Turkistonda 1917 yilgi ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, Turkistonda sovet hokimiyatining o’rnatilishi



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix17.05.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#115431
013 O\'zbekiston tarixi O\'zbekiston respublikasining Rossiya Xitoy



Mavzu:O‘zbekiston Respublikasining 
Rossiya, Xitoy va AQSH bilan o‘zaro 
munosabatlari
O’zbekiston tarixi fani o’qituvchisi
Islamova S.


O’tilgan mavzuni takrorlash.
• “2017-yil Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikda qanday tub 
o‘zgarishlar bo‘ldi?
• Qo‘shimcha adabiyotlardan foydalangan holda, Nursulton 
Nazarboyevga
• «El-yurt hurmati» ordeni berilishi sabablarini izohlang.
• O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning xorijiy mamlakatlardagi ilk
• tashrifi qaysi davlatga bo‘ldi?
• «Turkiston – umumiy uyimiz» shiorini izohlang.


O‘zbekiston–Rossiya. 
• O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasi bilan o‘zaro hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratdi. 
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlar va ham-
korlik 1992-yil imzolangan Davlatlararo munosabatlar, Do‘stlik asoslari to‘g‘risi-dagi shartnoma, 
1998-yil imzolangan 1998–2007-yillar uchun iqtisodiy hamkor- likni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi 
shartno- malar asosida rivojlanib bordi.
• 2005-yilda Moskvada imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi 
Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma, shuningdek, 2012-yilda Toshkentda bo‘lib 
o‘tgan uchrashuv yakuniga ko‘ra qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi 
o‘rtasida strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiya» ikki davlat o‘zaro
munosabatlarida alohida voqea bo‘ldi. Ikki mamlakat o‘zaro munosabatlari va hamkorligining 
yanada rivojlanishi va chuqurlashishiga 2013-yil aprelda O‘zbekiston Prezidenti
• 2017-yil aprelda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘ldi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi 
yakunlari bo‘yicha siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, harbiy-texnikaviy, migratsiya sohalari, 
shuningdek, mintaqalararo hamkorlik, turizm va sog‘liqni saqlashga oid umumiy qiymati 16 
milliard dollar bo‘lgan 55 hujjat imzolandi.



O‘zbekiston–Xitoy
• Xitoy Xalq Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1991-yil 27-
dekabrda tan olgan. 1992-yil yanvarda diplo- matik munosabatlar 
o‘rnatilgan. O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida 
an’anaviy do‘stlik munosabatlari o‘rnatilgan ikki mamlakatga har ikki tomonni 
qiziq- tiruvchi ko‘plab masalalar bo‘yicha o‘zaro manfaatli va samarali
hamkor- lik olib borish imkonini beradi. XXR Raisining 2010-yildagi 
O‘zbekistonga va O‘zbekiston Respublikasi Prezi- dentining 2012-yil iyunda 
Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Uchrashuvlar davomida hamkorlikning istiqbollari belgilandi. Buning yaqqol 
dalili sifatida O‘zbekiston rahbarining Xitoyga tashrifi chog‘ida davlatlar 
rahbarlari tomonidan «Strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatish 
to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot» imzolanganini ko‘rsatish mumkin



O‘zbekiston–AQSH. 
• O‘zbekiston bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida davlatlararo aloqalar mustaqillikning 
dastlabki yillaridayoq yo‘lga qo‘yildi. 1992-yil fevralda AQSH davlat kotibi O‘zbekistonga rasmiy
tashrif buyurdi va ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi. 1992- yil martda Toshkentda 
birinchi bo‘lib AQSHning elchixonasi ochildi. O‘zbekiston Prezidenti I.Karimovning 1996-yil iyunda 
AQSHda bo‘lishi O‘zbekiston va Amerika munosabatlarini yangi pog‘onaga ko‘tardi. Islom Karimov 
AQSH Prezidenti Bill Klinton bilan uchrashdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni 
chuqurlashtirish, tomonlar manfaatiga daxldor bo‘lgan siyosiy, iqtisodiy, xavfsizlik masalalari 
muhokama etildi. Bill Klinton AQSH ma’muriyati Markaziy Osiyo mamlakatlarining mustaqilligi, 
barqarorligi va ravnaqidan manfaatdor ekanini, O‘zbekiston bilan qalin munosabatlar o‘rnatishni 
istayotganini, O‘zbekistonning tezroq dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi yo‘lida yordam 
berajagini ta’kidladi.
• 1996-yil O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi ochildi. O‘zbekiston Prezidenti boshliq davlat 
delegatsiyasining AQSHda bo‘lishi chet el sar-moyasi uchun respublikada yaratilgan shart-
sharoitlar to‘g‘risidagi axborot taqchilligini bartaraf etdi.
• 2002-yil mart oyida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov boshliq davlat delegatsiyasi rasmiy 
davlat tashrifi bilan AQSHda bo‘ldi. AQSHni sinovli damlarda qo‘llab-quvvatlagani uchun 2002-yil 
Islom Karimov Amerika jamoatchiligi tomonidan «Xalqaro miqyosdagi lider» mukofoti bilan 
taqdirlandi.



O‘zbekiston Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyev BMTning 72-sessiyayasi 
munosabati bilan Amerika Qo‘shma 
Shtatlarida bo‘ldi va u yerda istiqomat 
qilayotgan bir guruh o‘zbekistonliklar 
bilan uchrashdi O‘zbekiston va AQSh 
muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni 
mustahkamlash bo‘yicha o‘z fikr-
mulohazalarini bayon etdi. Shavkat 
Mirziyoyev ularga murojaat qilar 
ekan, O‘zbekistonda amalga oshi-
rilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga 
daxldor bo‘lish, zamonaviy bilim va 
tajribalarini mamlakat rivojiga 
yo‘naltirishga da’vat etdi. Bugungi 
kunda O‘zbekiston va AQSH strategik 
hamkor va sherik mamlakatlardir.


Savol va topshiriqlar:
• O‘zbekiston–Rossiya o‘rtasida qanday shartnomalar imzolangan?
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yilda 
Rossiya, Xitoy va AQSHdagi tashriflarining ahamiyati haqida gapiring.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin