Mavzu : Gimnastika darslarini tashkil qilish va o‘tkazish. Reja: Kirish 1.Gimnastika haqida 2. Sport gimnastikasi rivojlanishi 3. Òzbekistonda sport gimnastikasi rivojlanishi 4.Mashhur sport gimnastikachilar haqida Xulosa Gimnastika - sozi yununcha sozdan olingan bòlib yalonĝoch degan manoni anglatadi. Uning yana bir manosi "gimnazo" trener mashq qilldiraman sozing kishi salomatligini mustahkamlash uni har tomonlama jismonan tarbiyalash harakat qobiliyati kuchi chaqqonligi harakat chidamligi tezkorligi boshqa xususiyatlarini takomillashtirish uchun ishlatiladigan maxsus tanlangan jismoniy mashqlar uslubiy sullar tizimi degan manoni ham bildiradi.
Gimnastika 3 ming yil avval Xitoyliklar va Misrliklar tomidan òylab topilgan.
1920 yilda Fargonada 2- 3 sinf òquvchilariga dastur ishlab chiqilgan yurish, yugurish va harakatli òyinlar ishlab chiqilgan.
Gimnastika 1880- yil tashkil topgan FIG 1993-yil Federatsiya tashkil topgan va shu yili FIG a'zo bòlgan. Hozirda Òzbekistonda gimnastika prezidenti Shavkat Bòronovich Umrzoqov.Òrin bosari Mustayev Ruslan Bòlatovich.
Ruslan Bolatovich
Shavkat Bòronovich Umrzoqov
Gimnastikada 5 ta turni òz ichiga oladi.
1 Sport gimnastikasi 2. Badiiy gimnastikasi 3.Batut(Trampolin) 4.Akrabatika 5.Akrabatika yòlakchasi Shundan sport gimnastikasi hozirgi kunda rivojlanib kelinmoqda sport gimnastikasi bòyicha musobaqalar keng òtkazilmoqda va sportchilarimiz yaxshi natijlarni qòlga kiritib kelmoqda.
Sport gimnastikasi - sportning asosiy turlaridan biri. Ayollar va erkaklarning maxsus gimnastika anjomlari (snaryadlari)da va erkin mashqlar bo‘yicha o‘tkaziluvchi musobaqalarni o‘z ichiga oladi. Katta jismoniy kuch, chaqqonlik, qo‘rqmaslik, harakatlarni muvofiqlashtirishda aniqlikni talab etadi. Zamonaviy sport gimnastikasiga 19-asr boshida nemis mutaxassisi F.L.Yan (F.L.Jahn) asos solgan.
1973 yil Xalqaro olimpiada qo‘mitasi tasdiqlagan zamonaviy sport gimnastikasi dasturiga erkaklar o‘rtasida (erkin mashqlar, otda, halqalarda bajariladigan mashqlar, tayanib sakrash, muvoziy (parallel) qo‘shpoyada va yakkacho‘pda bajariluvchi mashklar) hamda ayollar o‘rtasida (tayanib sakrash, xodada, har xil balandlikdagi qo‘shpoyada bajariladigan va erkin mashqlar) o‘tkaziladigan shaxsiy va jamoa birinchiliklari kiradi.
Har bir mashqda majburiy (Xalqaro Sport gimnastikasi federatsiyasi tomonidan belgilanadigan) va erkin (rasmiy talablarni inobatga olib sportchilarning o‘zlari tuzadigan) kompozitsiya bo‘ladi. Mashqlarning bajarilishi 10 balli tizim asosida baholanadi
Xalqaro Sport gimnastikasi federatsiyasi FIG (1881 yil tuzilgan)ga 100 dan ortiq mamlakat a’zo. 1896 yildan Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritilgan, 1903 yildan jahon chempionatlari o‘tkazib kelinadi. O‘zbekistonda sport gimnastikasi keng rivojlanib bormoqda. Respublikada mazkur sport turiga ixtisoslashgan 7 ta bolalar va o‘smirlar sport maktablari mavjud bo‘lib, ularda 70 nafardan ziyod murabbiy 1000 dan ortiq o‘g‘il qizga ustozlik qiladi.
Xalqaro toifadagi sport ustalari O.Chusovshpina, A.Gordeyeva 2004 yili Afinada bo‘lib o‘tadigan 28 yozgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. Xalqaro toifadagi sport ustalari A.Fokin, A.Markelov, O‘zbekiston sport ustalari F.Xo‘jayev, A.Ninkova, B.Gayfulina, N.Jalilova, S.Akopyans, K.Hasanov, I.Rahmatov, R.Osimov, I.Ponamarev va boshqa mamlakatimiz hamda xorijda o‘tkazilayotgan yirik musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashib keldilar.
Zamonaviy Sport gimnastikasiga 19-asr boshida nemis mutaxassisi F.L.Yan (F.L.Jahn) asos solgan. 1973-yil Xalqaro olimpiada qoʻmitasi tasdiqlagan zamonaviy Sport gimnastikasi . dasturiga erkaklar oʻrtasida (erkin mashqlar, otda, halqalarda bajariladigan mashqlar, tayanib sakrash, muvoziy (parallel) qoʻshpoyada va yakkachoʻpda bajariluvchi mashklar) hamda ayollar oʻrtasida (tayanib sakrash, xodada, har xil balandliqsagi qoʻshpoyada bajariladigan va erkin mashklar) oʻtkaziladigan shaxsiy va jamoa birinchiliklari kiradi.
Har bir mashqda majburiy (Xalqaro Sport.gimnastikasi. federatsiyasi tomonidan belgilanadigan) va erkin (rasmiy talablarni inobatga olib sportchilarning oʻzlari tuzadigan) kompozitsiya boʻladi. Mashqlarning bajarilishi 10 balli tizim asosida baholanadi. Xalqaro Sport gimnastikasi . federatsiyasi FIJ (1881-yil tuzilgan)ga 100 dan ortiq mamlakat aʼzo.
Sport gimnastika turlarining har biri sportchilaming razryadlariga mosligini aniqlovchi o‘z dastur va maxsus talablarga ega.
Mamlakatimizda gimnastika sport turlarining rivojlanishini va ommalashuvi ustidan maxsus yaratilgan federatsiya rahbarlik qiladi.
1896-yildan Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan, 1903-yildan jagʻon chempionatlari oʻtkazib kelinadi. Oʻzbekistonda Sport gimnastikasi. keng rivojlanib bormoqda. Respublikada mazkur sport turiga ixtisoslashgan 7 ta bolalar va oʻsmirlar sport maktablari mavjud boʻlib, ularda 70 nafardan ziyod murabbiy 1000 dan ortiq oʻgʻil qizga ustozlik qiladi.
Oksana Aleksandrovna Chusovitina — 1975-yilda Buxoroda tugʻilgan. Sport gimnastikasi sportchi. U dunyo boʻyicha sakkizta olimpiadada qatnashgan yagona gimnastikachidir. Oksana Chusovitina 1992-yilgi Barselona olimpiadasida oltin, 2008-yilga Pekin olimpiadasida kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2023-yilgi Bokuda oʻtkazilgan jahon kubogida kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Sport gimnastikasi bo‘yicha Olimpiya chempioni, Osiyo o‘yinlari va "Jahon yulduzlari" xalqaro musobaqasining sovrindori. «Do‘stlik» va “El-yurt hurmati” ordenlari, "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi" faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Sport gimnastikasi bo‘yicha Olimpiya chempioni, Osiyo o‘yinlari va "Jahon yulduzlari" xalqaro musobaqasining sovrindori. Oksana Chusovitina Ginnes rekordlar kitobida qayd etilgan.
Oksana Chusovitina Olimpiya o‘yinlarida yetti bor qatnashgan O‘zbekistonlik yagona sportchidir.
Hozir 37 yoshda bo‘lgan Oksana Chusovitina o‘tgan yilgi London Yozgi Olimpiada O‘yinlari ortidan katta sportni tark etishini bayon qilgandi.
O‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina 13,067 ball to‘plagan holda Mersin shahrida (Turkiya) bo‘lib o‘tgan World Challenge Cup series turkumiga kiruvchi tayanib sakrash bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Oksana Chusovitina Turkiyadagi musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi
Turkiyada gimnastika bo‘yicha bo‘lib o‘tgan World Challenge Cup series musobaqasida Oksana Chusovitina oltin, Abdulaziz Mirvaliyev kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Shamray Galina Yakovlevna (1931.5.10, Toshkent) — gimnastikachi, xizmat koʻrsatgan sportchi (1954). Toshkent ped. institutini tugatgan (1952). Sport gimnastikasi boʻyichajamoa hisobida olimpiada oʻyinlari chempioni, yakka musobaqada esa kumush medal sovrindori (1952, Xelsinki), jahonning mutlaq chempioni (1954, Rim). 1956-yildan murabbiy, musobaqalarda hakamlik qilgan. Xalqaro toifadagi hakam (1975).