Toshkent viloyati Angren shahri 73-sonli maktab-internatining matematika, informatika va at o‘qituvchisi Gulmira Mamatkarimovaning 2023-2024 o‘quv yilidagi faoliyati hisobot I
Toshkent viloyati Angren shahri 73-sonli maktab-internatining matematika, informatika va AT o‘qituvchisi Gulmira Mamatkarimovaning 2023-2024 o‘quv yilidagi faoliyati
H I S O B O T I
O‘qituvchi Mamatkarimova Gulmira Xabibullayevna 2022-2023 o‘quv yili davomida o'quvchilarni fikrlashga o'rgatuvchi va dunyoqarashni kengaytiruvchi, yangi ko'nikmalar beruvchi qo'shimcha mashg'ulotlar, tadbirlar o‘tkazdi.
“Matematika va IT” nomli to‘garakka rahbarlik qildi. To‘garakda 12 nafar o‘quvchi bor. To‘garak mashg’ulotlari davomida o‘quvchilar matematik hamda raqamli axborot texnologiyalar yo‘nalishida bilimlarini oshirdi.
Markaziy Osiyodagi yirik Xalqaro ASTRUM akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan malaka kurslarida faol qatnashdi hamda sertifikatga ega bo‘ldi.
Matematika fanidan 8-9-sinflar bilan “Matematika va IT”, “Al Xorazmiy”: 5-9-sinflar o‘rtasida “Quvnoq KOMPYUSHA”, informatika va AT fanidan 5-7-sinflar o‘rtasida “Kompyuter olamiga sayohat”, “Eng yaxshi operator”, “Eng yaxshi YOSH DASTURCHI”, “Scratch dasturi” kabi, 5-9-sinflar bilan “Kompyuterni o‘rganamiz”, “IT nima?”, “Freelanserlik saboqlari”.
Fanga doir ilmiy maqolalar bilan Respublika miqyosida o’tkazilgan seminar va konferensiyalarda ishtirok etdi. Jumladan, “USTOZLAR UCHUN” Respublika pedagoglar jurnalida “Matematika darslarini tashkil etishda AKT vositalaridan foydalanib darslarini samarali tashkil etish” maqolasi e’lon qilindi.(15.01.2023, Yanvar 40-son 1-qism)
O‘qituvchi tomonidan 73-ixtisoslashtirilgan maktab – internat veb sayti yuritiladi. Sayt nomi www.73-maktab.uz