Toshkent tibbiyot akademiyasi lor kasalliklari kafedrasi



Yüklə 170,5 Kb.
tarix25.01.2017
ölçüsü170,5 Kb.
#6393


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG`LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

LOR KASALLIKLARI KAFEDRASI


«Tasdiqlayman»

TTA o‘quv ishlar bo‘yicha prorektor,

professor Teshaev O.R.

_______________________

«__» ___________2015y.


AMALIY OTORINOLARINGOLOGIYA

FANIDAN

I SH CH I D A S T U R

720000 - «Sog‘liqni saqlash» sohasi

Ta’lim yo‘nalishi – 5510100 - Davolash ishi

5510100 – kasbiy ta’lim (davolash ishi)

5111000 – tibbiy pedagogika

Jami oquv yuklama – 64 soat

Jumladan:

Ma’ruza -

Amaliy mashgulot - 40 soat

Mustaqil ish - 24 soat



Toshkent – 2015

Tuzuvchilar: TTA LOR kasalliklari kafedrasi mudiri, professor U.S.Xasanov , dots. SH.X.Xodjanov.
Taqrizchilar: TMA VOP kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori, Rustamova M.T.
TMA urologiya kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi Mirxamidov D.X.

Ishchi dastur TMA, davolash fakulteti ilmiy kengashining protokol №______

«___»_____________2015y. majlisda tasdiqlangan.
Davolash fakulteti ilmiy kengashning raisi __________professor Zufarov P.S.

«____»___________2015y.



1. SO‘Z BOSHI:

1.1.Otorinolaringologiyaning asosiy maqsadi, vazifalari, va uning qo‘llanishi.


Statistik ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, umumiy patologiya strukturasi ichida LOR-a’zolari kasalliklari 30% ni tashkil etadi. Shundan kelib chiqqan holda, AMALIY OTORINOLARINGOLOGIYA o‘quv dasturining asosiy maqsadi:

  1. bitiruvchi talabalar bemorning umumiy ahvoliga ob’ektiv baho berish uchun LOR-a’zolarini ko‘rish va tekshirish usullarini o‘zlashtirish bo‘yicha amaliyot bilimlarini rivojlantirish.

Vazifalari:

  1. LOR-a’zolari kasalliklari patogenezi, klinikasi, simptomatologiyasi bo‘yicha bilim darajalarini oshirish;

  1. Otoskopiya, rinoskopiya, faringoskopiya, laringoskopiya usullarini mustaqil bajarishni o‘rganish;

  1. Eshitish vazifasini tekshirish, tahlil qilish va audiometriya bo‘yicha bilim darajalarini oshirish;

  1. LOR-a’zolari patologiyasi bo‘lgan ambulator bemorlarni mustaqil kabul qilish bo‘yicha bilimlarni rivojlantirish;

  1. I kategoriya xizmati bo‘yicha to‘g‘ri tashxis qo‘yish va davolashni o‘rganish;

  1. KVP va SHVP umumiy amaliyot shifokorlariga mos ravishda muolajalarni bajarishni o‘rganish;

  1. KVP va SHVPda davolangan ya’ni eshitish kobiliyati (buzilgan) pasaygan bemorlarni dispanserizatsiya qilish va reabilitatsiyasini amalga oshirish.

1.2. O‘quv fani bo‘yicha bilimi, malakasi va ko‘nikmalariga talab.


Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlash jarayonida quyidagi bilimlarga ega bo‘lishi kerak:

  1. quloq chirki, tashqi otit, asoratlanmagan o‘tkir va surunkali o‘rta otitni tashxislash, davosi va profilaktikasi;

  1. Asoratlanmagan rinit va burundan qon ketishning diagnostikasi, davosi, profilaktikasi;

  1. Engil kechuvchi angina, surunkali tonzillit oddiy formasi va TAF I darajasi, diagnostikasi, davosi, profilaktikasi;

  1. Faringit va stenozsiz laringitning diagnostikasi, davosi, profilaktikasi;

  1. Burun va tashqi eshituv yo‘li yot jismlari diagnostikasi, davosi va profilaktikasi;

  1. Surdologiya va eshitishni protezlash asoslari;

  1. Epidemiyaga karshi, shaxsiy va atrofdagilar xavfsizligi muolajalari;

  1. LOR kasalliklarida tez yordam ko‘rsatish.

Bajara olishlari kerak:

  1. bemorlarni professional so‘rab surishtirish va ob’ektiv ko‘rish (LOR status);

  1. ambulator kartani to‘ldirish;

  1. LOR-a’zolari kasalliklarini tashxislash;

  1. Klinik, bioximik, endoskopik, rentgenologik tekshirish usullarini tahlil kilib, baho berish.

  1. rentgenologik tekshirishni tahlil qilish;

Umumiy amaliyot shifokori sifatida ishga tayerlash jarayonida talaba quyidagi ko‘nikmalarni orttirish kerak:

  1. Otoskopiya, rinoskopiya, stomofaringoskopiya, laringoskopiyani o‘tkazish;

  1. Evstaxiev nayi kateterizatsiyasi va Politser bo‘yicha havo yuborish;

  1. Lyapis bilan burundan qon kyotayotgan soxani kuydirish;

  1. Burunning orqa va oldingi tamponadasi;

  1. Gaymor bo‘shlig‘i punksiyasi texnikasini o‘rganish;

  1. Murtak lakunalarini yuvish;

  1. Traxeokanyulyani parvarish qilish.

  1. LOR-a’zolarining kechiktirib bulmaydigan kasalliklarida tez yordam ko‘rsatish;

  1. traxeotomiya qilish;

  1. qon ketishni to‘xtatish;

1.3 Otorinolaringologiyani o‘zlashtirish uchun, lozim bo‘lgan fanlarning ro‘yxati.


  1. Anatomiya (LOR-a’zolarining tuzilish xususiyatlari);

  2. Fiziologiya (LOR-a’zolaring fiziologik xususiyatlari );

  3. Patologik anatomiya va sitologiya asoslari;

  4. Patologik fiziologiya (LOR-a’zolari kasalliklarida organizmning jarohatlanishga, xujayraviy, subxujayraviy, molekulyar o‘zgarishlarga moslashish – kompensator reaksiyalari va umumiy gomeostatik ko‘rsatkichlar o‘zgarish qonuni);

  5. Bioximiya (butun organizmning LOR kasalliklari asosida rivojlanuvchi patologik jarayonlarning bioximik tafsifi);

  6. Mikrobiologiya (LOR-a’zolarining yuqumli kasalliklarida qo‘zg‘atuvchilarning etiologik tafsifi, identifikatsiya va optimal davolash usullari)

  7. Ichki kasalliklar propedevtikasi, laborator tashxislash bilan;

  8. Ichki kasalliklar (ichki kasalliklarning asosiy sipmtom va sindromlari, LOR-a’zolari bilan bog‘liqligi)

  9. Umumiy jarrohlik (LOR-patologiyasida bemorni operatsiyaga tayyorlash, sterilizatsiya usullari, jarroh qo‘lini yuvishi va bemorni operatsiyaga tayyorlanishi, jarohatga birlamchi ishlov berish, tikish va bog‘lam qo‘yish).

  10. Anesteziologiya va reanimatologiya asoslari (LOR-patologiyasida og‘riqsizlantirish turlari va tez yordam ko‘rsatish);

  11. YUqumli kasalliklar (LOR-a’zolari patologiyasida eng ko‘p uchraydigan yuqumli kasalliklarning klinik belgilari, ularni aniqlash, kasalxonagacha va kasalxonada bo‘lgan bosqichlarda davolashning asosiy prinsiplari);

  12. Ftiziatriya (LOR-a’zolari sili, klinika, diagnostikasi, davolash, profilaktikasi);

  13. Endokrinologiya (LOR-a’zolarining qandli diabet va boshqa endokrinopatiyalarda jarohatlanishi, klinikasi, diagnostikasi, davosi va ularni oldini olish choralari)

  14. Allergologiya (LOR-a’zolari kasalliklarida ko‘p uchraydigan allergik simptom va sindromlarning klinikasi, diagnostikasi, tez yordam, davo, medikamentoz allergiyaning oldini olish tadbirlari)

  15. Oftalmologiya (LOR kasalliklari va ko‘z kasalliklari orasidagi bog‘liqlik)

  16. Dermatovenerologiya (zaxm, ekzema, psoriaz, turli xil dermatozlarda LOR-a’zolarini patologiyasi)

1.4. O‘tkaziladigan amaliy, seminar va laborator mashg‘ulotlar turlari bo‘yicha bajariladigan topshiriqlar miqdoriga majburiy minimal talablar.


Laborator mashg‘ulotlar o‘tkazish ko‘zda tutilmagan.

Amaliy mashg‘ulotlar uchun qo‘yilgan minimal topshiriqlar.

Amaliy mashg‘ulotlar quyidagicha uyushtiriladi:


  1. O‘tkazilayotgan mashg‘ulot bo‘yicha asosiy teoretik holatlar tahlili.

  2. Tematik bemorlarni tahlil qilish, asosiy kasalliklarini xisobga olgan xolda.

  3. “Mavzuga oid” kasalik tarixini tahlil qilish.

  4. CHuqurlashtirilgan situatsion masalalar, test topshiriqlarini echish.

  5. Poliklinikada professor, dotsent ishtirokida bemorlar ko‘rigida qatnashish.

  6. Ambulator bemorlarni mustaqil ko‘rish.

  7. LOR-a’zolari kasalliklarida rentgen, YAMR, kompyuter tomografiya tasvirini tahlil qilish.

1.5. Talabalarning bilim darajalarini baholash uchun nazorat-tekshirish turlari ro‘yxati .


Talaba fanni qanday o‘zlashtirgani hakida nazorat qilish: joriy (JB), oraliq (OB) so‘roq o‘tkazish, yakuniy (YAB) o‘zlashtirishni baholash orqali amalga oshiriladi.

Nazoratda asosiy diqqat bilimlarning Har xil usullar (seminar, mustaqil ish, situatsion misollar echish, kompyuter test vazifalari) yordamida mustaxkamlash va turg‘unliligini ta’minlashga qaratiladi.

Talabalarning reyting majmuasi bo‘yicha bilim darajasini baholash quyidagi nazorat turlari bilan amalga oshiriladi: joriy, (JB) oraliq (OB) va yakuniy (YAB).

Joriy nazorat – bu talabalarning ma’lum mavzu va bo‘limlar bo‘yicha bilim darajasini hamda o‘zlashtirish sifatini sistematik ravishda tekshirishdir. Buni o‘tkazishni eng tarqalgan turi – og‘zaki so‘roq.

Bunda o‘qituvchini o‘qitish shakli, darajasi va usullari bo‘yicha o‘z-o‘zini nazorat qilish ham o‘tkaziladi. Alohida mavzu bo‘yicha kompterda test o‘tkazish tavsiya etiladi. Har qaysi mashg‘ulot reyting sistemasi ishlab chikilgan mezonlar bo‘yicha ballarda baholanadi.

Oraliq nazoratdan ko‘zlangan maqsad-talabalarni amaliy mashg‘ulotlardan bir necha mavzu va bo‘limlarni, leksion materialni o‘z ichiga olgan darslikni katta xajmini o‘zlashtirish darajasini tekshirishdan iborat. Oraliq nazoratning gurux talabalarini o‘zlashtirish xususiyatlarini xisobga olgan xolda yozma yoki test shaklida bir marta o‘tkazish rejalashtirilmokda. Talabalar oraliq nazorat to‘g‘risida oldindan ogohlantiriladi va savollar bilan tanishtiriladi. Bu nazorat natijalari ham ishlab chikilgan mezonlar asosida ballarda baholanadi.

Yakuniy nazorat institut o‘quv-ishlari bo‘limi tomonidan taksdiklangan ogzaki, yozma yoxud test shaklida jadval asosida amalga oshiriladi. Bu nazorat natijalari ham ishlab chikilgan mezonlar asosida ballarda baholanadi.

Talabalarni mustaqil shug‘ullanishi (TMSH)

TMSH ni baholash oraliq va yakuniy nazorat o‘tkazishi vaktida TMSH uchun ajratilgan bo‘limlarni o‘z ichiga olgan qo‘shimcha test vazifalari bo‘yicha bajariladi.

Amaliy otorinolaringologiyadan umumiy reyting joriy, oraliq, yakuniy nazorat baholarni qo‘shish bilan aniqlanadi. Nazorat turlaridan yig‘ilgan ballar qaydnoma varaqasiga va talabaning reyting daftarchasiga qo‘yiladi.


1.6 Kompyuter informatsion va boshqa zamonaviy o‘quv texnologiyalari qo‘llanilishi.


Otorinolaringologiya bo‘yicha qo‘yilgan maqsad va vazifalarni bajarish va ularga erishish uchun bir qator o‘quv uslubiy amaliy, informatsion-metodik va tarbiyaviy ishlarni echish talab etiladi, ya’ni mashg‘ulotlar LOR-a’zolarini tekshirishning Har xil usullarining keng qo‘llanilishi bilan o‘tkazilishi lozim.

Metodik qo‘llanmalarda situatsion vazifalarni echish kompyuter va o‘quv-informatsion dastur hamda "Internet" ma’lumot bazasini qo‘llanilishi ko‘zda tutilmoqda. Amaliy mashg‘ulot va ma’ruzalarda talabalar barcha individual o‘quv vositalari bilan ta’minlanishi kerak. Talabalarni referat yozishlariga katta ahamiyat berish lozim.

O‘qitishning asosiy usullari:


  1. Amaliy mashg‘ulotlar: ko‘rgazmali, an’anaviy, mustaqil va seminar mashg‘ulotlar o‘tkazish

  2. TO‘TI va TIJ bo‘yicha tadbirlar uyushtirish va o‘tkazish.

3. Amaliy mashg‘ulotlar mavzulari.







Ma’ruza raqami

Soatlar

Amaliy mashg‘ulot temasining nomi va uning mazmuni


Topshiriqlar tartibi, murojaat etiladigan adabiyotlar.

1





6s.

Quloqda og‘rik. Kulokdan ajralma kelishi.

Quloqdan yiring okishi, nogora parda teshilishi, quloq og‘irligi, tusatdan eshitmaslik, differensial tashxislash, davosi, profilaktikasi, reabilitatsiyasi. Bosh aylanishi (klassifikatsiya) quloqda shovkin bo‘lishi.



Bolalarda ushbu sindrom kechishining uziga xos-xususiyatlari.

№1; 2; 3; 4; 5; 6; 7 7.1.1, 7.1.3, 7.2.1, 7.2.2, 7.2.3, 7.2.4, 7.2.5, 7.2.7, 7.2.9, 7.2.10, 7.2.11, 7.2.12, 7.2.13, 7.2.14, 7.2.15, 7.2.16,7.2.17

2




6s.

Eshitishni zaiflashuvi. Bosh aylanishi. Neyrosensor garanglik, karlik, kar-soqovlik, Mener kasalligi, otosklerozi, o‘rta quloqning surunkali katari, to‘satdan karlik, quloqdagi shovqin. LOR a’zolarining xavfli o‘smalari. VIII n.erv nevrinomasi. Bolalarda ushbu sindrom kechishining uziga xos-xususiyatlari.

№1; 2; 3; 4; 5; 6; 7 7.1.1, 7.1.3, 7.2.1, 7.2.2, 7.2.3, 7.2.4, 7.2.5, 7.2.7, 7.2.9, 7.2.10, 7.2.11, 7.2.12, 7.2.13, 7.2.14, 7.2.15, 7.2.16,7.2.17

3




6s.

Burundan ajralma kelishi.Burundan kon ketishi. Bolalarda ushbu sindrom kechishining uziga xos-xususiyatlari.

№1; 2; 3; 4; 5; 6; 7 7.2.6, 7.2.17

4




6s.

Tomoqda og‘riq.

Bolalarda ushbu sindrom kechishining uziga xos-xususiyatlari

№1; 2; 3; 4; 5; 6; 7 7.1.2, 7.1.3, 7.2.3, 7.2.4, 7.2.7, 7.2.8, 7.2.9, 7.2.10, 7.2.11, 7.2.12, 7.2.13, 7.2.15, 7.2.16, 7.2.17

5




6s.

LOR ambulatoriyasida tibbiy xujjatlarni to‘ldirish.LOR a‘zolari kasalliklarida bemorlarning vaqtinchalik ishga layoqatsizligini tibbiy ekspertizasi.qSog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish.Atrof – muhit tozaligini nazorat qilish.LOR a‘zolari holatlarini inobatga olgan holda keksa yoshdagi kishilar va bolalar muammolari.Ish joyini aniqlash. Kasbga xos tanlov, ekspertiza, maslaxat (VKK, VTEK).Nogironlik guruxlari. LOR-a’zolari patologiyasida kasbga xos kasalliklar.

LOR-a’zolari tekshiruvida yozish turlari (Otoskopiya, rinoskopiya, faringoskopiya, laringoskopiya eshitish pasporti) Lor patologiyasida qo‘llaniladigan retsept yozish shakli, davolash tartibi va dori moddalarning

№1; 2; 3; 4; 5; 6; 7 7.1.1, 7.1.3, 7.2.1, 7.2.2, 7.2.3, 7.2.8, 7.2.9, 7.2.10, 7.2.11, 7.2.12, 7.2.13, 7.2.15, 7.2.16

6




6s.

Nafas olishni qiyinlashuvi.LOR

№1; 2; 3; 4; 5; 6; 7 7.1.2, 7.1.3, 7.2.9, 7.2.10, 7.2.11, 7.2.12, 7.2.13, 7.2.14, 7.2.15, 7.2.16


7




4s.

LOR a‘zolarini jaroxatlari va yot jismlari.

OSKI o‘tkazish.

№1; 2; 3; 4; 5; 6; 7 7.1.2, 7.1.3, 7.2.9, 7.2.10, 7.2.11, 7.2.12, 7.2.13, 7.2.14, 7.2.15, 7.2.16


Eslatma: Mustaqil shug‘ullanish uchun mo‘ljallangan mavzular kursiv bilan ajratilgan.

Jami - 64soat:;

amaliy mashg‘ulotlar– 40 soat;

mustaqil tayyorgarlik –24soat.




Amaliy vazifalarni bajarish va topshirish tartibi.
Amaliy mashg‘ulotlar oliygoh va kafedra tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan reja bo‘yicha o‘tkaziladi. Ular talabalarning dastlabki bilim darajalarini tekshirishdan iborat (yoki berilgan bo‘limni o‘tishga tayyorgarlik darajasidan), talabalarning bajargan ishlari (o‘qituvchining boshqaruvi va nazorati ostida) ko‘ruv xonasi va poliklinikada, operatsion xona va auditoriyada (ya’ni tematik kasallik tarixini tahlil qilish ko‘rinishida, klinik situatsion misollar, test vazifalarini echish, klinik retseptura bilan ishlash)

Talabalar tomonidan ko‘riladigan har xil LOR patologiyali bemorlarni tahlil qilish amaliy mashg‘ulotlarda har kuni o‘tkaziladi. Sikl davomida talabalar poliklinikada bemorlarni mustaqil ravishda ko‘rishadi, ambulator kartani to‘ldiradi, LOR patologiyani davolashdagi standart sxemalarga asoslangan holda davo tavsiya etishadi. Talabalarning poliklinikadagi ishlari o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinadi va qo‘yilgan baho talabaning umumiy reyting ballariga kiritiladi.


Seminar va auditoriya mashg‘ulotlari mavzulari – yo‘q

4. Laborator ish mavzu mazmuni - yo‘q

5. O‘quv yuklamasi.





Ish xajmi

O‘qish ma’suliyati xajmining auditor mashg‘ulotlar turi bo‘yicha taqsimlanishi (soatlarda)

Mustaqil ish





Umumiy


Ma’ruza


Amaliy mashg‘ulot

Seminar


Lab.

ish

Amaliy o‘qish

Amaliy o‘qish

Mustaqil ish

64

64




40











24



























6. O‘zlashtirishni nazorat qilish.


Talabalarning bilimlarini o‘zlashtirish va shakllantirish, amaliy bilimlarni orttirish va ularni qo‘llashni bilish jarayonlari nafaqat amaliy mashg‘ulotlarda, balki boshqa klinik bo‘limlarda (xirurgiya oftalmologiya, xirurgik stomatologiya, nevrologiya, dermatovenerologiya, pediatriya, yuqumli kasalliklarda ) nazorat qilinadi.

Muammo – tematik shaklidagi ma’ruzalarda shu mavzuga tegishli bo‘lgan o‘quv dasturi va rejasiga to‘g‘ri keladigan asosiy zamonaviy ma’lumotlar beriladi. Alohida bo‘limlar bo‘yicha esa bu ma’lumotlar bemorlarni ko‘rsatish orqali va o‘quv qurollari (tablitsa, o‘quv filmlari, slaydlar) klinik laborator ma’lumotlarni qo‘llash bilan mustaxkamlanadi.

6.1 Kafedraning o‘quv yuklamasi –64soat

6.2 Maksimal reyting –64ball

6.3 Hamma nazorat turlarini baholash mezonlari

86-100% – a’lo

71-85,9% – yaxshi

55-70,9% – qoniqarli

55dan past – qoniqarsiz.


6.4 Talabalarning joriy bilimini baholash mezonlari.





Baholash darajasi (%)

MEZONLAR


100%

Javob juda to‘g‘ri, oliy sifatli bo‘lib, qo‘shimcha ma’lumotlar bilan, talab qilinuvchi dasturdan ko‘proq. LOR-a’zolarini tekshirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot to‘liq hajmda o‘rganilgan. Amaliyot va ma’ruza daftarlari bo‘lgan holda

95%

Dastur talablarini yuqori darajada o‘zlashtirgan, yuqori saviyali javob. Amaliyot va ma’ruza daftarlari bo‘lgan, LOR-a’zolarini tekshirish bo‘yicha amaliyot ko‘nikmalarini to‘liq hajmda o‘zlashtirgan

90%

Qo‘shimcha adabiyotlarni o‘zlashtirgan holda to‘g‘ri javob,amaliyot va ma’ruza daftarlari bo‘lgan, LOR-a’zolarini tekshirish bo‘yicha amaliyot ko‘nikmalarini to‘liq hajmda o‘zlashtirgan

85%

Javob yaxshi sifatli dasturga mos, amaliyot va ma’ruza daftarlari bo‘lgan, LOR-a’zolarini tekshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirgan

80%

Javob o‘rta darajadan yuqori, asosan dastur mavzusiga to‘g‘ri keladi. LOR-a’zolarini tekshirish usullarini biladi, amaliyot, ma’ruza daftarlari bor

75%

Javob o‘rtacha, lekin alohida etishmovchiliklar bilan, LOR-a’zolarini tekshirishda, ma’ruza yozuvlarida ayrim kamchiliklar kuzatiladi

70%

Javob o‘rta darajada, alohida kamchiliklar bilan ma’ruza daftari bor LOR-a’zolarini tekshirishda xatoliklar bor.

65%

Sovollarga javob berishda katta xatolik kuzatiladi. Ma’ruza daftari tartibsiz tutilgan

60%

Javob o‘rta darajadan past, kamchiliklar bilan kasallik tarixini noto‘liq to‘ldirgan. LOR-a’zolarini tekshirish, ma’ruza tekstlari kam o‘zlashtirilgan

55%

Javob minimal darajada, ma’ruza to‘liq yozilmagan, LOR a’zolarini tekshirish o‘rganilmagan

50%

Javob minimal darajada, LOR-a’zolarini tekshirish ko‘nikmalari o‘rganilmagan, ma’ruzalar yozilmagan

25%

Javob minimal darajadan past, LOR-a’zolarini tekshirish ko‘nikmalarini bilmaydi, mashg‘ulotlarda passiv qatnashgan, ma’ruzalar yozilmagan. Attestatsiyadan o‘tmaydi.

6.5. Oraliq nazoratni baholash mezonlari.


Yozma mustaqil ish sikl o‘rtasida o‘tkaziladi va oraliq so‘roq hisoblanadi. Yozma mustaqil ish savollari o‘tilgan temalar asosida tuziladi

TALABALARNI ORALIQ BILIMLARINI BAHOLASH MEZONLARI.




Baholash darajasi (%)

MEZONLAR


100-86

Javob juda to‘g‘ri, yuqori saviyali bo‘lib qo‘shimcha adabiyotlardan olingan ma’lumotlar bilan, talab kilinadigan dasturdan yuqori (100%)

YUqori saviyali javob, dastur yuqori darajada o‘zlashtirilgan (95%)

Javob to‘g‘ri, qo‘shimcha adabiyotlardan foydalangan (90%)

Javob yaxshi, ma’ruza va amaliy mashg‘ulot dasturiga to‘g‘ri keladi (86%)



85-71

Javob o‘rta darajadan yuqori, asosan dastur talabiga mos keladi (80%)

Javob sifati bo‘yicha o‘rtacha, alohida kamchiliklar bilan (75%)




70-55

Javob o‘rta darajada, kamchiliklar bilan (70%)

Javob berishda sezilarli xatolar kuzatiladi (65%)

Javob o‘rta darajadan past, kamchiliklar bilan (60%)

Javob minimal bilim darajasida (50%)



55dan past

Javob minimal darajadan past, attestatsiya qilinmaydi (50% dan past)

Joriy (JB) va oraliq (OB) ballar yig‘indisiga qarab yakuniy nazoratga kirishtish yoki kiritilmaslik masalasi hal etiladi.

7. ADABIYOTLAR

7.1.Asosiy.


    7.1.1 Palchun V.T,, Preobrajenskiy N.A. Bolezni uxa, gorla i nosa. M., Meditsina, 1980.

      1. Palchun V.T., Kryukov A.I.. Otorinolaringologiya. M., Litera, 1997 g. 512 str.

      2. Ovchinnikov. Otorinolaringologiya dlya meditsinskix vuzov. M., Meditsina,1997

1.1.3. «Amaliy otorinolaringologiya.» K.A.Xodjaevv. Toshkent,2005 g.

1.1.4. «Kulok, Burun, Xalkum va Xikildok kasalliklari.» Xasanov S.A, Voxidov N.V. Toshkent 2011 yil.


7.2.Qo‘shimcha.


    7.2.1 SHuster M.A., Kalina V.O., CHumakov F.I. Neotlojnaya pomoщ v otorinolaringologii. M., Meditsina, 1989 .

    7.2.2 Tarasov D.I., Minkovskiy A.X., Nazarova G.V. Skoraya i neotlojnaya pomoщ v otorinolaringologii. M, Meditsina, 1977.



      1. Pogosov V.S. Atlas po operativnoy otorinolaringologii. M., Meditsina, 1983.

      2. Ostapkovich V.E.,Brofman A.V. Professionalnыe zabolevaniya LOR-organov. M., Meditsina, 1982 g.

      3. Blagoveщenskaya N.S. Otonevrologicheskie simptomы i sindromы. M., Moskva, 1981.

      4. Soldatov I.B. Leksii po otorinolaringologii. Moskva, 1990

      5. Franso‘zov B.L.,Franso‘zova S.B. Lekarstvennaya terapiya zabolevaniy uxa, gorla i nosa. Kiev, 1988.

      6. Isxaki YU.B., Kalshteyn L.I. Detskaya otorinolaringologiya. Dushanbe, 1977.

      7. Kozlova A.V., Kalina V.O., Gamburg YU.L. Opuxoli LOR-organov. M., Meditsina, 1979 g.

      8. Gapanovich V.A., Aleksandrov V.M. Otorinolaringologicheskiy atlas. Minsk, 1989.

      9. SHevrыgin B.V. Spravochnik otorinolaringologa. Moskva, Meditsina, 1996 g.

      10. Mishenkin N.V., Drachuk A.I., Ivanova L.I., Dashkevich YU.M., Noskov A.L., Lisovkaya M.P. Kinicheskaya otrinolaringologiya. Uchebnoe posobie. Omsk, 1990 g.

      11. Situatsionnыe zadachi po otorinolaringologii. Pod redaksiey M.S.Plujnikova, Sankt-Peterburg, 1998 g.

      12. SHevrыgin B.V. Spravochnik po detskoy otorinolaringologii. Alma-Ata, 1989

      13. Soldatov I.B. Rukovodstvo po otorinolaringologii. Moskva, 1997.

      14. Diskalenko V.V., Lavrenova G.V., Gluxova E.YU. Otorinolaringologiya dlya vrachey obщey praktiki. (Pod redaksiey M.S.Plujnikova) Spb, Manuskript, 1997 g.

      15. Uchebno-metodicheskie posobie razrabotannыe na kafedre otorinolaringologii.

      16. Vestnik otorinolaringologii.

      17. Xirurgiya Uzbekistana

      18. Meditsinskiy jurnal Uzbekistana

      19. Stomatologiya.

7..2.22. Internet

http:/www. Emedicine/com

http:/www.nlm.gov

http:/www.medbow.ru

http:/www.journals.elsevierhealth.com/periodicals

http:/www.rhinologyjournal.com







Yüklə 170,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin