MATERIALSHUNOSLIK VS KONSTRUKSION MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI
FAN:
Quyma olishning maxsus usullari
MAVZU 13
13 - ma'ruza. Quyma olishning maxsus usullari
Qobiqli qoliplar yordamida quyma olish.
Metall qoliplar yordamida quyma olish.
Metallarni bosim ostida quyish
Eritiladigan modellar yordamida quyma olish
Qobiqli qoliplarni tayyorlash uchun kvarts qumi 5-6% pulver bakelit (smolaning bir turi) bilan aralashtiriladi
1. Qobiqli qoliplar yordamida quyma olish.
Qobiqli qoliplar yordamida quyma olish ketma-ketligi
1) Qutiga qolip aralashmasi, ustiga 220…250°С ga qizdirilgan metall model bilan model plitasi o’rnatiladi (model quti icihga qaratilgan).
2) Quti ag’dariladi va bu holatda 15-20 soniya turadi. Erigan smola hisobiga 6-10 mmli qobiq paydo bo’ladi.
3) Qobiq plita bilan birga 1-3 daqiqaga 250…300°С qizdiriladi va qattiqlashadi.
4) Xuddi shunday qobiqni ikkinchi yarimi tayyorlanadi.
5) Keyin qobiqlar yig’iladi va opokaga tik o’rnatiladi. Suyuq metall quyilganda qobiq sinib ketmasligi uchun tashqarisiga cho’yan pitra to’kiladi.
2. Metall qoliplar yordamida quyma olish.
Metall qoliplar seriyalab va ko’plab ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi.
Mеtall qoliplar kul rang chōyanlardan, lеgirlangan pōlatlardan tayorlanadi.
Metall qolipni issiq metallni qoyish uchn tayorlash:
1) Qoliplar mеtall quyishdan oldin 100...3000C tеmpеraturagacha qizdiriladi, bu qolipni issik mеtall quyilganda darz kеtishidan saqlaydi.
2) Quyma sirti sillik bōlish uchun qolip ichki yuzalariga ōtga chidamli bōyoq yoki bōr, grafit, suyuq shisha suv aralashmasi surkaladi.
3) Mеtall qoliplarning ish muddatlarini oshirish uchun ular devorlardagi kanallar orqali suv bilan sovitiladi.
Bu usulning asosiy afzalliklari:
qolip aralashmasi kerak emas, ish sharoitlari yazshilanadi;
quymalarning mexanik xossalari, aniqligi va yuza tozaligi oshadi;
ish unumi oshadi;
bitta qolip ko’p marta ishlatiladi;
3.Metallarni bosim ostida quyish.
Presslash kamera 1 qizib turgan idishda joylashgan.
Erigan metall porhshen 3 tepaga qo’tarilanganda 2- nchi teshiklardan presslash kameraga o’tadi.
Porshyen pastga yurganda metall bosim bilan press-forma 4 ga qarab harakatlanadi.
Metall qoliplarga suyuq metall bosim ostida beriladi.
Bosim qolip yaxshi to’lishini, quyma yaxshi zichlanishini ta’minlaydi.
Bu usul bilan yirik seriyalab va ko’plab ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Misdan tayyorlangan quymalarni 30 kg gacha, alyuminiydan - 12 kg gacha olish mumkin.
4. Eritiladigan modellar yordamida quyma olish.
Bu usul quyidagicha amalga oshadi.
1) Oson eriydigan moddalar (parafin)dan tayorlangan press-formani bosim bilan toldiradi (1);
2) Keyin modellar havoda sovitiladi va bloklarga yig’iladi (2);
3) Bloklar, suyuq shishaga botiriladi (3), o’tga chidamli materiallar bilan qoplanadi (4), 100 — 120°С ga qizdiriladi – parafin oqib tushadi (5);
4) Bloklar 800 — 850°С da qizdirib puxtalanadi, qolip yig’iladi, atrofi qum yoki pitra bilan zichlanadi (6);
5) Suyuq metall qolipga quyiladi (7), metall qotgandan keyin blok alohida buyumlarga ajratiladi (8).
3.5. Quyushning markazdan qochma usuli.
Markazdan qochma usul yuqori unumligi, quyma sifatining yaxshiligi, quyish sistеmasi talab etilmasligi bilan ajralib turadi.
Bu usulning kamchiligi - faqat doiraviy shakldagi quymalarni olinish mumkin va qōshimcha uskunalar (presslar, platformani aylantiruvchi dvigatel) talab qilinadi.
Olinadigan quyma turiga kōra qoliplar gorizontal (suv va kanalizatsiya quvurlari) va vеrtikal ōqlar (shkiv, tishli ѓildirak vtulka, xalqa) atrofida aylanadi.