Uychi tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 10-maktab direktorining buyrug'i maktabning takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida



Yüklə 400,5 Kb.
səhifə1/6
tarix30.09.2023
ölçüsü400,5 Kb.
#150564
  1   2   3   4   5   6
odob ahloq





UYCHI TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BO’LIMIGA QARASHLI 10-MAKTAB DIREKTORINING
BUYRUG'I


Maktabning takomillashtirilgan namunaviy
odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2023-yil 2-avgustdagi 17-1505-sonli va 2023-yil 24-iyuldagi 17-1439-sonli topshiriqlari hamda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 282-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida


BUYURAMAN:
1. Quyidagilar:

  • Maktabning takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari 1-ilovaga muvofiq;

  • Maktabning takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari bilan barcha ta’lim oluvchilar, ularning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari, pedagog va texnik xodimlarni tanishtirish varaqasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.



2. Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari (K.Azizov)ga:

  • Maktabning takomillashtirilgan odob-axloq qoidalari (keyingi o‘rinlarda - Qoidalar)ga izchil amal qilinishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish;

  • Bir hafta muddatda maktabdagi barcha o’qituvchi xodimlar, o’quvchilar va ularning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillariga yetkazish va Qoidalarning maqsad va vazifalarini tanishtirish;

  • Qoidalarni maktab binosining ichki kirish (foye) qismiga alohida stend shaklida joylashtirilishini ta’minlash

  • Mazkur buyruq bilan tasdiqlanayotgan maktabning takomillashtirilgan odob-axloq qoidalarini maktabning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida keng yoritish vazifalari yuklatilsin.

3. Ushbu buyruq qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 28-iyuldagi “Maktabning ichki tartib va odob-axloq Qoidalarini yangi tahrirda tasdiqlash to‘g‘risida”gi 246-sonli buyrug‘ining 1-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur buyruqning ijrosini maktabning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari N.Abidov zimmasiga yuklatilsin, nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.




O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 282-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash va yanada samaradorligini oshirish yuzasidan Uychi tuman 10-maktabda tuzilgan ishchi gurux



Yüklə 400,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin