Vatan ostonadan boshlanadi



Yüklə 1 Mb.
tarix14.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#179117
Odobnoma Vatan ostonadan boshlanadi


Odobnoma
Mavzu: “Vatan ostonadan boshlanadi”.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarning vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usini boyitish.
Respublikamiz ramzlariga sadoqat ruhida tarbiyalash, shunday vatanda yashashdan faxrlanish tuyg‘ularini shakllantirish.
“Tarbiyalab ta’lim berish” shiori ostida ishlash.
Dars uslubi: Og‘zaki tushintirish, savol-javob, sahna ko‘rinishi.
Dars jihozi: O‘zbekiston haqida albom, buket, bayroq, gerb, madhiya.
Tashkiliy qism. O‘quvchilar bilan salomlashish, navbatchining axboroti. O‘quvchilarning darsga tayyorgarlini kuzatish.
O‘qituvchi: -Aziz o‘quvchilar, hozirgi sabog‘imiz nima?

    • Hozir sabog‘imiz tarbiyaviy soat.

    • Qani bolajonlarim, hozir navbatda qaysi fasl?

    • Kuz fasli.

    • Kuz fasli qaysi oydan boshlanadi?

    • Kuz faslida tabiat qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

    • 2008-yil qanday yil?

    • Vatanimiz qayer?

    • Vatanimiz mustaqil O‘zbekiston. Viloyatimiz – Samarqand.

    • Milliy boyligimiz nima?

    • Milliy boyligimiz paxta.

    • Tilagimiz – tinchlik, obodlik.

    • Davlatimiz ramzlari - Tamg‘a, bayroq, madhiya. Prezidentimiz - I.A.Karimov.

    • Istagimiz – ilm-u odob o‘rganish, izlanib, o‘qib uqish.

    • Maqsadimiz - barkomol inson bo‘lib, el-yurtga xizmat qilish, o‘tmishni e’zoz aylab, davlatni yuksaltirish.


Aziz o‘quvchilar, darsimizni boshlaymiz. Shu payt eshikdan xumo qushi kirib keladi va deydi.


Xumo qushi: -Assalomu alaykum, aziz bolajonlar.
Bolalar: - Xush kelibsiz, xumo qushi, davramizga marhabo.
Xumo qushi she’ri qo‘shiq qilib aytiladi.
Boshga qo‘nding parvoz aylab,
Yurt-u xalqim e’zoz aylab,
Xumo qushim, A’lo qushim,
Ziyo qushim, Xumo qushim.
Xumo qushi: - Men o‘zim bilan davlatimiz Bayrog‘i, Tamg‘asini ham olib keldim.
Bayroq, Tamg‘a haqida she’r aytiladi.
Nilufar: - Xalqim orzu niyati
Dilga quvonch soladi.
Bayrog‘imiz dunyo uzra
Yurtga dovrug‘ soladi.
Sevara: - Bayroqdagi to‘rt xil rang
Hamohangdir birlikda.
Bir-birini to‘ldirar
Maqsad sari tenglikda.
Shahlo: - Havo rang tinchlik demak,
Oq rangdir tinchlik ramzi,
Yashil yashnagan el,
Qizil rang, hayot ramzi.
Komil: - Tamg‘amizda bor orzu
Aks etgandir biling siz.
Xumo qushi yetkazar
Maqsad sari biling siz.
Shohrux: - Paxta bug‘doy chambari
To‘kinlik, to‘qlik ramzi.
Quyosh, yulduz, suv, tog‘lar
Yashnagan yurt timsoli.
Tamg‘a haqida sahna ko‘rinish.
O‘g‘il: - Oyi, oyi, oyijon! Gerbimizda nega paxta rasmi bor?
Ona: - Bilsang o‘lkam okeandek paxtazor. Xalqim butun dunyoga dong taratgan paxtakor. Shul sabab Gerbimizda oppoq paxta rasmi bor. Tushindingmi, o‘g‘lonim.
O‘g’il: - Ha tushundim, oyijon, rahmat sizga kattakon.
O‘zbekiston madhiyasi aytiladi.
Aziz o‘quvchilar, darsimizni davomini boshlaymiz. Qani, bolajonlar, Vatan haqida ham maqollar bilasizmi? Qani, aytib bering-chi?
Dildora: - Ona yurting omon bo‘lsa, rangi ro‘ying somon bo‘lmas.
Maftuna: - Vatani borning, baxti bor.
Sevara: - Ona yurting - oltin beshiging.
Vatan haqida she’rlar.
Shaxnoza: Onajonim issiq bag‘ring
Vatanliging bilaman.
O‘z bag‘rida ulg‘aytirgan
Beshik menga vatandir.
Iroda: Ilk bor dunyo tanitgan
Maktabim menga vatan.
Doim hamjihat hamkor
Mahallam menga vatan.
Nilufar: Vodiylarni yayov kezganda,
Bir ajoyib his bor edi menda.
Chapar urib gullagan bog‘in
O‘par edim Vatan tuprog‘in.
Suxrob: Tug‘ilib o‘sdim bu vatanda,
Vatanim misli yo‘q jahonda.
Ravshan: Vatan bu yurak deganim,
Vatanga yurak kerak deganim,
Vatan bu yurak deganim,
Birov-birovga kerak deganim.
Sayyora: Men nechun sevaman O’zbekistonni?
Tuprog‘ing ko‘zingga aylab to‘tiyo.
Nechun vatan deya yer-u osmonni
Muqaddas atayman, atayman tanho.
Jahongir: Yurtum senga she’r bittim bugun.
Qiyosingni topmadim aslo
Shoirlar bor o‘z yurting butun
Olam aro atagan tanho.
Qani bolajonlar, vatan deganda nimani tushunamiz?
-Vatan bu maktabimiz.
- Vatan mustaqillikga erishgan kelajagi buyuk O‘zbekiston.
- Vatan – bu sinfimizdir, o‘tirgan yerimizdan boshlanadi.
- Vatan – bu kuchimizdir.

    • Vatan – bu onamiz aytgan alladan boshlanadi.

    • Vatan - bu ostonadan, uyimizning ostonasidan boshlanadi.

    • Vatan - bu beshikdir.

O‘qituvchi: vatan - har bir inson tug‘ilgan va yashaydigan maskan, joy, siz tug‘ilib o‘sayotgan, bilim olayotgan qishloq, shahar, Respublikamiz sizning Vataningiz. Odamlar o‘z vatanida tarbiyalanadi, bilim oladi, dam oladi, o‘z yaqin va yaxshi ko‘rgan kishilari bilan birga bo‘ladi. Shuning uchun uni sevadilar. Vatanini sevgan odamlar uning rivojlanishi, tinch bo‘lishi uchun mehnat qiladi. Siz ham yaxshi xulqingiz bilan vatanni sevishingizni namoyish qilishingiz lozim.
“Vatan jonim, Vatanim” qo‘shig‘i aytiladi.
Sahna ko‘rinishi.
Ona: - Ha o‘g‘lim, hozirgina maktabdan kelding bir oz dam olib darslaringni tayyorlash o‘rniga qayoqqadir otlanibsan? Yo‘l bo‘lsin?
O‘g‘il: - Oyijon, sizdan ruxsat so‘ramoqchi edim. Men shaxmat to‘garagiga a’zo bo‘ldim. Bugun mashg‘ulotning birinchi kuni. Kelib darslarimni tayyorlashga bemalol ulguraman. Sizga ham yordamlashaman.
Ona: - Shaxmat to‘garagiga qatnashaman degin, mayli bora qol. Faqat qunt bilan o‘rgangin o‘yin sirlarini.Vaqting behuda o‘tmasin.
O‘g‘l: - Albatta oyijon, ulug‘ niyatim eng katta orzum Rustam akamlardek jahon chempioni bo‘lish.
Ona: - Iloho niyatingga yet, bolajonim. Mustaqil yurtimiz dovrug‘ini dunyolarga tanituvchi Rustamjonlar ko‘payaversin.
O‘quvchilar tomonidan sog‘lom avlod qo‘shig‘i aytiladi.
- Aziz bolajonlarim, kim aytib beradi ushbu Vatanda qaysi ulug‘ zotlar yashab o‘tgan?
Komil: - Shu yurtning muqaddas gul tuprog‘ida ne-ne azizlarning qadami tekkan.
Buyuk bobolarning buyuk ishlari,
Ta’rifi Mashriqdan Mag‘ribga yetgan.
Nilufar: Tanamdagi yetmish ikki tomirda
To‘maris momomning jo‘shqin qoni bor.
Nodira, Uvaysiy, Zebunusoning
Ruhlari bizlarga doim madadkor.
Aziz o‘quvchilar, ona vatan deb onaga qiyoslab aytamiz. Shunday ekan mavzularimizni onalarga atalgan she’r bilan yakunlaymiz.
Jasur: Juda ham a’losiz, oyijon,
Juda ham donosiz, oyijon.
Siz meni qo‘zim, deb sevasiz,
Nur to‘la ko‘zim, deb sevasiz,
Oyijon, oyijon, oyijon.
Darsni yakunlash va vazifa berish.
Vatan haqida she’r, maqollar yod olish.
Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin