Umumiy fitopatologiya va mikrobiologiya



Yüklə 63,76 Kb.
səhifə1/12
tarix16.06.2023
ölçüsü63,76 Kb.
#131592
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Nazokat


O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI
ANDIJON QISHLOQ XO‘JALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI
O‘SIMLIKLARNI HIMOYA QILISH, TUPROQSHUNOSLIK VA AGROKIMYO FAKULTETI
«O‘SIMLIKLARNI HIMOYA QILISH» KAFEDRASI

UMUMIY FITOPATOLOGIYA VA MIKROBIOLOGIYA ”


fanidan

КURS ISHI



Mavzu: O‘simlik kasalliklariga qarshi agrotexnik kurash choralari
Bajardi: O’simliklarni himoyaq qilish ta’lim yo’nalishi 2-bosqich 32-guruh talabasi O’rishaliyeva Nazokatoy Ikromjon qizi



Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana “____” __________ 2023 y




Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana “___” __________ 2023 y

Kurs ishi himoya qilingan sana “____” ___________ 2023 y






KOMISSIYA A’ZOLARI:
____________________________
(imzo)



ANDIJON – 2023 y


MUNDARIJA




Kirish

3

.

Adabiyotlar sharxi

6

II.

Asosiy qisim

9

2.1.

O‘simliklarda kasalliklar qo‘zg‘atadigan mikroorganizmlar sisitematikasi, morfologiyasi va ko‘payishi

9

2.2.

Kasalliklar klassifikatsiyasi, morfologiyasi va tarqalishi

12

2.3.

O‘simlik kasalliklariga qarshi kurash choralari va uyg‘ulashgan himoya tizimi

17

2.4.

O‘simlik kasalliklariga qarshi agrotexnik kurash choralari

22

III.

Eksperimental qismi

25

3.1.

Tadqiqotni maqsad va vazifasi

25

3.2.

Tadqiqot olib borish usullari (metod) va joylari

26

3.3.

Tadqiqot natijalari

26

III.

Xulosa.

27

IV.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.

29



I. KIRISH
O‘simliklar himoyasi – oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini ta’minlash, eksport hajmlarini oshirishda juda muhim tizim.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi oldida paxtachilikni va boshqa texnik ekinlar yetishtirishini yanada rivojlantirish, aholini o‘zimizda yetishtirilgan don, sabzavot, kartoshka, meva, uzum, sitrus va poliz ekinlari mahsulotlari bilan to‘la ta’minlash vazifasi qo‘yilgan bo‘lib, bu sohada mustaqillik yillari davomida muayyan muvaffaqiyatlarga erishildi. Shu bilan birga qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish va hosildorlikni keskin oshirish uchun imkoniyatlar mavjud. Buni amalga oshirish uchun o‘simlikshunoslikning zamonaviy intensiv texnologiyalarini qo‘llash, jumladan ekinlarni o‘suv davrida va yig‘ilgan hosilni omborxonalarda saqlash paytida zararli hasharotlar va kasalliklardan ishonchli himoya qilish lozim.
Ekinlarni kasalliklardan himoya qilish uchun birinchi navbatda kasallik qo‘zg‘atuvchi organizmlarni to‘g‘ri aniqlash, ularning biologiyasi va ekologik faktorlarga talablari, rivojlanishi, tarqalishi, bir mavsumdan ikkinchisigacha qanday saqlanishi haqidagi va boshqa ma’lumotlarga ega bo‘lish va shular asosida ekinni himoya qilishning samarali usullarini bilish va ularni to‘g‘ri muddatlarda qo‘llash lozim bo‘ladi. Buning uchun fitopatologiya asoslarini, jumladan yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni chuqur o‘zlashtirgan, ekinlarda uchraydigan kasallik qo‘zg‘atuvchilarini to‘g‘ri aniqlay oladigan, samarali kurash choralarini aniq biladigan va ularni o‘z vaqtida qo‘llashni tashkil qila oladigan malakali mutaxassislar tayyorlash ta’lim tizimining negizi hisoblanadi.
O‘simliklarni zararkunandalardan himoya kilishga qaratilgan tadbirlarga shu ekinlarni ko‘pgina kasallik va begona o‘tlardan saklashga doir tadbirlardan ajratgan holda yondashib bo‘lmaydi. Hozirgi vaqtda o‘simliklarni himoya qilish uyg‘unlashgan tizim asosida olib boriladi. Bu tizim (UHQT) bir kator tadbirlar (usullar) yig‘indisini o‘tkazishni nazarda tutadi. Ularni: o‘simlik karantini, tashkiliy-xo‘jalik, oldini olish tadbirlari, agro- texnik, biologik, kimyoviy, mexanik va fizikaviy hamda seleksiya usullariga ajratish mumkin. Ekinlarni zararkunanda, kasallik va begona o‘tlardan muvaffaqiyatli ravishda saqlamoq uchun mazkur tadbirlar muayyan maqsadga qaratilgan holda muntazam amalga oshirilishi lozim.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi faol qo‘llab-quvvatlanadigan davlatlar sirasiga kiradi. Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi rivojlanishi uchun boshqaruv xodimlariga ham keng imkoniyatlar berilmoqda. Agrar sohasiga davlat tomonidan rivojlangan mamlakatlarga nisbatan 2-3 barobar ko‘p mablag‘ ajratilmoqda. Shuning uchun ham 2025-yilga borib, davlat tomonidan qishloq xo‘jaligi faqat bozor mexanizmlari asosida tartibga solinadi. Tan olish kerak, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligining eksport salohiyatini oshirish va qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar hajmini ko‘paytirish borasida hali ishga solinmagan imkoniyatlar ko‘p. Birinchidan, bozorni o‘rganish va bozor topish borasida muammolar bor. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida eng katta e'tibor bozor mexanizmlariga qaratilgan. Buning zamirida dehqon, fermer ishlagandan keyin yerdan daromad topsin, degan maqsad yotibdi. Shu bilan birga, unda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash ham nazarda tutilgan. Chunki aholi har yili ko‘payib bormoqda. Bu bozorda ehtiyoj ham ortib boryapti, degani. Shunday ekan, paydo bo‘layotgan ehtiyojni qondirishning eng asosiy yo‘llari bu unumdorlik va hosildorlikni oshirishdir. Shunday ekan, Yangi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi boshqaruv xodimlaridan o‘z ishiga kuchli mas'uliyat va tashabbuskorlik talab etiladi.
Bugun mamlakatimizda agrar sohada olib borilayotgan davlat siyosatidan ko‘zlangan maqsad, avvalo xalqimiz manfaatlarini ifoda etish, aholimizning farovon turmush kechirishini ta’minlashdan iboratdir. Istiqlol o‘zbek zaminiga, o‘zbek dehqoniga cheksiz imkoniyatlarni bergani barobarida oldiga yerdan yanada unumli foydalanish, hosildor, daromadli ekin mahsulotlari yetishtirish, shu orqali iqtisodiyot barqarorligiga hissa qo‘shish kabi dolzarb vazifalarni qo‘ydi.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida keng ko‘lamli isloxotlar amalga oshirilmoqda. Ekinlardan mo‘l va sifatli hosil olish, sohaning moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash, zamonaviy texnika va agregatlar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda dunyo qishloq xo‘jaligi amaliyotida tuproq muhofazasi, unumdorligini saqlovchi resurstejamkor yangi texnologiyalarni keng joriy etish, yerlarning agrobiologik xususiyatlarini yaxshilash, ekinlardan yuqori sifatli hosil yetishtirish, yoqilg‘i-moylash materiallarini va boshqa omillarni tejash hisobiga mahsulot yetishtirish tannarxini kamaytirishga erishilmoqda.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, yiliga butun dunyoda o‘stirilayotgan o‘simliklar hosilining 35%i nobud bo‘ladi, uning 14%i kasallik va zararli xashoratlar ulushiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari 20% hosilni tashish va omborlarda paytida nobud bo‘ladi.
Mustaqil O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish va ekinlardan yuqori sifatli hosil olish borasida agrar soha xodimlari oldiga ulkan vazifalarni qo‘ymoqda. Bu vazifalarni hal etishda boshqa agrotexnik va texnologik tadbirlar bilan bir qatorda hosilning turli yo‘llar bilan, shu jumladan, kasalliklardan nobud bo‘lishiga qarshi samarali kurash olib borish eng muhim ahamiyatga ega. Biroq qulupnay zararkunandalar va kasalliklar bilan qattiq shikaslanadigan o‘simliklar qatoriga kiradi. Ularga o‘z vaqtida qarshi kurashilmasa, xosilni anchagina qismini nobud qilishi mumkin.
Xozirgi vaqtda zaxarli kimyoviy vositalarni keng ko‘lamda ishlatishning zararli oqibatlari ma’lum bo‘lmoqda. Chunki zararli kimyoviy vositalarni surunkasiga ishlatilishi natijasida atrof muxit, suv, xavo, xayvonot olami zaxarlanib insonlar salomatligiga katta putur yetkazmoqda. Shuning uchun keyingi yillarda zararkunandalarga qarshi kurashda uyg‘unlashgan kurash usulidan foydalanishga katta etibor berilmoqda.



Yüklə 63,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin