Тошкент шахар Халк таълими ходимларини кайта тайёрлаш ва уларнинг малакаларини ошириш институти



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix30.12.2021
ölçüsü0,8 Mb.
#49465
11 mexnat (1)



Maktabgacha yoshdagi

bolalarning mehnat tarbiyasi

O’QITUVCHI: X.M.XO’JAMATOVA



“Mamlakatimizda amalga oshirayotgan

yangilanish va isloxatlardan asosiy maqsad

yurtimizning yanada rivojlanishi, xalqimizning

farovonligi, jahon hamjamiyatidan o’zimizga

mansub o’rin egallashdir”

SH.M.MIRZIYOEV


Reja:

1. Mehnat ta’limining vazifalari



2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ish turlari

3. Mehnatni tashkil etish shakllari



4. 


Maktabgacha yoshdagi bola mehnatda tarbiyalash shartlari

5. Mehnat ta’limi vositalari




Mehnat ta’limining vazifalari

Mehnat inson hayoti uchun, uning farovon turmush



kechirishi uchun hamisha asos bo‘lib kelgan va

shunday bo‘lib qoladi. Mehnat farovon, baxtli hayot

kechirishning eng asosiy sharti bo‘lganligi sababli ham

fuqarolar uchun majburiydir.

Mehnat odamlarning biror bir maqsad uchun



sarflagan vaqti, aqliy va jismoniy kuchi yoki zarur

faoliyatidir. Mehnatsiz yashamoq mumkin emas.





Mehnat:

Mehnat bolalarning jismoniy, rivojlanishida zarur shartlardan biri



hisoblanadi. Mehnatda bola o‘zining ishlash, harakat qilish extiyojini

qondiradi, harakatlarning aniq, uyg‘un bo‘lishini ta'minlaydi.

Mehnat jarayonida bola organizmining umumiy hayotiy faoliyati,

uning chidamliligi ortadi.

Bolalarning turli xil mehnat jarayonlarida ishtirok etishlari, kattalar



mehnati bilan tanishishlari ularning tevarak-atrofdagi hayot haqida,

kishilarning o‘zaro munosabatlari to‘g‘risida, narsalar va ularning

xususiyatlari, materiallarga ishlov berish usullari haqida, qurilmalar

va asboblar to‘g‘risida muayyan tasavvurlarga ega bo‘lishlariga

yordam beradi.



MEHNAT

Mehnat bolalardan diqqat, o‘tkir zehnlilik, topqirlik, bilib olgan



malaka va ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llay bilish, ijodkorlik

qobiliyatlarini egallashni talab etadi. Mehnat jarayonida bolalar

ayrim ish turlarini (bir varaq qog‘ozni buklash, kerakli o‘zunlikni

o‘lchash, andazaga qarab shaklni qirqib olish kabi harakatlarni)

anglatuvchi bir qancha tushuncha va atamalardan foydalanishga,

bajarilgan ishdagi izchillikni so‘zlab berishga to‘g‘ri keladi. Bular bola

nutqini yangi so‘zlar bilan boyitadi, uning mantiqiy bog‘liq ravishda

grammatik jihatdan to‘g‘ri shakllanishiga imkon beradi.





2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ish

turlari


Yosh avlodga mehnat tarbiyasi berish masalasi hozirgi davrda eng dolzarb

mavzu hisoblanadi. Mehnat har bir kishi kamolotida va umuman jamiyat

taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Bog‘cha yoshidagi bolalarni

jismoniy, aqliy, axloqiy va estetik tomondan tarbiyalashda mehnat

tarbiyasi muhim ahamiyatga ega

Mehnat har bir yosh guruhidagi bolalarning o‘ziga xos xususiyatlarini



e'tiborga olib tashkil etiladi, unga to‘g‘ri rahbarlik qilingandagina yetarli

natijaga erishish mumkin.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnatining o‘ziga xos tomonlari



ko‘pgina olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy ishlarda keng o‘rganib

chiqilgan.




Mehnatni tashkil etish shakllari

1. Mehnat maqsad qo‘yish va uning natijasini belgilab



olishdan boshlanadi: maqsad – mehnat tasviri.

2. Mehnat qilishdan ko‘zlangan maqsad bo‘yicha kerakli



materiallarni tanlab (ajratib) olish.

3. Materialni ishlash uchun kerakli asboblarni tanlab (ajratib)



olish.

4. Natijaga erishish uchun mehnat harakatlarini bajarish.




4. Maktabgacha yoshdagi bola 

mehnatda tarbiyalash shartlari

Ta'lim-tarbiyaviy ishning mazmuni maktabgacha tarbiya



yoshidagi bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish

orqali ularga kattalarning mehnati ijtimoiy-foydali

mehnat bo‘lib, narsa va buyumlarni yaratishga

qaratilganligi, ular har bir kishi va butun xalq uchun zarur

ekanligi to‘g‘risida tushuncha berib boriladi. Masalan,

o‘simliklarni, hayvonlarni parvarish qilish orqali ulardan

olinadigan mahsulot kimlar uchun va nima maqsadda

ishlatilishi to‘g‘risida bilim va tushunchalar berib boriladi.





Kattalar mehnati bilan tanishtirishning

asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:

-

har bir kishi mehnatining



ijtimoiy moxiyati;

- mehnat axli o‘rtasidagi



ijobiy o‘zaro yordam berish

munosabati; 

- har qanday kasb ham 



muxim ekanligini tushuntirish

.



Mehnat faoliyatining asosiy tarkibiy

qismlari bilan tanishtirish:

mehnatning maqsadi, uning ijtimoiy



ahamiyati;

materiallarni tanlash (mehnat materiallari);



jihozlash (mehnat faoliyati uchun zarur

bo‘lgan asboblarni tayyorlab olish);

mehnat jarayoni (maqsadga erishish uchun



bajariladigan mehnat harakatlari); 

natija-mehnat mahsuli.




5. Xilma xil mehnat turlarining vujudga

kelishi

Mehnat qilish muntazam tarzda bo‘lib, unda hamma bolalar



ishtirok etsa va kattalar mehnati bilan tanishtirib borilsa, u tarbiya

vositasiga aylanadi.

O‘z-o‘ziga xizmat qilish. Bu bolalar mehnatining bir turi bo‘lib, unda



bolalar ilk yoshidan boshlab mustaqil ovqatlanishga, yuvinishga,

kiyinish va yechinishga, o‘yinchoqlarni yig‘ishtirib qo‘yishga

o‘rgatiladi. O‘z-o‘ziga xizmat qilish jarayonida bolalarda mustaqillik,

ma'lum maqsad bilan harakat qilish kabi sifatlar shakllanadi, bolalar

qo‘llaridan kelgan ishni o‘zlari bajarishga o‘rganadilar. O‘z-o‘ziga

xizmat bolalarda oddiy mehnat turlariga nisbatan qiziqish



uyg‘otadi, batartiblikka, intizomli bo‘lishga, xulq-odobga o‘rgatadi.


Etiboringiz uchun

raxmat

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin