Turli xom ashyolar quruq moddalari miqdorini aniqlash



Yüklə 56 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü56 Kb.
#39018
1 лаб ООТА
6-маъруза ООТ ва ХА, 6-маъруза ООТ ва ХА

1 – Laboratoriya MASHG‘ULOTi

TURLI XOM ASHYOLAR QURUQ MODDALARI

MIQDORINI ANIQLASH

Nazariy tushunchalar: Barcha oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibi suv va quruq moddalardan tashkil topgan. Mahsulot quruq moddalari tarkibiga uglevodlar, klechatka, oqsillar, organik kislotalar, mineral moddalar kiradi. Quruq moddalar miqdori mahsulot sifatining universal ko‘rsatkichi hisoblanadi, shuning uchun barcha xomashyo va tayyor mahsulotlaridagi quruq moddalar miqdori DST va texnik shartlar (TSh) bilan belgilanadi. Mahsulotlardagi quruq moddalar miqdori fizik-kimyoviy, kimyoviy va fizik usullar bilan aniqlanishi mumkin. Ko‘p hollarda quruq moddalar miqdorini aniqlashning eng ko‘p tarqalgan usullari mahsulotlarni doimiy og‘irlikkacha quritish va mahsulotdan suvni haydash usullaridan qo‘llaniladi. Fizik usullardan refraktometrik usul va zichlikni aniqlash usullari ko‘p tarqalgan.

Ishning maqsadi: Barcha oziq-ovqat mahsulotlari, xom ashyo va tayyor mahsulotlar tarkibidagi quruq moddalarning foizdagi ulushini aniqlashni o’rganish.
Quruq moddalar miqdorini aniqlashning og‘irlik usuli

Kerakli reaktiv va asbob-uskunalar: quritish shkafi, byuks yoki chinni kosacha, eksikator, sabzi namunasi, kartoshka namunasi, meva pyuresi namunasi, olma namunasi.



1.1-rasm Byukslar
Ishni bajarish tartibi: Bu usulda mahsulotni quritish shkafida doimiy og‘irlikka kelguncha 1050C haroratdagi atmosfera bosimi ostida yoki 70°C haroratdagi past bosim ostida quritishga asoslangan. 10-12g toza qizdirilgan qum toza va quruq byuksga solinadi va shisha tayoqcha bilan birgalikda doimiy og‘irlikka kelguncha quritiladi (1.1-rasm). Byukslar eksikatorda sovutilib, 0,001g aniqlikgacha o‘lchab olinadi. So‘ngra byuksga 5g miqdorda quritiladigan mahsulot namunasi solinadi. SHisha tayoq yordamida qum bilan aralashtiriladi va 0,001g aniqlikkacha o‘lchanadi. Quritilgan mevalarning quruq moddalarini aniqlashda namunasi qumsiz tortiladi. Qopqog‘i ochiq byuks quritish shkafiga qo‘yilib, 4-soat davomida 105°C haroratdagi muhitda quritiladi (1.2-rasm). Shundan so‘ng byukslarning qopqog‘i yopiladi, eksikatorda 30 minut davomida sovutiladi va o‘lchanadi.



1.2-rasm. Quritish shkafi.
O‘lchangan byukslar yana 1 soat davomida quritiladi, sovutilib o‘lchanadi. Bu jarayon ketma-ket quritilgan ikkita byukslar og‘irliklari o‘rtasidagi farq 0,002 g ni tashkil qilguncha davom ettiriladi. Quruq moddalarning ulushi, (%) quyidagi tenglama yordamida aniqlanadi:

%

bu yerda, M - byuksning qum va shisha tayoqcha bilan birgalikdagi og‘irligi, g;

M1 - byuksning qum, shisha tayoqcha va mahsulot namunasi bilan birgalikdagi quritishdan oldingi og‘irligi, g;

M2 - byuksning qum, shisha tayoqcha va mahsulot namunasi bilan birgalikdagi quritishdan keyingi og‘irligi, g.

Bir vaqtda quritilgan mahsulotlar quruq moddalarning miqdori orasidagi farq 0,2% dan oshmasligi kerak.

Tajriba natijalarni qayd qilish jadvali



Mahsulot nomi

M

M1

M2

X

4 soat quritish

1 soat quritish

30

daqiqa quritish

20

daqiqa quritish




1

























2

























3


























Takrorlash uchun savollar

1.Xom ashyoni saqlashning vazifalari

2.Xom ashyolarning o‘ziga xos sifat ko‘rsatkichlari.

3.Xom ashyoni saqlash usullarining turlari.



4.Quriq xom ashyolarni saqlashning optimal sharoitlari.
Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə