"Usta va Margarita"



Yüklə 9,04 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü9,04 Kb.
#184983
Taqriz





"Usta va Margarita"
Taqriz
Dunyo durdonasi
“Usta va Margarita” – mashhur rus yozuvchisi Mixail Afanasyevich Bulgakovning romani. Asar yozilishi 1920-yil oxirida boshlanib, yozuvchining vafotigacha davom etgan. Yozuvlarni tahrirlash va yig‘ish, yozuvchining bevasi – Yelena Sergeyevna tomonidan adibning vafotidan keyin amalga oshirilgan. “Muhandis tuyog‘i”, “Qora sehrgar” deb nomlangan romanning birinchi versiyasi 1930-yilda Bulgakov tomonidan yo‘q qilingan. Romanning so‘ngi nomi – “Usta va Margarita” 1937-yilda paydo bo‘lgan. . Kitobning rus tilidagi birinchi to‘liq nashri 1967-yilda Parijda chiqqan. Asar asosida juda ko‘p filmlar va seriallar suratga olingan va sahnalashtirilgan.
Asar haqida avvalari ham bir necha marta dadamdan va ustozlarimdan eshitgan edim.Ular asarning tushunilishi qiyin bólgan ammo ma'zmun jihatidan g'oyat yetuk asar ekanligi haqida ta'kidlagan edilar.Bunga o'zim ham asarni o'qib chiqib amin bo'ldim va yana menda boshqa turli xulosalar va fikrlar ham paydo bo'ldi.Asar chidan ham tushunilishi qiyin bo'lgan,keng mushohadali asar.
Asar voqealari 2 davrni o'z ichiga oladi: 1930-yilgi va 2 ming yil avvalgi Iso payg'ambar davridagi voqealar bayoni bilan yozilgan.Asarda insoniyat hanuzgacha qutula olmay kelayotgan meshchanlik, munofiqlik, poraxo’rlik va qo’rqoqlik kabi illatlar Bulgakov tomonidan aniq va betakror hajv yo’li bilan fosh etiladi."Usta va Margarita" bu nom endi menga beixtiyor hayolimga :Alloh,shayton va inson nomlarini keltirishimga sabab bo'lmoqda.Sababi asarda xudosizlik , Allohning borligi va yo'qligi haqidagi gaplar,shaytonning hiyla-yu nayranglari va insoniyatning turli xil yaxshi va yomon ishlari tasvirlangan.Asardagi Volland - ya'ni Iblis dunyodagi jamiki yomonliklar faqatgina Shaytonning ishi emasligi bunda insonning o'zini ham aybi borligi xususida bir necha marta aytib buni isbotlab ham beradi.Voland va uning mulozimlari - shayton va jinlar ham o'z navbatida juda yaxshi tasvirlangan. Ehtimol, bal tasviri keltirilgan bob - men uchun Iblisning mehmonlarining baldagi dahshatli xatti-harakatlariga qaramay, kitobdagi eng sevimli va kerak bo'lsa, eng muhim qismidir desam adashmagan bo'laman.
Asardagi Usta obrazi,avvaliga u mening tasavvurimda unchalik ijobiy fikr uyg'otmadi.U nazarimda qandaydir telba va hayolparast inson qiyofasida namoyon bo'ldi.Ammo asar davomida shunga amin bo'ldimki,Usta ko'ngli toza,o'zi va atrofdagilari uchun hamisha yaxshi bo'lishi uchun tinimsiz harakat qiluvchi jonkuyar shaxs sifatida qalbimdan joy oldi.Uni chinakamiga "ideal erkak "sifatida misol qilib olishimiz mumkin.
Usta va Bulgakov.Bular orasida o'zaro bog'liqlik mavjud desam adashmagan bo'laman nazarimda.Ular ikkisi ham dili va tili bir insonlar.Bulgakov balki o'zini tasvirlagandir Usta obrazi orqali.Usta doim haq so'zni so'zlovchi va adolat tarafdori bo'lgan.
Asarda bosh qahramon sifatida yozuvchi va shoirlar tanlab olingan.Albatta o'sha davrning ijtimoiy vaziyatidan kelib chiqib aytadigan bo'lsam yolg'iz ulargina insoniyatning boshidagi barcha ko'rgiliklarini qog'ozga tushirib ommaga,hukumat vakillariga taqdim eta oladigan insonlar sanalgan.Qaysidir ma'noda ularni insoniyatning najot farishtalari desam mubolag'a bo'lmas.
Margarita.Bu ayol Ustaning qalbidan chuqur joy olgan.Margarita o'z hayotida ko'plab qiyinchiliklarga uchragan, ularni matonat,chidam va iroda bilan yengib o'ta olgan.Bu ayol ustaning yordamchisi va uning sodiq hamrohi bo'ladi. Aynan u qahramonga usta nomini bergan, uning ishiga qoyil qolgan va uni chinakam iste'dodli deb hisoblagan.Usta bilan Margaritaning ilk uchrashuvidayoq ular bir birlari bilan xuddi avvaldan tanishdek ,bir birlariga avvaldan qadrdon bo'lgandek his qilishadi o'zlarini.Usta va Margaritaning tanishuvi qo'lyozmasini ikkalasi ham tushunadigan, muqarrar taqdir sifatida sodir bo'ladi. “Muhabbat oldimizga sakrab chiqdi, xuddi qotil xiyobonda yerdan sakrab tushib, ikkimizni birdan urdi! Yashin shunday chaqadi, Fin pichog'i shunday uradi! - esladi usta klinikada. Ularning muhabbati xuddi yangi tug'ilgan chaqaloq qalbidek sof,endi ochilgan gul yaprog'idek nafis edi. Bunda haqiqiy sevgi va nafrat, yaxshilik va yomonlik o'rtasidagi kurash haqida hikoya qilinadi
Asar haqida o'z xulosamni aytadigan bo'lsam,men bu asarni o'qib sira afsuslanmadim, kimdir mendan biron asar o'qish uchun kitob tavsiya qilishimni so'rasa, hech ikkilanmay ushbu asarni ayta olaman."Usta va Margarita" insonni chuqur mushohada qilishga,keng fikrlashga undaydigan g'oyat "shedevr "asardir.Bu nafaqat rus adabiyotida, balki dunyo adabiyotida durdona asarlar sirasiga kiruvchi xazinadir.Tom ma'noda, g'oyaviy asar. Undagi barcha mayda-chuyda tafsilotlar ham odamni hayratda qoldiradi: Bulgakovning uslubi, yumor tuyg'usi, qahramonlarning ta'rifi, ular so'zlaydigan hikoyalari, boshidan kechirgan taqdirlari, din va Xudoga bo'lgan munosabat - bularning barchasi ajoyib tasvirlangan.


Yüklə 9,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin