TASHKENT INSTITUTE OF CHEMICAL TECHNOLOGY
2
Hurmatli talabalar!
Oʻzbekiston
Respublikasi
Mustaqilligiga
tengdosh
Toshkent
kimyo-texnologiya
institutiga xush
kelibsiz!
Hurmatli talabalar va boʻlajak
talabalar,
Sizlardan
olayotgan
bilimlaringiz
orqali
Davlatimiz
qolaversa
butun
sayyoramizni
asrashga, uni yanada yaxshilashga
va yuksaltirishga sarflashingizni soʻrab
qolaman.
Yaratib
berilayotgan
sharoitlardan toʻgʻri foydalanishingizga hamda bir-biringizga yordam berish orqali
yangidan yangi muvaffaqiyatlarga erishishingizga ishonamiz.
Institutimiz
Mamlakatimizdagi
kimyo-texnologiya
va
oziq-ovqat
texnologiyasi sohasidagi yetakchi institutlardan biri boʻlib,
hozirgi kunda
dunyoning 40 dan ortiq nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilib
kelmoqda. Ushbu hamkorlik doirasida iqtidorli
talabalarimiz mazkur hamkor
universitetlarda amaliyot, stajirovka va akademik almashinish
dasturlarida faol
ishtirok etib kelishmoqda.
Institutmizda 5 ta fakultetda 28 ta bakalavr ta’lim yoʻnalishlari va 32 dan
ortiq magistratura mutaxassisliklari boʻyicha 8000 dan ortiq talaba tahsil oladi.
400 dan ortiq oʻz sohasining yetuk professor- oʻqituvchilari talabalarga dars berish
bilan bir qatorda oʻzlarining ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini
davom ettirib
kelishmoqda.
Shuningdek, institutimiz oliy ta’limdan keyingi ta’limda ham ilgʻor boʻlib,
240 dan ortiq doktorantlarimiz va professor-oʻqituvchilarimiz oʻzlarining
ilmiy izlanishlari orqali dunyo ilm fani rivojiga oʻzlarining hissalarini qoʻshib
kelishmoqda. Magistratura bosqichini tamomlagan talabalarimizning 70 foizdan
ortigʻi oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichida oʻz faoliyatlarini davom ettirib
kelishmoqda.
Bularning
barchasi, institutimizning buyuk tarix va yorqin kelajakka ega
ekanligidan dalolat beradi. Shunday ekan aziz talabalar va boʻlajak talabalar institut
rahbariyati
nomidan shuni ayta olamanki, biz sizlarning mamlakatimiz
qolaversa butun dunyo rivojiga oʻz hissangizni qoʻsha oladigan yetuk mutaxassis
boʻlib yetishishingizda bor imkoniyatlarimizni ayamaymiz deb va’da beramiz!
Yana bir bor Toshkent kimyo-texnologiya instituti oilasiga xush kelibsiz!