Umurtqalilarda ko'ndalang targ'il muskullari qisqarish jarayoni. Sirpanuvchi ipchalar modeli



Yüklə 8,31 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü8,31 Kb.
#169222
2 5334737492056747820


Umurtqalilarda ko'ndalang targ'il muskullari qisqarish jarayoni. Sirpanuvchi ipchalar modeli.
Odam organizmida asosan 3 xil muskullar tafovut etiladi
.1.sketning ko’ndalang- targ’il yoki ixtiyoriy muskullar 2 . yurak
muskullari 3 silliq yoki ixriyorsiz qisqaruvchan muskullar .
Muskullarning asosiy vazifasi qisqaruvchanlik bo’lib , qisqargan
vaqtda muskul tolalari taranglashadi va harakat vazifasini bajaradi.
Natijada odam o’z gavdasini fazoda saqlaydi., harakatlanib bir
joydan ikkinchi joyga qo’zg’aladi yoki biror mehnat bajaradi.
Yurak muskullari qisqarganda organizmda muayyan qon aylanishi
ta’minlanadi. Muskul tolalari xilma-xil vazifalarni nerv – muskul
sistemasi orqali bosh miya ta’sirida bajaradi.
Muskul to’qimalariga qisqaruvchanlik , qo’zg’aluvchanlik va
o’tkazuvchanlik kabi 3 ta fiziologik xususiyatlar xos.
Ko’ndalang- targ’il muskullar tolalardan iborat bo’lib, muskul
tolasi parda – sarkolemma bilan o’ralgan qisqrish qobiliyatiga ega
bo’lgan miofibrillalardan iborat. Miofibrillalar o’z navbatida ikki xil
yo’g’on va ingicka iplardan tuzilgan. Yo’g’on iplar miozin oqsil
moddalardir, ingichkasi esa aktin modalaridan tashkil topgan.
Sarkolemmaning protaplazmasi juda ko’p sarkoplazmatik
kanalchalardan tashkil topgan to’rchalardan tuzilgan. Kanalchalar
devori moddalarni tanlab o’tkazadi. Muskullar tinch turgan paytda
sarkoplazmadagi Ca++ konsentratsiyasi sarkoplazmatik to’rlarga
qaraganda bir qancha past bo’ladi
Muskullar qo’zg’alganda esa
aksincha Ca++ zudlik bilan sarkoplazmaga o’tib , miozin oqsilini
aktivlashtirib , ATF ni parchalaydi . Shunday qilib , muskulning
qisqarishi uchun zarur bo’lgan energiya paydo bo’ladi.
Odatda skelet muskullari harakatlantiruvchi(motor) nerv
tolalarining impulslari orqali qisqaradi. Odamda hajmi katta bo’lgan
100 ga yaqin muskul tolalarini bitta nerv tolasi (akson) impulse
ta’minlasa , kichik muskullarda taxminan beshta muskul tolalariga
bitta nerv tolasi tarqaladi. Shuning uchun har bir akson
tarqaladigan muskul tolalari bilan bilan birga motor birligi deb
ataladi.
Nerv to’qimasiga qaraganda muskul to’qimasi bir muncha
sekinroq qisqaradi. Muskul tolasining biror qismida qisqarish yuz
bergan zahoti u muskul bo’ylab tarqaladi.
Izotonik qisqarishda , muskul tolasining uzunligi o’zgarsad uning
taranglik darajasi unchalik o’zgarmaydi.
Izometrik qisqarishda esa muskul tolasining uzunligi o’zgarmaydi-
yu , lekin unga ancha zo’r keladi. Izotonik va izometrik
qisqarishlarni alohida muskullarda kuztishimiz mumkin. Lekin
odamm organizmida bunday qisqarishlar bo’lmaydi. Chunki
muskullar bo’gimning bukilishi orqali qisqarganda o’zining
taranglanish darajasini namoyon qiladi.
Muskullar isqarganda o’zining og’irligiga nisabtan bir necha marta
ortiq yukni ko’tara oladi. Muskul kuchi uning ko’tara oladigan yuk
miqdori bilan o’lchanadi. Muskul kuchi uning ko’ndalang kesimi
miqdoriga qarab aniqlanadi. Muskulning 1 sm kv ko’ndalang kesimi
o’rtacha 10 kg gacha yuk ko’taradi. Bu muskul kuchiga absolyut
muskul kuchi deyiladi.
Muskullarning absolyut kuchi odam yelkasiga yuk qo’yilib oyoq
uchida turish orqali aniqlanadi. Bunda bolder muskullari taranglashib
yukni ko’taradi.Ko’tarilgan yuk miqdorini bolder muskulining
ko’ndalang kesimiga bo’lish kerak. Jismoniy mashq natijasida
muskul tolalari yo’g’onlashib bir-biridab uzoqlashadi. Shunday qilib
muskul ko’ndalang kesimining hajmi va kuchi ortadi. Muskullar yuk
miqdori o’rtacha bo’gandagina ko’proq ish bajaradi. Yuk
miqdorining oshishi yoki kamayishi tez orada charcjashga olib
keladi. Shu bilan birga muskullarning ish ritmi bir xil bo’lishi
shart. Agarda ish ritmi tezlashsa yoki kamaysa ham tez charchashga
olib keladi. Shuning uchun jismoniy ishni hamda sport bilan
shug’ullanishni ham bir xil ritmda bajarish maqsadga muvofiqdir.
Muskul qisqarganda I disk torayadi. A-disk uzunligi o‟zgarmaydi,
-disklar birbiriga qarab harakatlanadi. Natijada I disklar umuman
yo‟qoladi. Sarkomer hajmi qisqarishda kam o‟zgaradi, demak, u
qalinlashadi. Sarkomerdagi yo‟g‟on iplar ingichka iplar orasiga
sirg‟alib kira boshlaydi, bu A.Xaksli sirg‟aluvchan iplar nazariyasidir.
Bu nazariyaga ko‟ra ingichka va yo‟g‟on iplar o‟zaro ta‟siri
ko‟prikchalar vositasida ro‟y beradi. Tinch holatdagi muskulda
ko‟prikchalar Muskul izometrik qisqarishda hosil qiladigan kuch
qiymati sarkomer uzunligiga bog‟liqdir. Sarkomer cho‟zilishida kuch
iplar ustma-ust tushish zonasi o‟zgarishiga chiziqli holda kamayadi,
ya‟ni kuch aktin va miozinning kontaktlari soniga proporsionaldir.
Shunday qilib, miozin ko‟prigi bilan aktinning bog‟lanishi kuch paydo
bo‟lishiga olib keladi, muskul qisqarsa ko‟prik kuchi nolgacha
kamayguncha iplar sirg‟alishi vujudga keladi. Sirg‟aluvchi iplar
modelida har bir ko‟prik siklik ishlaydi. Ko‟prik kuch hosil qiladigan
yo‟lni ishchi yurish deb, keyingi harakatini ko‟prikning teskari yurishi
deb qarash mumkin. Ushbu sikl davomida ATF sarf bo‟ladi. Ishchi
yurish davomida ko‟prik ATF gidrolizining erkin energiyasini mexanik
ishga aylantiradi
Teskari yurishda ko‟prik holatining òzgarishiga ATF energiyasining bir qismi sarf qilinad Muskul qisqarishida ATF ikki xil 
rol o`ynaydi. U aktimiozin aktin va miozinga dissosiasiyalanishiga 
sabab bo‟ladi va ayni vaqtda miozinning adinozintrifosfataza xossalari ta‟siri bilan o‟zi parchalanib, muskulning qisqarishi uchun zarur energiyani ajratib chiqaradi. 
Muskuldagi qisqaruvchan
oqsillarning makromolekulalari kooperativ tizimlarga misol bo‟la oladi. 
Bunga sabab shuki, ularning atvori o‟zlarini hosil qiluvchi 
elementlarining o‟zaro ta‟siriga bog‟liq. Muskul qisqarishi kooperativ xarakterga ega, chunki muskul ishi qisqaruvchi oqsillar konfigurasiyasining o‟zgarishiga bog‟liq. 
Bu hodisalar ketma-ket bo‟lib o‟tadigan bir qancha fazalar bilan yuzaga chiqishi mumkin. Bu fazalar bir-biriga bog‟liq bo‟lib, bir-birini taqozo etishi muskul reaksiyasini 
ta‟minlaydi.
E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Yüklə 8,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin