Ishdan maqsad: Bir va ko‘p qiymatli, o‘rin almashtirish, o‘rniga qo‘yish
haqidagi nazariy va amaliy bilim ko‘nikmalarni shakllantirish.
Nazariy qism Affin kripototizimlari keng tarqalmagan o‘rniga qo‘yish usullari sanalib, bir alifboli shifrlash usullariga kiradi. Bu tizimlarga affin tizimidagi Sezar usuli, ROT13 va Atbash usullari kiradi.
Affin tizimidagi Sezar usulida har bir harfga almashtiriluvchi harflar maxsus formula bo‘yicha aniqlanadi: E(x)=ax+b (modm), bu yerda a, b - butun sonlar bo’lib, kalitlar hisoblanadi, 0≤a, bm – alifbo uzunligi.
Deshifrlash jarayoni quyidagi formula asosida amalga oshiriladi:
D(E(x)) = a-1 (E(x) − b)modm. Bu yerda a-1 modm bo‘yicha a ga teskari bo‘lgan son.
Lotin alifbosi foydalanilganda u quyidagicha raqamlanadi: