Mavzu: Davlat geodezik tayanch tarmoqlari
Reja:
1 . Geodezik tarmoqlar
2 . Davlat planli tayanch tarmoqlari
3 . Mahalliy tayanch tarmoqlari
Joyda o’rni uzoq vaqt saqlanadigan qilib maxsus qurilma yoki mustahkam qoziq bilan belgilangan, koordinatasi (X,Y) va absolut balandligi (H) aniqlangan nuqtaga geodezik tayanch punkti deyiladi. Bunday nuqtalar yig’indisi geodezik tayach tarmog`ini tashkil etadi. Planli koordinatasi ma’lum bo’lgan tayanch punktga planli tayanch punkt, absolut balandligi ma’lum bo’lgan tayanch punktga balandlik tayanch punkti deyiladi. Shunga yarasha geodezik tarmoqlar planli-balandlik (X, Y va H ma'lum), faqat planli (X, Y ma'lum) va faqat balandlik (H, ma'lum) tarmoqlariga bo‘linadi.
Geodezik tayanch tarmoqlari Davlat geodezik tayanch tarmoqlari (DGT), Mahalliy geodezik tayanch tarmoqlari (MGT) va Tasvirga olish tayanch tarmoqlariga (TOTT)bo’linadi.Davlat geodezik tayanch tarmoqlari maxsus dastur asosida barpo qilinadi va barcha masshtabdagi topografik planlarni olishda tayanch bo’lib xizmat qiladi. Mamlakatimiz xalq xo’jaligi va mudofaasiga, turli ilmiy va texnikaga doir masalalarni yechishda ham davlat geodezik tayanch tarmoqlariga asoslaniladi. Masalan,Yerning shakli va kattaligini, yer po’stlog’ining harakati, qit’alarming siljishi, okean va dengizlar sathining farqi va boshqalar davlat geodezik tayanch tarmoqlari natijalaridan foydalanib aniqlaniladi. Yirik muhandislik imshootlarining loyihalari joyga geodezik tayanch punktlarga tayanib ko’chiriladi.
Davlat geodezik tayanch tarmoqlari mamlakatimizning istagan joyida bir- biriga bog’lanmagan holda bir vaqtda yoki turli vaqtda tasvirga olishga va geodezik o’lchash ishlarini bajarishga, bu ishlarda ro’y beradigan tasodifiy xatolar ta’sirini kamaytirishga, mazkur ishlarning qanchalik aniq bajarilganini tekshirishga, shuningdek, barcha geodezik o’lchash ishlarini yagona koordinata sistemasi (YKS)ni bog’lashga imkon beradi.
Mahalliy geodezik tayanch tarmoqlari. 1:500, 1:5000 masshtabli topografik planlar olish uchun va qurilish maydonlarida bajariladigan geodezik ishlar uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |