vazifalarini bajaradi.

Fan bo‘yicha talabalaning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:

– go’sht tarkibidagi moddalar, organizmlardagi modda almashinuvi, go’sht komponentlarining o’zgarishi, mushak, yog’, nerv to’qimalari, qon, ichki organlar biokimyosi, go’shtni tuzlash va dudlashdagi biokimyoviy o’zgarishlar, go’sht komponentlarining mikroblari va issiqlik ta’sirida biokimyoviy o’zgarishlari;

– sut tarkibi va fizik xossalari, sut hosil bo’lishi, sut tarkibi va sifatining o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar, sut nuqsonlari, ishlab chiqarishdagi biokimyoviy va fizik-kimyoviy jarayonlar, nordon sut ichimliklari, sariyog’, pishloq, konservalangan sut mahsulotlari ishlab chiqarishdagi fizik-kimyoviy jarayonlar, sut mahsulotlarini saqlash davridagi biokimyoviy va kimyoviy o’zgarishlar bo’yicha tasavvurlar va ko’nikmalarga ega bo’lishi;

– go’sht-sut mahsulotlari texnologik jarayonlari, go’sht va go’sht mahsulotlariga past temperaturaning ta’siri, go’sht va go’sht mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi, go’shtga dastlabki ishlov berish, yarim tayyor go’sht mahsulotlari, dudlangan go’sht, kolbasa, go’sht konservalari ishlab chiqarish;

– sutga dastlabki, mexanik va issiqlik yordamida ishlov berish, achitqi texnologiyasi, nordon sut mahsulotlari va muzqaymoq, pasterlangan va sterillangan sut, parhezli nordon sut ichimliklari, tvorog va tvorog mahsulotlari, smetana ishlab chiqarish texnologiyalari, konservalangan sut mahsulotlari, sariyog’ va pishloq ishlab chiqarish texnologiyalari va ulardagi nuqsonlarni bilishi va ulardan foydalana olishi;

– go’sht korxonalarida qo’llaniladigan mexanik qurilmalar, issiqlik apparatlari, sut sanoatida ishlatiladigan jihozlar, sut sanoati ba’zi yo’nalishlari uskunalari, sutni yuqori temperaturada pasterlash va sterillash, sariyog’, pishloq, tvorog mahsulotlari ishlab chiqarish uskunalari, ularning turlari, tuzilishi, ishlash printsiplari, uskunalarni ishlash faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar, vakuum-bug’latish qurilmalari va quyultirilgan sut ishlab chiqarish uchun kristallizatorlar, sut va sut mahsulotlarini quritish qurilmalari, frizerlar, muzlatish va toblash kameralari, uskuna hamda quvurlarni yuvish va tozalash uskunalari, xomashyoni, tayyor mahsulotni o’lchash va uni xaridga tayyorlash uskunalari bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak.




Yüklə 41,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin