Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi buxoro turizm va madaniy meros texnikumi



Yüklə 48,13 Kb.
səhifə1/5
tarix16.09.2023
ölçüsü48,13 Kb.
#144137
  1   2   3   4   5
Bux amaliyot


“IPAK YO‘LI” TURIZM VA MADANIY MEROS XALQARO UNIVERSITETI HUZURIDAGI
BUXORO TURIZM VA MADANIY MEROS TEXNIKUMI

TASDIQLAYMAN’’


Buxoro turizm va madaniy
meros texnikumi direktori
____________ A.T.Adizov
«___»________ 2022-yil


O‘RTA MAXSUS PROFESSIONAL TA’LIMNING
BUXGALTERIYA HISOBI
o‘quv amaliyotidan


ISHCHI DASTUR

Kasb (mutaxassislik) kodi va nomi: 5.32.06.01. Buxgalteriya hisobi va audit



Kvalifikastiya nomi:

Buxgalter va auditor

O‘quv rejadagi tartib raqam

3.01

Ajratilgan soat:

84 soat

Buxoro-2022
Mazkur ishchi dastur Buxoro turizm texnikumining 2022-yil “30” avgustdagi pedagogik kengashida muhokama qilindi, tasdiqlashga va o‘quv jarayoniga tadbiq etishga qaror qilindi. Bayonnoma № 1.



Tuzuvchi:

Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi o‘qituvchisi
X.R.Karimova



Taqrizchi:

______________________________

Ishchi dastur “Turizm va iqtisodiyot” kafedrasining 2022-yil “29” avgustdagi 1 sonli yig‘ilishida muhokama qilib, ma’qullandi.

Kafedra mudiri: ___________ Avezova R.Yu.

Kirish


Buxgalteriya hisobi o‘quv amaliyoti ishchi dasturi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 22-apreldagi 87- 05-315 xati ilovasiga asosan ishlab chiqildi. Bu ilovada “Professional ta’lim muassasalarida o‘quv va ishlab chiqarish (diplom oldi, pedagogik) amaliyotlaridan ishchi dasturlarni ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar” namunasi ishlab chiqilgan.Uslubiy tavsiyalar Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining ilmiy-pedagogik Kengashning 2021-yil 27-fevraldagi 2-sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan. Ushbu uslubiy tavsiyalar professional ta’lim tizimida tayyorlanadigan kasb va mutaxassisliklarning malaka talablariga muvofiq professional ta’lim muassasalari o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga o‘quv va ishlab chiqarish (diplom oldi, pedagogik ) amaliyotlari ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda amaliy va metodik ko‘rsatma sifatida ishlab chiqilgan.Amaliyot dasturini ishlab chiqish murakkab jarayon hisoblanib, uni amalga oshirishda maxsus fan o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalaridan tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab qiladi.


Ushbu dastur buxgalteriya hisobining mohiyati, predmeti, metodi va usullari, buxgalteriya hisobining tashkil etish va yuritishning me'yoriy-huquqiy asoslari, aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapital hisobini yuritishning asosiy qoidalari, buxgalteriya hisobi axborotlarini yig‘ish, ishlov berish va ularni taqdim etish tartibi, soliqlarning mohiyati, zarurligi va funksiyalari, soliq tizimi va soliqlarning guruhlanishi, qishloq xo‘jalik korxonalarining soliq tizimi, soliqqa tortish usullari masalalarini qamrab olgan.



Yüklə 48,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin