Uqt: Nv-120, er- 4,2, leyk- 10,9, echt- 20 mm/ch



Yüklə 10,51 Kb.
tarix31.12.2021
ölçüsü10,51 Kb.
#49566
1.Bemor S., 54-WPS Office


1.Bemor S., 54 yoshda. UASh ga kuyidagi shikoyatlar bilan murojaat kiladi: ko‘krak kafasidagi og‘riqqa va yurak orqa qismida siquvchi, chap qo‘lga uzatiluvchi og‘riq, bo‘yin va chap qo‘l uvishishi, yurak sohasidagi og‘riqlar, harakat chegaralanishi kuzatiladi. Anamnezidan: bolalar bog‘chasida oshpaz bo‘lib ishlaydi. Ob’ektiv tekshirilganda ortiqcha vazni bor. Umirtqa pog‘onasini bo‘yin-ko‘krak qismini va qovurg‘alararo paypaslanganda kuchli og‘riqlar kuzatiladi. Auskultatsiyada: o‘pkada vezikulyar nafas. Yurak tonlari bo‘g‘iq, ritmik, ChSS 76 zarba daqiqasiga. AB 140/80 mm sm.us.

UQT: Nv-120, er- 4,2, leyk- 10,9, EChT- 20 mm/ch.

R-gramma umirtqa pog‘onasining bo‘yin-ko‘krak qismida umirtqa pog‘onasi tirqishlarining torayishi, subxondral skleroz, Th 1 – 4 sathida osteofitlar bor.

EKG: diffuzli distrofik o‘zgarishlar.

1. Yuqorida keltirilgan o‘zgarishli shikoyatlar, qanday 4 ta kasalliklarda kuzatiladi;

2. Taxminiy tashxis;

3. Kasallikni tashxislash uchun kanday 2 ta tekshiruv xal kiluvchi tekshiruv bulib xisoblanadi;

4. UASh taktikasi va davolash tamoyillari.

2.Bemor 60 yosh, UASh ga chap yelka sohasidagi og‘riqqa, chap qo‘l muskullari kuchsizlanish va 2 haftadan beri chap qo‘lning 4-5 barmoqlarining 5 daqiqalar davomida uvishishiga shikoyat qilib murojaat qiladi. Nevropotolog murojaat qilgan va indometatsin, maxalliy finalgondan foydalangan, og‘riq va kuchsizlanish o‘tib ketmagan. Og‘riqlar jismoniy zo‘riqishdan, ko‘chaga chiqqanda, piyoda yurganda paydo bo‘ladi, og‘riqlar yurishdan to‘htaganda o‘tib ketadi. Kayfiyati skeptik. Anamnezidan firmada kompyuterda ishlaydi, 5 yildan buyon gipertonik kasallik bilan xastalangan, gipertenziv dorilarni noregulyar iste’mol qiladi. Ob’ektiv tekshirilganda: bemorda ortiqcha vaznlik bor. Yurakning chap chegarasi +1,5 sm. yurak tonlari bo‘g‘iqlashgan, ritmik. Aorta ustida II ton aksenti eshitiladi. PS 88 zarba daqiqasiga. AB 170/95 mm.sm.us. jigar va taloq kattalashmagan. Najas va peshob ajralishi erkin.

1. Yuqorida keltirilgan o‘zgarishli shikoyatlar, qanday 4 ta kasalliklarda kuzatiladi;

2. Taxminiy tashxis;

3. Tana vazni indeksini kanday aniklanadi va uning me’yoriy kursatkichlari;

4. UASh taktikasi va davolash tamoyillari.

Bemor 56 yosh, ortikcha vazni bor. Oxirgi vaktlar tush ortida 3-5 dakika davom etuvchi ogrikli xurujlar paydo bulganligi sababli UASh ga murojaat kilgan. Kecha kechkurun va bugun ogrikli xuruj kupaygan, davomiyli va intensivli. Judayam yogli va kalloriyali ovkatlarni, pivo ichishni yaxshi kuradi. Yurak tonlari bugiklashgan, ritmik. AB 135/90 mm.sm.ut. Puls 88 zarba dakikasiga. Upkada vezikulyar nafas. Jigar + 1sm kattalashgan, sillik, ogriksiz. Talok kattalashmagan. Boldirlarda shishinkirash bor.

1. Yuqorida keltirilgan o‘zgarishli shikoyatlar va simptomlar qanday 4 ta kasalliklarda kuzatiladi;

2. Taxminiy tashxis;

3. Ushbu kasallikka xos 6 ta klinik belgilarni sanab uting;

4. UASh taktikasi va davolash tamoyillari.

36 yoshli bemor ertalab soat 4 da yurak soxasida intensivli xuruj paydo bulgan, ogrik xolsizlik, muzdek ter, ulimdan kurkish xislari kuzatilgan. Tibbiy tez yordam shifokori tomonidan kilingan EKG da II, III, AVF, V5-V6 tarmoklarda STsegmentining gumbazsimon kutarilishi kuzatilgan. Ogrik koldirilgandan sung EKG normaga kaytgan. Yurak tonlari bugiklashgan, ritmik. AB 130/70 mm.sm.us. puls 88 zarba dakikasiga. Upkada vezikulyar nafas. Jigar va talok kattalashmagan.

1. Yuqorida keltirilgan o‘zgarishli shikoyatlar va simptomlar qanday 4 ta kasalliklarda kuzatiladi;

2. Taxminiy tashxis;

3. Ushbu patologiya uchun kanday gurux dorilari tanlov gurux dorisi bula oladi (anik kursating);

4. UASh taktikasi;

Bemor 53 yosh UAShga murojaat kildi. Yurak soxasida noxushlik sezishi, davriy xolsizlik, yurakning urib ketishi, xansirash, bosh aylanishi kuzatiladi, xurujlar xushini yukotish bilan kechadi.

Ob’ektiv tekshirilganda: yurak tonlari bugik. AB 90/60 mm sm.us. ChSS-40 zarba dakikasiga. Upkada vezikulyar nafas. Korin yumshok paypaslanganda ogriksiz.

1. Ushbu xolatda bradikardiya sababi nima;

2. EKG da taxminiy uzgarishlar kanday buladi;

3. UASh taktikasi va davolash tamoyillari.

58 yoshli bemor I. bir xaftadan beri yurak soxasidagi ogriklar bezovta kiladi. Ogriklar kukrak kafasining ortiga tarkaladi, achishish xissi, sanchish kuzatilgan. Ogriklar doimiy, jismoniy zurikishga boglik emas, kiyimiga tegib ketsa ogrik kuchayadi. Tekshiruv vaktida bemor uta bezovta, uzida miokard infarkti bulsa kerak deb uylaydi. Bemor suziga kura: bir kun oldin konditsioner ostida ishlagan. Ob’ektiv tekshirilganda: umumiy axvoli konikarli, normostenik, chap kukrak kafasi nafas faoliyatidan orkada koladi. Tana xarorati 37,80S. Chap kukrak kafasining 5-6 kovurgalararo paypaslanganda kuchli ogrik bor, shifokor kulini itarib tashlaydi. Upkada vezikulyar nafas, xirillashlar yuk. Yurak tonlari bugikrok, ritmik. ChSS 76 zarba dakikasiga. AB 130/80 mm.sm.us. jiga rva talok kattalashmagan.

1. Yuqorida keltirilgan o‘zgarishli shikoyatlar va simptomlar qanday 4 ta kasalliklarda kuzatiladi;

2. Taxminiy tashxis;

3. Nitratlar va β- blokatorlar kullanilishiga karshi kursatmalar;

4. UASh taktikasi va davolash.

Bemor D., 62 yosh, shikoyati bosh ogrigi, bosh aylanishiga, kulokda shovkin, chap oyok-kulda sezgining pasayishi, kuchsizlik va uvishib kolishi, xotiraning pasayishi, bexollik, uykusizlik, xansirash va jismoniy zurikishda yurak urib ketishiga shikoyat kiladi. Anamnezidan: 8 yildan beri GK va YuIK bilan kasallanib keladi. No regulyar davolanib turadi. Axvolini yomonlashishini emotsional va jismoniy zurikishga boglaydi. Tekshirib kurilganda: bemorda ortikcha vazn bor, teri rangi okimtir, nam. Yurak tonlari bugiklashgan, yurak chukkisida sistolik shovkin, aortada II ton aksenti eshitiladi. AB 170/100 mm.sm.us. Puls 100 zarba dakikasiga, ritmik. EKG da ritm sinusli. I, II, a VL, V5-6 tarmoklarda ST sigmenti kutarilgan va chukur, Q tishchasi kengaygan. Manfiy T tishcha shakllangan.

1. Yuqorida keltirilgan o‘zgarishli shikoyatlar va simptomlar qanday 4 ta kasalliklarda kuzatiladi;

2. Taxminiy tashxis;

3. Tekshiruv rejasi;

4. UASh taktikasi va rejali davolash.

5. Metobolik sindromda dislipidemiya xususiyatlari.

28 yoshli ayol, shikoyati tush ortida kuydiruvchi ogrikka, ogrik orkaga uzatilishi, tusatdan xolsizlik, xansirash terlash, tana xaroratini kutarilishi 38,20S gacha, tana vaznini kamayishiga shikoyat kiladi. Anamnezidan: uzini 3 yildan beri kasal deb xisoblaydi, tana xarorati subfebril kutarilgan, xolsizlik va tana vazni kamaygan. «NSD» deb tashxislangan va davolangan. Lekin bemor axvoli yaxshilanmagan. Oxirgi 2 oy ichida bemor kuchaga chikkanda tush ortida kuydiruvchi ogrik paydo bulishini sezgan. Bugun soat tongi 4 larda tush ortida kuydiruvchi ogrik paydo bulishi sababli tez yordam chakirgan. Tekshiruv vaktida vrach AB va pulsni ung kulda aniыlay oldi, chap kulda puls aniklanmadi. Bemor rangpar, yopishkok ter koplangan. EKG da I, II, AVL, V1-3 tarmoklarda ST segmenti kutarilgan.

1. Sizning tulik taxminiy tashxisingiz;

2. Tashxisni tasdiklash uchun asosiy instrumental va laborator tekshiruvlar;



3. Umumiy amaliyot vrachi taktikasi;

4. YuIS bor bemorlarni jarroxlik davolashga karshi kursatmalari.
Yüklə 10,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin