Туризм географияси docx



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/21
tarix29.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#71253
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
туризм географияси(2)



1


2


3
Kirish
Hozirgi kunda vujudga kelayotgan jahon iqtisodiy va siyosiy tizimidagi shiddatli o‘zgarishlar
ko‘pgina iqtisodiy jihatdan rivojlanayotgan va taraqqiy etayotgan davlatlarda mazkur jarayonlarni chuqur
tahlil qilish. Mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy ahvoliga ta’sir etuvchi har qanday jarayonning mazmun va
mohiyatini chuqur o‘rganish. XXI asrning eng serdaromad sohalaridan biri hisoblangan turizm
sanoatining yangi asrda hududiy va jahon miqyosida rivojlanishini tahlil va tadqiq qilish. Zamonaviy
turizm sohasini mamlakat va dunyo miqyosida rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish. Turizmni
iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan tahlil etish, uning tarkibi va turlarini, xududiy joylashuvini tadqiq etish.
Turizm geografiyasining predmeti va maqsad hamda vazifalari.
Turizm geografiyasi fanlarining, xususan iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning tadqiqot ob’ektini
ochib berish Turizm tushunchasi, turizm maqsadlari va uning asosiy turlari va ko‘rinishlarini ilmiy asosda
tahlil qilish. Turizmning geografik xususiyatlari, o‘rganish tarixi va uning mintaqalardagi xududiy tarkibi,
yuksalish bosqichlari hamda xalqaro turizm geografiyasi va O‘zbekistonda turizm geografiyasini
talabalarga tushuntirishdan va kelgusida ilmiy yo‘nalish berishdan iborat.
Fanning maqsadlari sifatida:
- turizmning asl mohiyatini ochib berish;
- turizmning taraqqiyot yo‘li, tajribasi, hozirgi kundagi muammolarini aniqlab olish;
- xalqaro turizmning regional, hududiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va ijtimoiy ahamiyatini yoritib
berish;
- sohaga oid tushuncha va atamalarni ta’riflash;
Fanning vazifalarida esa:
- turizm va turist tushunchalarini ta’riflash, ularning ilk ko‘rinishlari, taraqqiyoti, shakllanishi haqida
ilmiy va daliliy manbalar keltirish;
- O‘zbekiston Respublikasining turizm to‘g‘risidagi Davlat siyosati haqida (me’yoriy hujjatlar asosida)
ma’lumotlar berish;
- jahon turizm tajribasining ilg‘or namunalari bilan o‘rtoqlashish;
- turizm va turistning maqsadlarini aniqlab olish;
- turizmning tashkiliy tuzilishi va asosiy kategoriyalarini bilib olish;
- turistik industriya va unga bo‘lgan talablarni o‘rganish;
- turizm infratuzilmasi haqida ma’lumot olish;
- turizm turlari va uning asosiy ko‘rinishlarini belgilab chiqish;
- turistik resurslarni tushuntirib berish;
- turistik tovarlar va mahsulotlar haqidagi tushunchalarni egallash;
- turistik xizmatlar va servis darajasini takomillashtirish sirlarini ochib berish;
- turizm marshrutlari va maxsus marshrutlar haqidagi bilimlarga ega bo‘lish;

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin