Va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent viloyat axborot texnologiyalari texnikumi



Yüklə 24,66 Kb.
tarix14.04.2022
ölçüsü24,66 Kb.
#55439
Akbaraliyev OYDA (2)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI

TOSHKENT VILOYAT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI TEXNIKUMI

Obyektga Yoʻnaltirilgan Dasturlsh Asoslari fanidan

MUSTAQIL ISH

Mavzu: Java Dasturlash tilida massivlar bilan ishlash

Guruh: DI 01-21

Topshirdi: Boyqobulova K

Qabul qildi: Sharifova Sh

Toshkent Viloyat – 2022


Mundarija

I. Kirish

II. Asosiy qism

1. Java dasturlash tilining yaratilishi

2. Javaning boshqa dasturlardan farqi

3. Java dasturlash tilida massivlar

III. Xulosa.

IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

Kirish

Bugungi kunda axborot va internet texnologiyalari jamiyat hayotining barcha sohalariga kirib bormoqda. Texnologiyalarni rivojlantirish har doim katta ahamiyat kasb etgan. Postindustrial jamiyatda biz axborotni uzatish,saqlash visitalariga qaram bo’lib qolamiz. Axborot oqimlari har qanday foydalanuvchining hayotiga sezilarli ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ana shunday axborot almashinuvchi tizim bu elektron pochta hisoblanadi.

Hozirgi kunda Java tili eng keng tarqalgan va ommalashgan dasturlash tillaridan biridir. Java 1990 yillarda ishlab chiqarila boshlangan bo’lsa xam, uning birinchi versiyasi(Java 1.0) 1996 yil ommaga taqdim etilgan. Undan so’ng keying versiyalar sekin-astalik bilan chiqa boshlagan. 1998 yil — Java 2, 2004 yil — Java 5.0, 2006 yil — Java 6, 2011 yil — Java 7, 2014 yil — Java 8, 2017 yil 21 sentabrda – Java 9. JAVA 1995-yilda Sun Microsystem Inc tomonidan rivojlantirilgan, keyinroq Oracle korparatsiyasi unga ega chiqdi. JAVA tili James Gosling va Patrik Nafton tomonidan kashf qilingan. Java bu dasturlar, o’yinlar va veb saytlar yaratadigan dasturlash tili. Xuddi biz o’z gapimizni yoki nutqimizni bizni tilimizni bilmaydigan biron-bir insonga tushuntirmoqchi bo’lsak o’sha insonni tilida gapirishga yoki u tushunadigan tilda gapirishga harakat qilganimizdek, kompyuterda biron-bir dastur, o’yin yoki veb saytlar yaratmoqchi bo’lganimizda kompyuter tushunadigan tilda yozishimiz kerak. Bunda Java dasturlash tilidan foydalanish ayni muddao.

Java dasturlash tilining yaratilish tarixi va uning texnologiyalari

Java dasturlash tili — eng yaxshi dasturlash tillaridan biri bo'lib unda korporativ darajadagi mahsulotlarni(dasturlarni) yaratish mumkin. Bu dasturlash tili Oak dasturlash tili asosida paydo bo'ldi. Oak(ma'nosi eman daraxti) dasturlash tili 90-yillarning boshida Sun Microsystems(hozirda Oracle nomidan ish yuritadi) tomonidan platformaga(operatsion tizimga) bog'liq bo'lmagan holda ishlovchi yangi avlod aqlli qurilmalarini yaratishni maqsad qilib harakat boshlagan edi. Bunga erishish uchun Sun hodimlari C++ ni ishlatishni rejalashtirdilar, lekin ba'zi sabablarga ko'ra bu fikridan voz kechishdi. Oak muvofaqiyatsiz chiqdi va 1995-yilda Sun uning nomini Java ga almashtirdi, va uni WWW rivojlanishiga hizmat qilishi uchun ma'lum o'zgarishlar qilishdi.

Java 1990 yillarda ishlab chiqarila boshlangan bo'lsa ham, uning birinchi versiyasi(Java 1.0) 1996 yil ommaga taqdim etilgan. Undan so'ng keyingi versiyalar sekin-astalik bilan chiqa boshladi: 1998 yil — Java 2, 2004 yil — Java 5.0, 2006 yil — Java 6, 2011 yil — Java 7, 2014 yil — Java 8.

Java Obyektga Yo'naltirilgan Dasturlash(OOP-object oriented programming, ООП) tili va u C++ ga ancha o'xshash. Eng ko'p yo'l qo'yildigan xatolarga sabab bo'luvchi qismalari olib tashlanib, Java dasturlash tili ancha soddalashtirildi. Java texnologiyasi o'ta sodda, xavfsizlikni yuqori darajada ta'minlab bera oladigan, kuchli, to'la obyektga yo'naltirilgan dasturlash tili bo'lib, muhit (platforma)ga bo'liq bo'lmagan holda ishlaydi. U bilan xatto eng kichik qurilmalarga ham dasturlar yozish mumkin. Java texnologiyasi to'laligicha Java Virtual Machine(JVM) ga asoslangan. JVM ning vazifasi tarjimonlik ya'ni, dastlab biz yozgan *.java fayl kompilyator yordamida bayt kodga o'giriladi va JVM yordamida esa mashina tiliga aylantiriladi. Bu degani JVM qaysi platformaga tegishli bo'lsa, kodlarni ham o'sha platformaga moslab beradi.

JAVA имкониятлари:

— WORA — Write Once, Run Anywhere (portable). Platforma tanlamaydi;

— havfsizlik (ishonch yuq kodni havfsiz ishga tushirish);

— hotirani havfsiz boshqarish (avtomat ravishda musorlarni yig'adi);

— tarmoq uchun dasturlar yozish ;

— ko'p oqimli (Multi-thread) dasturlash;

class lar alohida fayllarda saqlanadi. Kerak bo'lsa ishlatiladi.

Java texnologiyalari.

Java SE (Java Standart Edition) — serverda, shaxsiy kompyuterda desktoplarda ishlovchi dasturlar, appletlar yaratish uchun ishlatiladi. Bu texnologiya yordamida yaratilgan dasturlar deyarli barcha operatsion tizimlarda ishlay oladi(Windows NT, Macintosh,Linux va Solaris). Shu bilan birga JavaSE boshqa Java turlarining asosi hisoblanadi.

Java EE (Java Enterprise Edition) — Java texnologiyalari orasida eng keng tarqalgan turi xisoblanib unda asosan serverda ishlovchi dasturlar yaratiladi, masalan ko'p foydalanuvchili web-saytlar yaratishda keng qo'llaniladi va asosan internetda ishlovchi dasturlarda qo'llaniladi. Java SE ni Java EE dan eng asosiy farqi Java EE o'z tarkibiga Java SE ni olibgina qolmay shu bilan birga ko'pgina boshqa qo'shimcha kutubxonalarni(odatda *.jar) ham o'z ichiga oladi ya'ni: Servlet, JavaMail, JSF(Java Server Face) va boshqa ko'pgina internetga asoslangan qoshimcha kutubxonalar.

Java ME (Java Micro Edition) — Java SE ning ba'zi qismlarini o'z ichiga oladi, JavaME yordamida kichik qurilmalar uchun dastrular yozish mumkin, masalan, mobil telefon uchun o'yinlar, dasturlar yaratish mumkin.

Javada kompilyator aytib o'tganimizdek biz yozgan kodni bayt-kodga o'giradi, odatda kompilatsiyadan o'tgan klasslar *.class qisqartirmasi bilan tugaydi va kompilatsiyadan o'tgan klassni Java Virtual Machine(JVM) ga yuklanadi va bayt-kodli fayllarni interpretatsiya qiladi, ya'ni mashina tiliga o'giradi va shu bilan birga undagi kodni imkoni boricha optimallashtiradi.

Massiv bu — bir turdagi o’zgaruvchilarni o’zida saqlovchi biror nom bilan nomlangan o’lchami chegaralangan o’zgaruvchilari guruhi ya’ni oddiyoq qilib aytganda maxsus idishdir. Bitta yoki ikkita o’zgaruvchi ustida amalarni bajarmoqchisiz, bununig uchun bir yoki ikkita o’zgaruvchi yaratib olib xohlagan amalni bajarish mumkin. Lekin bu o’zgaruvchilar ko’p bo’lsachi? Agar har bir ishlatmoqchi bo’lgan o’zgaruvchi uchun har safar yangidan o’zgaruvchilarni yarataversak bu bir muncha noqulayliklar tug’diradi. Bu vaziyatda esa massivlarni ishlatish qo’l keladi.

Oddiy va tushunarli bo’lishi uchun har doimgidek hayotiy bitta misol keltirib o`taman. Tasavur qiling, siz do’stingizga bitta yoki ikkita olma bermoqchisiz. Siz bu ishni to’g’ridan-to’g’ri qilishingiz mumkin chunki ikkita olma qo’lingizga bemalol sig’adi. Agar bu olmalar soni ko’p bo’lsachi bunday vaziyatda nima qilasiz. Albatda bu vaziyatda bermoqchi bo’lgan olmalaringizni miqdoriga qarab o’sha miqdorni ko’tarish qobiliyatiga ega bo’lgan idishga solib berasiz. Massiv ham huddi shunday vaziyatlarda o’zgaruvchilar uchun idish vazifasini bajarib beradi. Tasavvur qiling hamma olmalarni hechqanday idishga solmay qo’lingizda ko’tatib ketyapsiz. Keling endi bu vaziyatda qanday noqulayliklar tug’ilishini ko’rib chiqaylik.

Ko’tarishga juda noqulay

O’zimiz mustaqil holda hamma olmalarni ko’tara olmaymiz chunki ikkala qo’limiz ham band bo’ladi .

Yo’lda ketayotgan paytimizda yaqin tanishimiz chiqib qoldi unga olmalarning eng kattasini bermoqchi bo’lsangiz qo’lingizdagi olmalar orasidan eng katasini tanlab berishingiz juda qiyin bo’ladi.

Bunday noqulayliklarni juda ko’p keltirib o’tishimiz mumkun. Bu olmalarning hammasi idishda bo’lsachi? Bunday noqulayliklar aslo kelib chiqmaydi. Bunday vaziyatlarni bir-ikki harakat bilan osongina hal qilish mumkin bo’ladi.

Dasturlashda ham huddi shunday o’zgaruvchilarni massivga joylamasangiz bundanda yomonroq vaziyatlar kelib chiqishi mumkun.

Massivlarning bizga qanday imkoniyatlarni beradi :

Optimal kodlar: kodlarni optimal darajaga keltirishimiz, qayta yozish yoki saralashlarni juda oson amalga oshirishimiz mumkin.

Ixtiyoriy kirish: har qanday indeks(tartib)dagi qiymatni olish imkoniyati, qidirish imkoniyati.

Kamchiligi: Massivning o’lchami oldindan beriladi shuning uchun uning o’lchami statik bo’ladi. Xohlagancha qiymat qabul qila olmaydi. Bunday holatlarda to’plamlardan foydalaniladi(collection).

Massivlar mavzusi barcha endi boshlagan dasturchilarni qiynab kelayotgan mavzulardan biri hisoblanadi. Shu sababli ushbu mavzuga atroflicha to`xtalib o`tishga harakat qilamiz..

Odatda, massiv bu xotira bilan chegaradosh joylashuvga ega bo'lgan shunga o'xshash turdagi elementlarning to'plamidir yoki bir turdagi o’zgaruvchilarni o’zida saqlovchi biror nom bilan nomlangan o’lchami chegaralangan o’zgaruvchilari guruhi ya’ni oddiyoq qilib aytganda maxsus idishdir. Bir yoki ikki o’zgaruvchi ustida amalarni bajarmoqchisiz, bununig uchun bir yoki ikkita o’zgaruvchi yaratib olib xohlagan amalni bajarish mumkin. Lekin bu o’zgaruvchilar ko’p bo’lsachi? Agar har bir ishlatmoqchi bo’lgan o’zgaruvchi uchun har safar yangidan o’zgaruvchilarni yarataversak bu bir muncha noqulayliklar tug’diradi va dasturning ishlash tezliginiham pasaytiradi. Bu vaziyatda esa massivlarni ishlatish judaham qo’l keladi.

Oddiy va tushunarli bo’lishi uchun hayotiy bir misol keltirib o`tamiz. Tasavur qiling, siz do’stingizga bir qancha olma bermoqchisiz. Siz bu ishni to’g’ridan-to’g’ri qilishingiz mumkin chunki ikkita olma qo’lingizga bemalol sig’adi. Agar bu olmalar soni ko’p bo’lsachi bunday vaziyatda nima qilasiz. Albatda bu vaziyatda bermoqchi bo’lgan olmalaringizni miqdoriga qarab o’sha miqdorni ko’tarish qobiliyatiga ega bo’lgan idishga solib berasiz. Massiv ham huddi shunday vaziyatlarda o’zgaruvchilar uchun idish vazifasini bajarib beradi.

Afzalliklari 1) Code Optimization: Bu kodni optimallashtirishga imkon beradi, biz ma'lumotlarni samarali olishimiz yoki saralashimiz mumkin.

2) Random access: biz indeks holatida joylashgan har qanday ma'lumotlarni olishimiz mumkin.

Kamchiliklari Size Limit: Biz massivda faqat belgilangan o'lchamdagi elementlarni saqlashimiz mumkin. Dastur ishlashi vaqtida uning hajmi o'smaydi. Ushbu muammoni hal qilish uchun Java-da collection framework avtomatik ravishda hajmni koʻpaytirish doirasidan foydalaniladi.

Javada arraylar(massivlar) turlari:

types arrays

Javada massivlarning ikki hil turi mavjud.

Single Dimensional Array(bir oʻlchovli massiv)

Multidimensional Array(koʻp oʻlchovli massiv)

Javada Single Dimensional massivlar

Javada yozilish turlari:

dataType[] arr; (or)

dataType []arr; (or)

dataType arr[];

Java-da Array-ni ishga tushirish

arrayRefVar=new datatype[size];

Massivga namuna:

public class Main{

public static void main (String args[]){

int a[] = new int[5];

int a[0] = 10;//massivlarni sonini eʼlon qilib endi ularni o'z joyiga joylaymiz

int a[1] = 20;

int a[2] = 70;

int a[3] = 40;

int a[4] = 50;

for(int i = 0; i <= a.length; i++){

//length massivning uzunligi xususiyati

System.out.println(a[i]);

}

}

}



Output:

10

20



70

40

50



Java Array initsializatsiyasi.

Biz quyidagi bilan java massivini e'lon qilishimiz, boshlashimiz va ishga tushirishimiz mumkin:

int a[]={33,3,4,5};

Endi shu orqali bir namuna koʻrsak:

public class Main{

public static void main (String args[]){

int a[] = {33, 3, 4, 5};

//massivni chiqarish

for(int i = 0; i <= a.length; i++){

System.out.println(a[i]);

}

}

}



Multidimensional Array in Java

koʻp oʻlchovli massivlar

Bunday holda, ma'lumotlar satr va ustunga asoslangan indeksda saqlanadi (matritsa shakli deb ham nomlanadi).

Javada Multidimensional Arrayning yozilishi.

dataType[][] arrayVar; (or)

dataType [][]arrayVar; (or)

dataType arrayVar[][]; (or)

dataType []arrayVar[];

Multidimensional Arrayda eʼlon qilish

int[][] arr=new int[3][3]; //3 row and 3 column

3 ga 3 massiv

Multidimensional Arrayda misol

public class Main{

public static void main (String args[]){

int array[][] = {{1,2,3},{2,4,5},{4,4,5}};

//2D massivni chiqarish for(int i = 0; i < 3; i++){

for(int j =0; j < 3; j++){ System.out.println(a[i][j] + " ");

}

System.out.println();



}

}

}



Output:

1 2 3


2 4 5

4 4 5


Xulosa

Java xavfsiz, tezkor, koʻp kutubxonali, mukammal, oson dasturlash tlidir. Bu orqali barcha qurilmalarga(kompyuter, mobile, arduino va hk) dastur yaratsa boʻladi va Web sayt yaratishda ham keng qoʻllaniladi. Deyarli barcha ish qoʻlidan keladi!!!Ushbu Java qo'llanmasida biz Java, uning xususiyatlari va turli xil ilovalari haqida bilib oldik.



Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1-https://telegra.ph/10-dars-Javada-arraylar-massiv-05-29

2-https://dasturchi.uz/plangs/java/javada-massivlar/

3https://www.pdffiller.com/296200103-53bf74e44e78dpdf-java-dasturlash-tili-kitob-pdf-



4 https://dasturchi.uz/programming-tutorials/javatut/


Yüklə 24,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin