Umumiy ma’lumotlar. Sinxron generatorning tuzilishi



Yüklə 396,38 Kb.
səhifə1/3
tarix07.06.2022
ölçüsü396,38 Kb.
#60838
  1   2   3
Umumiy ma’lumotlar. Sinxron generatorning tuzilishi


Mavzu:Zaxiraviy elektr ta’minoti manbalarida ishlatiladigan sinxiron generatorlar.

Reja:




  1. Umumiy ma’lumotlar.

  2. Sinxron generatorning tuzilishi.

  3. Sinxron generatorning ishlash prinstipi.

4. Sinxron generatorining salt yurishda va yuklama ostidagi magnit maydoni. Yakor reaksiyasi.

Sinxron mashinalar deb, cho‘lg‘amlardagi o‘zgaruvchan tokdan xosil bo‘ladigan magnit maydoni, fazoda rotor tezligi bilan bir xil tezlikda, ya’ni rotor bilan sinxron aylanadigan o‘zgaruvchan tok mashinalariga aytiladi.


Hozirda, eng ko‘p o‘zgaruvchan tok elektr energiyasi sinxron generatorlar yor-damida ishlab chiqiladi. Gidroturbinalar yordamida aylantiriladigan generatorlar, gidrogeneratorlar deb nomlanadi. Issiqlik stansiyalarida esa parli turbinalar yorda-mida turbogeneratorlar harakatga keltiriladi.
Sanoat qurilmalari va transportda, ichki yonuv dvigatellari yordamida aylantiri-ladigan, ko‘p sonli sinxron generatorlarni uchratish mumkin. Barcha yuqorida ko‘rsatilgan xollarda, turbina yoki dvigatellarning mexanik energiyasi o‘zgaruvchan tok elektr energiyasiga o‘zgartiriladi.

Sinxron generatorlar ishlab chiqqan o‘zgaruvchan tok energiyasining chas-totasi f1, rotorning aylanish tezligi n1 va qutblar juftligi soni p larga bog‘liq bo‘ladi: f1 = pn1/60.

(9.1)

Har qanday sinxron mashina ikkita asosiy qismdan tashkil topgan: qo‘z-g‘almas stator va aylanuvchi rotor (9.1-rasm). Stator va rotor havo tirqishi bilan ajratilgan, u yirik sinxron mashinalarda, quvvati bir xil bo‘lgan asinxron mashi-nalarga nisbatan, odatda katta bo‘ladi.
Sinxron mashinalarning statori o‘zini tuzilishi bo‘yicha asinxron mashina-larning statoridan amalda farq qilmaydi (7.1 ga qarang). Stator o‘zagi shtamp-langan izolyasiyalangan elektr texnik po‘lat listlardan yig‘iladi. Stator pazlarida taqsimlangan o‘zgaruvchan tok cho‘lg‘amlari (odatda uch fazali) joylashtiri-ladi.
Sinxron generatorlarning rotorlari ayon va noayon qutbli bo‘ladi.
Ayon qutbli rotor valdan va massiv yoki shixtalangan qutblar o‘zaklari maxkamlangan rotor o‘zagidan tashkil topadi (9.2-rasm). Qutblar o‘zaklari qutb uchliklari bilan tugallanadi, ular qoida bo‘yicha shixtalangan bo‘ladi.

Yüklə 396,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin