Tushuntirish xati


Kommunikativ kompetensiya



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə14/67
tarix02.01.2022
ölçüsü1,6 Mb.
#46035
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   67
8-sinf Sinf soati

Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: Yurtboshimning orzusi

Yoshlar bo`lsin bilimli,

Biz ustozlar bu yo`lda

Yurtboshimga madadkor!

O`qituvchi:

“ Ey, Turkiston maorif ishlarida bo`lg`on o`rtoq va o`g`lonlarim!” Men o`zim garchand bandi bo`lsam-da, sizlarni esimdan chiqarmayman va sizlarga biroz vasiyat qilib o`taman. Sizlarga vasiyat qilaman. Maorif yo`lida ishlaydurg`on muallimlarning boshini silangizlar! Maorifga yordam etingiz! O`rtadan nifoqni ko`taringiz! Turkiston bolalarini ilmsiz qo`ymangizlar! Har ish qilsangiz jamoat ila qilingizlar! Hammaga ozodlik yo`lini ko`rsatingizlar! Bizning otimizda maktablar ochingizlar! Bizlar ul choqda qabrimizda tinch yoturmiz”.

Adib qalbini o`rtagan dard–erk va ma’rifat edi. Biz bugun Ollohga shukronalar qilishimiz kerakki, ajdodlarimiz orzu qilgan kun erk, ozodlik, mustaqillik kunlariga yetdik, burchimiz esa shu kunlar qadriga yetish. O`qituvchilar esa shu kunlarga shukur qilib, xalqqa ma’rifat ziyolarini sochishda o`zlarining bor kuchlarini vijdonan va halolab bajaradilar. Bu bilan jadid bobolarimizning ruhlari shod bo`lib, bizlardan rozi bo`ladilar.

Abdulla Avloniy fikricha, olamning yaratilishidan maqsad insondir. Inson butun borliqning ko`rki va sharafidir. Inson o`z go`zalligi va murakkabligi bilan yer yuzidagi barcha mahluqlardan afzaldir. Butun mavjudot insonga xizmat qilishi kerak: inson uning sohibidir. Chunki insonning aqli bor. U shu aql yordamida ilm egallaydi, ilmi tufayli dunyoni boshqaradi.

Abdulla Avloniy badan tarbiyasi masalasida bolani sog’lom qilib o’stirishda ota-onalarga murojaat qilsa, bolani fikriy tomondan tarbiyalashda ’qituvchilarning faoliyatlariga alohida e’tibor beradi.

Abdulla Avloniy bolaning fikriy taraqqiyotini oilaga emas, maktabga, muallimlar zimmasiga yuklaydi: “fikr tarbiyasi eng kerakli, ko’p zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur: fikr insonning sharofatlik, g’ayratlik bo’lishiga sabab bo’ladur. Bu tarbiya muallimlarning yordamiga so’ng darajada muhtojdirki, fikrning quvvati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bog’liqdur”.

Abdulla Avloniy shunday deydi:

Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidir. Shariatimizda qaysi ilmga muhtoj bo`lsak, shuni bilmak bizga farzdur. Shuning uchun o`qimak, bilmak zamonlarini qo`ldan bermay, vujudimizning dushmani bo`lgan jaholatdan qutulmakg`a jonimiz boricha sa’y qilmagimiz lozimdur.




Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə