V tushunchas



Yüklə 28,95 Kb.
səhifə1/2
tarix22.12.2022
ölçüsü28,95 Kb.
#77259
  1   2
mustaqil ish 12


Algoritmik modellar Algoritmning intuitiv tushunchasi va uni aniqlash

zarurati.Tyuring mashinalari va ular orqali hisoblanuvchi funksiyalar

REJA

1. Algoritmik jarayonlarning matematik modellari

2. Matematik modellarni qurish bosqichlari 3. Tyuring mashinalari


Model so‘zi lotincha modulus, sozidan olingan

bo‘lib, olchov, meyor, obraz, namuna, analog, "orinbosar" degan manolarni bildiradi. Modetushunchasini tariflash juda qiyin. Bir manbada uning 31 ta tarifi sanab otilgan. SHunday bo‘lsada bu tushuncha har birimizga tanish: o‘yinchoq samolyot - samolyotning modeli, globus - Erning modeli, planetariy ekrani-osmon va undagi yulduzlar modeli, S=vt formula- jism xarakati modeli. Bu bayon qilingan predmetlar grafik tasvirlar, formulalar bitta "model" so‘zi bilan birlashadilar. YAna turli shaklda berilgan tariflardan bazilarini keltiramiz. Keng manoda modelь biror obekt yoki ob’ektlar sistemasining obrazi yoki namunasidir. N. N. Moiseev tarifi buyicha «Modelь deganda biz predmet (hodisa ) haqida uning u yoki bu ayrim xossalarini aks ettiruvchi malum bir chegaralangan malumotni beruvchi soddalashtirilgan bilimni tushunamiz. Modelga malumotni kodlashning maxsus shakli sifatida ham qarash mumkin. Modellarni qurish kishilar faoliyatida juda katta ahamiyatga ega. Model qurish jarayoni modellashtirish deyiladi. Modellashtirish deganda obekt (sistema) ning modeli yordamida shu obektning xossalarini tadqiq qilish jarayoni tushuniladi. Modellashtirish - turli jarayon va hodisalarni organishning eng keng tarqalgan metodlaridan biridir. Model tushunchasi
biologiya, meditsina, ximiya, fizika, iqtisodiyot, sotsiologiya, demografiya va boshqa fanlarda ham qo‘llaniladi. Modellarning matematik modelь, fizik modelь, biologik modelь, iktisodiy modelь va boshka turlari mavjud.
Matematik modelь tushunchasining ham turli tariflari mavjud. Ulardan bazilarini keltiramiz. Jarayonning matematik tavsifini, yani jarayonning matematik tildagi bayonini matematik modelь deb yuritamiz. Matematik modelь olamning malum hodisalari sinfining matematik belgilar bilan ifodalangan taqribiy ifodasidir.
O‘rganilayotgan jarayon yoki hodisani matematik simvollar yordamida bayon qiluvchi

matematik munosabatlar sistemasi matematik model deyiladi. Obektning xarakteristikalarini bayon qiluvchi matematik ifodalar matematik modelь deyiladi. Misollar. Eng qadimgi matematik modellardan biri Evklid geometriyasidir. Bu bizni qurshab olgan fazo va undagi predmetlar modelidir. Hammaga malum matematik modellar: butun sonlar sistemasi, haqiqiy sonlar sistemasi. Hozirgi zamon algebrasida gruppalar, xalqalar, maydonlar, vektor fazolar, chiziqli algebralar, bulь algebralari kabi matematik modellar bilan ish ko‘riladi.
Har qanday matematik model uch yul bilan paydo bulishi mumkin:

a) hodisani togridan-togri kuzatish natijasida, uni togridan-togri o‘rganish va tushunish natijasida; bunday usul bilan olingan modelь fenomenologik modelь deyiladi;
b) biror deduksiya jarayoni natijasida, bunda yangi modelь biror umumiyroq modeldan xususiy hol sifatida olinadi; bunday modellarasimptotik modellar deyiladi;
v) biror induksiya jarayoni natijasida, bunda yangi modelь "elementar" modellarning tabiiy umumlashmasidan iborat bo‘ladi. Bunday modellar ansamblь modellari deyiladi.

Yüklə 28,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin