Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə1/108
tarix07.06.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#60888
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»
11 mavzu, Innovatsion Yakuniy

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI


«SOTSIOLOGIYA»

(Oliy o’quv yurti talabalari uchun darslik)




Ташкент – 2017

K.Kalanov, A.Sodiqov, М.Sharipov, B.Alimboyeva, X.Kurbanaliyeva. Sotsiologiya: oliy o’quv yurtlari talabalari uchun darslik./ K.Kalanov, A.Sodiqov, M.Sharipov, B.Alimboyeva, X.Kurbanaliyeva. Toshkent: TDIU, 2017 273b.


Ushbu darslikda sotsiologiya fanining asosiy tushuncha va komponentlari to‘g‘risida o‘quvchiga ma’lumotlar beriladi. Atrof-muhitni o‘rab turgan sotsial dunyo, struktura va jarayonlar sotsiologiyaning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib yoritilgan. Darslikning asosiy mavzulari mumtoz sotsiologiya namoyondalari, mahalliy mutahassislar bildirgan fikr-mulohazalar, taklif va munosabatlarni inobatga olgan holda atroflicha bayon qilindi. Darslik keng kitobxonlar ommasi, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalar uchun sotsiologik bilimlarni kengaytirish va boshqaruv faoliyatida foydalanish uchun xizmat qilishi mumkin.

Mundarija:

  1. Sotsiologiyaning fan sifatida institutlashuvi (shakllanishi)………………………………….

  2. Sotsiologiya fanining strukturasi (ichki tuzilishi)……………………………………………

  3. Jamiyat sotsiologiyaning tadqiqot ob’yekti sifatida………………………………………….

  4. Sotsial aloqalar, sotsial munosabatlar va sotsial nazorat……………………………………

  5. Sotsial guruhlar, sotsial tashkilotlar va sotsial institutlar…………………………………….

  6. Sotsiologiyada sotsial stratifikatsiya va sotsial mobillik………............................................

  7. Shaxs sotsiologiyasi va deviant xulq-atvor………………………………………………….

  8. Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi……………………………………………………………..

  9. Din sotsiologiyasi…………………………………………………………………………….

  1. Boshqaruv sotsiologiyasi va uning ahamiyati……………………………………………




  1. Empirik sotsiologik tadqiqotlar………………………………………………………………

KIRISH
Sotsiologiya atamasi bugungi mulohazakor o‘quvchi uchun tanish iboraga aylanib ulgurdi. Birinchidan, u oliy ta’limga ixtisoslashgan barcha muassasalarda o‘qitilmoqda. Ikkinchidan esa mavjud OAV, xususan Internet saytlarining aksariyat qismida “sotsiologik tadqiqot natijalariga ko‘ra”, degan jumla bilan o‘ziga xos “sotsial reklama” vazifasini o‘taydigan bo‘ldi. Suningdek, sotsiologik bilimlarni boyitishda ijtimoiy-gumanitar fanlar va tabiiy fanlarning ma’lum nazariya va uslubiyotlaridan faol foydalanish imkoniyati mavjudligi bugun sir emas.


Mutaxassislar sotsiologiyaning tadqiqot ob’ekti – murakkab jarayon, ya’ni kishilik jamiyatiga qaratilganligini e’tirof qilar ekanlar, unda mavjud jamiyatning sotsial tuzilmasi, taraqqiyot qonuniyatlari insonlarning xulq atvorlarini tadqiq etadilar. XX asrning so‘nggi 20 yilligida ijtimoiy hayotda jamiyatdagi sotsial muammolar, ularning kelib chiqishi, oldini olish va bartaraf etish chora tadbirlari to‘g‘risida ko‘plab ilmiy konferensiya va seminarlar o‘tkaziladigan bo‘lindi.Ularning natijalariga tayanib tabiiyki akademik kitoblar ham chop etildi va bu jarayon xanuz davom etib kelmoqda. Rus amerika sotsiologi Pitirim Sorokin ta’kidlaganidek “insoniyat XXI asrda sotsial muammolar girdobi bilan to‘qnash keladi”. Zamonaviy jamiyatda nega “oilalarda ajralishlar sodir bo‘ladi?”, “ishsizlikni qay yo‘sinda bartaraf qilish mumkin?”, “diniy va milliy nizolarning sababi nimada?”, “insonlarning xulq atvorini boshqarish mumkinmi?” qabilidagi o‘nlab va balki yuzlab sotsial masalalar o‘z echimini topilishini kutib yotadi.
Sotsiolgiya fanining vujudga kelish tarixiga e’tibor qaratilsa, u sotsial falsafa negizida o‘zining ilk rivojini topganini kuzatish mumkin. Yuqorida ilgari surilgan muammoli jumboqlar antik davr faylasuflari Platon va Aristotelning Xitoy va hind falsafiy ta’limotlarida o‘rta asr sharq falsafa ilmida ham tafakkur nuqtai-nazaridan talqin etilgan. Jumladan, musulmon dunyosida Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ibn Xaldun, Ibn Batuta, Bobur asarlarida sotsiologik bilimlarga turtki bergan tayanch mulohazalar ilgari surilgan. O‘rta asrlar Evropasida Gobbs, Dekart, Russo, Volter, Monteske kabi mutafakkirlarning ijtimoiy hayot va kishilar xulq atvoriga oid ahloqiy, estetik ruhdagi qarashlarni ham sotsial bilimlarni takomillashuviga o‘z hissasini qo‘shdi.
Sotsial hodisalarga nisbatan amaliy yondashib, uni faqat dalillar asosida baholash lozim, deb hisoblagan fransuz mutafakkiri O.Kont sotsiologiya sohasining asoschisi sifatida e’tirof qilindi. Shuningdek, u birinchi bo‘lib mazkur atamani fanga yangi yo‘nalish sifatida kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Nazariy sotsiologiyaning yanada takomillashuviga evropalik mumtoz nazariyotchilardan G.Spenser, G.Tard, G.Lebon, M.Veber va E.Dyurkgeymlarning xissasi beqiyos, ular o‘z asarlarida protestantlikning kapitalizmdan ajralishi natijasida tafakkurdagi o‘zgarish, shu vaqtdagi tabiiy fanlardagi qo‘lga kiritilgan va misli ko‘rilmagan kashfiyotlar, hamda kapitalistik munosabatlarda foyda olishning inson xulq-atvoriga o‘tkazayotgan sotsial munosabatlar, harkatchanlik va jarayonlarni tahlil etadilar.
Jamiyatdagi revolyutsiyalar, birinchi va ikkinchi jahon urushlari XX asr kishisining turmush va tafakkur tarziga atroflicha ta’sir o‘tkazdi. Buning oqibatida ommaviy mobillik jarayoni avj oldi. Ziyoli qatlamning katta qismi o‘z faoliyatini okean ortiga Amerika qit’asiga qaratadi. AQSHda tez sur’atlar ichida emperik sotsiologiya taraqqiy eta boshladi. P.Sorokin, T.Parsons va R.Merton, I.Goffman kabi mutaxassislarning amaliy sotsiologiyani taraqqiyotiga oid akademik asarlari sotsilogiyaga nisbatan yangicha yondashuvni shakllantirdi. Muammoga nisbatan kompleks tarzda yondoshgan Chikago maktabi vakillarining yondashuvlari keyinchalik sotsiolgiyaning tarmoq yo‘nalishlarni shakllantirishga xizmat qildi. O‘zbek sotsiologiyasining rivoji u tashkil topgan vaqtdanoq tizimli ravishda taraqqiy etib bormoqda. Milliy tilimizda o‘tgan asrning 90 yillaridan boshlaboq sotsiologiyaga oid darslik va o‘quv qo‘llanmalar chop etildi. Bunda N.Aliqoriev, M.Ganieva, R.Ubaydullaeva, M.Bekmurodov, A.Xolbekov, O.Ata-Mirzaev, N.Mamatov kabi etuk mutaxassislar rahbarligida zamonaviy sotsiologiyaning nazariy va amaliy jihatlarini batafsil izohlab bergan darslik va o‘quv qo‘llanmalar nashrdan chiqdi. Mumtoz sotsiologiya vakili E.Giddensning “Sotsiologiya” nomli asari chop etildi.
Davr kutib turmaydi. Axborotlar asrida esa uning g‘ildiragi yanada tez aylanib ketdi. Nafaqat axborot va texnokratik texnologiyalarning yangi avlodi paydo bo‘ldi, balki ijtimoiy hayotda kishilardagi avlodlararo almashuv jarayoni faollashdi. Balkim bugungi kunda avlodlarning o‘zaro almashuv jarayoni besh yilni tashkil qilayotgandir. Albatta bu taxmin xolos . Lekin u katta baxs munozaralarga sabab bo‘lishi mumkin. Ingliz tilida so‘zlashadigan Internet “avlodlari” shakllanib ulgurganligi tabiiyki mubolag‘a emas. Globallashgan jamiyatda yangi sotsial muhit shakllandi. Jamiyatdagi sotsial muhit bio va ekomakon ta’sirida keskin o‘zgarib bormoqda. Bu esa sotsiologiyaning oldiga jiddiy talablarni qo‘yadi. Jahon amaliy sotsiologiya tajribasida miqdorli tadqiqotlar o‘z o‘rnini asta-sekinlik bilan sifatlisiga bo‘shatib bermoqda. Makrosotsiologiya ma’lumotlarini mikrosotsiologiya tadqiqot natijalari bilan o‘zgartirish odat tusiga kirmoqda. Ommaviy tadqiqotlardan ko‘ra ekspert so‘rovlarga talab osha boshladi. Buning tag zamirida esa har doimgidek inson omili yotadi. Ushbu sotsial masalaning echimi oddiy bir shaxs hayoti va turmush tarzini o‘rganish asosiga qurilmoqda.
Umuman olganda mazkur tayyolangan darslik an’anaviy yozilgan vorislikni davom ettiradi. Unda nazariya, uslubiyot va uslublar, tadqiqot texnikasi, va ish jarayoni, maxsus va tarmoq yo‘nalishlar o‘z ifodasini topgan. SHuningdek ushbu darslik avvalgilaridan lotin alifbosida tayyorlanayotganligi bilan farq qiladi. U keng ilmiy jamoatchilik va kitobxonlar ommasiga mo‘ljallab yozilgan. Mualliflar har qanday sharoitda ham ushbu darslik materiallaridan auditoriyalarda foydalanayotganda, albatta qo‘shimcha manba va adabiyotlarga tayanishni so‘oab qoladilar.


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə