Uzumchilik 1 bogʻdorchilikning tok oʻstirish va uzum yetishtirish bilan



Yüklə 137,28 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix17.02.2023
ölçüsü137,28 Kb.
#84650
Uzumchilik - Vikipediya



Uzumchilik
Uzumchilik — 1) bogʻdorchilikning tok
oʻstirish va uzum yetishtirish bilan
shugʻullanadigan tarmogʻi. Uzumchilik
aholini yangi uzum, mayiz bn, vinochilik,
konserva sanoatlarini xom ashyo bilan
taʼminlaydi. Uzumchilikning 4 ta asosiy
yoʻnalishi: xoʻraki uzum yetishtirish, mayiz
quritish, texnik maqsadlarda uzum
yetishtirish (konserva mahsulotlari,
sharbatlar, konsentratlar tayyorlash),


vinochilik (xom ashyo tayyorlash)
sohalari mavjud.
Uzumlarni yig'ish
Uzumlarni yig'ish
20 ta eng yaxshi uzum ishlab chiqaruvchilari (2015)


Uzumchilik bogʻdorchilikning eng koʻhna
tarmoqlaridan biri boʻlib, hozirgi davrda
ham koʻpgina mamlakatlarning xalq
xoʻjaligida salmoqli oʻrinni egallaydi.
Jahonda 84 mamlakatda uzum
yetishtiriladi. Tokzorlar maydoni boʻyicha
eng oldingi oʻrinlarda Ispaniya (1 mln. 200
ming ga), Italiya (871 ming ga), Fransiya
(870 ming ga), Turkiya (560 ming ga),
Portugaliya (252 ming ga), AQSH
(Kaliforniya shtati, 357 ming ga),
Ruminiya (250 ming ga), Eron (260 ming
ga), Xitoy (243 ming ga), MDH
mamlakatlari ichida Moldova (154 ming
ga) turadi. Jahon boʻyicha tokzorlar
maydoni 7,4 mln.ga, oʻrtacha hosildorlik
81,7 s/ga. 1999-yilda 60,7 mln. t dan


koʻgtroq uzum yetishtirildi, 29,9 mln. t
vino, 1,3 mln. t mayiz tayyorlandi. Eng
koʻp mayiz AQSH, Eron, Turkiyada
tayyorlandi.
Oʻrta Osiyo, xususan, Oʻzbekistonda
Uzumchilik uzok, tarixga ega. Mil. av. 4-
asrlarda ham tok ekilgani maʼlum. Uzok,
yillar davomida Oʻrta Osiyo xalq
seleksiyasida juda qimmatli xoʻjalik
belgilariga ega boʻlgan yuzlab navlar
yaratilgan. Oʻrta Osiyoning deyarli barcha
dehqonlik mintaqalarida, ayniqsa,
Fargʻona va Zarafshon vodiylarida,
Toshkent, Xorazm, Qashqadaryo
vohalarida koʻp ekilgan. Lekin moʻgʻullar
istilosi davrida bogdorchilik tanazzulga


yuz tutgan. Uzumchilik faqat 15-asrga
kelib qayta rivojlana boshladi.
Oʻzbekistonda Uzumchilikning
rivojlanishida Rossiya bogʻdorchilik
jamiyatining Turkiston boʻlimi muhim rol
oʻynadi. Boʻlim uzumning mahalliy
sharoitga moye keladigan eng yaxshi
navlarini oʻrganib tavsiya etish, tegishli
navlarni boshqa mintaqalar (Qrim,
Moldova, Zakavkazye)dan olib kelish
ishlarini tashkil qildi. Keyinchalik shu
boʻlim asosida Turkiston uzumchilik va
vinochilik qoʻmitasi tashkil etildi. Qoʻmita
uzumchilik va vinochilikni_ ilmiy asosda
rivojlantirish (kasalliklarga,
zararkunandalarga qarshi kurash), uning


agrotexnika usullarini ishlab chiqish bilan
shugullandi.
20-asr boshlarida Oʻzbekiston hududida
30,6 ming ga tokzor bor edi. 20-yillarning
2yarmidan ixtisoslashtirilgan
bogʻdorchilik va uzumchilik davlat
xoʻjaliklari tashkil etila boshladi, tog va
togʻ etaklari mintakalarida ham bu
tarmoqqa jiddiy eʼtibor beriladigan boʻldi.
50-yillar oxiri — 60-yillardan 2500—3000
ga bog va tokzorlarga ega boʻlgan
agrokombinatlar tashkil etildi.
Uzumchilik sohasidagi ilmiy tadqiqot va
amaliyot ishlari 1948-yilda tashkil etilgan
hozirgi Bogʻdorchshshk, uzumchilik va


vinochilik institutida olib borildi va
Uzumchilikning nazariy va amaliy
masalalari, kishmish navlarining
hosildorligi hamda gʻujum koʻrinishi
sifatini oshirishda oʻstiruvchi moddalar
taʼsiri (mas, gibberellin) oʻrganildi, tog va
togʻ oldi shagʻalli yerlarda, Mirzachoʻl va
Fargʻona vodiysida uzumzorlar barpo
qilish uslubi ishlab chiqildi. Int.ning
Samarqand filialida 100 ga maydonda
uzumning 105 navi oʻstiriladigan tajriba
maydoni tashkil qilindi, Oʻzbekistonda
ekiladigan toklarning botanik kolleksiyasi
yaratildi.
Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik
ilmiy tadqiqot institutida hamda uning


viloyatlardagi filiallarida, Butunittifoq
oʻsimlikshunoslik instituti Oʻrta Osiyo
filialida uzumning Oʻzbekiston muskati,
Gʻalaba, Oktyabr, VIR1, Xishrov kishmishi,
Samarqand kishmishi, Joʻrauzum,
Tarnoye, Rizamat va oʻnlab navlari
yaratildi. Bu ishlarda akademik M.
Mirzayev, A. M. Negrul, M. S. Juravel, A. V.
Ribakov, V. I. Gorbach, Yu. M. Javakyans
va boshqa uzumshunos olimlarning, R.
Musamuhamedov kabi xalq
seleksionerlarining hissasi katta boʻldi.
Hozirgi Oʻzbekiston Uzumchilikda 120
ming ga tokzor mavjud. Uning 70% dan
koʻprogʻi Samarqand, Surxondaryo,
Toshkent, Xorazm, Buxoro viloyatlarida


joylashgan. Hosil beradiganlari 98,8 ming
ga, oʻrtacha hosildorligi 63,1 s/g (2003).
Respublikada Uzumchilik maydonlarini
kengaytirish, hosildorligini oshirish, jahon
bozori talablariga moye maxsulotlar
yetishtirishga eʼtibor berilmokda.
Uzumchilik yoʻnalishida juda koʻp fermer
xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi. Bu
yoʻnalishda
"Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" xolding
kompaniyasi, "Mevasabzavot" uyushmasi
kabi soha tashkilotlari katta ishlarni
amalga oshirmokdalar.
2) Tokning biologik xususiyatlari va
oʻstirish usullarini oʻrganadigan fan
(oʻsimlikshunoslikning boʻlimi).


Toshkent viloyati. Parkent tumanidagi
Zarkent shirkat xoʻjaligi uzumzorlari.
Umumiy va xususiy Uzumchilik ka
boʻlinadi. Umumiy Uzumchilik — tok
biologiyasi, ekologiyasi, agrotexnikasini
oʻrganadi; xususiy Uzumchilik — turli
tuproqiklim sharoitida, i.ch. yoʻnalishiga
qarab, tok agrotexnikasini ishlab chiqadi;
ampelografiya, tok seleksiyasi
boʻlimlaridan iborat.
Vinochilik
Vino-arak sanoati
Yana q.
Adabiyot

Yüklə 137,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin