Turli foizlarni hisoblash va ularni qishloq xo‘jalik masalalarini echishga tatbiqlari. Oddiy foiz masalalarini yechish



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə1/25
tarix17.06.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#61717
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Turli foizlarni hisoblash va ularni qishloq xo‘jalik masalalarin


Turli foizlarni hisoblash va ularni qishloq xo‘jalik masalalarini echishga tatbiqlari.
Oddiy foiz masalalarini yechish.
A haqiqiy sonning yuzdan bir ulushi (bo’lagi) 1 foizi bo’ladi. Masalan 8%=0,08, 45%=0,45, 100%=1, 160%=1,6. Oddiy foizlar bilan bog’liq masalalar quyidagi proporsiya shaklida yechiladi:
A - 100%

B - C %


A,B,C xaqiqiy sonlar noldan farqli bo’lganda, nisbatlari proporsional bo’ladi ya’ni A sonni B ulushiga nisbati, ularni mos foizlari nisbatiga teng bo’ladi

A/B=100/C , AC=100B (1)


Oxirgi tenglikdan ixtiyoriy ikkitasi ma’lum bo’lsa, uchinchi miqdorni topish mumkin.
Misol 1. Agar paxtadan 34 % tola chiqsa, 1200 t paxtadan qancha tola chiqadi?
Yechish: A 1200t, C=34% bo’lganligidan
1200 -100%
B - 34% B=AC/100=1200x34/100=12x34=408t.
Misol 2. Fermer xo’jaligini 5% ni tashkil qiluvchi 8ga erga sholi ekildi. Fermer xo’jaligida qancha er bor?
Yechish: 8 ga - 5%
A - 100% A=8 .100/5=160ga.
Misol 3. Pillaxonaga 76 kg sifatli, 4kg sifatsiz pilla topshirildi. Sifatsiz pilla necha % ni tashkil qiladi?
Yechish: Jami pilla 76+4=80 kg
80 kg - 100%
4 kg - C % C=4.100/80=5%
Misol 4: Ekilgan 800 chigitdan 720 tasi unib chiqdi. Chigitni unuvchanligi necha % ?
Yechish: 800 - 100%
720 - C % C=720x100 /800 =90%.
Oddiy va murakkab foizli jamg’armalarni hisoblash
Oddiy foizli jamg’arma.
A - so’mning ma’lum bir foizi vaqt(oy, yil) o’tishi bilan qo’shilib borsa, jamg’arma hosil bo’ladi. Agar jamg’armada faqat boshlang’ich pul miqdorini foizi qo’shilib borsa, oddiy foizli jamg’arma deyiladi va quyidagi formula bilan hisoblanadi( 8 ,9):
An=A (1+nr/100) (2)
Bu yerda A boshlang’ich pul miqdori, r- o’sish foizi, n- oylar yoki yillar soni (o’sish muddati), An- n muddatdan keyingi oddiy foizli jamg’arma miqdori.
Misol 5: Boshlang’ich A10000 so’m, oyiga r20% li oddiy jamg’armaga qo’yilgan bo’lsa, n =5 oydan keyin jamg’arma miqdori A5 qancha bo’ladi?
Yechish: (2) formulaga asosan 5 oydan keyigi jamg’arma miqdori
A5=10000 (1+5x20/100)=10000x2=20000 so’m bo’ladi.
Misol 6: To’rt oydan keyin 10 % li oddiy jamg’arma miqdori 14000 so’m bo’lgan bo’lsa,boshlang’ich pul qancha bo’lgan?
Yechish: n=4, r10%, An=14000 so’m (2) formulaga asosan boshlang’ich pul miqdori
A=Ap/(1+nr/100)=14000/(1+4x10/100)=14000/1,4=10000 so’m.


Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin