Vatan tarixi yoshlarda xalq taqdiri uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish kabi yuksak ma’ naviy burchni tarbiyalaydi



Yüklə 13,39 Kb.
tarix29.01.2023
ölçüsü13,39 Kb.
#81534
Tarixni o\'rganish


O‘zbekiston tarixi yoshlarga xalqimizning o‘tmishi, tarixi haqida bilim berish bilan chegaralanib qolmaydi, u yoshlarni vatanparvar, ma’naviy jihatdan komil inson etib shakllantirishga xizmat qiladi.


Vatanimiz tarixi «Har bir fuqaroni, jumladan, yoshlarimizni boy madaniy merosimizni qadrlashga, uni ko‘z qorachig‘iday avaylab asrashga, yurak-yurakdan iftixor qilishga o‘rgatadi. O‘zimizning boy o‘tmish merosimizdan madad va ibrat olishga imkon beradi. Odamlar qalbida ezgulik tuyg‘ularini uyg‘otib, bugungi avlod kimlarning avlodi, kimlarning zoti va vorislari ekanini anglashga undaydi»
O‘tmishni bilgan, tarix saboqlarini anglab yetgan inson hozirgi zamonni yaxshi tushunadi, kelajakni to‘g‘ri tasavvur etadi. Bu, o‘z navbatida, yoshlarni tarixiy jarayonlarning oddiy kuzatuvchisi bo‘lib qolishdan saqlaydi, ularni olg‘a intilishga, taraqqiyotga ko‘maklashishga undaydi.
O‘zbekiston tarixi o’quvchilarga bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshiralayotgan demokratik islohotlarning mohiyatini anglashda yordam beradi. Bu, o‘z navbatida, yoshlarda ilmiy dunyoqarashni, siyosiy madaniyatni tarbiyalaydi, jamiyatda o‘z o‘rnini to‘g‘ri belgilashga ko‘maklashadi.
Vatan tarixi yoshlarda xalq taqdiri uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish kabi yuksak ma’ naviy burchni tarbiyalaydi.
«Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbayiga aylanmoqda»
Dunyoqarashni shakllantirishda tarix fanining o’rni kattadir.
Rivojlangan mamlakatlar tarixini chuqur o‘rganib, uning ijobiy tomonlaridan respublikamiz ravnaqi uchun foydalanish har birimizning muqaddas burchimizdir.
Yüklə 13,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin