Toshkent tibbiyot akademiyasi «tasdiqlayman»



Yüklə 137,42 Kb.
tarix26.02.2017
ölçüsü137,42 Kb.
#9634
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
«TASDIQLAYMAN»

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

professor Teshaev O.R.

_______________________

«27» avgust 2015 y.

DAVOLASH FAKULTETI FAKULTET VA GOSPITAL JARROHLIK KAFEDRASI
GOSPITAL JARROXLIK fani

Davolash fakulteti 5 kurs talabalari uchun



«VARIKOZ KASALLIGI»

mavzusi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar uchun


O‘QITISH TEXNOLOGIYASI

Toshkent – 2015

Tuzuvchilar:

Professor Xakimov M.Sh.

Dosent Imamov A.A

Assistent Alidjanov X.K.

O‘qitish texnologiyasi tasdiqlangan:

Kafedra o‘quv-uslubiy kengashi bayonnomasi № 1 «27» avgust 2015 y. dan


Mavzu: Varikoz kasalligi


1. O‘quv mashg‘ulotida o‘qitish texnologiyasi modeli

Vaqti – 6 soat

Talabalar soni: 8-12 ta

Mashg‘ulot shakli

Amaliy mag‘ulot o‘quv xonasida o‘tkaziladi. Mashg‘ulot «o‘rgimchak ini» usulini qo‘llagan holda o‘tkaziladi.

Mashg‘ulot o‘tkazish joyi

Mashg‘ulot davolash fakulteti fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi va uning klinik bazasida o‘tkaziladi (TTA 2-klinikasida joylashgan o‘quv xonalari, palatalar, bog‘lov xonalari, poliklinikada).

O‘quv mashg‘uloti strukturasi

1. Kirish

2. Amaliy qism

- kurasiya

- amaliy ko‘nikmalarni bajarish

- amaliy qismni tahlil qilish

3. Nazariy qism

- nazariy qismni tahlil qilish

4. Baholash

- o‘z-o‘zini va o‘zaro baholash

- o‘qituvchi bahosi

5. O‘qituvchi tomonidan darsni tamomlash. Bilimlarni baholash. Keyingi dars uchun mashg‘ulot savollarini e'lon qilish.


O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: mavzuni talabalarni professional tayyorlash uchun ahamiyatli ekanligini ko‘rsatgan holda asoslash. Talabalarga varikoz kasalligi (VK) bo‘yicha tushuntirish berish, uning epidemiologiyasi va etiopatogenezi, ushbu kasallikning klinik manzarasi va asoratlarini yoritish, diagnostika va differensial diagnostikasi, zamonaviy davolash usullari bilan tanishtirish.

O‘qituvchining vazifalari:

  • VK klinik manzarasi va kechishi xususiyatlari haqida talabalar bilimlarini mustahkamlash va yanada chuqurlashtirish.

  • VK klinik xarakteristikasi va kechish variantlarini muhokama qilish.

  • Boshqa kasalliklar bilan differensial diagnostika o‘tkazish tamoyillarini tushuntirish.

  • Talabalarda kasallikning og‘ir asoratlar rivojlangunga qadar o‘z vaqtida erta aniqlash va davolash uchun maxsus kasalxonalarga yuborish ko‘nikmalarini shakllantirish.

  • Talabalarni davolashning yangi usullari va profilaktik chora-tadbirlar o‘tkazish tamoyillari bilan tanishtirish.

O‘quv faoliyati natijalari:

Talaba bilishi lozim:

  • diagnostika va differensial diagnostika usullari hamda uning asoratlari haqida;

  • tashxisni asoslash va rasional davoni tanlash uchun instrumental-diagnostik tekshiruvlar natijalarini interpretasiya qilish;

  • ushbu bemorlarning amaliyot oldi tayyorgarligining o‘ziga xos xususiyatlari haqida;

  • operativ muolaja va konservativ davolash uchun ko‘rsatmalarni aniqlash, ularning o‘ziga xos tomonlarini bilish;

  • amaliyot davrida va undan keyingi asoratlarni oldini olish;

  • VK bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish bo‘yicha ma'lum bir amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish;

  • maxsus tekshiruv usullarni o‘rganish.

Talaba bajara olishi lozim:

Amaliy ko‘nikmalarin bajara olishi – VK bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, ushbu bemorlarga maxsus tekshiruv usullarini bajarish, jarroxlik amaliyotlariga ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalarni aniqlash.



O‘qitish usullari va texnikasi

«O‘rgimchak ini» usuli; vaziyatli masalalar, mavzu bo‘yicha testlar.

O‘qitish vositalari

O‘quv qo‘llanmalari, o‘quv materiallari, slaydlar, video va audio tasmalar, rentgenogrammalar, kasallik tarixi.

O‘qitish shakllari

Guruhlarda individual va kollektiv bilan ishlash, prezentasiyalar o‘tkazish.

O‘qitish shartlari

o‘quv xonalari, palatalar va bog‘lov xonalari.

Monitoring va baholash

Og‘zaki nazorat: nazorat savollari, guruhlarda o‘quv vazifalarni bajarish, amaliy ko‘nikmalarni bajarish. Yozma nazorat: test o‘tkazish, talabalarning mustaqil ishi.


2. Motivasiya

Mashg‘ulot mutaxassis shaxsini shakllanishiga, o‘zini tuta bilishga o‘rgatishga, tashxis qo‘yishda ma'suliyatni xis qilishga o‘rgatadi. Talabalarga kasallakning og‘ir asoratlari rivojlanishidan avval o‘z vaqtida operasiya bajarish lozim ekanligini uqtirish; asoratlar rivojlanganida esa – eng informativ va zamonaviy diagnostika usullari hamda jarroxlik usuli bilan davolash haqida tanishtirish; operasiyadan tashqari vaqtda va operasiya vaqtida kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar hamda ularning oldini olish chora-tadbirlari haqida tanishtirish. Talabalarda klinik fikrlashni rivojlantirish. Ushbu muammo bo‘yicha dunyo tibbiyoti va umumiy amaliyot shifokori nazari bilan zamonaviy yondoshishni shakllantirish.


3. Fanlararo va fan ichida bog‘liqlik

Shu mavzuni o‘qitish talabalarning anatomiya, fiziologiya, patologik anatomiya, patologik fiziologiya, mikrobiologiya, bioximiya, terapiya, klinik farmakologiya fanlari bo‘yicha bilimlariga asoslanadi. Dars davomida olingan bilimlar gastroenterologiya, ichki kasalliklar va boshqa klinik fanlarni o‘rganilganda kerak bo‘ladi.


4. Darsning mazmuni

4.1. Nazariy qism

Oyoqlarda yuzaki, chuqur hamda komunikant (perforant) venalari tafovut qilinadi. Yuzaki venalar katta va kichik teri osti venalaridan iborat. Katta teri osti venasi oyoq panjasining medial chekka venasidan boshlanib, boldir va sonning medial yuzasi bo‘ylab ko‘tarilib, oval teshik orqali son venasiga quyiladi. Katta teri osti venasining son venasiga quyilish joyida uning bir necha tarmoqlari (v. pubenda externa, v. epigastrica superficialis, v. circumflexa ileum superficialis, v.v. saphena accessoria medialis et lateralis) qo‘yiladi.

Kichik teri osti venasi oyoq panjasi lateral chekka venasining davomi hisoblanadi va taqim osti sohasida taqim osti venasiga quyiladi. Katta va kichik teri osti venalari o‘rtasida ko‘p sonli anastomozlar bo‘ladi.

Oyoqlarning chuqur venalari shu nomdagi arteriyalar bilan birga o‘tadigan juft venalardan tashkil topgan bo‘lib, oldingi va orqa katta boldir venalari qo‘shilgach, taqim osti venasini hosil qiladi. Taqim osti venasi son venasiga davom etib, pupart boylami sathida tashqi yonbosh venaga o‘tadi, u esa ichki yonbosh venasi bilan qo‘shilib umumiy yonbosh venasini hosil kiladi. Yuzaki va chuqur venalar orasidagi aloqani komunikant venalar amalga oshiradi.

Venoz klapanlar normada qonning yuzaki va chuqur venalari bo‘ylab retrogad (ortga, teskari) oqishiga, komunikant venalarda esa, chuqur venalardan yuzaki venalarga retrograd oqishiga to‘sqinlik qiladi.

Venoz qon oqimi quyidagi omillarga ko‘ra amalga oshiriladi:

1. Qon kapillyarlar orqali o‘tgandan keyingi “qoldiq bosim”.

2. Boldir va sonning “mushak-venoz nasosi” ishi (“venoz yurak” deb ham ataladi).

3. Yondosh yotgan arteriyalar pulsatsiyasi.

4. Diastola vaqtida yurakning so‘rib oladigan ta'siri.

5. Nafas olish vaqtida ko‘krak qafasidagi manfiy bosim.

Odatda oyoqlar va qo‘llardan qonning 80-90% gacha chuqur venalar bo‘ylab oqib o‘tadi.


Venalarning klapan yetishmovchiligini aniqlash

Oyoq yuzaki venalari ostial klapani yetishmovchiligini aniqlash uchun Troyanov-Trendelenburg va Gakkenbrux sinamalarini o‘tkazish lozim bo‘ladi.

Troyanov-Trendelenburg sinamasi. Bemor gorizontal vaziyatda yotib oyog‘ini yuqoriga ko‘taradi. Yuzaki venalar bo‘shaganidan so‘ng, katta teri osti venasining son venasiga quyiladigan joyi topilib, barmoq bilan bosiladi va barmoqni olmasdan turib bemorning o‘rnidan turishi so‘raladi. Bu sinamani bajarishda, barmoq bilan bosmasdan jgut qo‘ysa ham bo‘ladi. Normada katta teri osti venasi bo‘shaydi, 20-30 sekund o‘tgach venalar pastdan yuqoriga qarab qon bilan to‘la boshlaydi. Agar ostial klapani yetishmovchiligi bo‘lsa, barmoq olingandan (yoki jgut yechilgandan) keyin, venalar tezda yuqoridan pastga qarab qon bilan to‘ladi. Troyanov-Trendelenburg sinamasi musbat bo‘lgani, katta teri osti venasining klapanlari yetishmovchiligidan darak beradi.

Gakkenbrux sinamasi (yo‘tal turtkisi). Bu snamada, bemor yo‘talganda katta teri osti venasi son venasiga quyiladigan joyga qo‘yilgan barmoqlar turtkini sezadi. Gakkenbrux sinamasining musbatligi - katta teri osti venasi ostial klapanidagi yetishmovchilikni ko‘rsatadi.

Chuqur venalarning o‘tkazuvchanligi Delbe-Pertes “marsh” sinamasi va Pratt-1 sinamasi orqali tekshiriladi.

Delbe-Pertesning “marsh” sinamasini o‘tkazish uchun bemor tik holatda turganida songa, faqat yuzaki venalarni bosib turuvchi bog‘lam qo‘yiladi. Bemordan 5 daqiqa yurish yoki bir joyda turib odimlash (“marsh” qilish) talab etiladi. Bunda teri osti venalarining puchayishi kuzatiladi va bu chuqur venalarning o‘tkazuvchanligidan dalolat beradi. Yurishdan keyin venalarning bo‘rtishi va boldir sohasida og‘riq paydo bo‘lishi, chuqur venalarda to‘siq borligidan yoki jgutdan pastdagi komunikant venalarning ishlamasligidan dalolat beradi.

Pratt-1 sinamasi. Boldir aylanasiga o‘lchangandan keyin bemorni chalqancha yotqiziladi va venalar bo‘shalgandan so‘ng, oyoqqa teri osti venalarini bosib turadigan elastik bint bog‘lanib, 10 minut yurish taklif etiladi. Og‘riqning paydo bo‘lishi chuqur venalar zararlanganini ko‘rsatadi. Takror tekshiruvda boldir aylanasi o‘lchamining ortishi - chuqur venalarning o‘tkazuvchan emasligini ko‘rsatadi.

Komunikant venalar klapanlarining holati haqida tushunchani Pratt-2 sinamasi, uch jgutli Sheynis sinamasi va Talman sinamasi beradi.

Pratt-2 sinamasi. Yotgan holatda teri osti venalari bo‘shatilgandan so‘ng oyoq panjasidan boshlab elastik bint bog‘lanadi. Songa pupart boylami ustiga jgut bog‘lanadi. O‘rindan turish taklif qilinadi. Jgut ostiga ikkinchi elastik bint bog‘lanadi. So‘ngra pastdagi bint o‘ram-o‘ram qilib yechiladi, yuqoridagi bintni esa oyoqqa bintlar orasida 5-6 sm ochiq joy qoladigan qilib pastga o‘raladi. Bintlardan ozod bo‘lgan uchastkada venalarning tez to‘lishi bu yerda ishlamaydigan klapanlari bo‘lgan komunikant venalar borligini ko‘rsatadi. Ularga ko‘k dori surtib belgilab qo‘yiladi.

Sheynisning uchta jgutli sinamasi. Teri osti venalari bo‘shatilgandan keyin bemorga yotgan holatida: sonning yuqori uchdan bir qismiga, son o‘rtasiga va tizzadan pastga uchta jgut qo‘yiladi. O‘rindan tik turish taklif qilinadi. Oyoqning jgutlar bilan chegaralangan biror kesigida venalarning tez bo‘rtib chiqishi shu sohada klapanlari ishlamaydigan komunikant venalar borligidan dalolat beradi.

Talman sinamasi. Uchta jgut o‘rniga yumshoq rezina naychadan yasalgan bitta uzun (2-3 m) jgut ishlatiladi. Uni oyoqqa pastdan yuqoriga spiral qilib bog‘lanadi. Jgut o‘ramlari orasida 5-6 sm masofa qolishi kerak. Oyoqning jgutlar bilan chegaralangan biror kesigida venalarning tez bo‘rtib chiqishi shu uchastkada klapanlari ishlamaydigan komunikant venalar borligidan dalolat beradi.
Venalarni tekshirishning maxsus instrumental usullari

1.Funksional-dinamik flebomanometriya. Boldirga elastik bint solinadi, oyoq panjasi lateral tomonidagi venalardan birini punktirlab elektromanometr bilan ulanadi. Venoz bosimni oyoq mushaklari tarang qilingandan (Valsalvi sinamasi) va mushak ishidan (10-12 marta turib o‘tirilgandan) keyin bosimi o‘lchanadi. Chuqur venalar o‘tkazuvchanligida Valsalvi sinamasida bosim 10-15 mm suv ustiniga ko‘tariladi, sistolik (mushaklar qisqarganda) va diastolik (mushaklar bo‘shashtirilganda) bosim 45-50 mm suv ustiniga oshadi, sistola-diastola gradienti birmuncha kamayadi. Mushak ishidan keyin bosim asta-sekin dastlabki darajasiga qaytadi.

2. Teri elektrotermometriyasi - qo‘shimcha usul. Varikoz venalar va tugunlar ustidagi teri haroratining 0,3-0,5°ga yuqoriligi oyoqni osiltirib o‘tirishda temperaturalarning farqi katta bo‘lishi qayd qilingan.

3. Termografiya birmuncha kulrang fonda oqish uchastkalar ko‘rinishida-gi kengaygan venalarni aniqlab beradi.

4. Ultratovush dopplerografiyasi. Bu tekshiruv orqali oyoq venalari qon o‘tkazuvchanligi, qon oqimi tezligi, klapanlar yetishmovchiligi va regionar qon bosimi aniqlanadi.

5. Ultratovush angioskanerlash (ultratovush dupleks tekshiruvi). Bu tekshiruv orqali oyoq venalarini holati, o‘lchami, o‘tkazuvchanligi, klapanlar holati va yetishmovchiligi, qon oqimi tezligi va hajmi, varikoz kengaygan venalar holati, ichida tromb bor yoki yuqligi, trombning dinamikada o‘sish darajasi kabi ma'lumotlarni aniqlash mumkin. Bu tekshiruv usuli noinvazivligi va tekshiruvni ko‘p marta takrorlash mumkinligi tufayli hozirgi kunga kelib angiologiyada eng yaxshi ma'lumot beruvchi tekshiruv usuliga aylandi.

Distal flebografiyada kontrast modda (ultravist, omnipak, verogra-fin, va b.) oyoq panjasi lateral tomonidagi venalarning biriga yoki medial chekka venaga yuboriladi. Tekshirish bemorning vertikal vaziyatida funksional sinamalardan foydalanib (funksional-dinamik flebografiya) o‘tkaziladi. Seriyali angiografiya qo‘llaniladi: birinchi suratni in'eksiya qilingan zahoti (tinchlik fazasi), ikkinchisini bemor oyoq uchida ko‘tarilgan vaqtda (mushak tarangligi fazasi), uchinchisi - oyoq uchini bosib 10-12 marta turib o‘tirilgandan keyin (relaksatsiya fazasi) olinadi. Flebogrammalarda chuqur venalarning o‘tkazuvchanligi aniqlanadi, kontrastniig tutilib qolishidan esa ishlamay qolgan komunikant venalarning u yerda joylashganini aniq bilib olishga muvaffaq bo‘linadi.

Proksimal flebografiyada kontrast modda son venasiga katta teri osti venasini Seldinger bo‘yicha punksiya qilish va kateterlash yo‘li bilan yuboriladi. Son venasi klapan apparatining holati va yonbosh venalarning o‘tkazuvchanligi aniqlanadi.


Oyoq venalarining varikoz kasalligi

Oyoq venalarining varikoz kasalligi (varicus venus cruris) - deganda ular bo‘shlig‘ining qopsimon kengayishi, teri osti venalari uzunligining oshishi va ilonsimon egri-bugri bo‘lib qolishi tushuniladi. Bu kasallikda zarar-langan oyoqda venoz qon aylanishining buzilishi va trofik o‘zgarishlar kuzatiladi. Ushbu xastalik yuzaki venalarning butun uzunligida joylashuvi mumkin, chuqur venalarning zararlanishi mumkinligi ham aniqlangan.

Oyoq venalarining varikoz kengayishi aholining 17-37% da kuzatiladi. Shifoxonalarda u xirurgik bemorlarning umumiy sonini nisbatan 2,0-3,3% ni tashkil etadi. Ayollar erkaklarga qaraganda 3 marta ko‘proq kasallana-dilar. V.S.Savelev va E.P.Dumpe (1970) aholining 15-20% vena kasalliklari bo‘yicha operatsiya usulida davo qilinishga muhtoj deb hisoblaydilar.

Etiologiyasi va patogenezi. Oyoq venalarining varikoz kasalligi birlamchi va ikkilamchi deb tafovut qilinadi. Agar birlamchi varikoz kasallik klapan yetishmovchiligi, venalar tonusi pasayishidan rivojlansa va kasallikning ko‘proq uchraydigan turi xisoblansa, venalarning ikkilamchi varikoz kengayishi chuqur venalar tromboflebitidan keyin kompensator rivojlanadi.

Venalarning varikoz kasalligi rivojlanishiga doir bir necha nazariya-lar mavjud bo‘lib ular quyida keltirilgan.

Mexaniq nazariya - kasallik rivojlanishini uzoq vaqt oyoqda turib qolinganda yoki venalarning proksimal bo‘limlari ezilganda (masalan, xomiladorlikning ikkinchi yarmida) oyoqdan qon oqib ketishi kiyinlashuvi sababli venalardagi bosimning oshishi bilan izohlaydi.

Eng uzun vena - katta teri osti venasi gravitatsion effekt natijasida yuqori qon bosimi ta'siriga uchraydi. Shunga ko‘ra bu kasallikni yana oyoqda turib bajariladigan kasbli mutaxasislarning kasalligi ham deb ataydilar.

Klapan yetishmovchiligi yoki irsiy moyillik nazariyasining tarafdor-lari kasallik avj olishini venoz klapanlarining tug‘ma bo‘lmasligi yoki ularning o‘sib yetilmaganligi sababli funksional yetishmovchiligi bilan izohlaydilar.

Neyroendokrin nazariya tarafdorlari a'zoizmdagi gormonal qayta qurish (xomiladorlik, menopauza, voyaga yetish davri, tug‘ruq va b.) tufayli vena devorining sustlashib qolishiga asosiy ahamiyat beradilar. Bunda chanoq a'zolariga qon oqib kelishi ko‘payadi, arteriola-venulyar anastomozlar ochiladi va venalar tonusi pasayib ketganligidan qon oqib ketishga qiyinchilik tug‘diradi.

Kator tadqiqotchilar venalarning varikoz kengayishi - rivojlanishida arteriola-venulyar anastomozlar yetakchi ahamiyatga ega deb hisoblaydilar (G.P.Alekseev, 1971, V.P.Vasyutkov, 1972). Arteriola-venulyar anastomozlar noqulay omillar ta'siri ostida ochilib ketadi, natijada oyoqqa ko‘p miqdorda qon yuqori bosim ostida tusha boshlaydi, venalar bo‘shlig‘i kengayadi va venalarning ikkilamchi klapan yetishmovchiligi rivojlanadi, varikoz tugunlar paydo bo‘ladi. Varikoz kasalligining bu arterial turiga Parks - Veber - Rubashev kasalligi kiradi.

Yuqorida aytilganlardan venalarning varikoz kengayishi quyidagi qator omillarning bir vaqtda ta'sir qilishi natijasida kelib chiqishi ayon bo‘ldi:

a) moyil qiladigan omillar: venalarning tug‘ma yoki orttirilgan o‘zgarishlari: faoliyat ko‘rsatmaydigan arteriola-venulyar anastomozlar borligi, neyroendokrin buzilishlar, vena devori tonusining pasayishi;

b) keltirib chiqaradigan omillar: oyoq venalarida bosimni oshiradi va venoz qon oqib ketishini qiyinlashtiradi.

Venalarda qon bosimi oshishi va venoz dimlanish Yuzaki venalar, keyinroq komunikant venalarning klapan yetishmovchiligiga, bu esa o‘z navbatida mushaklar qisqarganda qonning chuqur venalardan yuzaki venalarga oqib kelishiga olib keladi. Arteriola-venulyar anastomozlar ochiladi, kapillyarlardagi qon oqimi pasayadi, staz rivojlanadi. Perikapillyar bo‘shliqda ko‘p miqdorda suyuqlik, elektrolitlar, qonning shaklli elementlari, plazma oqsili to‘planadi. Terida va teri osti kletchatkasida biriktiruvchi to‘qima rivojlanadi, mayda tomirlar va kapillyarlar devorida gialinoz va skleroz rivojlanadi, to‘qimalarda almashinuv jarayonlari buziladi. Klinik jihatdan bu shishlar va trofik buzilishlar (terida pigmentatsiya, dermatit, ekzema, yaralar) bilan namoyon bo‘ladi.

Klassifikatsiyasi.

Anatomik shakllari bo‘yicha: magistral, sochma, aralash.

Tarqalishi bo‘yicha: chegaralangan, generalizatsiyalashgan, o‘tib ketadigan.

Klinik klassifikatsiyasi:

1) oddiy (asoratlanmagan) turi, 40 yoshgacha uchraydi va hamma hollarning 18% ni tashkil qiladi.

2) asoratlangan turi, aksariyat 50 yoshdan keyin uchraydi va hamma hollarning 32% ni tashkil etadi.

Asoratlari: ekzemalar, piodermiyalar, trofik yaralar, tromboflebit-lar, varikoz venalardan qon oqishi.

Kasallikning bosqichlari bo‘yicha:

Kompensatsiyalangan, subkompensatsiyalangan va dekompensatsiyalangan.

Qonning chuqur venalardan yuzaki venalarga o‘tish darajasiga ko‘ra varikoz kasallikning turlari (V.S.Savelev bo‘yicha, 2000).

1. Yuqori veno-venoz qon reflyuksi bilan o‘tadigan varikoz kasalligi (teri osti venasi ostial klapani yetishmovchiligida).

2. Past veno-venoz qon reflyuksi bilan o‘tadigan varikoz kasalligi (komunikant venalari yetishmovchiligida).

3. Veno-venoz aralash qon reflyuksi bilan o‘tadigan varikoz kasalligi.

Rossiya flebologlarning 2000 yili o‘tkazilgan yig‘ilishida varikoz kasalligining surunkali venoz yetishmovchiligi (SVe) darajasi, varikoz kasalligi turlari va asoratlariga asoslangan yangi klassifikatsiyasi taklif qilindi:




Varikoz kasalligining turlari

SVe darajasi

1. Teri ichi va segmentar varikoz, veno-venoz reflyukssiz

0 – yo‘q

1- “Og‘ir oyoq” sindromi

2. Segmentar varikoz yuzaki va komunikant venalar reflyuksi bilan

2 - O‘tib ketuvchi shish

3. Tarqalgan varikoz yuzaki va komunikant venalar reflyuksi bilan

3 - doimiy shish, giper- yoki gipopigmentatsiya, lipoderma-toskleroz, ekzema

4. Varikoz kengayish chuqur venalar reflyuksi Bilan

4 - Venoz trofik yaralari


Klinik manzarasi va diagnostikasi. Chap oyoq o‘ng oyoqdan ko‘ra ko‘proq zararlanadi, ikki tomonlama zararlanish 35-43% xollarda uchraydi. Bemorlarning 75-80 % da katta teri osti venasi, 5-10 % kichik teri osti venasi zararlanadi, bemor-larning 7 - 10 % patologik jarayonga ikkala vena tortiladi. Kasallikning klinik manzarasi uning bosqichlariga, asoratlari bor-yo‘qligiga ko‘ra turli-tuman bo‘ladi. Kasallikning kechishida latent faza, kompensatsiya, subkompensatsiya va dekompensatsiya bosqichlari farq qilinadi.

Venoz qon aylanish kompensatsiyasida bemorlar tik turilganda ro‘y-rost ko‘rinadigan va egri-bugri yo‘llar, tugunlar, bo‘rtib chiqqan chigallar ko‘rinishidagi kengaygan venalar borligidan shikoyat qiladilar. Bemorlarni oyoqning o‘rta darajada og‘irlashishi, to‘laligi, vertikal holatda charchab qolishi bezovta qiladi. Oyoqda shishlar yo‘q yoki kechga tomon paydo bo‘ladi va dam olingandan so‘ng yo‘qoladi. Bemorlar mexnatga layoqatli bo‘ladilar.

Subkompensatsiya bosqichida oyoq tez charchaydi, shishganday sezgi paydo bo‘ladi, og‘ir tortadi, pastki mushaklar tortishadi, terisi qichishadi, paresteziya, boldir va oyoq panjasida shish paydo bo‘ladi. Shishlar kechga tomon yoki uzoq vaqt oyoqda turilganda paydo bo‘ladi. Tungi dam olishdan keyin ertalab ular yo‘qoladi, biroq dam olishdan so‘ng hamisha yo‘qolaver-maydi. Ichki to‘piq ustida sianoz va teri pigmentatsiyasi paydo bo‘ladi.

Dekompensatsiya bosqichida doimiy shish, uvishib qolish, zararlangan tomonda qichishish paydo bo‘ladi. Boldir yug‘on tortadi, sianozga uchraydi, shishadi. Shishlar tez ketmaydi, tungi uyqudan so‘ng yo‘qolmaydi. To‘qimalarning trofik buzilishlari, dermatitlar, skleroz, teri osti kletchatkasi induratsiyasi qo‘shiladi. Varikoz kasallik asoratlari: trofik yaralar, tromboflebitlar, varikoz kengaygan venalardan qon ketishi, ikkilamchi limfedema, ekzema qo‘shiladi.

Trofik yaralar odatda yakka, ba'zan ko‘p sonli bo‘ladi, boldir uchdan bir pastki qismining ichki yuzasida joylashadi. Yaralar yassi, ularning tubi silliq chetlari notekis shaklda, ajralma kam chiqadi.

Varikoflebit - varikoz venalar kengayishi tromboflebitida venalar yo‘li bo‘ylab qattiqlashishi, og‘riydigan zich tugunlar paydo bo‘lishi, qizarishi va yurish qiyinlashuvi hamda umumiy va mahalliy harorat ko‘tarilishi kabi belgilar paydo bo‘lishi bilan rivojlanadi.

Venalarning varikoz kengayishidan qon ketishi - yupqalashib va teri bilan birikib ketgan vena arzimas darajada shikastlanganda yuz beradi. Shikastlangan vena distal qismiga bosuvchi bog‘lam yoki jgut yordamida qon ketishini osongina to‘xtatish mumkin.

Solishtirma tashxis posttromboflebitik sindromi, yuzaki venalari-ning ikkilamchi kompensator varikoz kengayishi, venalarning tug‘ma kasalliklari (Parks-Veber-Rubashev va Klippel-Trenone sindromi) bilan o‘tkazish lozim.



Davolash. Konservativ muolaja, sklerozlovchi davo va jarrohlik amaliyotlari usullari qo‘llaniladi. Bemorni konservativ davolash kasallikdan holi qilmaydi, balki asoratlarining oldini oladi, zo‘rayib ketishdan saqlaydi. Uni operatsiyaga monelik qiladigan hollar bo‘lganda qo‘llash mumkin. Konservativ davo kompleksiga elastik paypoq kiyish, oyoqni elastik bintlash, davolash fizkulturasi, bemorlarni yengil ishga o‘tkazish, og‘ir yuk ko‘tarmaslik va uzoq vaqt tik oyoqda turmaslik kiradi.

Sklerozlovchi davo kasallikning boshlang‘ich bosqichida kengaygan venalarning ayrim tugunlari yoki qismlarini obliteratsiya qilish uchun qo‘llaniladi. Bunda varikoz tugunlarga yoki kengaygan venalarga sklerozlaydigan eritmalar (etoksisklerol, fibro-veyn, trombovar va b.) yuboriladi. In'eksiya qilinadigan joy doka sharcha bilan artiladi va dori yuboriladi, sungra oyoqqa elastik bint bog‘lanadi. Bemorga 2-3 soatgacha yurish taklif qilinadi.

Xirurgik davo varikoz kasallikni davolashning birdan-bir radikal usuli hisoblanadi. Og‘ir yurak, o‘pka, jigar va buyrak xastaliklarida, xomiladorlik davrida, keksa odamlarda va yiringli kasalliklar bo‘lganda uni o‘tkazib bo‘lmaydi. Operatsiya katta teri osti venasini va uning tarmoqlarini son venasiga quyiladigan joyidan bog‘lash (Troyanov-Trendelenburg operatsiyasi yoki krossektomiya), katta teri osti venasini Bebkokk bo‘yicha olib tashlashdan iborat, buning uchun Bebkokk yoki Grizendi zondi qo‘llaniladi.

Venalarning juda buralib ketgan uchastkalari Narat bo‘yicha kichikroq kesmalar orqali olib tashlanadi.

Ishlamay qolgan komunikant venalar bo‘lganda bu venalarni albatta bog‘lab qo‘yish kerak. Operatsiya boldirning ichki Yuzakisi bo‘ylab 12-15 sm uzunlikda kesib komunikant venalarni bog‘lashdan iborat.

Trofik o‘zgarishlar bo‘lmaganda komunikant venalar fassiya ustidan (Kokket bo‘yicha), teri va teri osti kletchatkasi trofik o‘zgarishlarga uchraganda esa fassiya ostidan Linton bo‘yicha bog‘lanadi.

Mayda teri osti venalarining olib tashlanmagan uchastkalari teri orqali ketgut bilan (Shede-Koxer, Sokolov bo‘yicha) qo‘shimcha tikiladi.

Xozirgi vaqtda endoskopik xirurgiyani avj olib rivojlanishi SVe da, komunikant venalar yetishmovchiligida, ayniqsa trofik yaralar kuchli rivojlanganda endoskopik usulda perforant venalarni bog‘lash katta ahamiyatli davolash usuli hisoblanadi.

Amaliyotdan keyingi davrda bemorlarga elastik bintlash yoki elastik paypoqlar kiyish, dezagregantlar, fleboprotektorlar va davolash mashqlari tavsiya etiladi.
4.2. Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar

«O‘RGIMCHAK INI» USULINI QO‘LLASH

Talabalarga o‘tgan darslardan savollar berib tayyorlanish uchun vaqt beriladi.

Ishtirokchilar doira bo‘lib o‘tirishadi.

Ishtirokchilarning biriga ip bilan bog‘langan koptokcha beriladi, u xoxlagan talabaga o‘zi oldindan tayyorlagan savolni (javobni o‘zi bilishi shart) berib, koptokchani topshiradi.

Koptokchani olgan talaba savolga javob beradi (savol bergan ishtirokchi javobni sharxlab turadi) va yangi savolni boshqa ishtirokchiga beradi. Bu musobaka hamma ishtirokchilar “o‘rgimchak ini”ga o‘ralguncha davom etadi.

Hamma talabalar savol berib bo‘lgach, oxirga talaba qo‘lidagi koptokchani birinchi savol bergan ishtirokchiga qaytaradi va unga savol beradi va h.k., bu hol chigal echilgunga qadar davom etadi.

Eslatma: talabalardan xar bir javobga e'tiborli bo‘lish talab qilinadi, chunki oldindan qaysi talabaga koptokcha berilishi noma'lum.


4.3. Tahliliy qism

Vaziyatli masalalar:

1. 55 yoshli bemorda Bilrot-II usuli bo‘yicha me'da rezeksiyasi amaliyotidan keyin 3 kun birdaniga to‘sh ortida og‘riq, nafas siqishi, yurak urishi, yuz va bo‘yinning ko‘karishi kuzatildi. Ko‘rilganda bemorning oyoqlarida varikoz kengaygan venalar aniqlanadi.

I. Qaysi asorat xaqida o‘ylash mumkin?

II. Amaliyotdan keyingi davrda bemorni olib borishning to‘g‘ri taktikasi qanday bo‘lishi lozim edi?

2. 40 yoshli bemor oyoqdan qon ketishi bilan jarroxlik qabul bo‘limiga olib kelindi. Bemor so‘ziga qaraganda, qon ketishi oyoqni qashlash natijasida birdaniga boshlangan. Tez yordam shifokori qon ketayotgan sohadan yuqoriga jgut bog‘lab qo‘ygan. Ko‘rilganda bemorning oyoqlarida varikoz kengaygan venalar aniqlanadi, qon ketishi davom etmoqda.

I. Tez yordam shifokori to‘g‘ri ish qilganmi?

II. Ushbu holatda sizning taktikangiz qanday bo‘lar edi?

3. Bemor 25 yoshda, 5 yildan beri varikoz kasalligi bilan xasta. Bemorda 1 hafta davomida sutkasiga 4 martagacha diareya kuzatildi. Kecha sonning pastki 1/3 qismida vena yo‘nalishi bo‘yicha qizarish va og‘riq paydo bo‘ldi, bugun esa og‘riq kuchaygan va qizarish yuqoriga siljigan.

I. Sizning tashhisingiz va ushbu holatning sababi?

II. Sizning davolash taktikangiz.

III. O‘z vaqtida davolash o‘tkazilmasa qanday asoratlar yuzaga kelishi mumkin?
Testlar
VVK ni kelib chikishiga sabab buladigan 5 ta omilni ayting:

1.xayotiy

2.nasldan-naslga utuvchi

3.professional (ba'zi mutaxassislarda)

4.yukumli kasalliklar

5.xomiladorlik, tugish


Konni chukur venalardan yuzaki venalarga okishiga karab VVK ni 3 ta turini ayting:

1.VVKni past vena-venozli okishi

2.VVKni yukori vena-venozli okishi

3.VVKni aralash vena-venozli okishi


VVK ni 3 ta klinik boskichini ayting:

1.kompensasiyali

2.subkompensasiyali

3.dekompensasiyali


VVK ni kompensasiya boskichida kuzatiladigan 4 ta asosiy simptomlarini sanang:

1.oyokda oz-moz ogirlik xis kilish

2.tikka turganda charchash va tikilishni xis kilish

3.boldir mushaklarini onda-sonda tortishib kolishi

4.varikoz kengaygan venalarning borligi
VVK ni subkompensasiya boskichida kuzatiladigan 4 ta asosiy simptomlarini ayting:

1.yurganda ogrik

2.terini kichishi

3.sianoz, shish, panja va boldir terisi pigmentasiyasi

4.boldir terisida pigmentasiya
VVK ni dekompensasiya boskichida kuzatiladigan 5 ta asosiy simptomlarini ayting:

1.yurganda kuchli ogrik

2.uvishishni sezish

3.teri kichishi

4.sianoz, shishish borgan sayin kuchayib, gorizontal xolatda xam yukolmaydi

5.varikoz kengaygan venalarni borligi


VVK ni 3 ta asosiy boskichini ayting:

1.skleroz

2.trofik yaralar

3.tromboflebitlar


VVK da kup kullaniladigan asosiy 3 ta funksional sinamalarini sanang:

1.Broddi-Troyanov-Trendelenburg sinamasi

2.Delbe-Pertes marshli sinamasi

3.Pratt-I sinamasi


VVK da kilinadigan flebografiyani asosiy 2 ta turini ayting:

1.distal


2.proksimal
VVK da kilinadigan 4 xil operasiyalarni sanang:

1.Bebkokk usuli

2.Narat usuli

3.VVKni elektr koagulyasiya kilish

4.VVKni skleroterapiya kilish
Oyoklarni 3 venoz kollektorini ayting:

1.yuzaki venalar

2.kommunikant venalar

3.chukur venalar


Oyoklardagi 2 yuza venalarni nomlarini ayting:

1.katta teri osti venasi

2.kichik teri osti venasi
Boldir chukur venalari sistemasiga kiruvchi 3 juft venalarni nomlang:

1.oldingi katta boldir venalari

2.orka boldir venalari

3.kichik boldir venalari


5. Amaliy qism

Amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha topshiriqlarni bajarish (oyoqlarning chuqur va perforant venalari o‘tkazuvchanligini aniqlash uchun venoz sinamalarni o‘tkazish).


1. VENOZ SINAMALARNI O‘TKAZISH

Maqsad: oyoqlar chuqur venalar o‘tkazuvchanligini aniqlash (Delbe-Pertes sinamasi).

Ko‘rsatma: oyoqlar varikoz kasalligi.

Anjomlar: elastik bint, jgut.

Bajariladigan boskichlar:



Chora-tabdirlar

Bajarmadi

(0 ball)


To‘liq to‘g‘ri bajardi

1.

Bemor vertikal xolatda turadi.

0

10

2.

Songa faqat yuza venalarini bosib turiladigan jgut bog‘lanadi.

0

20

3.

Bemorga 5-10 minut yurish yoki bir joyda turib odimlash (marsh) tavsiya qilinadi.

0

20

4.

Oyoq venalarini to‘lishi kuzatiladi.

0

10

5.

Teri osti venalarining puchayishi (to‘limini kamayishi) chuqur venalarning o‘tkazuvchanligi saqlanganligidan dalolat beradi – sinama musbat hisoblanadi.

0

20

6.

Yurishdan keyin teri osti venalarining kuchayishi, og‘riqlar paydo bo‘lishi chuqur venalarning tutilib qolganligidan dalolat beradi.

0

20




Jami

0

100

2. VENOZ SINAMALARNI O‘TKAZISH



Maqsad: oyoqlar perforant venalar o‘tkazuvchanligini aniqlash (Pratt-2 sinamasi).

Ko‘rsatma: oyoqlar varikoz kasalligi.

Anjomlar: jgut, elastik bint.

Bajariladigan boskichlar:



Chora-tabdirlar

Bajarmadi

(0 ball)


To‘liq to‘g‘ri bajardi

1.

Bemor gorizontal xolatga keltiriladi va kasal oyog‘i yuqoriga ko‘tariladi.

0

10

2.

Yotgan xolatda teri osti venalari panjadan pupart bog‘lamiga qarab silab bo‘shatiladi.

0

10

3.

Oyoq panjasidan boshlab yuzaki venalarni bosuvchi elastik bint bog‘lanadi.

0

20

4.

Son sohasida pupart bog‘lami ustiga jgut bog‘lanadi.

0

10

5.

Jgutni echmasdan turib bemorga o‘rnidan turish tavsiya qilinadi.

0

10

6.

Bemor o‘rnidan turgandan keyin jgutni tagidan pastga qarab ikkinchi elastik bint bog‘lanadi.

0

20

7.

Pastdagi bint o‘ram-o‘ram qilib echiladi, yuqoridagi bint esa orasi 5-6 sm ochiq joy qoldirib pastga o‘raladi.

0

15

8.

Bintlardan ozod bo‘lgan uchastkada venalarning tez to‘lishi bu erda ishlamaydigan klapanlari bo‘lgan kommunikant venalar borligini ko‘rsatadi. Ularga zelenka surtib qo‘yiladi.

0

5




Jami

0

100


6. Bilimlari, ko‘nikma va malakani tekshirish usullari

1. Og‘zaki;

2. Yozma;

3. Vaziyatli masalalarni echish;

4. Egallangan amaliy ko‘nikmalarni namoyish etish.
7. Joriy nazoratni baholash mezoni



O‘zlashtirish % da

Baho

Talabaning bilish darajasi

1.

96-100%

A'lo

“5”


Savollarga to‘liq to‘g‘ri javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila oladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yurita oladi.

Vaziyatli masalalarga to‘liq asoslangan va ijodiy yondoshgan holda to‘g‘ri javob beradi.

Interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda yuqori faollik bilan, ijodiy yondasha oladi, amalda qo‘llay oladi.

Barcha test savollarini va vaziyatli masalalarni to‘g‘ri echa oladi.

Savollarni mohiyatini tushunadi, to‘g‘ri javob beradi, ishonch bilan aytib beradi, aniq tasavvurga ega.



2.

91-95%

A'lo

“5”


Savollarga to‘liq to‘g‘ri javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila oladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yurita oladi.

Vaziyatli masalalarga to‘liq asoslangan va ijodiy yondoshgan holda javob beradi.

Interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda yuqori faollik bilan va ijodiy yondasha oladi, amalda qo‘llay oladi.

Vaziyatli masalalarni 1 xatolik bilan to‘g‘ri echa oladi.

Test savollarini 1 xatolik bilan to‘g‘ri echa oladi.

Savollarni mohiyatini tushunadi, to‘liq javob beradi, ishonch bilan aytib beradi


3.

86- 90%

A'lo

“5”


Savollarni mohiyatini tushunadi, 1 savolga noaniqlik bilan javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila oladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yurita oladi.

Vaziyatli masalalarga to‘liq asoslangan va ijodiy yondoshgan holda javob beradi.

Interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda yuqori faollik bilan va ijodiy yondasha oladi, amalda qo‘llay oladi.

Vaziyatli masalalarni 1-2 xatolik bilan to‘g‘ri echa oladi.

Test savollarini 1-2 xatolik bilan to‘g‘ri echa oladi.



4.

81-85%

Yaxshi

“4”


Savollarni mohiyatini tushunadi, 2-3 savolga noaniqlik bilan javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila oladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yurita oladi.

Vaziyatli masalalarga to‘liq asoslangan va ijodiy yondoshgan holda javob beradi.

Interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda yuqori faollik bilan va ijodiy yondasha oladi, amalda qo‘llay oladi.

Vaziyatli masalalarni 2-3 xatolik bilan to‘g‘ri echa oladi.

Test savollarini 2-3 xatolik bilan to‘g‘ri echa oladi.



5.

76-80%

Yaxshi

“4”


Vaziyatli masalalar, test va savollarga 3-4 xatoliklar bilan javob beridi.

Xulosa va qaror qabul qila oladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yurita oladi.

Vaziyatli masalalarga to‘liq asoslangan va ijodiy yondoshgan holda javob beradi.

Interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda yuqori faollik bilan va ijodiy yondasha oladi, amalda qo‘llay oladi.



6.

71-75%

Yaxshi

“4”


Savollarga to‘liq emas, ammo to‘g‘ri javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila oladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yurita oladi.

Vaziyatli masalalarga to‘g‘ri javob beradi.

Interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda yuqori faollik bilan va ijodiy yondasha oladi, amalda qo‘llay oladi.

Test va savollarga 3-4 xatoliklar bilan javob beridi.


7.

66-70%

Qoniqarli

“3”


Savollarni 60%ga to‘g‘ri javob beradi.

Xulosa qabul qiladi, ammo qaror qabul qila olmaydi, har doim ham mustaqil mushohada yurita olmaydi.

Vaziyatli masalalarni yarmiga to‘g‘ri, to‘liq asosli javob beradi.

Interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda qatnashadi va ijodiy yondasha oladi, amalda qo‘llay oladi.

Vaziyatli masalalar, test va savollarni yarmiga to‘g‘ri javob beradi.


8.

61-65%

Qoniqarli

“3”


Savollarni 50%ga to‘g‘ri javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila olmaydi, har doim ham mustaqil mushohada yurita olmaydi.

Vaziyatli masalalarni yarmiga to‘g‘ri, har doim ham to‘liq asosli bo‘lmagan javob beradi.

Interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda qatnashadi, har doim ham asosli xulosa qabul qila olmaydi, amalda qo‘llay olmaydi.

Vaziyatli masalalar, test va savollarni yarmiga to‘g‘ri javob beradi.


9.

55-60%

Qoniqarli

“3”


Savollarga to‘liq emas, 50%ga to‘g‘ri javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila olmaydi, mustaqil mushohada yurita olmaydi.

Vaziyatli masalalarni yarmiga to‘g‘ri, to‘liq asosli bo‘lmagan javob beradi.

Interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda qatnashadi, har doim ham asosli xulosa qabul qila olmaydi, amalda qo‘llay olmaydi.

Vaziyatli masalalar, test va savollarni yarmiga to‘g‘ri javob beradi.


10.

50-54%

Qoniqarsiz

“2”


Berilgan savollarni 1/3 qismiga to‘g‘ri javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila olmaydi, mustaqil mushohada yurita olmaydi.

Vaziyatli masalalarni noto‘g‘ri, asossiz yondogan holda echadi.

Interaktiv o‘yinlarda qatnashmaydi, asosli xulosalar qabul qila olmaydi, amalda qo‘llay olmaydi.



11.

46-49%

Qoniqarsiz

“2”


Berilgan savollarni 1/4 qismiga to‘g‘ri javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila olmaydi, mustaqil mushohada yurita olmaydi.

Vaziyatli masalalarni noto‘g‘ri, asossiz yondogan holda echadi.

Interaktiv o‘yinlarda qatnashmaydi, asosli xulosalar qabul qila olmaydi, amalda qo‘llay olmaydi.



12.

41-45%

Qoniqarsiz

“2”


Berilgan savollarni 1/5 qismiga to‘g‘ri javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila olmaydi, mustaqil mushohada yurita olmaydi.

Vaziyatli masalalarni noto‘g‘ri, asossiz yondogan holda echadi.

Interaktiv o‘yinlarda qatnashmaydi, asosli xulosalar qabul qila olmaydi, amalda qo‘llay olmaydi.



13.

36-40%

Qoniqarsiz

“2”


Berilgan savollarni 1/10 qismiga to‘g‘ri javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila olmaydi, mustaqil mushohada yurita olmaydi.

Vaziyatli masalalarni noto‘g‘ri, asossiz yondogan holda echadi.

Interaktiv o‘yinlarda qatnashmaydi, asosli xulosalar qabul qila olmaydi.



14.

31-35%

Qoniqarsiz

“2”


Savollarga javob bera olmaydi.

Xulosa va qaror qabul qila olmaydi, mustaqil mushohada yurita olmaydi.

Barcha vaziyatli masalalar va testlarni noto‘g‘ri echadi.

Talaba darsda qatnashmoqda, kiyimlari joyida, daftar va fonendoskopi o‘zi bilan birga.




8. Mashg‘ulotning texnologik xaritasi



Mashg‘ulot bosqichlari

Mashg‘ulot shakli

Davomiy-ligi (min.)

1.

O‘qituvchining kirish so‘zi

(mavzuni asoslash).






15

2.

Amaliy mashg‘ulot mavzusini muhokama qilish, yangi pedagogik texnologiyalarni (kichik guruhlar, vaziyatli masalalar, ishbilarmon o‘yinlar va h.k.), shuningdek, ko‘rgazmali materiallarni (slaydlar, videofilmlar, mulyajlar va h.k.) qo‘llagan holda talabalarning dastlabki bilim darajasini tekshirish.

so‘rov, tushuntirish

60

3.

Muhokamaga yakun yasash.




15

4.

Talabalarga mashg‘ulotning amaliy qismini bajarish uchun topshiriq berish. Topshiriqlarni bajarish tartibi bo‘yicha ko‘rsatmalar va tushuntirish berish. Mustaqil kurasiya.




30

5.

Talabalarni mashg‘ulotning amaliy qismini o‘qituvchi yordamida egallashi (tematik bemor kurasiyasi)

kasallik tarixi, ishbilarmon o‘yinlar, klinik vaziyatli masala

30

6.

Tematik bemorni laboratoriya, instrumental tekshiruvlaridan olingan natijalarni tahlili, differensial diagnostika, davolash va sog‘lomlashtirish rejasini tuzish, reseptlar yozish va h.k.

klinik-laborator anjomlar bilan ishlash

30

7.

Talabalarning o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini va amaliy ish natijalarini muhokama qilish, mustahkamlash va mashg‘ulot maqsadiga erishilganlik darajasini hisobga olgan holda guruh faoliyatini baholash.

og‘zaki so‘rov, yozma so‘rov, test, munozara-bahs, amaliy ish natijalarini tekshirish

75

8.

Ushbu mashg‘ulot bo‘yicha o‘qituvchining xulosasi, har bir talaba faoliyatini 100-ballik tizim bo‘yicha baholash va e'lon qilish. Keyingi darsga tayyorlanish uchun talabalarga vazifa berish (savollar to‘plami).

Axborot, mustaqil tayyorlanish uchun savollar

15


9. Tekshiruv savollari


  1. Oyoq yuza venalarini klapan apparati holati haqida ma'lumot beruvchi sinamalarini ayting.

  2. Oyoq kommunikant venalarini klapan apparati holati haqida ma'lumot beruvchi sinamalarini ayting:

  3. Qanday sinamalar chukur venalar o‘tkazuvchanligi haqida dalolat beradi?

  4. Oyoq venalarining varikoz kengayishini qaysi kasalliklar bilan differensial tashxis o‘tkazish mumkin?

  5. VVK ga izox bering.

  6. Oyoqlar VVK ning jarroxlik davosiga asosiy qarshi ko‘rsatmalarni sanab bering.

  7. Oyoqlar VVK da skleroterapiya qilishga qarshi ko‘rsatmalarni sanab o‘ting.

  8. Surunkali venoz etishmovchiligi simptomokompleksining klinik ko‘rinishlarini ayting.

  9. VVK ni asosiy asoratlarini ayting.

  10. Oyoqlar yuza venalari tromboflebitining klinik ko‘rinishini aytib bering.

  11. Qanday hollarda oyoq yuza venalarining o‘tkir tromboflebitida shoshilinch jarroxlik amaliyotlari bajariladi?

  12. Oyoqlardagi yuza venalar tromboflebitida konservativ terapiyaning asosiy momentini ayting.

  13. Yuza venalarning o‘tkir tromboflebitining asosiy simptomlarini ayting.

  14. Yuzaki venalar o‘tkir tromboflebitining qaysi shaklida Troyanov-Trendelenburg operasiyasi bajariladi?

  15. Kommunikant venalarga xarakterli belgilarni ayting.

  16. Oyoqlardagi venoz qon oqimini qiyinlashuviga quyidagi omillar sabab bo‘lishi mumkin.


10. Tavsiya etilgan adabiyotlar

I. Asosiy:

1. Хирургик касаликлар. Ш.И.Каримов. Тошкент, 2005.

2. Хирургические болезни. Ш.И.Каримов. Ташкент, 2005.

3. Hirurgik kasalliklar. Sh.I.Karimov. Toshkent, 2011.

4. Хирургик касаликлар. Ш.И.Каримов, Н.Х.Шамирзаев. Тошкент, 1995.

5. Хирургические болезни. Под ред. М.И.Кузина. Медицина, 2002.

6. Методическое пособие по госпитальной хирургии. Назыров Ф.Г. с соавт. Ташкент, 2004.

7. Клиническая хирургия. Под ред. Ю.М.Панцырева. Москва, «Медицина», 1988.

8. Справочник практического врача (в 3х томах). А.Воробьев. 1990.

9. Клиническая хирургия. Р.Конден, Л.Нейхус. Москва, «Практика», 1998.

10. Справочник-путеводитель практикующего врача. Ф.Г.Назиров, И.И.Денисов, Э.Г.Улугбеков. Москва, 2000.

11. Руководство по хирургии. Под ред. Б.В.Петровского. (в 12 томах). Москва, «Медицина», 1959-1966.


II. Qoshimcha:

12. Практическое руководство по хирургическим болезням. В.Г.Астапенко. Минск, 2004.

13. 50 лекции по хирургии. В.С.Савельев. Москва, 2004.

14. Основы оперативной хирургии. Под ред. С.А.Симбирцева. 2002.

15. Диагностический справочник хирурга. В.Н.Астафуров. 2003.

16. Хирургическая операция. Расстройство гомеостаза, предоперационная подготовка. И.Я.Макшанов. 2002.



17. Mavzu buyicha Internet adreslar: www.rmj.net; www.consilium-medicum.com; www.mediasphera.ru; www.medmore.ru; www.medilexicom.com; www.encicloperdia.com.
Yüklə 137,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin