Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Yuқumli va bolalar yuқumli kasalliklari kafedrasi Mavzu:



Yüklə 91,11 Kb.
tarix25.03.2017
ölçüsü91,11 Kb.
#12349




Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Yuқumli va bolalar yuқumli kasalliklari kafedrasi




Mavzu: «ҚIZAMIҚ»

Davolash fakultetlarining 5 kurs talabalari uchun ma’ruza

Ma’ruzadan maқsad:

Қizamiқ ҳaқida tushuncha berish va yuқumli kasalliklar orasidagi iktisodiy ўrnini tushuntirish.


Ma’ruza vazifasi: Қizamiқning asosiy klinik belgilari bilan talabalarni tanishtirish, tashҳisot va davolash usulini ўrgatish.

Ma’ruza rejasi:

1. Kirish – 5 min.
2. Tarixiy ma’lumotlar – 5 min.
3. Etiologiyasi va epidemiologiyasi – 10 min.
4. Patogenezi va patanatomiyasi – 10 min.
5. Klinikasi – 30 min.
6. Laborator va kiyosiy tashxisoti – 10 min.
7. Davolash – 10 min.
8. Profilaktikasi – 5 min.
9. Yakunlash – 5 min.

ҚIZAMIҚ
Қizamiқ – bu umumiy intoksikatsiya, nafas yўllari, қўz ҳamda oғiz shilliқ pardalari kateral yalliғlanishi, terida makulo-papulez toshmalar, terida makulo-populyoz toshmalar bilan kechuvchi virusli kasallikdir.

Tarixiy manbalar. Қizamiқ juda қadimgi ma’lum bўlgan kasallik bўlib, toshmali kasalliklar guruxiga kiritilgan edi. IX asrda arab (vrachi) xakimi Rozes kasallikning klinik belgilarini mukammal ўrganib, yozib қoldirgan. Lekin u қizamiқni chin chechakning ўta engil shakli deb ҳisoblab “kichik kasallik” ya’ni morbilli nomini olgan. Katta kasallik esa morbus - chin chechak atalgan.

Қizamiқ kasalligi ustida kўp olimlar ish olib borganlar. Masalan: Sidenam - angliyada va Morton - fransiyada XVII asrning ikkinchi yarmida. Ular kasallikning ҳos klinik kўrinishlarini yoritib berganlar. Lekin aloҳida nozologik birlik sifatida ajrata bilmaganlar.

XVIII asrga kelibgina Italiya vrachi Borsieri - қizamiқni aloҳida nozologik birlik sifatida қaragan.

Қizamiқga juda oғir kechishi, kўp xolda ўlim bilan tugashi ҳosdir, ayniқsa 3 yoshgacha bўlgan bolalar orasida.

M.F.Rudnevning (1930) ma’lumotiga kўra 1900-1910 yillar orasida Evropada қizamiқdan 1 mln. bola nobud bўlgan.

1890 yilda A.P.Belskiy, 1895 yilda N.F.Filatov va 1896 yilda Kopliklar қizamiқning patognomonik klinik belgisini kuzatganlar. Xozirda bu belgi Belskiy-Filatov-Koplik doғi deb yuritiladi. 1991 yilda Anderson va Goldbergenlar bemorlar burun, tomoқ sekretini filtrdan ўtkazib, kasallikning қўzғatuvchisi virus ekanligini isbotladilar va maymunlarni zararlab tajriba ўtkazdilar. 1916 yilda Nikoll, 1921 yilda Degkvits bir biridan aloҳida seroprofilaktikani tavsiya etishdi. Bunda қizamiқning oғir kechishi oldi olindi, ўlim birmuncha kamaytirishga muvofiқ bўlindi. Lekin, aҳolining kasallanishi (moyilligi) yuқoriligicha қoldi.

MDҲ davlatlari orasida 1967 yilda ўtkazilgan yoppasiga қizamiқga қarshi ўtkazilgan aktiv immunizatsiya kasallanishni 6-7 baravar xatto ayrim regionlarda, shu jumladan Ўzbekistonda 30 barovar kamaytirishga erishildi.

Etiologiyasi. Қizamiқni қўzғatuvchisi tashқi muxitga chidamsiz bўlgan miksoviruslar guruxiga kiruvchi virus ҳisoblanadi. Virus sferik shaklga ega bўlib, razmeri 120-250 nm. Spiral shakilda bitta ip tutuvchi RNKli nukleokapsidga ega.

Lipoproteinli tashқi қobiғida gemagglyutinin va lipoidli komponent gemolizinli antigenlar tutadi.

Gemagglyutinin viruslarni eritrotsitlarga adsorbsiyalanishiga olib keladi.

Gemolizin tўқimalarni erta zararlanishiga olib keladi – sitopatogen ta’siri.

Қizamiқ virusiga antigenlik xususiyatini ўzgartirmaslik xosdir. Bu esa ҳamma shtammlaridan universal vaksinalar tayyorlash imkonini beradi.

Virusni maymunning buyrak tўқimasida, odam, it, dengiz chўchқasi, tovuқ embrionlarida ўstirish mumkun. Ўstirilganda 5-7 kundan sўng virusning sitopatogen ta’sirini kўrish mumkin. Bunda sitoproliferatsiya va kўp yadroli gigant xujayralar (40-100 tagacha yadroli) va eozinofilli kiritmalar yadro atrofida kuzatiladi. Kiritmalar viruslarning tўplamidir. Bu kўp yadroli Uortina-Finkeldeya xujayralari қizamiқ uchun xosdir. Viruslar ta’sirida xujayralar bir biri bilan қўshilib ketadi va bўlinib kўpayish xususiyatini yўқotadi. Kiritmalar xujayra yadrosida ҳam keyinchalik topiladi va xujayra ўladi.

Tabiiy sharoitda faқat odam organizmi virusga moyildir. Suniy ravishda makakka-rezus, pavian maymunlariga yuқdirish mumkin. Lekin ularda kasallik juda engil kechadi. Virus tashқi muxitga juda chidamsiz (ultrabinafsha nurlar, formalin pari, қuyosh nurida tez ўladi).

Virus past ҳaroratni yaxshi kўtaradi. -22oS muzlatilgan odam қonida 14 kun saқlanishi mumkin.

Virus antibiotiklarga juda chidamli, lekin interferonga sezuvchan, uni stimullaydi.

Epidemiologiyasi. Қizamiқ er yuzasida juda kўp tarқalgan kasallikdir (ҳamma joyda uchraydi). U davrimiylikga ega, ya’ni ҳar 2-4 yilda kasallik kўpayadi. Buning sababi moyil organizmlarning etilib chiқishidir, tўplanishidir. Kasallik yil davomida uchraydi, lekin kўproқ kuz-қish va baxor oylarida kўpayadi.

Қizamiқ juda kontagioz kasallik bўlib, ҳamma bu kasallikga moyildir. Kontagiozlik indeksi 95-96%. Қizamiқ ҳamma yoshda uchraydi. Lekin қўproқ 1 yoshdan 4-5 yoshgacha kўp. 6-oygacha қizamiқ bilan kam kasallanadilar. 3 oygacha umuman kasallanmaydilar. Bu passiv immunizatsiya ҳisobiga 3 oydan sўng passiv immunitet pasayib boradi va 9 oyda umuman қolmaydi (antitelolar). Agar onasi қizamiқ bilan oғrimagan bўlsa, bola tuғilishi bilan kasallikga chalinishi mumkin. Xomiladorlikda onasi қizamiқ bilan (oғrisa) kasallansa, tuғma қizamiқ kuzatilishi mumkin.

Xozirda aktiv imunizatsiyaning ҳisobiga қizamiқ nisbatan katta yoshdagi bolalarda va kattalarda ҳam uchramoқda.

Kasallik manbai bўlib kasal odam ҳisoblanadi. Kasallikning yashirish davrining oxirgi kunidan toshma davrining 2-3-chi kunlarigacha zararli ҳisoblanadi. Kasallikning kataral davri juda zararli davri ҳisoblanadi. Asorat bergan xollarda (pnevmoniya) esa kasallikning 10-12 kunlarigacha yuқtirishi mumkin. Kasallik xavo-tomchi orқali ўtadi. Yўtalganda, aksirganda virus xavoga chiқib, uzoқ masofalarga boshқa xonalarga tarқalishi mumkin. Koridordan boshқa kvartiraga (xonadonga) ўtishi ҳam mumkin. Ventilyatsion sistema orқali yuқori etajlarga ҳam tarқalishi mumkin. Ochiқ xavoda esa yaқin turib gaplashganda ҳam yuқmasligi mumkin. Emlanganlar orasida 10% gacha kasallik uchrashi mumkin. Organizm javob reaksiyasi bermaydi. Bu me’yor ҳisoblanadi.



Patogenezi. Oxirigacha mukammal ўrganilmagan. 1970 yillardagi olimlarning tekshiruvi (I.Shroyt, R.V.Petrov, Burnet) shuni kўrsatdiki, қizamiқda infeksion jarayonning rivojlanishida 3 ta komplekt ishtirok etar ekan:

    1. Virusemik.

    2. Immunologik

    3. Allergik

Bu komponentlarning ўzaro ta’siridan ҳar xil klinik shakllari kuzatiladi.

Қizamiқ patogenezida asosiy zveno bu viruslar tomonidan limforetikulyar sistemani zararlanishidir.

Shu sistema zararlangandagina epitelial, asab va boshқa xujayralarda ўzgarishlar kuzatiladi.

Қizamiқ patogenezi 5 ta bosқichga (faza) bўlib ўrganildi.

I faza – virusning limfoid tўқimaga kirishi va adaptatsiyasi.

II faza – regionar infeksiya fazasi.

III faza – generallashgan (tarқoқ) zararlanishi.

IV faza – virusemiyani ikkinchi bor kuchayishi va allergik reaksiya fazasi.

V faza – mustaxkam immunitetni paydo bўlishi va patologik jarayonni yўқolishi.

I faza. Қizamiқ virusining organizmga kirish darvozasi bўlib, yuқori nafas yўllari, murtak, tomoқ, burun shilliқ pardalari va kon’yunktiva ҳisoblanadi.

Viruslar birinchi shilliқ pardalardagi limfoid, retikulyar gistotsitar xujayralarga kiradi. U erda kўpayadi. Limfogistotsitar elementlarning giperplaziyasi va proliferatsiyasi kuzatiladi. Jarayon rivojlanib virus regionar limfa tugunlariga ўtadi.

II faza. Regionar infeksiya fazasi. Bўyin, paratraxial, bifurkatsion va boshқa limfa tugunlarida virus tez kўpaya boradi. Bu erda ҳam giperplaziya va proliferatsiya natijasida limfa tugunlari kattalashadi. Bu xolatlar virus kirishiga organizmning javob reaksiyasidir.

Shilliқ parda limfoid xujayralar, regionar limfa tugunlari virus kirishiga қarshi birlamchi, barer ҳisoblanadi. Ikkinchi tomondan u erda kўp tўplanganligidan virus rezervuari ҳam ҳisoblanadi.

Agarda organizmda spesifik immunitet bўlmasa, virus tez orada (yashirin davrining 3 kunidayoқ) қonga ўtib birlamchi virusemiyani beradi.

III faza. Birlamchi virusemiya va limfogistotsitar sistemasini generallashgan zararlanishi. Virus қon bilan tarқalib, ҳamma organ va sistemalarning limfoid va retikulogistotsitar xujayralarga kiradi. U erlarda patologik jarayon rivojlanadi. Bu jarayon shilliқ pardalarning shishi, ҳamma limfa bezlarining kattalashuvi, mayda қon-tomir va interstitsial tўkimalarni zararlanishida kўriladi. Natijada қonda viruslar birmuncha kamaya borsa, zararlangan limfoid sistemada kўpayib boradi. Limfoid xujayralar ўrnida қizamiқga xos bўlgan kўp yadroli gigant xujayralar (Uortina-Finkeldeya xujayrasi) paydo bўladi.

Bu davrda shilliқ pardalarni epiteliyalari virusdan zararlanmaydilar. Lekin gigant xujayralar limfo- va gemo aylanishining buzilishi ҳisobiga ikkilamchi zararlanadilar.

Limfogistotsitar sistemasidagi ўzgarishlarni organizmning immunomorfologik javob reaksiyasi deb қarash mumkin. Buning natijasida T-limfotsitlar differensiatsiyasi boshlanib, xujayra immunitetiga javob beradi. V-limfotsitlar va plazmatik xujayralar esa spesifik antitelolar IgM, IgG, IgA ishlab chiқishiga javobgar. Bundan tashқari, limfotsitlar interferon ishlab chiқaradi. Makro- va mikrofaglarning faollishi oshadi. Shunday қilib kasallikning yashirin davrining oxirlariga kelib, organizmning virusga қarshi ximoya reaksiyasi kuchayadi.

Keyingi jarayon immunologik reaksiyaga boғliқ.

IV faza. Virusemiyani ikkinchi bor kuchayishi va allergik reaksiya fazasi. Immunotsitlar va spesifik antitelolar ta’siridan virus tutuvchi xujayralar lizisga uchraydi. Xujayra ichidan chiқgan viruslar shilliқ parda epiteliyasiga kiradi, kўpayib kўp yadroli gigant xujayralar xosil bўladi. Virus xujayra yadrosiga ҳam kirib, xujayrani nekroziga sabab bўladi. Va virus yana қayta қonga ўtadi. Virusemiyaning ikkilamchi tўlқini boshlanadi. Ўlib borayotgan xujayralardan ajragan viruslar ҳisobiga қonda viruslar yana kўpaya boradi. Shu bilan parallel ravishda allergik jarayon ҳam rivojlanadi. Ya’ni, viruslarning oқsili, endoallergen va biologik aktiv moddalar (gistamin va gistaminsimon, nekroz) ҳisobiga.

Natijada tўқima sensibilizatsiyasi yuzaga keladi. Allergik ўzgarishlar natijasida mayda қon tomirlar zararlanadi. Ўtkazuvchanligi oshib shish kuzatiladi va ҳamma tўқimalarda ekssudatsiya kuchayadi, ayniқsa yuқori nafas yўllarida va oshқozon ichak traktida. Shilliқ pardalarda kataral, nekrotik yalliғlanishlar kuzatiladi. Sekretda kўp miқdorda virus bўladi.

Markaziy nerv sistemasi va endokrim bezlardagi gemodinamikani buzilishi va shish umumiy intoksikatsiya simptomlarini paydo bўlishiga sabab bўladi.

Virusemiyaning yuқori chўққisida viruslar қisman yana sensibillangan tўқimalarga boradi va giperergik reaksiyaga sabab bўladi. Natijada nekroz, ekssudatsiya, umumiy intoksikatsiya kuchayadi va teriga toshmalar toshadi.

Virus tomir endoteliyasiga fiksatsiyalanadi va xujayra infiltratsiyasiga sabab bўladi.

Toshmaning etapli toshishi virusning organizmga kirgan joyida virus miқdorining kўpligidir, ya’ni burun, tomoқ, oғiz shilliқ pardasi, nafas yўllari va kon’yunktivada. Bundan tashқari shu joylarda қon tomir kўpdir.

Toshma bor joyda doimo virus topiladi. Debro fenomeni bunga isbot (prodrom davrida қizamiқga қarshi zardob yuborilgan joyda toshma yўқ).

Retikulyar formatsiyani buzilishi vagotrop ta’siri kўp miқdorda glyukokortikoid gormoni ishlab chiқarishdir. Bundan tashқari, virus ta’sirida tabiiy shilliқ pardali ximoya barerni buzadi. Shu bilan қizamiқda organizmni kurashish қobiliyati bakterial va boshқa virusli infeksiyalarga қarshi kurash pasayadi. Asoratlar beradi.

Immun jarayon rivojlana borgan sari virus tutgan xujayralar lizisi kuchayadi. Makrofaglar xujayra detritlarini fagotsitoz қilib xazm қiladi. Toshma davrining 3-kuni қondagi viruslar butunlay neytrallanadi. Immunitet umurbot saқlanadi. Lekin immunitet antitelolar ҳisobiga emas balki immun limfotsitlar ҳisobiga saқlanadi.

Қizamiқ patogenezida virusning allergik xolatni keltirib chiқarish xususiyatining aҳamiyati kattadir.



Patologo-anatomik ўzgarishlar қizamiқda asosan nafas sistemasida kuzatiladi. Burun, tomoқ, traxeya, bronx, bronxiol va alveolalarda tarқoқ yalliғlanish jarayoni kuzatiladi. Bu laringotraxeobronxit, bronxiolit va pnevmoniya rivojlanishiga olib keladi.

Қizamiқga xos bўlgan ўzgarishlar ўpkaning interstitsinal tўқimasida kuzatiladi. Қizamiқda interstitsial pnevmoniyaga sabab, yalliғlanish jarayoni shilliқ pardadagina emas, balki chuқurroқ mushak va peribronxlarda boradi. Keyinchalik jarayon ўpkaning interstitsial tўқimasigacha ўtadi.

Қizamiқdagi interstitsial pnevmoniyada alveolalarda kўp yadroli gigant xujayralarni kuzatiladi. Bu қizamiқga xos.

M.N.S. dagi ўzgarishlar esa қizamiқ asorat bermaganda қon va limfa aylanishining buzilishi ҳisobiga bўladi. Serozli meningit, meningoensefalit rivojlanadi.

Kataral, aftoz yoki yarali stomatitlar kuzatiladi. Yўғon ichak shilliқ pardasi zararlanib kolitni beradi.

Klinikasi. Қizamiқ siklik kechuvchi kasallikdir. 4 ta klinik davriga bўlib ўrganiladi.

I. Yashirin davri. 9-11 kun davom etadi. 17 kungacha davom etishi mumkin. Gammaglobulin olganlarda esa 21 kungacha.

II. Prodromal davri – boshlanғich yoki kataral davri deyiladi. Prodromal davr 3-4 kun davom etadi. 1-2 kunga қisқarishi yoki 6-8 kun chўzilishi mumkin. Bu davr umumiy intoksikatsiya belgilari va shilliқ pardalar katari bilan boshlanadi. Tana xarorati 38-39oS gacha kўtariladi. Ishtaxasi pasayadi, uyқusi buziladi. Bolalar yiғloқi, қaysar, ta’sirlanuvchan, bўshashgan bўlib қoladilar. Kattaroқ yoshdagi bolalar bosh oғriғiga shikoyat қiladilar. Spazmofiliyasi bor bolalarda tirishish kuzatilishi mumkin. Kasallik boshlangandan 12 soat ichida kataral seroz yalliғlanishlar shilliқ pardalar va kon’yunktivada kuzatiladi. Kataral ўzgarishlar progressiv ravishda kuchayib boradi. Avvaliga shilliқli (slizisto’y), sўng shilliқ yiringli (slizisto-gnoyno’y) ekssudat ajraladi.

Laringotraxeobronxitda қuruқ, daғal, қisқa yўtal kuzatiladi. Ayrim xollarda soxta krupgacha boradi, ovozi bўғiladi.

Kon’yunktivit – yuқori va pastki қovoқ chetlari biroz bўrtgan (shishgan) kon’yunktiva shishgan, giperemiyalangan, sklera қon tomiri in’eksiyasi, kўzdan yosh oқish, yoruғlikdan қўrқish kuzatiladi.

Burun oқishi, ya’ni tumov, yўtal va kon’yunktivit қizamiқda Stimson triadasi deyiladi.

Prodromning oxiriga borib serozli yalliғlanish seroz-yiringlikga aylanadi.

Bolaning yuzi kerkgan, oғiz shilliқ pardalarida tarқoқ giperemiya, sўlak oқishlari kuzatiladi.

Murtak bezlarida ayrim xollarda oқish kul rang yoki oқimtir sariқ doғ yoki chiziқcha paydo bўladi - German tonzillyar doғi deb yuritiladi.

Kasallikning birinchi kunining oxirida yoki ikkinchi kunlari lunjida va yumshoқ tanglayda nuқtasimon қon қuyulishlar kuzatiladi. Bu Petenning “gemorragik preenantemasi” deyiladi.

Prodrom davrining 2-3 chi kunlari қizamiқning patognomik belgisi – Belskiy-Filatov-Kopnik doғi paydo bўladi. Doғlar lunji shilliқ pardasida oқish mayda doғchalar sifatida kўriladi. Doғlar atrofi қizғimtir xalқa bilan ўralgan bўlib, shilliқ pardadan biroz kўtarilib turadi (mannaya krupa sepilgandek kўrinadi).

Belskiy-Filatov-Koplik doғi lab shilliқ pardasida, oғiz pardalarida, kon’yunktivada, jinsiy a’zolarda uchrashi ҳam mumkin. Bu doғlar kўp қavatli epiteliya xujayrasining nekrozi ҳisobiga kuzatiladi.

Belskiy-Filatov-Koplik doғi bilan bir vaқtda yoki undan bir oz oldinroқ yumshoқ tanglay, murtaklarda enantema paydo bўladi. Bu enantema қizil bўlib, xuddi alanga uchlari (tishlari) ga ўxshaydi.

Kataral davrning oxirlariga kelib қariyib 25% kasallar yonoғida, engakida, bўynida, kўkrak қafasi yuқorisida қizғimtir doғlar paydo bўladi. Odatda bu қisқa vaқt saқlanib turib kasallikning toshmali davrida yўқolib ketadi. Prodromal davrining oxirlarida xarorat biroz tushishi kuzatiladi.

Shunday қilib, қizamiқning prodrom davri oxirida xos belgilari kўzga tashlanar ekan ya’ni: yuz kirkishi, kўz yalliғlanishi, kўz burchagida yiring, tumov, aksa urish va daғal yўtal, ҳamda oғiz shilliқ pardalaridagi ўzgarishlar.

III. Toshma toshish davri. Bu davr tana xaroratining yana kўtarilishi bilan boshlanib, 39-40oS gacha etadi. Bolalar darmonsiz, lanj, boshini yostuқdan kўtarmaydi, ishtaxasi yўқ. Ayrim xollarda uyқuchan, alaxsirashi mumkin. Yuzi kerkgan, burni kuchliroқ shishgan, seroz-yiringli ekssudat ҳisobiga kўzini ocha olmaydi (yopishgan). Oғiz shilliқ pardalarida tarқoқ giperemiya kuzatiladi. Belskiy-Filatov-Koplik doғi yўқoladi. Ayrim xollarda toshma davrining 2 kunigacha saқlanishi mumkin. Martak bezlari kattalashgan, gingivit kuzatilishi mumkin. Til karachli, nam, sўrғichlari yaққol, sўlak oқadi.

Tana xaroratini yana kўtarilishi bilan bir vaқitda toshma toshadi.

Tana xarorati toshma davrining 2-3 chi kunlari maksimal darajaga kўtariladi. Sўng қisқa lizis bilan 5-7 chi kuni toshma davrining meyorga tushadi.

Toshmaning ўziga xos xususiyati etap bilan toshishidir, ya’ni 3 kun ichida yuқoridan pastga.

Қizamiқ toshmasi avval қuloқ orқasiga, yuz markazida, shu kunning ўzida butun yuzga va bўyinga toshadi. Toshma burun-lab uchburchagida ҳam kuzatiladi. 2 chi kuni esa ekzantema butun tanaga tarқaladi. 3 kuni butun қўl oyoқlarga toshadi.

Ayrim xollarda toshma toshishi қisқa yoki uzoқ vaқtga davom etishi, tanadan boshlab toshishi mumkin.

Toshma avvalga mayda doғchalardan iborat bўladi. Sўng kattalashib teri yuzasidan bir oz қўtarilib doғli papulez (pyatnisto-papulez) xarakterni egallaydi. Rangi қizғimtir. Bir necha soatdan sўng papula atrofida tўқ қizil zona paydo bўladi. Buni makulo-papulez toshma deyiladi. Kattalashib bir biri bilan tutashib ketishi mumkin. Ularning markazida papulani ajratish mumkin.

Toshmalar қanchalik bir birin bilan tutashib ketmasin ular normal teri fonida bўladi. Toshmalarning kўp va zich bўlishi ularni kўshilishib ketishiga va katta eritema maydonini xosil bўlishiga olib keladi.

Ayrim xollarda toshmalar juda oz bўlib, bir biri bilan tutashmaydi. Ayrimlarda esa makulo-papulez toshma ўrnida gamorragik toshmalar bўlishi mumkin. Bunda toshma tўқ-olcha rangini oladi.

Toshma toshishi 3 kungacha davom etib, 4 chi kundan boshlab sўna boradi. Toshmaning sўnib borishi xuddi paydo bўlganidagidek avval yuzdan, tanasidan va қўl oyoқlaridan boshlanadi.

Avvaliga toshma yassilanib kўkimtir tusni egallaydi, asta sekin oқara boradi va och jigar rang tusni oladi. Bu pigmentatsiya davri 1-2 xafta davom etadi. Toshmalar ustida mayda қipiқlanish kuzatiladi. Қipiқlanish 5-8 kun davom etadi.

Toshma toshish davrida umumiy darmonsizlik, asab sistemasidagi ўzgarishlar kuchaya boradi. Umumiy tormozlanish, xolsizlik, bosh oғriғi kuchayadi, ishtaxa butunlay yўқoladi, uyқusi buziladi, kechga borib alaxsiraydi. Kўkrak қafasini fizikal tekshirganimizda traxeobronxit, ba’zan ўpka emfizenasi belgilari kuzatilishi mumkin.

Toshmalarni sўnish vaқtida 3 kun davomida unga parallel ravishda yuқoridagi aytilgan belgilar ҳam kamayib boradi. Bu davrda bolaning axvoli kundan kunga yaxshilanib boradi. Tana xarorati kritik yoki қisқa lizis bilan tushishi mumkin kasallikning 8-10 chi kunlari.

Yurak қon tomir sistemasidagi ўzgarishlar kasallikning davriga boғliқ bўladi. Prodrom davrining oxirlarida va toshma davrining 1-2 chi kunlarida taxikardiya, yurak tonlari bўғiқligi, arterial қon bosimning bir oz oshishi kuzatiladi. Yurak chegarasi me’yorda.

Keynchalik bradikardiya, yurak chegarasi kengaygan, gipotoniya kuzatiladi. Toshma davrining 8-10 chi kunlari yurak қon tomir sistemasi faoliyati normallashadi.

Nafas sistemasidagi ўzgarishlar kasallikning birinchi kunidanayoқ namoyon bўladi. Sababi virusning kiradigan darvazasi ҳisoblanadi. Ya’ni rinit, laringit, traxeobronxit.

Oshқozon ichak sistemasida kichik bolalarda dispeptik sindrom kuzatilishi mumkin. Lixoradkaning chўққisida oliguriya, albuminuriya kuzatiladi.

Pereferik қonda – yashirin davrining oxirgi kunlari biroz leykotsitoz va neytrofilez kuzatilsa, kataral davrida leykopeniya, neytropeniya, toshma davrida esa leykopeniya nisbiy neytrofilez, eozinopeniya, trombotsitopeniya kuzatiladi.

VI rekonvalessensiya davrida kasallikning ҳamma klinik belgilari yўқolsa ҳam astenizatsiya (tez charchash, darmonsizlik, қўzғatuvchanlik) saқlanib қoladi. Organizmning reaktivligi ancha kech tiklanadi.

Қizamiқning klinik shakllari.


  1. Tipik shakli.

Oғirligiga қarab:

  1. engil,

  2. ўrta oғir

  3. oғir shakllar.

  1. Atipik shakli:

  1. ўrta oғir kechuvchi (zlokachestvennaya)

  2. abortiv yoki rudimentar.

Kasallikning oғir shaklida juda kuchli intoksikatsiya, gipertermiya, asab sistemasining buzilishi – es xushni yўқotish, adinamiya va ўtkir yurak қon-tomir etishmovchiligi bilan kechadi.

Abortiv, yoki rudimentar shakli emlanmaganlarda ҳam uchraydi. Bunda xamma klinik belgilar juda sust bўladi. Ayrimlari butunlay bўlmaydi. Lixoradka қisқa vaқt bўladi ya’ni toshma toshishi bilan pasayadi. Subfebrilitet kuzatilishi mumkin. Toshmalar kam yoki umuman bўlmasligi mumkin. Kataral ўzgarishsiz kechish ҳam mumkin. Atipik kechganda subfebrilitet, toshma etapsiz, Belskiy-Filatov-Koplik doғisiz kechishi mumkin.

Distrofik va reaktivligi past bolalarda қizamiқ kam toshmalar bilan, lekin kasallik oғir kechadi.

Seroprofilaktika olganlarda mitigirlangan қizamiқ kuzatiladi. Bunda kasallikning yashirin davri 21 kungacha davom etadi, toshmali davri esa қisқaradi. Kataral belgilar sust bўladi. Enantema va Belskiy-Filatov-Koplik doғi bўlmasligi mumkin. Terida toshmalar kўp emas, subfebrilitet – 2-3 kun. Bolaning umumiy axvoli қoniқarli қoladi.



Asorati.

Bolaning yoshi қancha kichik bўlsa, shuncha kўp asorat kuzatiladi – kўpincha 2 yoshgacha. Boladagi surunkali kasalliklar, kўshimcha kasalliklar masalan: raxit, ekssudativ diatez, distrofiya, gipovitaminoz va x.қ. lar қizamiқ asoratiga moyillik tўғdiradi.

Kўp uchraydigan asoratlari asosan nafas sistemasida kuzatiladi (laringit, bronxit). Xiқildiқ stenozida (bu reflektor yuzaga keladi) қizamiқ krupi kuzatiladi. Қizamiқ krupining erta va kechkisi farқlanadi.

Erta krup kasallikning kataral davrida kuzatiladi. Engil kechadi. 1-3 kun ichida yaxshilanadi.

Kech krup esa pigmentatsiya davrida xiқildoқda yaralar paydo bўlishi ҳisobiga kuzatiladi.

Pnevmoniya kўp uchraydigan asorati ҳisoblanadi. Bulardan tashқari stomatitlar (kataral, aftoz, yarali nekrotik, gangrenoz), otitlar, bleforit, keratitlar kuzatilishi mumkin.

Asab sistemasi tomonidan serozli meningit, ensefalitlar kuzatiladi.

Tashxisoti.

1. Klinik-epidemiologik usullar.

2. Laborator usullar (umumiy kon va siydik analizi, virusologik, serologik tekshiruvlar).
Agar epid.anamnezni yaxshi yiғib, e’tibor bilan bemorni tekshirilsa, tashxisoti uncha қiyin emas. Қiyinchilik tuғilganda serologik usullarga murojat қilinadi, lekin bu retrospektiv tekshiruv ҳisoblanadi. Chunki antitelo toshma davrining 2-4 chi kunlari paydo bўladi va maksimal darajaga 7-9 chi kuni etadi. Juft zardob olinadi. Xozirda gemagglyutinatsiyani tormozlanish reaksiyasi қўllaniladi.

Bundan tashқari, shilliқ pardasi otpechatka olib қizamiқga xos bўlgan gigant xujayralarni aniқlash mumkin. Yana immunoflyuoressensiya usulidan foydalaniladi.



Solishtirma tashxisoti.

Қizamiқning kataral davrida gripp (tumov) bilan differensiatsiyasi diagnostika қilish kerak.



Қizilcha - bu ўrtacha intoksikatsiya, shilliқ қavatlarda engil kataral ўzgarishlar, terida toshmalar va tarқoқ limfoadenit bilan kechuvchi ўtkir virusli kasallikdir.

Қўzғatuvchisi sferik shakldagi RNK tutuvchi, diametri 60-70 n.m. li viruslar. Ximik agent va yuқori xaroratga sezuvchan. Tashқi muxitga chidamsiz. Lekin – -20-70oS da muzlatilganda bir necha yil saқlanadi.

Kasallik manbai faқat kasal odam. Kasal odam kasallikning yashirin davrining oxirgi kunidan kasallikning 6 kunigacha manba ҳisoblanadi. Bu davrda bemor gaplashganda, nafas olganda, aksa urganda, yўtalganda tashқariga virusni kўp ajratadi. Zararlanish mexanizmi xavo-tomchi. Kontagiozlik indeksi past. Yaқin muloқatda yopiқ xonada yuқtirishi yuқoriroқ.

Yosh bolalarda moyillik yuқori. 2-10 yoshgacha kўp kasallanishadi. Kasallangandan sўng mustaқil immunitet қoladi umrbod. Қizilcha bilan kattalar ҳam oғrishi mumkin.

Қizilcha patogenezi tўliқ ўrganilmagan. Tekshirishlarcha virusning kirar joyi yuқori nafas yўllari ҳisoblanadi. U erda virus fiksatsiyalanadi va moslashadi. Immun sistemani қitiғlaydi. Limfoid tўқima giperplaziyasi va proliferatsiyasi kuzatiladi. Bu esa limfodenitga olib keladi, ayniқsa virus kirgan joyda (bўyin va ensa limfa bezlari). Sўng virusemiya kuzatiladi. Қon tomir endoteliyasi ўtkazuvchanligini oshirib yuboradi. Natijada tўқimada shish va gemodinamik buzilish kuzatiladi. Virusni teri epiteliyasiga ўtirishi ўchoқli ўzgarishlarga olib kelib toshmalar toshadi. 5-6 kundan sўng IgM sўng IgG ajralib organizm virusdan xalos bўladi.

Yashirin davri 15-21 kun goxida 24 kungacha. Prodrom davri bir necha soatdan 1-2 kungacha goxida sezilmaydi. Bir oz xarorat kўtariladi, engil tumov, biroz қuruқ yўtal va kon’yunktivani қizartirishi bўladi.

Қizilcha xos bўlgan simptom bu bўyin orқali va ensa limfo bezlari kattalashuvi (va boshқa). Limfo bezlari kattalashuvi toshma toshishdan 1-3 kun oldin kuzatilib, toshma sўngandan keyin birnecha kun saқlanib қoladi. Paypaslanganda bir oz oғriқli bўladi.

Toshma yuzga, bўyinga va butun badanga birdaniga toshadi (birnecha soat ichida). Toshmalar asosan қўl-oyoқlarning yozuvchi tarafida, belda, dumba soxasida kўproқ) bўladi. Қorinda, kўkrakda va yuzda juda kam bўladi. Toshma och қizil doғdan iborat bўlib, teri yuzasidan bir oz kўtarilgan. Toshmaning kattaligi tўғnoғich boshidan bўladi (mayda papulez toshma). Bir biri bilan tutashib ketmaydi. Toshma 2-3 kun turadi va pigmentatsiya қoldirmay tezda yўқoladi.

Goxida toshmalar bilan bir vaқtda tomoқda enantema toshishi mumkin. Lekin Belskiy-Filatov-Koplik doғi kuzatilmaydi.

Toshma toshish davrida goxida xarorat 38oS gacha bўlishi mumkin. Ayrim xollarda butun kasallik davomida xarorat me’yor bўladi. Bola ўzini yaxshi xis etadi.

Periferik қonda toshma davrida leykopeniya, limfotsitoz, 10-15% gacha plazmatik xujayralar kўriladi.

Skarlatina.

Lixoradka (isitma) angina, limfobezlari kattalashuvi, mayda nuқtasimon toshmalar bilan kechuvchan ўtkir yuқumli kasallikdir.

Kasallik қўzғatuvchisi A guruxiga kiruvchi betta gemolitik streptokokkdir.

Kasallik manbai kasal odam va tashuvchidir. Bemor kasallikning birinchi kunidanoқ zararli ҳisoblanadi. Қўzғatuvchi tashқi muxitga bemorning tomoқ, burun shilliқ parda sekreti orқali taқaladi. Bundan tashқari ochiқ yaralardan chiқayotgan yiring orқagi (otit, sinusitlar, yiringli limfodenit va x.k.) ҳam tarқalishi mumkin. Kasaldan tuzalgan rekonvalessentlar uyga қaytgandan sўng ҳam kasallikni yuқtirishi mumkin. Kasallikning tarқalishida skarlatina kasalligining ўta engil (stertaya forma) shaklining axamiyati katta.

Skarlatinada infeksiyaning asosiy ўtish mexanizmi xavo-tomchidir. Kasallik zararlangan prediatlar, uchinchi shaxslar orқali ҳam yuқishi mumkin. Tashқi muxitga birmuncha chidamli.

Yana boshқa ўtish yўli zararlangan oziқ ovқatlar orқali (sut, sut maxsulotlari, muzқaymoқ, krem va x.k.)

Қўzғatuvchining kirish yўli asosan tomoқ shilliқ қavatidir. Ayrim xollarda қўzғatuvchi zararlangan teri yoki shilliқ parda orқali yuқishi mumkin.

Kontagiozlik indeksi 0.4.

Kasallikdan sўng mustaxkam immunitet paydo bўladi. Қayta kasallanish 1.5-4% gacha.

Kўpincha 2 yoshdan 6-7 yoshgacha kasallanadi. 15 yosh va kattarada kam. 3 oygacha bolalar absolyut nomoyil. Mavsumiyligi kuz-қish oylarida. Ҳar 4 -6 yilda kўpayadi.

Yashirin davri ўrtacha 2-7 kun (ekstrofaringial shaklida) birnecha soatga қisқarishi mumkin, yoki 12 kungacha davom etish mumkin.

Kasallik ўtkir birdan boshlanadi. Tana xaroratini birdan kўtarilishi bilan birga kamkuvvatlik, darmonsizlik, taxikardiya kuzatiladi. Bola yotoқchilaydi, boshi oғriydi. Yuқori xarorat bilan birga yoki birnecha soat xoyikroқ tomoқda oғriқ kuzatiladi. Tomoқda angina, shilliқ қavatlarining kuchli қizarishi, goxida lakunalarda yoki murtak ustida yiring kuzatiladi. Yuқori bўyin bezlari kattalashgan, oғriқli. Kusish boshlanғich belgisi ҳisoblanadi. Kasallikning birinchi sutkasida yoki ertasigayoқ, terida tўқ қizil yoki och қizil nuқtali toshmalar toshadi. Shu tarika kasallikning birinchi kunidayoқ yoki 2 chi kuni ҳamma simptomokompleks namoyon bўladi.

Kasallik avjiga chiқgan davrida (2-5 kunlar) intoksikatsiya kuchaya boradi. Simpatik nerv sistema tonusi oshadi. M.N.S. zararlanadi (қўzғaluvchanlik, aloxsirash, es xush yўқotish). Kasallikning 4-5 kunlari karachli til tozalanib “malinali til” xarakterini oladi.

Kasallikning oғir-engilligiga қarab, 3-6 kunlari klinik belgilar sўna boradi. Tana xarorati lizis bilan bўladi. Toshma oқara boradi. Tomoқ tozalanadi. Bolaning axvoli yaxshilana boradi. 5-10 kunlari tana xarorati normalashadi. Birinchi xafta oxiri, ikkinchi xaftasidan boshlab pўst tashlash kuzatiladi.



Kizamiқning davosi.

Davolashda bemorga tўғri gigienik sharoit yaratishning aҳamiyati katta. Oғirlik va epidemiologik kўrsatkichlariga қarab uyda davolasa ҳam bўladi. Xonani shamollatib turish.

Bemor terisini gigienasiga rioya қilish kerak, yuz қўllarini tez-tez yuvib turish umumiy vannalar. Shilliқ pardalarni tozalab, chayib turish, labini yoғlash. Parxez engil xazm bўluvchi, suyuқ ovқatlar, vitaminga boy bўlishi kerak.

Simptomatik da’vo. Yўtalga қarshi, uykusizlikka қarshi (fenobarbital).

Қizamiқli kruplarda: issiқliқ muolajalari (vanna, parafin), antibiotiklar asoratini oldini olish maқsadida қilinadi.

Profilaktikasi. Spesifik profilaktikasi vaksinatsiya 9 oydan va 16 oyligida.

Muloқatda bўlganlar 21 kun karantin e’lon қilish.

Қizamiқ vaksinoprofilaktikasi.

Kўp mamlakatlarda қizamiқning spesifik profilaktikasida kombinirlashgan vaksina: RUVAKS (Paster Mere Konnot) ishlatiladi, қizamiқ va қizilchaga қarshi.


SKARLATINA

Tarbiyaviy aҳamiyati: Talabalarni bemorlarga nisbatan insoniy va ksbiy ruxta tarbiyalash.
Maruzadan maқsad: Skarlatina kasalligida kasallikning asosiy klinik belgilarini va laborator tekshiruv usullarini қўllagan ҳolda tўғri tashҳis қўyini ўrgatish.
Ma’ruza rejasi:


1. Kirish

-

1 min.

2. Etiologiyasi, epidemiologiyasi

-

52 min.

3. Patogenez va patanatomiyasi

-

5 min.

4. klinikasi

-

20 min.

5. Diagnostikasi

-

4 min.

6. Davolash

-

8 min.

7. Profilaktikasi

-

2 min.










Skarlatina – isitma, umumiy intoksikatsiya, bodom bezlari va tomoқning zararlanishi, shuningdek, terida mayda toshma bilan namoyon bўladigan ўtkir yuқumli allergik kasallik.

Skarlatina atamasini (lotincha “Tўқ қizil” degan maononi anglatadi) va uning klinik bayonini birinchi marta XVII asr oxirida Sidengem degan olim bergan.

Ҳozirda skarlatina kam uchraydigan va nisbatan engil kechadigan bolalar yuқumli kasalligiga aynalib қoldi.



Etiologiyasi. Kasallik қўzғatuvchisi – A guruҳidagi gemolitik streptokokklar bўlib, ularni 50 dan ortiқ serologik tiplari ma’lum. Uni birinchi bor Lefler (1882 y) aniқlagan. Gemolitik streptokokkning barcha tiplari ҳam ўzining toksigenlik xususiyati va organizmdagi antitoksik immunitet darajasiga қarab turli kasalliklarni: skarlatina, angina, faringit va saramasni қўzғotishi mumkin.

Er-xotin Diklar gemolitik streptokokklarning patologik ta’siri uni toksini bilan boғliқ, ҳosil bўladigan immunitet antitoksik xarakterga ega bўladi deb қaradilar va shuning asosida teri-toksin reaksiyasi (DIK reaksiyasi) dan foydalanishni taklif etdilar.

Kasallikni ўtkazgan (ҳatto subklinik kechganida) bolalarda turғin immunitet paydo bўladi. Қayta kasallanish deyarli bўlmaydi.

Epidemiologiyasi. Kasallik manbai bўlib skarlatina yoki boshқa streptokokkli infeksiya (angina, faringit va boshқa) lar bilan oғrigan bemorlar, shuningdek soғlom bakteriya tashuvchilar ҳisoblanadi. Ayniқsa skarlatinani engil, noaniқ, shaklda ўtkazayotgan bolalar kўproқ epidemiologik xavf tuғdiradilar

Infeksiya tashқi muҳitda burun-tomoқ shilliқ ajralmasi ҳamda turli yiringli ajralmalar orқali ajraladi. Binobarin u asosan ҳavo-tomchi yўli bilan, kamroқ ҳollarda kontakt yўli bilan (ya’ni yiring yoki bemor foydalangan ўyinchoқlar, boshқa buyumlar va ifloslangan қўl orқali), shuningdek alimentar yўl bilan (sut orқali) yuқadi. Bemor kasallikning birinchi kunlaridan boshlab, butun kasallik davomida, baozan tuzalish davrida ҳam atrofdagilarga yuқtirishi mumkin.

Skarlatina bilan kўproқ 2-6 yoshdagi bolalar kasallanadilar. 6 oygacha yoshda bўlgan bolalar kamdan-kam kasallanadilar.

Kasallik asosan kuz-қish fasllarida kuzatiladi., yozda esa kam uchraydi. Issiқ, tropik va subtropik iқlimiy sharoitlarda kam қayd etiladi.



Klinikasi. Yashirin davri ўrtacha 2-7 kun bўlib, u bir necha қisқarishi, yoki 12 kungacha chўzilishi ҳam mumkin.

Boshlaғich davri. Kasallik odatda ўtkir, tўsatdan boshlanadi. Faқat ayrim ҳollarda қisқa muddatli, injiқlik, beҳollik, kam ҳarakatlik singari prodromal (dastlabki) belgilar bўlishi mumkin. Tana ҳarorati tezda 39-40oS gacha kўtarilib, bola ҳolsizlanadi, boshi va tomoғi oғriydi, қўpincha қusadi, baozan ichi suyuқ keladi.

Kasallikning birinchi-ikkinchi kunlari (ba’zan 3-kuni) terisida қizil, mayda donachali, baozan kuchli қichimali toshma paydo bўladi. Toshma asosan bўyin, kўkrak, қorin, қўllarning bukiluvchi yuzasi va sonlarning ichki tomonida қalin joylashib, burun va oғiz atrofida bўlmaydi. Toshmaning zichligidan teri umuman қizargan bўlib kўrinadi. Bemorning yuz kўrinishi juda xarakterli bўladi: umuman қizargan yuzda oқish, toshmasiz burun-oғiz uchburchagi yaққol ajralib turadi.

Tomoқda skarlatinaga xos angina alomati (bodom bezlari va yumshoқ tanglay shilliқ қavati yaққol қizarib “alangali tomoқ”), қattiқ tanglayning oқish shilliқ қavatidan aniқ chegaralanib turadi. Ba’zan shilliқ қavatda toshma (enantema) lar, bodom bezi ustida қoplamalar kўriladi. Til қalin karash bilan қoplangan bўladi. Jaғ ostidagi joyda bezlar kattalashgan bўladi va paypaslaganda biroz oғriydi.

Kasallikning avj olgan davri – 4-5 kun davom etadi. Bu davrda kasallik belgilari: angina, limfodenit, toshma va boshқalar dastlab ortib, oғirlashib boradi. Isitma yuқori bўlib, taxikardiya, AG’B ortishi, bemorda jumbush, alaҳlash, es-xush xiralashishi kabi alomatlar bўlishi mumkin. 4-5-kundan boshlab, tana ҳarorati pasayadi, til uchidan boshlab karashdan tozalana boshlaydi., sўrғichlari bўrtib, 4-5 kunda xuddi malinaga ўxshab қoladi (“malinali til”).



Soғayish davri. Kasallikning oғir-engilligiga қarab 3-6-kunlardan boshlanadi. Tana ҳarorati asta-sekin (ba’zan kritik tarzda) pasayadi, 5-10-kunlarga kelib kasallikning barcha simptomlari yўқoladi.

Kasallikning ikkinchi ҳaftasidan boshlab terida pўst tashlash kuzatiladi. Tana terisida mayda kepaksimon, қўl va oyoқ kafti, panjalarida esa yirik palaҳsa bўlib kўchadi. Bu davrda turli asoratlar yuzaga kelishi mumkin.

Periferik қonda kasallikning birinchi kunlaridan boshlab, leykotsitoz (16-30000 mm3), neytrofilez (60-70% va undan ortiқ), eozinofiliya (10-20%) va EChT ortishi (30-50 mmG’soat) kuzatiladi.

Sўnggi yillarda kasallikning kўproқ engil, yoki ўrta oғirlikda kechishi қayd etilmoқda. Biroқ, xastalik keskin boshlanib, қayta-қayta қusish, alaҳlash, tirishish va meningeal simptomlar bilan kechadigan toksik shakli, oғir nekrotik angina, limfa bezlarining yiringli yalliғlanishi (adenoflegmona) va kўplab yiringli asoratlar bilan kechuvchi septik shakllari ҳam uchrashi mumkin. Shuningdek, skarlatinaning atipik (noaniқ, gipertoksik, ekstrabukkal) shakllari ҳam kuzatiladi.

Skarlatinaning barcha turlarida ҳam turli asoratlar (otit, limfadenit, sinusit, nefrit, yurak-tomir sistemasining jaroҳatlanishi va boshқalar) yuzaga kelishi mumkin. Kasallikning қaytalanishi (residiv) 3-4% bemorlarda kuzatiladi.

Tashxisoti. Kasallikni aniқlash asosan klinik va epidemiologik maolumotlarga asoslanadi. Skarlatinani қizamiқ, қoramiқ, soxta sil, turli dori va muҳsulotlarga allergik toshmalar, boshқa xil anginalar va tomoқ difteriyasidan farқlash lozim.

Laboratoriya tekshiruvlaridan – қonning umumiy taxlili, tomoқdan olingan surtmada streptokokklarning toksigen shtammni aniқlash, toshmani sўndirish sinamalaridan foydalanish mumkin. Dik reaksiyasi ҳozir қўyilmaydi.



Davolash. Skarlatinani davolashda bemorlar parvarishini va bўlimdagi gigienik sharoitni tўғri tashkil etish juda muҳim aҳamiyatga ega. Ayniқsa infeksiyaning қayta yuқishi va asoratlarni oldini olishga erishish lozim.

Kasallikning kechishi oғir bўlmagan taқdirda, agar xonadon sharoiti yaxshi bўlsa, bemorni ўz uyida davolash mumkin. Zarurat bўlganda ular kichik (2-3 kishilik) aloҳida palatalarga yotқiziladi va tuzalayotgan bemorlar yangi kelgan kasallar bilan kontaktda bўlmasligi ta’kidlanadi.

Ўtkir davrining birinchi ҳaftasida bemorlar ўrinda yotadilar, 8-10-kunidan turishga ruxsat etiladi.

Bemorning oғiz va tomoғi 2% li soda eritmasi yoki 1:5000 nisbatda furatsillin eritmasi bilan chayib, lablariga sariyoғ yoki ўsimlik moylari surib turiladi. Terisi ҳar kuni ҳўllangan sochiқ bilan artib, yoki 1-2 kun oralatib vannada yuvintirib turiladi.

Parҳezi bemorning ҳolatiga қarab belgilanadi. Ovқati xilma-xil, kaloriyali va servitamin bўlib, kўproқ suyuқ, қiymalangan ҳolda bўlgani yaxshi.

Dorilardan antibiotiklar (penitsillin, eritromitsin, bitsillin-5 va boshқalar) keng қўllanadi. Ular odatdagi dozada 6-7 kun davomida beriladi. Streptokokklar қayta yuқishini oldini olish maқsadida penitsillin bilan davolash palatadagi barcha bemorlarga bir davrda olib boriladi. Kasallik oғir kechganda antibakterial davolash bilan bir vaқtda intoksikatsiya kamaytiruvchi va umumiy қuvvatlantiruvchi dorilar: toksik shaklda - yurak dorilar, glyukoza va boshқa suyuқliklar (tomirga tomchilab) yuboriladi.



Profilaktikasi. Kasallikni ўz vaқtida aniқlash, bemorlarni uyida, yoki kasalxonada 10 kundan kam bўlmagan muddatga aloҳidalash, қoidalariga tўliқ rioya қilish, bolalar muassasalariga shu infeksiya kirib қolishiga yўl қўymaslik skarlatinada ўtkaziladigan asosiy profilaktik choralardir.

Kasallikdan tuzalgan bemor va u bilan muloқotda bўlganlar 12 kun soғlom bolalar muassasalariga қўyilmaydilar va ҳar kuni tibbiy kўriқdan ўtkazib turiladilar. Bemor bilan yaқin kontaktda bўlgan kichik yoshdada bolalarga 1-2 doza immunoglobulin yuborish mumkin. Bemor uyida қoldirilganda ҳar kuni joriy dezinfeksiya ўtkazilishi lozim.

Kasallik chiққan ўchoқda joriy va yakuniy dezinfeksiya ўtkazilishi shart.

Skarlatinaning oldini olishda aҳolining sanitariya sharoitini yaxshilash, madaniyatini oshirish va bolalarni chiniқtirish kabi tadbirlarning ҳam aҳamiyati katta.



Skarlatinaga қarshi aktiv immunizatsiya ўtkazilmaydi.
Yüklə 91,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin