Variant 1 Akslanish nazariyasi



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə1/59
tarix10.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#128300
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
$R9R6LUP


Variant 1
1.Akslanish nazariyasi.
O‘lchash natijalarida doimo real borliq aks etadi. O‘lchash ob’ektlari sifatida modda (jism va muhit), energiya va ma’lumot, texnologik jarayonlar, mashinalar va tizimlarni aytish mumkin. Umuman olganda o‘lchash ob’ektlari, masalan, jism, ko‘plab o‘zaro bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan parametrlar bilan xarakterlanadi (tavsiflanadi). Ana shunday parametrlarga geometrik o‘lchamlarni, massa, harorat va boshqalarni keltirish mumkin. Har qanday o‘lchash amalida o‘lchash protsedurasi noma’lum o‘lchamni ma’lum o‘lcham bilan taqqoslashdan iborat. Shu yerda metrologiyaning 2-aksiomasini keltirib o‘tish joiz. 2- Aksioma. Har qanday о‘lchash - taqqoslash (solishtirish) demakdir. О‘lchash degani, sodda qilib aytganda olingan ob’yektda tekshirilayotgan kattalikning miqdori uning birlik sifatida qabul qilingan miqdoriga nisbatan qanchalik kо‘p yoki kam ekanligini aniqlashdir. Masalan, sinf xonasining uzunligini o‘lchab, uning uzunligi 10 m ga tengligini aniqladik. Demak, bu sinfxonasining uzunligi uzunlik birligi etaloni uzunligi (1 m) ga nisbatan 10 marta katta ekan. O‘lchash asboblari nazariyasi o‘lchash aniqliklari, xatoliklarni kelib chiqish sabablari, ularni bartaraf qilish usullari va asboblari o‘lchash texnikasini aksiomatikasiga asosan fizik prinsiplarga tayanadi. Bu aksiomalar (yoki prinsiplar) olingan aniqlikning prinsipial va amaldagi chegarasini aniqlaydi. Kattaliklarning diskretligi prinsipial chegaralarga asoslangan bo‘lib, modda va energiyaning diskretligi yoki flyuktuatsiyasini aniqlaydi (elektron zaryadidan kichik bo‘lgan zaryadni o‘lchash mumkin emas). Kvant-mexanik darajadagi aniqlikning chegaraviy qiymatlari Geyzenberg noaniqliklari asosida, molekulyar darajadagi esa termodinamika qonunlari asosida aniqlanadi. 33 Amaliy chegaralanish o‘lchash vositalarini ishlab chiqish texnologiyasining takomillashmaganligidan, o‘lchash texnologiyasi, materiallarning turg‘unmasligi va ulardan yasalgan asboblar, o‘lchash vositalariga ichki va tashqi g‘alayonlarning ta’sirlaridan va boshqa sabablardan kelib chiqadi. Geyzenberg noaniqlik prinsipi bir vaqtning o‘zida zarraning koordinatalari (x, u, z) ni va impulslari (Rx, Ru, Rz) ni aniq o‘lchab bo‘lmasligini ifodalaydi. Bu prinsip kvant mexanikasi tenglamalari uchungina tog‘ridir [6]. Naykvistning noaniqlik prinsipi quyidagi tengsizlik bilan ifodalanadi, binobarin bunda molekulyar darajadagi o‘lchash aniqligiga qo‘yilgan cheklanish aniqlanadi: R∙t = Wsh, (2.8) bu yerda: R∙t – o‘lchanayotgan signalning energiyasi; Wsh - shovqin energiyasi; t – o‘lchash vaqti; O‘lchash vositasi va o‘lchash ob’ektining o‘zaro ta’sir prinsipi o‘lchash ob’ektidan ma’lumot olishda o‘zaro ta’sir natijasida ob’ektning o‘zi energiya sarflashini (ya`ni yo‘qotishini) ifodalaydi. Ta’sirlashishlar davomida o‘lchash asbobi o‘lchash ob‘ektiga uning xarakteristikasini o‘zgartiuvchi ta’sirlar ko‘rsatadi. Bularning hammasi o‘lchanayotgan kattalikning o‘zgarishiga va xatoliklarning kelib chiqishiga olib keladi. Foydali signalni takomillashmaganligi shundan iboratki, bunda o‘lchash qurilmasi hosil qilayotgan o‘lchash signallari tarkibida buzilishlarning mavjudligidir, binobarin, ular xatoliklarning kelib chiqishini asosiy sababidir. O‘lchash asboblarining texnologik takomillashmaganligi prinsipi shundan iboratki, o‘lchash asboblarini tayyorlash texnologik jarayonlarining va elementlarining takomillashmaganligi sababli xarakteristikasi loyihadagi xarakteristikalarga aynan mos o‘lchash asboblarini yasash mumkin emas. Texnologik takomillashmaganlikga quyidagi parametrlar va xarakteristikalar 34 kiradi: detallar va elementlarni tayyorlashdagi noaniqlik, o‘lchash asbobini sozlash va rostlash, termik ishlash rejimlarini (toblash, qizdirish va h.k.) to‘g‘ri tanlash, sirtlarga ishlov berish va boshqalar. O‘lchash vositasiga tashqi g‘alayonlar (hodisalar)ning ta’sir prinsipi shundan iboratki, o‘lchash asbobidagi signallar o‘lchashlardagi xatoliklarni keltirib chiqaruvchi tashqi g‘alayonlar (elektromagnit va gravitatsion maydonlar, tebranishlar, ...) ta’siriga uchraydi. G‘alayonlarni keltirib chiqaruvchi faktorlar o‘lchash asbobidagi signallar bilan o‘zaro ta’sirlashadi va xatoliklarni keltirib chiqaradi. O‘lchash texnologiyasining takomillashmaganligi prinsipi har qanday o‘lchash, u hattoki ideal o‘lchash vositasi yordamida o‘tkazilganda ham, absolyut aniqlikda bo‘lmasligini, sababi o‘lchash texnologiyasi takomillashmaganligi (o‘lchash asbobini o‘rnatish va uning ko‘rsatishini olishdagi noaniqlik, o‘lchash jarayonini bajarish vaqti chegarasidagi noaniqlik, tashqi muhitning doimiy emasligi va b.) ekanligini o‘zida aks ettiradi. Yuqorida ko‘rsatilgan prinsiplar o‘lchash aniqligiga tabiat va texnika taraqqiyotining darajasi tomonidan qo‘yilgan cheklanishlar borligini ko‘rsatadi va o‘lchash natijasi noaniqligini to‘liq bartaraf etish mumkin emasligini prinsipial jihatdan aniqlab beradi.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin