TURLARI. YOZUVNING MAYDONI. YOZUVLAR USTIDA BAJARILADIGAN AMALLAR. JADVALLAR 1. Natural n va m hamda haqiqiy sonli A(1:n, 1:m) massiv berilgan. Uning o‘rta arifmetik qiymatini toping. 2. Natural n va m hamda haqiqiy sonli A(1:n, 1:m) massiv berilgan bo‘lsin. Uning eng kattasi elementini toping. 3. Natural n va m hamda haqiqiy sonli A(1:n, 1:m) massiv berilgan. Uning eng kichik elementi necha marta uchraydi ? 4. N butun soni va haqiqiy sonli B(1:N, 1:N) massiv berilgan. Uning diagonal elementlari orasida eng kattasini aniqlang. 5. Butun a1, a2, va a3 sonlari berilgan. Butun sonli B(1:3,1:3) jadval elementlarini bi,j=ai-3aj formula yordamida aniqlang. Bu jadvalning barcha elementlari ko‘paytmasini hisoblang. 6. Butun a1, a2, a3 va a4 sonlari berilgan bo‘lsin. Butun sonli B(1:4, 1:4) jadvalning elementlari
formula yordamida aniqlanadi. Bu jadvalning eng katta va eng kichik elementlarining tartib raqamlarini aniqlang. 7. Natural n va m hamda haqiqiy sonli A(1:n,1:m) massiv berilgan bo‘lsin. Shumassivning har bir satridagi eng katta elementlar ichida eng kichigini toping. 8. n butun soni va haqiqiy sonli B(1:n,1:n) massiv berilgan. Uning bosh va qarama-qarshi diagonallaridagi elementlar yig‘indisini hisoblang. 9. Natural n va m hamda haqiqiy sonli A(1:n,1:m) massiv berilgan bo‘lsin. Shu massivning har bir ustunidagi eng kichik elementlar ichida eng kattasini toping. 10. Natural n va m hamda haqiqiy sonli A(1:n,1:m) massiv berilgan bo‘lsin. Shu massivning birinchi elementlari musbat bo‘lgan ustunlaridagi elementlarning yig‘indisini hisoblansin. 11. Natural n va m hamda haqiqiy sonli A(1:n,1:m) massiv berilgan bo‘lsin. Shumassivning birinchi elementlari musbat bo‘lgan satrlardagi elementlarning ko‘paytmasini toping 12. Butun sonli A(1:10, 1:20) massivda necha xil elementlar uchrashini aniqlang. 13. Butun sonli A(1:10, 1:10) massivda bir xil elementlar mavjud yoki mavjud emasligini aniqlang. 14. n butun soni va haqiqiy sonli B(1:n,1:n) massiv berilgan. Hisoblang: x1y1+...+xnyn. Bu yerda xi-B ning i-satridagi eng katta element, yj-esa B ning j ustunidagi eng kichik element.