Ta’rifi Har bir ishtirokchi bir varaq qog`ozda o`rganilayotgan yoki o`rganilgan mavzu bo`yicha uchta to`g`ri fikr va bitta noto`g`ri fikrni yozadi. Ishtirokchilar juftliklarga to`planadilar, varaqlar bilan almashadilar va qaysi fikr noto`g`ri bo`lgan ekanligini aniqlaydilar.
Afzalliklari Kuzatuvchanlikni rivojlantiradi, axborotni tanlab olish ko`nikmasini ishlab chiqadi, bolalarni xato topish va fikrlarni ifodalashga o`rgatadi, o`qituvchiga o`quvchilarning bilimlarini tekshirishga imkon beradi.
Qiyinchiliklari Materialni o`zlashtirib ololmagan bolalar topshiriqni uddalay olmasliklari xavfi bor. O`qituvchiga fikrlar aniqligi va to`g`riligini kuzatish, mashqni o`tkazish uchun vaqtni mo`ljallab olish qiyin, chunki o`quvchilarda ko`pincha fikrlarni aniq ifodalash ko`nikmasi mavjud bo`lmaydi.