Ulashing FacebookTwitterTelegram 2020-yil 24-mayga qadar fuqarolarni xorijdan olib kelish bo‘yicha charter reyslar ro‘yxati e’lon qilindi



Yüklə 280,87 Kb.
tarix22.05.2020
ölçüsü280,87 Kb.
#31407
24 майга қадар фуқароларни хориждан олиб келиш бўйича чартер рейслар

Keys: COVID-19, coronavirus, koronavirus, karantin, charter reys

https://kun.uz/news/2020/05/12/24-mayga-qadar-fuqarolarni-xorijdan-olib-kelish-boyicha-charter-reyslar-royxati-elon-qilindi

17:49 / 12.05.2020

131500


Ulashing

FacebookTwitterTelegram

2020-yil 24-mayga qadar fuqarolarni xorijdan olib kelish bo‘yicha charter reyslar ro‘yxati e’lon qilindi

“O‘zbekiston 11-24 may kunlari davomida 12 ta reys orqali xorijdagi fuqarolarini evakuatsiya qiladi. Bu haqda Transport vaziri matbuot kotibi Navro‘z Ashurmatov ma’lum qildi.

AOKAda o‘tkazilgan brifingda xorijiy mamlakatlardan fuqarolarni qaytarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinishicha, xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari hamda milliy aviakompaniya vakillari tomonidan vatanga qaytish istagini bildirgan fuqarolarning ro‘yxatlari shakllantirilgan.

Joriy yilning 11 mayidan 24 mayiga qadar fuqarolarni xorijdan olib kelish jadvali ham tayyorlangani ma’lum qilindi” – deb yozadi kun.uz nashri. 

Reyslar jadvali: 

13 may. Toshkent - Istanbul - Toshkent  7:40


14 may. Toshkent - Sankt-Peterburg - Toshkent 8:35
15 may. Toshkent - Dehli - Toshkent 12:00
16 may. Toshkent - Rostov-Don - Toshkent 11:00
17 may. Toshkent - Qozon - Toshkent 11:00
18 may. Toshkent - Moskva - Toshkent 7:20
19 may. Toshkent - Sankt-Peterburg - Toshkent 8:35
20 may. Toshkent - Moskva - Toshkent 7:20
21 may. Toshkent - Istanbul - Toshkent 7:40
22 may. Toshkent - London - Toshkent 14:00
23 may. Toshkent - Novosibirsk - Toshkent 13:00
24 may. Toshkent - Sharja - Toshkent 11:00.

Amalga oshiriladigan parvozlarga diplomatik vakolatxonalar hamda konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro‘yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va fuqarolar ushbu ro‘yxat asosida havo kemasi bortiga kiritiladi. 

Ro‘yxatga birinchi navbatda kasal yoki bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo‘yiladi. 

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo‘ladi. 



O‘zbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam bo‘lmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi. 

Manba: kun.uz
Yüklə 280,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin